11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni
Reja:
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya
2. Dinshunoslikning kategoriyalari
3. Qadimgi va milliy dinlarning tasnifi
4. Dunyo mamlakatlari va O`zbekistonda vijdon erkinligi va diniy e`tiqod haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy-madaniy ahamiyati
5. Xalqaro diniy tashkilotlar va diniy uyushmalar faoliyatining tasnifi.
6. Diniy tolerantlik va plyuralizm.
7. Sekulyarizatsiya nazariyasi (davlat va din munosabatlari) va postsekulyar kontseptsiyalar
Tayanch tushunchalar: Din, etiqod, yo`l, mazhab, religiya, «religio», «relegere», transtsendent, immanent, kult, dinshunoslik, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diyonot», «al-Milal», din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi, diniy tashkilotlar, diniy tashkilotlarnig markaziy boshqaruv organlari, konfessiya, masjid, vijdon erkinligi, etiqod erkinligi, dahriy – ateist, dinnig davlatdan ajratilish, sekulyarizm, SHomonlik, Tagri, Erlik, Umay, Jumay, Olqish, Axuramazda, Axriman, Zardusht, Avesto, Fravashi, YAsna, YAsht, Videvdat, Visperad, Moniy, Din, konfessiya, sekta, diniy tashkilot, missionerlik, xarizmatika, xristianlik, islom, buddaviylik, hinduiylik, Xitoy dinlari, O`zbekistondagi diniy konfessiyalar, mormonlar, Krishnani aglash jamiyati, YAhve shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, noananaviy diniy oqimlar, Ahmadiylik.
Dinshunoslik_faninig_maqsad_va_vazifalari_hamda_boshqa_sohalar_bilan_bog`liqligi.'>Dinshunoslik faninig maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog`liqligi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarnig o`z dini, urf-odatlari va ananalari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarnig yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo`lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o`rganishda ularnig diniy qarashlari, etiqod va diniy amaliyotlarini etibordan chetda qoldirish mumkin emas. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o`rganadi.
«Dinshunoslik» fanini o`qitishdan maqsad - talabalarga diniy va milliy qadriyatlarnig tarixan mushtarakligi, ularnig umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg`unligini tushuntirish, ularda diniy bag`rikeglik madaniyatini, diga nisbatan to`g`ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak manaviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarnig xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarnig dinlari haqida keg malumot olish, ularnig qadriyatlarini o`rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-manaviy merosni o`rganish bilan birga shu kuga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarnig natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo`ldi.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko`r-ko`rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o`rnini ilmiy jihatdan, manaviy hayotnig bir bo`lagi sifatida yondoshib o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |