Direktiv model. Bunda bir kishi, rahbarning o‘zi (rasmiy yetakchi) boshqaradi. Aynan u
qarorlar ishlab chiqadi, guruh faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Bu modeldan foydalanish natijalari: qarorning sifati rahbar ega bo‘lgan axborotga va qaror
qabul qilish uchun bu axborotdan to‘g‘ri foydalana olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
2) Qaror xodimlarga aniq, qisqa shaklda yetkazilishi kerak. Qaror qabul qilish rahbarning
obro‘siga, uning ishontirish qobiliyatiga va u ega bo‘lgan sanksiyalarga bog‘liq bo‘ladi. Qarorning
qabul qilinishi, uning albatta ma’qullanishini bildirmaydi. Xodimlarning ko‘‘lari o‘zlariga majburan
tiqishtirilgan narsalarni yoqtirishmaydi. Shu sababli qarorlarning ma’lum qismi bajarilmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |