berilgan. Turkiston isl om ol amida ulug‘ mutafakkir va mutasavvuf
donishmandlardan hisoblanadilar. Ustozlari Hakim ota (Sulaymon Boqirg‘oniy),
zavjalari Anbar otindir. Ul zot qo‘y boqib o‘stirganlari uchun Cho‘ponl arning
piri, - deyishgan. Amir Temur ushbu obidani bunyod etgan.
Majmua
darvozaxona, minora, masjid, madrasa, xonaqoh, shiypon, hovuz, Anbar otin
maqbaralaridan iborat. Cho‘pon ota majmui . Mazkur majmuaning qurilishi
Mirzo Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq (15 - asr). Qo‘ychivon Cho‘ponlar homiysi
Cho‘pon otagaatab qurilgan. U masjid, maqbara, hujralar, darvozaxonadan iborat.
Shayx Hovandi Tohur majmui . Majmuadaasosan uchta maqbara bor: Shayx
Hovandi Tohur,
Yunusxon, Qaldirg‘ochbiy. Shayx Hovandi Tohur maqbarasi.
Shayx 14 - asrda yashab o‘tgan diniy arboblardan, il ohiyot va tariqat ilmi
namoyondalaridan biri bo‘lib, valiull oh daraj asiga yetgan. Otasi Shayx Umar
Bog‘istoniydir. Xo‘jaAhror valiy ularning qarindoshi bo‘lgan. Shayx maqbarasi
bir necha bor qurilgan va uncha katta bo‘lmagan. Ikki xonadan iborat: birinchi
- kattaxona 12
qirrali gumbazli ziyoratxona; ikkinchi - kichik xona 8 qirrali
gumbazli go‘rxonadir. Maqbarani yonida ikkita chillaxona bo‘lgan. Ularni
Xo‘jaAhror qurdirgan, atrofi mozor bo‘lgan. Masjid ham bo‘lgan. Maqbara 14 -
15 - asr obidasidir. Yunusxon maqbarasi. Yunusxon Chingizxonning ikkinchi
o‘g‘li Chig‘atoyning naslidan hisoblanadi. 15 - asrda yashab o‘tgan. U
Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasidir. Ya‘ni, Boburga buva
hisoblanadi. Toshkentning 1485 - 1487 - yillaridagi hokimidir.
Maqbara
Yunusxonning o‘g‘li Ahmadxon tomonidan qurdirilgan. Tarxi to‘g‘ri
to‘rtburchak, o‘rtasidaxonaqoh bo‘lib, gumbazli. Zalning burchaklarida ikki
qavatli hujralar bor. Gumbaz keyinchalik buzilib ketgan. Qaldirg‘ochbiy
maqbarasi . Maqbara 15 - asrning birinchi yarmida bunyod bo‘lib, kim
tomonidan qurdirilganligi noma‘lum. Rivoyatlarga ko‘ra, bu erga Qaldirg‘ochbiy
ismli qozoq shahzodal ardan yoki biylardan biri dafn etilgan. Kubik shaklidagi
maqbara 12 qirrali piramidalik gumbaz bilan yopilgan. Baroqxon maqbarasi.
Baroqxon (16 - asr) - shayboniylar sul olasidagi xon bo‘lib, o‘z davrida
Movaraunnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan.
Obodonchilik ishlari qilgan. Xususan, madrasa qurdirgan. Hozir ushbu binoda
O‘zbekiston musulmonlari diniy ishlari idorasi j oylashgan.
Ko‘kaldosh madrasasi. Ushbu madrasa 16 - asrgaoid bo‘lib, uni Toshkent
xonlaridan birining vaziri Ko‘kaldosh qurdirgan. Muqimiy, Furqat, Hamza,
Hislat kabi shoirlar ushbu madrasada bo‘lishgan,
yashashgan, ilm olishgan.
Madrasa O‘zbekiston musulmonlari diniy ishlari idorasi tasarrufidadir.
Hofiz Ko‘hakiy madrasasi. Hofiz Ko‘hakiy (16 - asr) - Sulton Muhammad
Hofiz Toshkandiy tarixchi, huquqshunos, tarjim on bo‘lib, Mirzo Ulug‘bekning
sevimli shogirdi Aliqushchining nabirasidir. U Hindistonga 1528 - yili Bobur
Mirzo va 1569 - yili Akbarshoh huzurigaelchi bo‘lib borgan. Ushbu nom bilan
madrasa qurdirgan va tal abalarga ilm o‘rgatgan.
O‘zbekiston mustaqillikkaerishgach, uni qayta tiklashgaerishildi.
Hozir masjid
vazifasini o‘tamoqda. Abdulqosim Shayx madrasasi. Abdulqosim (19 - asr)
Toshkent shahrida ma‘rifatparvarlik ishlari bilan nom qozongan bo‘lib, ilmi
toliblarga bepul ilm o‘rgatgan. Ushbu madrasa ham uning tomonidan bunyod
bo‘lgan. Hovlida gir aylana ikki qavatli hujralar bor. " Honaqoi Mo‘yi
Muborak" ichidagi ravoqli mehrobi tepasidaarab tilida "Bu ark kabi binoda
Rasulning latif mo‘yi bor", - deb yozilgan so‘zlar bor. Mustaqillik yillarida o‘zbek
xalqining milliy qahramoni - Amir Temur va millatimiz donishmandi - Alisher
Navoiygaatab aj oyib haykallar bunyod etildi .
Do'stlaringiz bilan baham: