Madaniyat ko‘rinishidagi kambag‘allik. Kambag‘allikka madaniyat ko‘rinishda qarashda kambag‘allik avloddan avlodga o‘tuvchi hayot tarzi sifatida talqin qilinadi. Kambag‘allikning mazkur konsepsiyasi daromadlarning minimal darajasi bilan birga kelajakka umidsizlik, befarqlik, jamiyatdan begonalashuv, apatiya, rag‘bat va o‘ziga nisbatan qadr-qimmatning yo‘qligi kabi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv tarafdorlari kambag‘allikni kamaytirish va jamiyatda vertikal yuqorilash uchun imkoniyatlarni yaratish istiqbolsiz deb hisoblashadi va mavjud imkoniyatlardan kambag‘allar foydalanishmaydi degan g‘oyani ilgari suradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |