11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja



Download 381 Kb.
bet8/21
Sana05.07.2022
Hajmi381 Kb.
#739701
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
№11-Mavzu - uz

Dinnig jamiyatdagi funktsiyalari. Dinnig «funktsiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bog`liq, lekin o`xshash emas. Funktsiya - bu dinnig jamiyatdagi harakat usuli bo`lsa, rol - bu funktsiyani bajarish natijalarinig jami yig`indisidir. Dinnig bir nechta funktsiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni targ`ib qilish (kulturotransliruyushaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash.
Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarnig turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) malum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to`la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o`z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash YAratgaga nisbatan eg oliy tuyg`u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish diga ishoganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg`izlik, tushkunlikdan ozod bo`lishni qo`llab­-quvvatlaydi.
Kompensator funktsiya ham odamlarnig ogini qayta shakllanishini, ham turmushnig obektiv shart-sharoitlarini o`zgartirishdagi cheklanish, qaram bo`lish va ojizlikni to`ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teg huquqlik bo`ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarnig musibatini egillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va manaviy ozuqa olish kabi kompensatsiyanig psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.
Kommunikativ funktsiya muloqotni taminlaydi. U ham diniy, ham diniy bo`lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o`zaro tasir ko`rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Diniy og ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarnig o`zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarnig ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o`lganlarnig ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Regulyativ funktsiya malum bir g`oyalar, qadriyatlar, yo`l-yo`riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, ananalar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarnig faoliyati, munosabatlari, ogi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, meyorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko`psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag`batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o`limdan keyin taqdirlanishiga vada berish) muhim ahamiyatga ega.
İntegratsion-dezintegratsion funktsiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. İntegratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. İntegratsion funktsiya malum bir manoda yagona diniy etiqod mavjud bo`lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarnig diniy ogi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo`lmagan g`oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo`lsa, dinnig funktsiyasi dezintegratsion bo`ladi.
Madaniyatni targ`ib qilish funktsiyasi oldin madaniyatnig malum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, sanatnig umuman rivojlanishiga yordam bergan bo`lsa, hozirda bazi madaniy fenomenlarni rag`batlantirib, bazilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko`paytirish, ilmiy-manaviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funktsiyasi bazi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, meyorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularnig bazilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din malum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va unig asosida bazi ko`rinishlarga, ularga malum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va etiroz qilib bo`lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, birinchidan, umuminsoniy axloq meyorlarini o`ziga sigdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarnig bahamjihat yashashiga ko`malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni egib o`tishlarida kuch bag`ishlagan; to`rtinchidan, umuminsoniy va manaviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo`l bilan madaniyat rivojiga katta tasir ko`rsatgan.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish