12-mavzu. O’zbekistonning turizm imkoniyatlari va salohiyati


Andijon viloyatidagi me’moriy yodgorliklar



Download 364,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana02.07.2022
Hajmi364,48 Kb.
#728925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning turizm imkoniyatlari va salohiyati

Andijon viloyatidagi me’moriy yodgorliklar.
Andijon shahri bo’yicha: 


Jome majmui . U madrasa, masjid va minoradan iborat. Madrasa 19 - asr
oxirlarida katta va hashamatli qilib qurilgan. Darsxonalari va hujral ari bor.
Ikki qavatli. Tarxi P shaklida. Masjid Farg‘onadagi eng yirik obida hisoblanadi. 
Minoraning balandligi 32 metr. Shuningdek, tum andagi savdogar Ahmadbek hoji
tomonidan qurdirilgan uy, Paxtaobod tum anidagi Otaqo‘zi madrasasi (bularning
ikkalasi ham 20 - asr boshlarida qurilgan), Namangan shahridagi Mullo Qirg‘iz
madrasasi (20 - asr), Ota Valixonto‘ra masjidi (20 - asr), Mavlonbuva majmui
(19 - asr), Xo‘jaAmin qabri (18 - asr), Namangan tum anidagi Sirli masjid
(19 - asr), Yusufboy Xoji uyi (20 - asr), Kosonsoy tum anidagi j ome masjid
(18 - asr), Yusufxon Eshon majmui ( 18 - asr), To‘raqo‘rg‘on tum anidagi
Goyibnazar madrasasi (19 - asr ), Chust tum anidagi Lutfullo Mavlono majmui
( 20 - asr ), Pop tum anidagi Chodak madrasasi, Boy Hamadoniy maqbarasi
(19 asr) ham al ohida tarixiy , estetik va turistik e‘tiborga loyiq. Vodiyda
Mustaqillik yillardaAhmad al - Farg‘oniy, Burhonuddin al - Marg‘inoniy 
yubileylari munosabati bilan o‘rnatilgan yodgorlikl ar, Andijondagi Bobur
Mirzoxotirasigaatab qurdirilgan obidalar turizm markazlari sifatida qad rostlab 
turibdi.
Samarqand viloyati yodgorlik resurslari 
Samarqand tarixi . Ko‘hnaAfrosiyob. Amir Temur va temuriylar davrida
madaniy hayot. Arab sayyohi ibn Battutaning Samarqandga tashrifi. Ispan
elchisi Lui Gonzales de Klavixoning Temur saroyida bo‘lishi. Samarqand
memorchiligi: Shohizinda majmuyi . Milodiy 7 - asrda yashagan 
payg‘ambarimizning amakivachchasi bo‘lmish Qusam ibn Abbos 677 - yili shu
erda shahid bo‘lib, dafn etilganlar. Mazkur yodgorliklar majmuyi uning
sharafiga Shohizinda (Tirik shoh), -deb atal adi. Undaasosan melodiy 9 - asrdan
turli maqbaralar qurila boshlagan. Amir Temur bu erda go‘zal binolar -
maqbaralar bunyod ettirgan. Arab sayyohi Ibn Battuta ham Shohizinda 
ziyoratida bo‘lgan. Majmuyda Qusam ibn Abbos maqbarasidan tashqari
Qozizoda Rumiy, Shirinbekaog‘a, Shodi Mulk og‘a, Tuman og‘a, Tug‘li Tekin,
Amirzoda, UstaAli , Amir Burunduq, Xo‘jaAhmad hamda shaxsi noma‘lum
maqbaralar, sakkiz yoqli shiypon va boshqa inshootl ar mujassam. Barcha 
maqbaralar 14 - 15 asrl argaoid. Go‘ri Amir maqbarasi . Maqbaraasli Temurning
farm oni bilan nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun qurdirilgan, lekin,
oradan besh oy o‘tgach, Temurning o‘zi ham shu erda dafn etilganligi sababli,
Go‘ri Amir nomini olgan. Bu erda Temur va Muhammad Sultondan tashqari , 
sohibqironning o‘g‘illari - Shohrux va Mironshoh, nabirasi Ulug‘bek, ustozi Mir 
Sayyid Baraka hamda Shoh Xo‘ja ismli shaxsi noma‘lum qabrlar mujassam. 1941 
- yili iyun oyida Go‘ri Amir maqbarasidaarxeol og komissiya qazishmalar 
o‘tkazgan. Ruhobod maqbarasi. Shayx Burxonuddin Sag‘arjiy nomi bilan
mashhur bo‘lgan ushbu maqbaraAmir Temur tomonidan qurdirilgan va uning
ma‘naviy piri, - deyiladi. 19 - asr ma‘lumotl arida uning oldida masjid, minora, 
darvozaxonalar bunyod etilganligi yozilgan. Bibixonim masjidi. Amir Temurning
Hindistonga zafarli yurishi sharafiga 1399 - yili go‘zal malikasi Saroy 
Mulkxonim masjid qurdira boshlagan va uni 1404 - yili tugallagan. Masjid 
ro‘parasida Bibixonim maqbarasi ham mavjud. 1941 - yilgi arxeol ogik


ekspeditsiya ushbu maqbarani ham ochgan. Unda Bibixonim jasadi Temur va
Ulug‘bek jasadlari kabi mo‘miyolangan edi. Registon. Bu erda uchta yodgorlik 
ansambli mujassam: Mirzo Ulug‘bek madrasasi. 1417 - yili Ulug‘bek tomonidan
bunyod etilgan. O‘z davrida ilm - fan markazigaaylangan. Uning memorchiligi
monumental peshtoqlar, yon gumbazlar va minoralardan iborat. Madrasa pishiq
bo‘lishiga qaramay shimoli - Sharqiy minora peshtoqdan qochib, anchaog‘a 
boshlagan, 1932 - yili minora to‘g‘rilangan. Madrasa juda ham hashamatlidir.
Sherdor madrasasi . 1619 - 1636 yillarda Samarqand shahri hokimi
Yalangto‘shbiy Bahodir farm oni bilan qurdirilgan. Registondagi Mirzo Ulugbek
madrasasining qarama - qarshi tomonida j oylashgan va Ulug‘bek madrasasining
me‘moriy uslubini qaytargan. Uning me‘mori ustaAbduljabbordir. Madrasa diniy
oliy o‘quv yurti vazifasini bajargan. Uning peshtoqi al ohida bezaklar va
koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoqdagi sherl ar tasviri juda j ozibali .Sherlarning 
ohuga tashlanayotgan manzarasi tasvirlangan. SHerl ar orqa fonida quyush aks
ettirilgan. U odam qiyofasidadir. Tillaqori madrasasi. 1646 - 1647 yillarda
qurilgan bu bino ham Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan. U
Registondagi me‘moriy yodgorliklar kompozitsiyasini simmetrik tarzda
to‘ldiradi. Ichidagi masjid nihoyasiga yetmagan. Masjid markaziy xonasi j 
ozibali va damdabalidir. Barchaxusnkor jil olarga tilla suvi yurgizilgan. SHuning
uchun uni Tillakori , - deb ataladi. Ulug‘bek rasadxonasi . Mashhur rasadxona
Cho‘pon ota tepaligi etagida, Obirahmat arig‘I bo‘yicha qurilgan. Bobur uni uch 
qavatli, usti sirli qilib bezatilgan edi, - deya yozgan. Rasadxona diametri 46,40
metr, balandligi kamida30 metr bo‘lib, ichida kattaasbob o‘rnatilgan. Bu erda 
quyosh, oy va boshqa sayyoralar kuzatilgan. Uni arxeol og V.L. Vyatkin topgan
vaochgan. Buzilib ketgan rasadxonadan hozirda uning er ostidagi qoldig‘i qolgan, 
xolos. Abu Mansur Moturudiy maqbarasi. Uning to‘liq nomi - Im om Abu
Mansur Muhammad ibn Muhammad al - Xanafiy al - Moturudiy as -
Samarqandiydir. U Samarqandning Moturud mavzesida 10 - asrda tug‘ilgan,
xanafiya mashabining yaratilishida faol ishtirok etgan. Uning tam‘lim oti
Muvarounnahr, Turkiya va Hindistonda keng yoyilgan. Qabri Chokardiza 
qabristonida. 2000 - yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A.
Karimov farm oni bilanm yodgorlik qayta tiklandi, go‘zal ziyoratgohgaaylandi. 
Im om al - Buxoriy maqbarasi. 9 - asrda yashab, "hadis ilmidaamir al -
mo‘‘miniyn", -degan sharafli nomga sazovor bulgan muhaddislarning eng
buyugi hisoblanadilar. Bobomizdan "Al - j ome‘ as - sahih" dek asar bunyod
bo‘lib, uning nomini butun isl om ol amiga tanitdi. Ul zot Buxoro shahrida
tavallud topganlar. Ziyoratgoh esa Samarqand viloyatining Chelak tum anidagi 
Xartang qishlog‘ida j oylashgan. Prezidentimiz farm oni bilan 1998 - yil buyuk
muhaddisning hijriy - qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi keng nishonlanib,
ungaaj oyib yodgorlik majmuyi bunyod etildi. Hazrati Hizr masjidi. Samarqandda
qurilgan birinchi masjid shu ekanligi rivoyat qilinadi. 19 - asrning o‘rtal arida
qadimgi masjid poydevoriga hozirgi masjid o‘rnatilgan. Tikkalikda joylashgan
bu masjidning oldi peshayvonli bo‘lib, hashamatli . Xonaqoh, darvozaxona, 
minoralardan iborat. Turli davrlarda qurilgan va tiklangan. Bosh me‘mori usta 
Abdulqodir Boqievdir. Yaxshi niyatlar bilan unga yuqoridagi nom berilgan. 



Download 364,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish