12-mavzu. O’zbekistonning turizm imkoniyatlari va salohiyati


Buxoro viloyati yodgorlik resurslari



Download 364,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana02.07.2022
Hajmi364,48 Kb.
#728925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning turizm imkoniyatlari va salohiyati

Buxoro viloyati yodgorlik resurslari 
Buxoro tarixi . Ko‘hna Varaxsha. Somoniylar davlati . SHayboniyxon asos
solgan Buxoroxonligi. Savdo karvonlari, hunarmandchilik, ilm - fan va
madaniyatning rivojlanishi. Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatl ar bilan savdo
vaelChilik al oqalarining olib borilishi. Italiyalik mashhur sayyoh Marko Pol 
oning, ingliz sayyohi Antoni Jenkinson, rus elchisi Ivan Xoxlov, Boris Pozuxin,
venger sayyohi vaolimi Xerm an Vamberilarning Buxoroga tashrifi. Buxorodan
Rossiyaga Qozi No‘g‘ay, Mulla Farruh, Hoji Farruh, Ernazar elchilarning elchi 
bo‘lib borishlari . Buxoro temir yo‘lining qurilishi. Buxoro memorchiligi: Ark.
Uning Siyovush tomonidan ilk bora qurilishi. 7 - asrda Buxoro hokimi
tomonidan qayta tiklanganligi. SHayboniylar davrida hozirgi qiyofasi (ansambl 
ko‘rinishi)ni olishi . Obida20 metr bal andlikda va 4,2 gektar maydonni
egallagan ulkan inshoot bo‘lib, ko‘p burchakli, atroflari qo‘rg‘on devorlari bilan
o‘ralgan. Arkda hokimlar, xonlar vaamirlar istiqomat qilishgan. Unda zarbxona, 
xazina, zindonlar bo‘lgan. Ism oil Somoniy maqbarasi . Somoniylar sulolasining
asoschisi Ismoil Somoniyning otasi qabri ustiga bunyod etilgan bu yodgorlik 9 - 
10 asrlarga mansubdir. U kub shaklida va usti yarim sharsimon qubbali bo‘lib,
burchaklari ham to‘rtta kichik qubbalardan iborat. Devorning qalinligi 1,8 metr.
Pishiq g‘ishtdan qurilgan. Keyinchalik Ism oil Somoniyning o‘zi ham shu erga
dafn etilgan. Mahoki Attori masjidi. 9 - 16 asrlar obidasi hisoblangan ushbu
masjid shahar markazidagi attorlar rastasi yonida j oylashganligidan shunday
nom olgan. Tosh ustunga qurilgan bu masjiddagi peshtoq va tahmonsimon
eshik o‘ymakor ganch, g‘isht, koshin, sopol g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Juda 
go‘zal , o‘zigaxos yodgorlik hisoblanadi.
Chashmai Ayyub maqbarasi. 12 - asr yodgorligi bo‘lgan mazkur obida to‘rttda
binodan iborat bo‘lib, turli davrlarda bunyod bo‘lgan. U Ayyub payg‘ambar
nomi bilan atalgan. Aytishlaricha, qurg‘oqChilik yillarida payg‘ambardan


yordam so‘raydilar. Ayyub esa hassasini erga sanchganda buloq otilib chiqqan.
Shundan ushbu nom berilgan. Yodgorlik jarda, ya‘ni buloq oqib turgan j oyda
turibdi . Temur bu erda ham ikkita bino bunyod etgan. To‘rttala yodgorlikning
hammasida o‘zigaxos qubbalar mujassam. Namozgoh masjidi. Ushbu yodgorlik
12- , 14- , 16 - asrlarga tegishli bo‘lib, gumbaz, naqshinkor peshtoq, mehrob 
koshinlar bilan bezatilgan. Minorai Kal on. Markaziy Osiyo hududidagi eng
baland minora (46,5 metr) hisoblangan ushbu minora 1127 - yilda
qoraxoniylardan Arsl onxon hukmronligi yillarida qurdirilgan. Pishiq g‘ishtdan
terilgan, ichidagi zinapoyasi 104 tani tashkil etadi. Ustida 16 darchali mezona
bor. Minoradan azon aytilib namozga chaqirilgan va undan dushmanni kuzatishda 
ham foydalanilgan. Poydevorining chuqurligi 10 metrdan oshadi. Sayfuddin
Bahorziy maqbarasi. Bu yodgorlik 13 - asrda yashab ij od etgan kishining nomi
bilan bog‘liq bo‘lib, ziyoratxona va maqbaradan iborat. Keyinroq maqbaraga
taqalib katta peshtoq qurilgan. Ikki tomonida ikkita mezona mujassam. 
Buyon Qulixon maqbarasi. Bu yodgorlik Sayfuddin Bahorziy maqbarasi bilan
bilan yonma - yon j oylashgan bo‘lib, 14 - asrda Samarqandda o‘ldirilgan
mug‘ul xoni chingiziylardan Buyon Qulixon mozori ustiga bunyod etilgan, ikki
xonali . Sag‘ana kichik xonada. Yodgorlikning to‘rtta tomonida ustunlar bor. 
Maqbaraning ichki va tashqi tomoni zangor, ko‘k, binafsha ranglar bilan bezatilgan 
va naqshinkordir. Ulug‘bek madrasasi . Amir Temurning nabirasi Mirzo
Ulug‘bek ushbu madrasani 1417 -yilda qurdirgan. Ulug‘bek Gijduvon va
Samarqandda ham madrasalar bunyod etgan. Lekin, ilk madrasasi Buxorodadir.
U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Unda hovli, peshtoq, darsxona, masjid 
bo‘lib ikki qavatli. Ustasi Ism oil Tohir o‘g‘li hisoblanadi. Masjidi Kal on. Bu
arxeol ogik qidiruv ma‘lumotlariga qaraganda 12 - asrda qadimgi im orat
qoldiqlari ustiga 14 - 15 - asrlarda qurila boshlanib, 16 - asr boshlarida
tam‘mirlangan. Jome masjidi hisoblanib, Bibixonim masjididan keyin kattaligi
jihatdan Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Yodgorlikning qurilish
an‘analari temuriylar davrini eslatadi. Uning yettitaeshigi bo‘lib, asosiy 
eshigining ichki va tashqi tomonlari ayvonlar bilan bezatilgan. Masjid 127 x78
metr bo‘lib, bir gektar maydonni egallagan. Hovlining yo‘lagi 208 ta ustun
tepasiga qurilgan 288 ta qubba bilan qoplangan. Mir Arab madrasasi. 1530 - yilda
qurilgan bu madrasa tarxi xuddi Mirzo Ulug‘bek madrasasi kabidir. Faqat
darsxona o‘rniga maqbara j oylashgan. Maqbaraning ichiga Mir Arab dafn
etilganligi bois, unga shu nom berilgan. Mir Arab asli yamanlik
ShayxAbdullohdir. Maqbarada uning avlodlari ham j oylashgan. U turli
koshinlar, ganchlar bilan bezatilgan. Obida ikki qavatli bo‘lib, hujralardan iborat. 
Ko‘kaldosh madrasasi . Yodgorlik Abdullaxon hukmronligi yillari (1578 - yil)da
qurib bitkazilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yirik madrasalardan biridir. Uning
160 ta hujrasi bor. Eshigi , peshtoq, ayvonchali bolxonalar go‘zal qilib qurilgan.
Peshtoq koshinlarida ko‘k, yashil vaoq naqshinkor bezaklar o‘simliklarni
tasvirlagan. Madrasada yozuvchi Sadriddin Ayniy yashagan va o‘qigan. 
Qo‘sh madrasa. Qo‘sh madrasa deyilishiga sabab, ikkita madrasadan iborat.
Biri Modarixon madrasasi (1566 - yil), ikkinchisi Abdullaxon madrasasi (1588
- yil) dir. Bular ham Ko‘kaldosh kabi Abdullaxon davrida qurdirilgan.


Modarixonning xajmi kichikroq, bezaklari oddiy uslubdadir. Abdullaxon esa 
serhasham. Bozor toqilari . SHayboniylar sulolasi davrlarida turli savdo toqilari
qurilgan: Toqi sarrofon (sarroflar -bir davlatning pulini ikkinchi bir davlat
puligaalmashtirib 
beruvchi 
kishilar);
Toqi telpakfurushon (telpak, do‘ppi sotuvchilar); Toqi kitobfurushon (kitob
sotuvchilar); Toqi zargaron (zargarlik buyumlari tayyorlovchilar va sotuvchilar).
Bularning bari 15- asrgaoid me‘moriy yodgorliklarimizdir. 
Labihovuz maydoni. Maydon o‘rtasida 1620 - yili katta hovuz qazilib, atrofl 
ari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan
tarnovlar ishlangan. Hovuzning eni 36 metr, bo‘yi 45,5 metr, chuqurligi 5 metr
bo‘lib, uning g‘arbiy tomonida Nodir Devonbegi xonaqohi (Labihovuz masjidi),
Sharqiy tomonida Nodir Devonbegi madrasasi, Shimoliy tomonida Ko‘kaldosh
vaErnazar elchi nomli madrasasi (saqlanmagan) qad ko‘targan. Bari obidalar 16 
- 17 asrgaoiddir. Abdulazizxon madrasasi. Ushbu yodgorlikni Buxoroxoni
Abdulazizxon 1652 - yilda Ulug‘bek madrasasi ro‘parasida qurdirgan. Juda
dabdabali peshtoqi bor. UndaXitoy ajdari va semurg‘ qushining surati aks
etgan. Me‘mori Mimxokon ibn Xo‘ja Muhammadamindir. Madrasada ikkita 
masjid bor. Chor Minor. 1807 - yilda qurilgan mazkur madrasani xalifa Niyozqul 
madrasasi ham, deb atal adi. U me‘moriy majmuydan iborat. Ya‘ni, ayvonsimon
masjid, bir qavatli madrasa, hovuz (hozirda ko‘milgan) va maftunkor old
darvoza. Ushbu darvoza zangor va ko‘k koshinlar bilan bezatilgan 4 ta baland
mezonali qubbka shaklida qurilgan. Mezanalar husndor va minoraga o‘xshaydi,
shu boisdan madrasani Chor Minor deyiladi. Unda Hindiston masjidlari
memorchiligi an‘analari ko‘rinadi. 
Bol ahovuz masjidi. Ark qarshisida 1712 - yilda qurilgan. U hujralar va 20 ta
baland yog‘och ustunlardan iborat, hashamatli ayvondan tashkil topgan. Ayvonlar 
1917 - yilda qurilgan. Sitorai Mohi Xosa. Mazkur saroy shahar tashqarisida,
shahardan 4 km. shimolda mavjud. Amir Ahadxon 1892 - yildaeski saroyni
qurdirgan. Shuningdek, bu erda yevropa uslubida yangi majmua ham bunyod
etilgan. 6,7 gektarga ega bog‘i mavjud. 1917 - yildaAmir Sayyid Olimxo n 
yangi saroyni rus muhandislari Sokovich va Margulislar, bezaklarini esa Usta
Sрirin Murodov rahbarligida qurdiradi. 

Download 364,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish