1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi


O‘zbekistoning BMT ga a'zo bo‘lishi hamda hamkorlik aloqalari



Download 293,57 Kb.
bet33/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
2 5240206060735695835

2. O‘zbekistoning BMT ga a'zo bo‘lishi hamda hamkorlik aloqalari.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 mamlakatni birlashtirgan eng yirik xalqaro muassasadir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan olti oy o‘tib – 1992-yil 2-mart kuni ushbu nufuzli tashkilotga a’zo bo‘ldi. BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida davlatimiz bayrog‘i mag‘rur hilpirab turibdi.
O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligi keng qamrovli. Islom Karimovning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini mustahkamlash, ilm-fan va san’atni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari hayotda o‘z ifodasini topmoqda.Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning yadro qurolidan xoli hududga aylantirilishi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash ishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident Islom Karimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Istanbul sammitida BMT huzurida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu g‘oyaning amaldagi natijasi bo‘ldi.Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimiz tinchliksevar siyosatining yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur konsepsiyada O‘zbekistonning harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, davlatlararo aloqalar va hamkorlikni faqat ikki tomonlama asosda tashkil etishi bayon qilingan.
Mamlakatimizda BMTning qator tarkibiy tuzilmalari – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Taraqqiyot dasturi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatayotir.
2010-yil aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Orolbo‘yida bo‘lib, u yerdagi ekologik bo‘hron oqibatlari bilan bevosita tanishgan edi. Ushbu tashrif yakunlari bo‘yicha tayyorlangan Orol dengizi inqirozi oqibatida zarar ko‘rgan aholining muhim hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish o‘zaro hamkorlikning yana bir ustuvor sohasiga aylandi.Mamlakatimizda Amudaryo va Sirdaryo suvidan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligiga tejamkor texnologiyalarni joriy etish, Orolbo‘yini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilayotgan O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan “Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” BMT Bosh assambleyasining 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1993 yildayoq BMT min-baridan turib, bu muammoni hal etishning dastlabki qadami sifatida ayrim davlatlarning muxolifat tomonlarga qurol-yarog’ yetkazib berishini taqiqlash haqida qaror qabul qilishga, muxolifat tomonlarni esa Afg’oniston muammosini tinch yo’l bilan hal etishga chaqirdi. Shu maqsadda tolibon hukumati hamda Shimoliy Alyans vakillarini muzokaralar stoliga o’tqazishga harakat qildi. Bunday uchrashuvni Toshkentda o’tkazishni taklif etdi. Va, nihoyat, 1998 yil Toshkentda «6+2» deb shartli nom bilan ataluvchi davlatlar (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, shuningdek AQSh va Rossiya) vakillarining uchrashuvini o’tkazishga muvaffaq bo’ldi. Unda tolibon va Shimoliy Alyans vakillari ham qatnashdi. Uchrashuv so’nggida «Toshkent Dekloratsiyasi» deb nomlangan hujjat qabul qiiindi. Uzoq yillardan beri davom etayotgan Afg’onistonda tinchlik o’rnatish muammosini bir uchrashuv bilan hal etib bo’lmasdi. Shunday bo’lsa-da, Toshkent uchrashuvi o’tkazilishining o’zi jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor bu muammoga qaratishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’ldi.


Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish