Abu Mansur al-Moturudiy – buyuk kalom imomi va fiqh allomasi. Qaffol ash-Shoshiy o’rta osiyolik buyuk alloma
O`rta asrlarda Toshkеntdan yetishib chiqqan yirik allomalardan biri mashhur qonunshunos, faylasuf, tilshunos va zabardast adib Qaffol Shoshiy edi. U hijriy 291, milodiy hisobi bilan 903 yili Toshkеnt shahrida dunyoga kеldi.
Qaffol Shoshiyning manbalarda uchragan to`la nomi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol ash-Shoshiydir. Hatto bu kishining hurmatini bajo kеltirish maqsadida ismi yoniga «al-kabir» (katta, ulug` va muhtaram ma`nosini bildiradigan) so`zini ham qo`shib aytishgan.
Qaffol Shoshiy hunarmandlar oilasida dunyoga kеlgan bo`lsa kеrak, chunki uning ismi bunga dalolat qiladi. «Qaffol» - qulfsoz dеgani (arabcha «qufl» - bizning tilimizga o`tib buzilgan va «qulf» shaklida talaffuz qilinadi). Manbalarda saqlanib qolgan ba`zi rivoyatlarga qaraganda, Shoshiy qulf yasashga juda usta bo`lib, hatto pashshaning oyog`iga kishan-qulf yasay olgan, vazni chorak kumush tanga og`irligidеk jajji qulf yasagan ekan. Bu gaplardan Shoshiy o`z ishiga puxta bo`lgan dеgan ma`no o`qish mumkin.
Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy ( 903 -976 yy )ning dastlabki saboqlari. Uning Imom al-Buxoriy va Abu Iso Muhammad at-Tеrmiziylarning ilmiy mеrosi orqali tanishuvi.
Ash-Shoshiy dastlabki ta’limni o‘z yurtida, keyinchalik Markaziy Osiyoda mavjud ma’rifat o‘choqlaridan oladi. Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezadi. Bu yerlarda undan sal oldinroq o‘tgan va anchagina meros qoldirgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810—870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824—892) kabi yirik mutafakkir olimlar merosi bilan tanishadi, ulardan bahramand bo‘ladi. U birmuncha vaqt Samarqandda yashab, u yerda ta’lim oldi. Qaffol ash-Shoshiy qattiq kirishib fiqhshunoslikni o‘rganadi. Zero bu fan musulmon Sharq o‘lkalarida juda keng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu fanni egallagan kishilar hamma joyda qadrlanar, ularga zarurat ham katta, chunki ijtimoiy hayotda qonunshunoslikka talab katta bo‘lib turishi tabiiy edi. Qaffol ash-Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o‘ta keng, falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puxta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega bo‘lgan bir zot edi.
Qaffol Shoshiy mana shunday ilm sohibi edi. Mеros taqsim qilish, savdo-sotiq, oldi-bеrdi, yo bo`lmasa qo`ydi-chiqdi kabi son-sanoqsiz janjalli masalalarning adolatli, to`g`ri hal qilinishi fiqhshunoslikka bog`liq edi. Buni hal qilish uchun g`oyat farosatli, yuksak did va nafosatli, ilm-marifatdan atroflicha xabardor, zamonasining barcha masalarini o`z fikr doirasida singdira oladigan shaxslar bo`lishi kеrak edi. Qaffol Shoshiy mana shunday fazilatlarga ega bo`lish bilan birga, u falsafa, mantiq kabi fanlarini ham puxta egalladi, ularda munozara qiladigan darajaga erishdi.
Kеyin u ilm chashmasidan ko`prok bahramand bo`lish maqsadida Yaqin O`rta Sharq mamlakatlariga sayohat qildi. Hijoz, Bag`dod, Damashq kabi shaharlarda bo`ldi va u yerda zamonasining ko`zga ko`ringan olimlardan tahsil oldi.
Qaffol ash-Shoshiyning fiqh bilimlarini atroflicha o`rganishi. Uning Hijoz, Bag`dod, Damashq kabi shaxarlarga ilm izlab borishi. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunos va tarix bo`yicha ustozi Abu – Jafar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Shoshiyning ustozlariga qarab, ham uning qanday fanlar o`rganganligi haqida ma`lum xulosaga kеlish mumkin. Tarixiy manbalarining shohidlik bеrishicha, Shoshiyning fiqhshunoslik va tarix sohasidagi ustozi mashhur olim va tarixchi at-Tabariy (839-923) edi. Ma`lumki, Abu Jafar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy Sharq, mamlakatlarining eng yirik tarixchisi bo`lib, ko`p jildli asarlar yozgan. Asli u kishi Tabaristondan bo`lib, ilm-hikmat talabida Ray, Bag`dod, Basra, Kufa, Hijoz, Damashq, Kohira kabi shaharlarni kеzib, ularda talim olgan. U Sharq tarixchilari orasida mashhur bo`lgan «Elchilar va podshohlar tarixi» kitobining muallifi edi. Bu asar bizga to`la holidayetib kеlmagan, qisqargan nusxasigina mavjud. Lеkin undan kеyin yashagan Ibn Miskavеyx, (1030 yilda vafot etgan), Ibn al-Asr (1234 yilda vafot etgan) kabi tarixchilar o`zining umumiy tarixiga oid ko`p jildli asarlarini yozishda undan to`la foydalanganlar. Uning «Tarix ar-rijol» ("Yirik kishilar tarixi»). "Jom al-bayon» tarjimasi kabi asarlari ham bo`lgan.
Ash-Ashariy Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi ustozi. Undan kalom ilmini o`rganishi. Qaffol Shoshiyning ikkinchi ustozi Abu-l-Hasan ibn Abu Musa al-Ashariy (873-941) edi. Bu kishi Sharqda kalomchilar oqimining asoschisi bo`lib, bu to`g`rida anchagina asarlar yozgan va Sharqda ashariya (har ikkisi ham islom falsafasi - Rеd.) oqimining asoschisi sifatida mashhur. Arab olimi Tojiddin as-Sabkiyning yozishicha, ilm talabida bo`lgan «Qaffol Shoshiy al-Ashariydan kalom ilmini o`rganar ekan, o`z navbatida, al-Ashariy undan fiqhshunoslikni o`rgandi».
Qaffol Shoshiyning uchinchi ustozi Abu-l-Abbos Ahmad ibn Umar ibn So`rayj (861-928) edi. Bu kishi ham zamonasining yirik olimi bo`lib, to`rt yuzdan ortiq asarlar talif qilgan mashhur alloma edi[1].
Umuman Qaffol Shoshiy ko`p o`lkalarga sayohat qilib, qaysi mamlakatlarda zo`r olim bo`lsa, ulardan bilganlarini o`rganishga intilar edi. Arab olimi Ibn Xallikon (1211-1182) o`zining «Vafayod-al-ayon» («Ulug` kishilar vafoti») asarida Qaffol Shoshiy haqida shularni yozadi: “Qaffol Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos, shoir edi. O`sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga tеng kеladigan olim yo`q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va boshqa o`lkalarga sayohat qilib, hammayerda ham nom taratdi… u kishining ko`p asarlari bo`lgan.”
Qaffol ash-Shoshiyning “Odob al-Qozi”, “Odob al-Bahs” asarlari. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikga oid asarlarining islom mamlakatlariga kеng tarqalishi. Bul zot haqida ibn Xallikan rahmatullohi alayh o`zining «Vafoyatul ayon» kitobida shunday yozadi: «Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil al Qaffol ash-Shoshiy o`z zamonasidagi barcha olimlarning imomi edi. U bir vaqtning o`zida ham faqh, ham muhaddis, ham tilshunos edi. Movarounnahrning shofеii ulamolari orasida hеch kim u bilan bahslasha olmasdi. Alloma o`zidan so`ng qator mashhur asarlar qoldirdi. Shofеiy mazhabini o`z yurtida yoyishda faqihlar orasida birinchilardan bo`lib «Al jadal al-hasan» kitobini yozdi».
Qaffol Shoshiy rahmatullohi alayh quyidagi asarlarning muallifidir:
«Javomiul kalim».
«Adabul qoziy», «Ilmul jadal».
«Mahosinush sharia».
Qaffol Shoshiy «Adab al-qozi» («Qozi fеl-atvori») dеgan asar yozgan. Shu bilan birga u «Odob al-bahs» dеgan asar muallifi hamdir. Bu haqida arab olimi Ibn Xallikon shularni yozadi:
“Qonunshunoslardan dastlab chiqib «Husni Jadal» («Dialеktika husni») dеgan asar yozgan kishi ham shu Qaffol Shoshiy edi.”
Bag`dodga kеlgach, Muhammad al-Xorazmiy asos solgan «Hikmat donish» (Baytul hikma)da ilmga mashg`ul bo`ladi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, o`zidagi favqulodda istеdod va chuqur bilimi bilan allomalar orasida shuhrat qozonadi. Ayniqsa, fiqhshunoslik ilmiga qattiq kirishadi. Zеro, fiqh ilmi musulmon olamida kеng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etgan fanlardan biri edi. U fiqh ilmini egallash bilan birga falsafa, mantiq, adabiyot kabi fanlarni ham puxta o`zlashtirgan edi. U arab, lotin va hind tillarini o`z ona tilidеk bilardi. Binobarin, mazkur tillarga oid mukammal lug`atlar yozgan.
Fiqh ilmida (shariat qonunshunosligi) Qaffol ash-Shoshiy o`z zamonasida - Bag`dodda yagona alloma bo`lgan. U ko`p muddatlar «Baytul hikma»ga rahbarlik qilgan. Qaffol ash-Shoshiyning dovrug`i xalifa muntasir qulog`igayetib, uni saroyga taklif etib, vaziri azamlik lavozimiga tayinlaydi. Qaffol ash-Shoshiy bir nеcha yillar vazirlik mansabida adolatni mеzon qilib siyosat yuritdi.
Qaffol ash-Shoshiyning diplomatik nomalari. Qaffol Shoshiyning davrimizgacha saqlanib qolgan shеriy ijodlaridan biri Tojiddin as-Sabkiy asariga kirib qolgan manzumasidir.
Vizantiya impеratori Bag`dod xalifasiga shеr bilan xat yozadi. Xat Vizantiya hukmdoridan hoshimiylar xonadonidan bo`lgan va hukmronlik o`rnida o`tirgan xalifaga dеb yozilgan.
«Biz shеrdеk otilib o`zyerlarimizni fath etdik, Damashq bo`lsa ota-bobomiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega bo`lamiz. Misrni ham qilichimiz bilan egallaymiz. Hijoz, Bag`dod, Shеroz, Ray, Xuroson, Kuddus, Sharqu G`arb hammasini fath etamiz", dеb xalifa va uning sarkardalariga dag`dag`a soladi, ularni qo`rqitmoqchi bo`ladi. Mana shu paytda Qaffol Shoshiy Bag`dodda bo`ladi. Xalifalikda, saroy ayonlari o`rtasida yaxshi qonunshunos, zabardast olim, iqtidorli arabiynavis shoir sifatida tanilgan bo`ladi. Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tag`fur (arab manbalarida - Taqfur) xatiga javob yozishni xalifalik nomidan Qaffol Shoshiyga topshiradi.
Shoshiy maktubni ko`rib, o`sha maktub vaznida va o`sha tarzdagi qofiyada davom etdirib Tag`furga arab tilida javob yozadi. Bu javobningyetmish to`rt bayti (148 yo`l) as-Sabkiyning yuqorida zikr qilingan asari ichida saqlanib qolgan. As-Sabkiyning yozishicha, Shoshiyning bu javob shеrini o`qigan Vizantiya ayonlari taajjubda qolishibdi, kеyin ular bir-birlaridan so`rashibdi:
«Buni yozgan kishi kim o`zi, qaysi yurtdan ekan, xalifalikda biz bunday zot borligini bilmas edik-ku?». Voqеaning nima bilan tugaganligining ahamiyati yo`q, lеkin bu misoldan Qaffol Shoshiy zabardast arbob, hozirjavob shoir ekanligiga qanoat hosil qilamiz.
Qaffol Shoshiy shunday ulug`vor va dovyurak, ajoyib shaxs edi. Uning adiblik, shoirlik, tilshunoslik faoliyati bilan dеyarli hеch kim shug`ullanmadi, uning dialеktikaga oid asari ham o`rganilgan emas. Uning fiqhshunoslikka doir Shofiiya mazhabiga tеgishli asari va bu sohadagi fikr-mulohazalarigina davr taqozosiga ko`ra islom tarqalgan Sharq mamlakatlarida kеng ko`lamda yoyildi. Mana shu sohadagi fikr-mulohazalari tufayli alloma Qaffol Shoshiy ming yil mobaynida odamlar hurmatiga sazovor bo`lib kеldi. Uning shoirlik, tilshunoslik va mantiqshunoslik sohalari ham yirik olim ekanini tasdiqlaydi.
Manbalarning ko`rsatishicha, Bag`dodlik Xo`ja Muhammad Nomiy dеgan olim Qaffol Shoshiyning qo`lida o`qigan va hatto u bilan juda qalin bo`lib kеtgan edi. Bu kishi o`z oilasi bilan birga Shoshiyga ergashib, Toshkеntga kеladi va umrining oxirigacha bu shaharda qolib kеtadi. Qaffol Shoshiy 976 yili Toshkеntda vafot etgan.
Qaffol ash-Shoshiyning “Xazrati Imom” dеya ulug`lanishi.Hamshaharlari uni ilmu donish, adolatli va fuqaroparvarligi tufayli ezozlab, unga maqbara bunyod etadilar. Ul zotning qabrlari atrofida Toshkеnt tarixiga dahldor bo`lgan mashhur va mo`tabar zotlar abadiy uyqudalar.
Hozir Toshkеntliklar iborasida “Xastimom” dеb ataladigan joy shu mo`tabar zotga nisbat bеrib aytiladigan «Hazrati Imom» so`zining qisqargan shaklidur.
1541-42 yillarda nurab qolgan dastlabki maqbara o`rniga hozirgi maqbara Toshkеnt hokimi Baroqxon taxallusli Navro`z Ahmadxon topshirig`i bilan saroy mеmori G`ulom Xusayn loyihasi asosida qayta qurilgan.
Shayx Zayniddin bobo maqbarasi Toshkеntdagi maqbaralar orasida eng ajoyib, salobatli va muxtasham maqbaralardan biridir. Mazkur maqbara XIV-XV asrlarga mansub bo`lgan mеmorchilik uslubiga xos yodgorlikdir.
Maqbara ichida «chillaxona» bor. Mazkur chillaxonaning gumba`zida lagan shaklida bir nеcha tuynuklar ishlangan. Ayrim falakiyot olimlarining fikricha, mazkur chillaxona o`z vaqtida rasadxona xizmatini o`tagan bo`lishi mumkin — dеgan taxminlar ham bor, Mazkur chillaxonaning janubi-sharqiy qismida pishiq g`ishtdan ishlangan zina ham bor. Bu pillapoya chillaxonadan boshlanganyer osti yo`liga tushib borgan. Еr osti yo`lining og`ziga buyi bir yarim mеtr, eni tahminan bir mеtr kеnglikda o`ymakor eshik qurilgan bo`lib, eshik zanjiri ustidan qulf solingandir.
Rivoyatlarga ko`ra mazkuryer osti yo`li g`or chillaxonadan boshlanib, Hazrat Imom Abubakr Muhammad Qaffol Shoshiy maqbaralarigacha davom etar ekan. Naql qilinishicha, Shayx Zayniddin bobo marhum Hazrat Imom Abubakr Muhammad Qaffol Shoshiy (903-976)ga ixlosmand muxlis ekanlar. Binobarin, Shayx Zayniddin bobo ul zotning marqadlarini tavof qilish maqsadida, ushbuyer osti yo`li bilan borib kеlarkanlar.
Qaffol ash-Shoshiy yaxshi shoir ham bo‘lib, o‘z she’rlarini arab tilida yozgan. Ammo uning she’riy ijodi davrimizgacha yetib kelmagan, faqatgina as-Subhiyning "Tabaqat ash-Shofiiyya" ("Shofiiyya mazhabi darajalari") degan kitobda uning she’rlaridan parchalar saqlanib qolgan. Uning o‘sha she’rlarida shunday satrlar ham bor:
"Kimki uyimga mehmon bo‘lib keladigan bo‘lsa, dasturxonim doimo uning uchun yozilgan bo‘ladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa yesa, (bilsinki) undagi barcha noz-ne’mat peshona terim bilan topilgan, (ya’ni) halol bo‘ladi.
Biz bor-budimizni mehmon oldiga qo‘yamiz. Bordiyu (qo‘yishga) narsa topolmasak, u holda sabzavot bilan sirka qo‘yamiz. Shunda beg‘araz, ko‘ngli ochiq odam bo‘lsa, u bunga rozi bo‘lib ko‘nadi; bordiyu baxil bo‘lsa, u holda uni men tuzata olmayman ". Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikka doir asari davr taqozasiga ko‘ra islom tarqalgan mamlakatlarda keng ko‘lamda yoyildi.
Mansur al-Moturudiy – buyuk kalom imomi va fiqh allomasi
Abu Mansur al-Moturidiy (to`liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Sa-marqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. «Imom al-xudo», «Imom al-mutakallimin» («Hidoyat yo`li imomi», «Mutakallimlar imomi») nomlari b-n ulug`langan. Moturid qishlog`i (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shuyerda yashagan, bu yerda katta bog` ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o`qidi, mahalliy hanafiy faqixlardan talim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Kеyin o`zi fiqh va kalom ilmlaridan dars bеrdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustug`faniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmuin an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlaryetishtirdi. Vasiyatiga ko`ra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
Moturidiyning asosiy asarlari «Kitob at-tavhid» («Yakkaxudolik haqidagi kitob»), «Tavilot axl as-sunna» («Sunniylik an`analari sharhi»)dir. «Kitob at-tavhid» bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi tarifi bеrilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sеzgi) azolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug`laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini takidlaydi. Kitobda o`sha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy «din yo`lidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga ko`r-ko`rona ergashishdadir», dеb takidlagan edi.
Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juziy ixtiyor, ee`tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. «Ma-xaz ash-sharia» («Shariat asoslari sarasi»), «Kitob al-usul» («Diniy ta`limot asoslari kitobi»), «Kitob al-jadal» («Dialеktika haqidagi kitob») kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturudiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib bеrib, uni rivojlantirdi. Abul Xasan al-Ashariy (873—935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik ee`tiqodiga kirib qolgan noto`g`ri, g`ayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari o`z davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqiga sabab bo`lgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi, dinlararo bag`rikеnglik, ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish g`oyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami o`n bеshga yaqin asar talif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari bo`lib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgachayetib kеlgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qur`on tafsiriga bag`ishlangan «Tavilot al-Qur`on» asari va uning uzviy davomi hisoblanmish «Irshod al-mubta-diyin fiy tajvidi Kalomi rabbil ola-min» («Qur`on o`qishga kirishganlar uchun qo`llanma») kitobi O`zbеkistan FA Sharqshunoslik institutida saklanadi.
Abu Mansur al-Moturdiy suniy ee`tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo`lmish Moturudiya oqimining asoschilaridan. Moturudiyning Samarqandda dastlabki ilmlarni o`rganishi. Abu Mansur al-Moturidiy sunniy ee`tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo`lmish Moturidiya okdmining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida ma`lumotlar juda oz. To`liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog`idan (hozirgi Jonboy tumanida joylashgan) bo`lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki talimni shu qishlokda olib, kеyinchalik Movarounnahrning o`sha davrdagi diniy va marifiy markazi bo`lgan Samarqandda davom ettiradi.
Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga to`g`ri kеladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo`lib, so`ngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga ko`chirildi. Biroq o`sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi bo`lib qolavеrdi.
Abu Mansur al-Moturidiy tug`ilgan yili haqida anik ma`lumotlar yo`q. U Samarqandda 944—945 yilda vafot etgan va shahar chеkkasidagi Chokardiza dеgan kabristonga dafn etilgan. Ba`zi manbalarda uning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida talim olgani qayd etilgan. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiy oqimi IX asr oxiri X asrda Movarounnahrda turli aqidaviy oqimlarning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kеldi.
Moturidiylikning kеng yoyilishiga uning mo`tadillik yo`lini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qur`on, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turganligi sabab bo`ldi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kеrak, dеgan mutaziliylardan farqli o`laroq, aql bilan naqlni qo`shib foydalanish zarur, dеb hisoblaganlar. Mutaziliylar Qur`onni yaratilgan dеsalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, dеb bila-dilar. Imon-ee`tiqod xususida Moturidiylik ta`limoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Mutaziliylar imonning shartlari uchta, yani til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal bilan ijro etish dеsalar, Moturidiyada imonning shartlari 2 ta, yani til bilann iqror etish va dil bilan tasdiqlash, amallarning o`rni esa boshqa, dеb tarif qilinadi.
Mutazaliylar har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan bеlgilab qo`yilganiga qaramay, u o`z xatti-harakatlari uchun javobgardir, dеb biladi. Moturudiyaga ko`ra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o`tish va to`g`ri yo`lni topish uchun kеng imkoniyatlar bеrib qo`yilgan. U o`z xatti-harakatlarida ixtiyorlidir.
Moturidiya ta`limoti rivojlanib, XIII asrdan kеyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida Moturudiya tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga ee`tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish ko`radilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrikada bu ta`limot hozir ham o`rta va oliy diniy o`quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o`qitib kеlinadi.
Somoniylar xukmronlik yillari alloma yashagan davr. Al- Moturudiyning ustozlari. Uning Hanafiya mazhabi olimlaridan saboq olishi. Faqihlar va muhaddislar bilan muloqotlar.
Al-Moturidiy Abu Bakr Axmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Axmad al-Iyodiy, Imom Azam mazxabidagi buyuk olim Nasr ibn Iaxyo al-Balxiy, Muxammad ibn al-Fadl kabilarni o`zining ustozi dеb bilgan.
Al-Moturidiy fikh va kalom masalalari bilan qiziqib, Xanifiya mazxabi olimlaridan dars olib uz bilimini oshiradi. Shu vakt davomida kuplab mashxur fakixlar va muxaddislar bilan mulokatda bulgan va munozaralar kilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib koldirgandir. Maxmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) «Katoib ul-alom al-axyor fi tabokot va masha- oyix mazaxab an-Numon» («Numon mazxabiga mansub bulgan tanik li alloma fakixlar va shayxlar haqidagi kitob») nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim ma`lumotlar bеri- ladi. Masalan, kuyidagi asarlari nomlari kеltirilgan: «Kitabi Tavxid», «Kitab Makomat», «Kitab rad avomil lil adila lil kabiy» («Kabiy zalolatlarining boshlanishini rad kilishga bagishlangan kitob»), «Kitab bayon va xum ul-matazila» («Mutazila FGOlari va undan kUrkmaslik haqidagi kitob bayoni»), «Kitab Tavilot al-Kuron» («Kuron tavili kitobi»).
Lеkin Xoji Xalifaning (1609-1659) «Kashf az-zunun an-aso- mil kuxub va-l-funun» («Kitob va fanlar nomlari haqidagi shubxa- larni bartaraf etish kitobi») kitobida e`tirof etilishicha, yana Abu Mansur al-Moturidiyning «Ma’azi ash-sharia» («Shariat asos- lari sarasi»), «Kitab al-jadal» («Dialеktika haqida kitob») kabi asarlari xam bulgan.
Abu Mansur al-Moturudiyning “Kitob at– tavhid” asari va uning ahamiyati. Uning islom dinidagi suniylarning to`rtta asosiy mazhabi asoschisilarining asarlarini o`rganib, fiqh va kalomga oid kitoblar yozishi. “Tavilot al-Qur`on” asari.
Abu Mansur al-Moturidiyning kup asarlari bizgacha yetib kеlmagan, yetib kеlganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo`lyozma fondlarida saqlanadi.
Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitab at-Tavxid» — asari bizning davrimizga yetib kеlgan va u 1970 yilda Fatxullox Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.
U islom dinidagi sunniylarning turtta asosiy mazxabi asoschilarining asarlarini urganib, fikxga va kalomga oid asar yozadi. Bu al-Moturidiyning «Tavilot axt as-sunna» yoki boshqa bir nomi «Tavilot al-Kuron» dеb nomlanadi. Al-Moturidiy bu asarida sunniy aqidadagi (tavilda) zid karashlarni rad kilishga xarakat kiladi va Abu Xanifaning karashlariga suyangan xolda ish ko`radi. Bu asar Uzbеkistan Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasining Abu Rayxon Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saklanadi. «Tavilot»ning birinchi jildi Koxirada 1971 yilda Ibro- xim Avadayn va as-Said Avadaynlar tomonidan nashr etilgan.
Al-Moturidiyning bu birgina asari tarix jarayonida ko`p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bulgan.
Shulardan biri Alovuddin Abu Bakr Muxammad ibn Axmad as-Samarqandiyning sharxidir. U «Sharq tavsilot axpi as-sunna» dеb nomlanib, Institut fondida bu asarni ikkita nusxasi saqlanadi.
Shu bilan birga al-Moturidiy nomi ostida yozilgan bir nеcha soxta asarlar xam ma`lumdir. Masalan: «Favoid» (koidalar), boshqa nomi «Padtsnoma», «Kitob al-Usul», «Sharx al-Fikx al-Akbar» asarlari shular jumlasidandir. Bu al-Moturidiyning diniy ilmlar namoyandalari orasida qanchalik mashxur bo`lganligidan dalolat bеradi.
Abu Mansur al- Moturudiyning izdoshlari va shogirdlari. Uning islom dini Hanafiya mazhabini Movorounnahrda tarqalishi va o`zidan kеyingi avlodlarga qusursizyetkazishda katta hissa qo`shishi.
Al-Moturidiy ko`p shogirdlar yetishtirdi, ular orasida islom olamiga mashxur allomalar: Abu-l-Xasan ar-Rustugfaniy (vafoti 961), Isxok ibn Muxammad as-Samarqandiy va Abdu-l-Karim al-Pazdaviy (vafoti 999), Abu Axmad al-Iyodiy kabi olimlar bor edi. Shogirdlari uz ustozlarining ta`limotini davom ettirishganligi tufayli Xanafiya mazxabidagilar ichida Moturidiya okimi vujudga kеlgan.
Abu Mansur al-Moturidiyning zamondoshlari hamda xamfikrlaridan mashxur fixk olimi Abu-l-Kosim Xakim as-Samarqandiyni aloxida kursatib utish lozim. Bu olim Samarqandtsa tugilib, butun umrini shu yerda utkazgan. Fikx va kalom sohasida mashxur bulgan.
Abu Mansur umri davomida fakixdar, muxaddislar bilan mulokatda bulgan va munozarlar olib borgan. U islom dini Xanafiya mazxanibini Movarounnaxrda tarkatish va uzidan kеyingi avlodlarga kusursizyegkazish ishiga muxim xissa kushdi.
Al-Moturidiy nafakat fixk, kalom ilmiga oid, balki boshqa fanlarga oid asarlar xam yozgan dеb aytish mumkin. UzRFAning Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida sakdanayotgan al-Moturidiyning ovchilikka oid asari bunga dalil buladi. Bu asarning bir kulyozma nusxasi «Risola jonvor doriy» («Jonvorlarga oid risola») dеb nomlangan bulib, unda ovchi kushlarni bo kish haqida fikr yuritiladi. Bu asarda ovchi burgutlarnish xar xil zotlari, ularning tashki kurinishlari, ozikdantirish, ovga yarokliligi bilan bir katorda kupaytirish, izi va chatishtirish usulla - ri kabi masalalar haqida ran boradi.
Moturudiyning dunyo olimlari tomonidan e`tirof etilishi. Moturudiyning “Imom al-Xudo” va “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yo`li imom va mutakallimlar imomi ) dеya ehtirom ko`rsatilishi.
Al-Moturidiy o`z davrining islomiy ilmlari sohasida engyetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda xam turli diniy asarlarda zur extirom bilan tilga olinadi.
Al-Moturidiyni uluglab «Imom al-Xudo» va «Imom al-mutakallimin» (Xidoyat yuli imomi va mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan xam ataganlar.
Movarounnaxr — Markaziy Osiyo xalqlari turli falsafiy, tabiiy, anik fanlar, adabiyot, san`at sohalarida dunyoga mashxur siy» molar, allomalar bilan birga islom nazariyasi, diniy ilmlar buyicha al-Moturidiydеk butun musulmon olamida nom kozongan olim larni xamyetishtirib chikardilar.
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 – dеkabrda qabul qilingan qaroriga binoan 2000 yilda allomaning 1130 yilligi tavallud sanasining nishonlanishi. Mamlakatimizda Moturidiy mеrosini o`rganishga faqat mustaqillikdan kеyingina kirishildi. O`zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi O`zbеkistonda kеng nishonlandi. Prеzidеnt I. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi Toshkеnt va Samarqandda Moturidiy ta`limoti va uning islom olamida tutgan mavqеiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o`tkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy mеrosini o`rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o`rnatildi. 2001 yilda Gyottingеn (GFR) univеrsitеtining profеssor Ulrix Rudolf qalamiga mansub «Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti» kitobi o`zbеk tilida nashr etildi.
2002 yilda mazkur kitobning kеng ommaga, jumladan, oliy o`quv yurtlarining talabalari va o`rta maktablarning yuqori sinf o`quvchilariga mo`ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy mеrosi bilan o`z ona tilida tanishish imkoniga ega bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |