Mavzu: jahonning mumtoz tarixiy yodgorliklari



Download 2,6 Mb.
Sana14.04.2022
Hajmi2,6 Mb.
#550231
Bog'liq
Jahonning mumtoz tarixiy yodgorliklari

Mavzu: JAHONNING MUMTOZ TARIXIY YODGORLIKLARI

5-sinf: Tarixdan hikoyalar fanidan.

Piza minorasi XII–XIV asrlarda Italiyaning Piza shahridagi Sobor maydonida qurilgan. Minora 8 qavatli bo‘lib, oq marmardan ishlangan. Minora silindirsimon shaklga ega, balandligi 54,5 metrni tashkil etadi. Sirt qismi olti belbog‘ bilan o‘ralgan. Minoraning tepasiga 300 ta pillapoyali zinadan chiqilgan.

Piza minorasi «Qulayotgan minora» deb ham ataladi. Bunga u qurilgan joyning cho‘kishi oqibatida minoraning bir tomonga og‘ganligi sabab bo‘lgan. Og‘ishni to‘xtatish choralari ko‘rilgan bo‘lsa-da, o‘tgan bir necha asr davomida bu og‘ish 5 metrga yaqinlashib qoldi. Keyingi 100 yil ichida esa bu ko‘rsatkich 30 sm ni tashkil etdi.

Tauer ko‘prigi Angliyaning poytaxti London shahrini kesib o‘tuvchi Temza daryosi ustiga qurilgan. Ko‘prikni muhandis G. Jons loyhalashtirgan edi. Ko‘p rik qurilishi 1894-yilda tugallangan. Ko‘prikning umumiy balandligi suv ustidan 45 metrni tashkil etadi.

Temza daryosidan kemalar qatnayotganida birinchi qavat balandga ko‘tarilib, ikki tabaqaga aylanadi. Ikkinchi qavat piyodalar qatnaydigan ikki yo‘lakdan iborat. Binobarin, kema qatnovi davrida ham ko‘prikdan yo‘lovchilarning o‘tishi to‘xtab qolmaydi. Ko‘prikning ikki boshiga ikkita minora qurilgan. Minoraning tepasiga 40 kishi sig‘adigan lift orqali chiqiladi va lift orqali pastga tushiladi.

Tojmahal maqbarasi Hindistonning Agra shahri yaqinida joylashgan. Maqbarani boburiy hukmdor Shoh Jahon vafodor xotini Mumtoz Mahalbegim xotirasiga bag‘ishlab qurdirgan. Maqbara 1653-yilda qurib bitkazilgan.

Eyfel minorasi 1899-yilda Fransiyaning quruvchi-muhandisi Aleksandr Eyfel tomonidan Parij shahrida bunyod etilgan. Muhandis uni XIX asr texnikasi yutug‘ining ramzi sifatida qurgan edi.. Minoraning balandligi 300 metrga yaqin bo‘lib, og‘irligi 9 ming tonnani tashkil etgan. Minoraning tepasida mayoq ham qurilgan. Kuchli shamol turganida minoraning og‘ishi 15 metrni tashkil etadi. Biroq u o‘ta mustahkam bo‘lganligi uchun qulamaydi.

Ozodlik haykali Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH)ning Nyu-York shahrida qad ko‘tarib turibdi. Haykalni fransuz haykaltaroshi F. Bartoldi yaratgan. Fransiyada yaratilgan, og‘irligi 113 tonnadan ortiq, balandligi esa 46 metr bo‘lgan bu haykal po‘latdan tayyorlanib, sirti mis bilan qoplangan

Tagkursisi bilan qo‘shib hisoblanganda haykalning uzunligi 93 metr. Haykalni yaratish uchun ketgan xarajatni Fransiya xalqi, og‘irligi yigirma to‘rt yarim tonna bo‘lgan tagkursining xarajatini esa Amerika xalqi to‘plagan.

1886-yilda Ozodlik haykali tayyor bo‘lgach, qismlarga bo‘linib, AQSHga olib kelingan. Haykal AQSH tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan fransuz Eyfel minorasi 124 xalqidan Amerika xalqiga ikki xalq do'stligining ramzi sifatida qilingan tuhfasi edi. 1886-yilning 28-oktabrida Ozodlik haykalining ochilish marosimi o‘tkazilgan. Ozodlik ma’budasining boshiga 7 nur taratayotgan toj kuydirilgan. Bu 7 nur Yevropa geografik an’analariga ko‘ra 7 dengiz va 7 qit’aning ramzi hisoblanadi. Ozodlik ma’budasi o‘ng qo‘lida olovni ko‘tarib turibdi. Chap qo‘lida ushlab turgan taxtachaga «4-iyul 1776-yil» deb yozilgan. Bu sana ASHda «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan kunni anglatib turadi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Boburiylar – 1526-yilda Hindistonda o‘z hukmronligini o‘rnatgan termuriyzoda, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning avlodlari. Boburiylar Hindistonda 1858-yilgacha (332 yil) hukmronlik qilganlar.

Deklaratsiya – muhim tarixiy hodisani, qonunni xalqqa ma’lum qilish.

Sobor – xristian dinining yuqori martabali vakillari ibodat qiladigan yirik ibodatxona.


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish