Farg’ona vodiysi yodgorlik resurslari
Vodiy tarixi . Arxeol ogiyasi, ilm fani va madaniyati. Hunarmandchilik va
savdogarlik. Farg‘ona viloyatidagi me‘moriy yodgorliklar.Qo’qon shahri bo’yicha:
O‘rda - Xudoyorxon saroyi. 19 - asrning ikkinchi yarmida qurilgan. 4 gektar
maydonni egallagan. Darvozaxona peshtoqiga "Arki oliy Sayyid Muhammad
Xudoyorxon" deb bitilgan. 100 ga yaqin xonalar bor. Asosan g‘ishtdan qurilib zeb
berilgan. Jome masjidi va minorasi. 19 - asr boshlarida Qo‘qon xoni Umarxon
qurdirgan. Undaxonaqoh va 98 yog‘och ustunli ayvon mavjud. Masjid 97,5 x
25,5 metrga teng. Uning yonidagi minora22 metr bal andlikda. Kamol qozi
madrasasi. 19 - asr o‘rtal arida qurilgan. Unda darsxona, hujralar vaayvonli
masjid bo‘lgan. Miyon hazrat (Miyon Ahmad) madrasasi. 18 - asr oxirida
qurilgan. Madrasani xon huzurida maslahatchi lavozimida ishlagan Miyon
Ahmad ismli kishi qurdirgan. Unda darvozaxona, hujra (darsxona)lar, masjid,
xovli va minoralar bor. Muqimiy shu madrasada tam‘lim olgan. Dahmai Shohon
va Modarixon dahmalari . Bu ikkala yodgorlik ham 19 - asrgaoid. Dahmai
Shohon hazirasi - Qo‘qon xonlarining qabristonidir. U qubba - peshtoqli kirish
yo‘lak, ikki ustunli masjid vaayvondan iborat. Modarixon "Xon onasi"
hazirasida esaxonzodaayollar ko‘milgan. Majmuada peshtoq, gumbaz va ikki
minora saqlanib qolgan. Norbo‘tabiy madrasasi. 18 - asrning ikkinchi yarmida
qurilgan. U bir qavatli hovlili binodan iborat, tarxi to‘rtburchak. (52 m. x72
m.). To‘rt burchagida minoral ar ishlangan. Unda masjid va darsxona bor. Gishtli
masjid. Mahalla masjidi bo‘lib, 20 - asr boshlarida qurilgan. Xonaqoh vaayvondan
iborat. Ixcham tarxli va go‘zal qilib bezatilgan. Shuningdek, Mulkobod masjidi
(20 - asr), Ayubboy, Olimxon xoji, Abdurrahmon qozi, Sm‘dixon qozi nomli
20 - asr boshlarida qurilgan uylar ham al ohida tarixiy qimmatga ega. Buvayda tum
ani bo‘yicha: Podshoh Pirim majmui. Uning o‘zagini SHoh Jalil dahmasi
tashkil etadi. Shoh Jalil avliyo sifatida tan olingan. Majmua ikki hovlidan
iborat: 15 - asrgaoid peshtoqli - gumbazli darvozaxona va 20 - asrgaoid ochiq
masjid. 15 - 16 asrgaoid qabr va dahmalar. Bo‘stonbuva maqbarasi . Bu erda Shoh
Jalilning otasi dafn etilgan. Obida 15 - 16 -asrlarga tegishli ekanligi aniqlangan.
Bibi Buvayda dahmasi. Bu ayollar dahmasidir. Unda shoh Jalilning onasi
vaxotini ko‘milgan. Gumbazli ikki xonadan iborat. Buvayda tum ani shu nom
bilan saqlanib qolgan. Shuningdek, Rishton tum anidagi Jahonobod masjidi, Xo‘ja
Ilg‘or masjidi, Qorixonaxonaqohi. Oltiariq tumanidagi Xalfa Tillo majmui
(bularning bari 20 - asr boshlarigaoid); Marg‘il ondagi Pir Siddiq majmui , Xo‘ja
mag‘iz maqbarasi (bularning ikkalasi 18 - asrgaoid), Chaqar masjidi (20 - asr),
Sayyid Ahmadxo‘ja madrasasi (19 - asr oxiri), Turonbozor masjidi (19 - asr)
ham tarixiy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |