Nisbiy kambag‘allik konsepsiyasi
Nisbiy monetar kambag‘allik
|
Nisbiy nomonetar
(deprivatsiya) kambag‘allik
|
Aholi jon boshiga hisoblangan o‘rtacha
daromadlar yoki xarajatlarning
mediana ko‘rsatkichiga mos kelishini
baholashga asoslanadi (IHTT, EI va
MDHning ayrim mamlakatlarida qo‘llaniladi)
|
Jamiyatda amal qilayotgan
ehtiyojlar standarti darajasida zarur
resurslarning yetishmasligi sifatida
aniqlanadi
|
Nisbiy kambag‘allik chegarasi
odatda milliy median daromadning
60%idan pastda belgilanadi
|
- daromadlarning yetishmasligi
- birlamchi hayotiy tovarlar va xizmatlar iste’molining pastligi
- sifatsiz ovqatlanish
- ta’lim va sog‘liqni saqlash izmatlaridan
foydalanish imkoniyatining yo‘qligi
- normal uy-joy sharoitlarining mavjud emasligi va b.
|
Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha nisbiy kambag‘allik ko‘lamlari mutlaq kambag‘allik ko‘lamlariga mos tushmaydi. Tengsizlik jamiyatning ajralmas belgisidir. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarida turmush standartlari ortgan davrda ham nisbiy kambag‘allik saqlanib turadi va hatto keskinlashadi.
3. Subyektiv kambag‘allik. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, faqat shaxsning o‘zi kambag‘alligini belgilashi mumkin. Subyektiv kambag‘allik darajasini aniqlashda turlicha yondashuvlar mavjud. Qancha odam o‘zini yoki do‘stlarini kambag‘al deb hisoblashi mumkinligini aniqlasa bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy fikrga asoslangan holda subyektiv kambag‘allik chegarasini aniqlash, shundan so‘ng uni aholi daromadlari bilan qiyosiy taqqoslash mumkin.
Aholi muayyan kategoriyalarining ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqini aniqlash uchun odatda kambag‘allik darajasini belgilaydigan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Kambag‘allikning mutlaq darajasi – bu turmush kechirishning eng quyi darajasi hisoblanib, insonning o‘zining hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun birlamchi zarur oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy va hokazolar bo‘yicha aniqlanadi.
2. Kambag‘allikning nisbiy darajasi. Ushbu ko‘rsatkich ma’lum bir davlat (mintaqada) turmush kechirishning o‘rtacha darajasi uchun talab qilinadigan iste’mol savatining eng kam miqdori darajasini ko‘rsatadi. Nisbiy kambag‘allik jismoniy ehtiyojlar bilan birgalikda ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga oladi.
Aholini turmush kechirishning eng kam miqdori va iste’mol byudjetining eng kam miqdori asosida daromadlari darajasi bo‘yicha tabaqalanish moddiy ta’minlanish darajasi turlicha bo‘lgan quyidagi aholi guruhlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:
◘ “kambag‘al” oilalar – ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad turmush kechirishning minimal miqdoridan past darajada yoki unga teng;
◘ “kam ta’minlangan” oilalar – ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad turmush kechirish uchun minimal miqdor bilan minimal iste’mol byudjeti miqdori o‘rtasida joylashgan;
◘ “ta’minlangan” oilalar – ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad minimal iste’mol byudjeti miqdori va oqilona iste’mol byudjeti miqdori o‘rtasida joylashgan;
◘ “boy” oilalar – ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad oqilona iste’mol byudjeti darajasidan yuqoridir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti rivojlanish dasturi 1996-yilda “Imkoniyat bo‘yicha kambag‘allik ko‘rsatkichi” g‘oyasini muomalaga kiritgan. Ushbu g‘oyaga ko‘ra, insoniy ehtiyojlar kompleksini, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan uzoq va sog‘lom hayot kechirish, ta’lim olish, munosib turmush kechirish uchun zarur resurslarga ega bo‘lish imkoniyatlarining yo‘qligi yoki yetarli emasligini kambag‘allik sifatida baholash lozim. Imkoniyatlar bo‘yicha kambag‘allik ko‘rsatkichi quyidagi indikatorlarning o‘rtacha arifmetik yig‘indisidir:
• tug‘ilish jarayonida malakali tibbiy xodimlar hozir bo‘lmagan bolalarning ulushi;
• 15 yosh va undan katta savodsiz ayollarning salmog‘i;
• 5 yoshgacha bo‘lgan vaznda orqada qolayotgan bolalarning ulushi.
Ushbu g‘oya 1997-yilgi global ma’ruzada yanada rivojlantirilib, aholi qashshoqligi indeksi taklif qilindi. Aholi qashshoqligi indeksi insonni rivojlantirishning muhim sohalaridagi ko‘rsatkichlar asosida hisoblab chiqiladi:
• uzoq va sog‘lom turmush kechirish imkoniyatidan mahrumlik;
• ta’lim olishdan mahrumlik;
• munosib turmush kechirish resurslaridan mahrumlik.
Yuqoridagilardan “imkoniyatlar bo‘yicha kambag‘allik ko‘rsatkichi” va “aholi qashshoqligi indeksi”da asosiy e’tibor inson taraqqiyotining hal qiluvchi sohalarida yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lmagan odamlar ulushiga qaratilganligi ma’lum bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlar kambag‘allik holatini to‘laroq aks ettiradi hamda u yoki bu turdagi yordamga muhtoj aholi guruhlari yoki uy xo‘jaliklarini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi.
1997-yildan joriy etilgan ko‘p o‘lchamli kambag‘allik indeksi kambag‘allik sharoitlarida yashayotgan odamlar holatini to‘laroq aks ettirish, mamlakatlar va mintaqalar, jahon bo‘yicha qiyosiy taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi.
Ko‘p o‘lchamli kambag‘allik indeksi ochiq va ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi:
– demografiya va salomatlikni tekshirish;
– YuNISEFning ko‘p indikatorli klaster tekshirishi;
– Jahon bankining salomatlikni tekshirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |