Guruhning maqsadi – o‘zaro harakatlar induktoridir. Kuzatishlar va eks’erimentlarning
quyidagi natijasi muhim: guruhda bir kishining taklif qilgan maqsadi boshqalarga ta’sir etadi. Ana
shu maqsad mavjud bo‘lganda boshqalar talab qilingan yo‘nalishda harakat qilishga majbur
bo‘lishidir. Taklif etilgan maqsadning induktiv kuchi guruhning o‘z a’zolariga yoqish -
yoqmasligiga bog‘liq. Shaxs mazkur guruhga o‘z ehtiyojlarini yoki muddaolarini qondirish uchun
kiradi.
Tashkilotdagi guruhlarga xizmat qiladigan maqsadlar xilma- xil bo‘lishi mumkin: ishni
taqsimlash, boshqaruvni amalga oshirish, muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish; ishni
nazorat qilish mas’uliyatini oshirish. Ayrim guruhlar unchalik rasmiy bo‘lmagan boshqa vazifalarni
bajarish uchun ham vujudga kelishi mumkin.
Endi «guruhning samaradorligi» degan tushunchani izohlab berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |