1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi



Download 293,57 Kb.
bet36/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
2 5240206060735695835

ikki palatali parlament - Jo’qorg’i Kengesiga ega respublikaga aylandi. Prezident oldida javobgar bo’lgan hukumat parlamentga bo’ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o’zgartirildi. 1994 va 1995 yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o’zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi. Hukumatda o’z mansabini suiiste'mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o’zini himoya qilish maqsadida A. Akaev 1994 yil boshida prezidentga ishonch to’g’risida referendum o’tkazdi va ko’pchilik tomonidan qo’llabquvvatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi. 2000 yildagi parlament saylovlarida Akaevni qo’llab-quvvatlayotganlar ko’pchilik o’ringa ega bo’lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo’lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akaevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo’ldi va vaziyatni keskinlashtirdi. Ammo Akaev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000 yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 75 foizi ovoz berdi va u to’rtinchi marta prezident etib saylandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinroq kechdi. 1990 yildan boshlangan ishlab chiqarishning pasayishi, ittifoq markazining buyurtma va investitsiyalari to’xtagandan so’ng, yanada tezlashdi. 1995 yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagiga nisbatan 39 foizni tashkil etdi. 1991 – 1993 yillarda Rossiya Federasiyasi texnik kreditlar taqdim etgan bo’lsada, dotasiyalarning to’xtashi va daromadning qisqarishi byudjetni parchaladi va yirik inflasiyani yanada tezlashtirdi. Hukumatning narxlar o’sishini to’xtatishga urinishlari zoe ketdi. Maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimi izdan chiqdi. Bu ijtimoiy va millatlararo munosabatlarning murakkablashishi, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va jinoyatchilikning o’sishiga olib keldi. 1991 yildayoq hukumat Xalqaro valyuta fondi (XVF) ishtirokida xo’jalikni davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan edi. Narxlarni liberallashtirish boshlandi, 1993
yilda esa milliy valyuta - som muomalaga kiritildi. Lekin, hatto, XVF yordami bilan ham inflasiyani pasaytirish va uning barqarorlashishiga erishila olmadi. 1998 yilga kelib davlat qo’lida uning ilgarigi mulkining atigi 5,6 foizi qoldi. Bu mulkning katta qismi korxonalar xodimlari, menejerlar, xorijiy va mahalliy investorlar ixtiyoriga o’tdi. Jahon banki ishtirokida ishlab chiqarishni moliyalash yo’lga qo’yildi va banklar tizimi yaratildi.

3)

XX asrning 70-yillariga kelganda Markaziy Osiyo respublikalarida ijtimoiy rivojlanish muammolari ularning hal qilinishidan ko’ra tezroq ko’payib, keskinlashib bordi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullari va iqtisodiyotni qattiq rejalashtirish prinsipi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu hol sanoatni rivojlantirishni ham qiyin ahvolga solib qo’ydi. Mustabid tizim va uning zo’ravonlik usullari, iqtisodiyotning qattiq markazlashgan holda rejalashtirilishi Markaziy Osiyo respublikalari rivojlanishida jiddiy ziddiyatlar kelib chiqishiga olib keldi. Sovet imperiyasining tarkibiy qismi bo’lgan, ham siyosiy, ham iqtisodiy huquqga ega bo’lmagan respublikalar Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va besh yillik rejalarda aks ettirilgan yo’l-yo’riqlarga amal qilishga majbur edilar. Urushdan keyingi besh yilliklar ana shunday tarzda rejalashtirilgan bo’lib, ularga mahalliy sharoitda respublikalar rahbariyati tomonidan ba'zi aniqliklar kiritish ham Markazning ruhsati bilan qilinar edi. Sanoatni rivojlantirishda Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston respublikalari metropoliyaning sanoat jihatidan rivojlangan mintaqalarining paxtaga bo’lgan ortib boruvchi ehtiyojini ta'minlashidek yaramas konsepsiyaga qat'iy amal qilinardi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushirildi. 70-80 yillarning birinchi yarmida xalq xo‘jaligini ishchi kadrlarga bo‘lgan talabi ilmiy asoslangan tarzda o‘rganilmadi. Natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi, ba’zi sohalarda keragidan ortiq ishchi kadrlar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlarda mahalliy millat vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi sezilib qoldi. Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston aholisining soni va tarkibiga, respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Lekin, 1971 yildan - 1985 yillarga qadar O‘zbekiston xalq xo‘jaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga ko‘paydi. Biroq, bu o‘sish sun’iy ravishda, ya’ni respublikamizga tashqaridan ko‘plab kishilarni ko‘chirib keltirish hisobiga ro‘y berdi. Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o‘sganiga qaramay, respublikamiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha sobiq Ittifoq respublikalari ichida 1979 yilgi ma’lumotga ko‘ra, 13 o‘rinda turar edi. O‘zbekiston ishchilar sinfining milliy salmog‘i jihatidan orqada qolmoqda edi. Masalan, o‘zbeklar 1973-1983 yillarda sanoatda 51,1 foizni, qurilishda 46,5 transportda 38,6 aloqada-40,6 kimyo va neft kimyosida 24,9 foizni tashkil qilar edi. Toshkent shahrida 1985-1986 yillarda mehnat resurslari ortiqchaligi 200 ming kishi bo‘lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar jalb qilindi. Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo‘lmagan aholi soni ortib bordi. Ularning soni 1983 yilda 836 ming nafarni tashkil qildi. Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida “o‘zbek xalqi go‘yo ishlashga qodir emasligi” va shu munosabat bilan ko‘p yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga yaqin ishsizlar bor edi. Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo‘qligidan emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, asosan markazning maxsus yo‘naltirilgan siyosati tufayli va qolaversa ba’zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bog‘chalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini yetarlicha yarata olmaganidandir. O‘n yillar davomida mahalliy yoshlar orasidan ishchi kadrlar tayyorlash bilan astoydil shug‘ullanish o‘rniga milliy g‘ururi toptalgan holda Rossiya va Ukrainadan tayyor kadrlar keltirish siyosatini ma’qul ko‘rdilar. Respublika iqtisodiyotini ahvoli, jamiyatni boshqarish usullarini qayta ko‘rib chiqishni, ularni yangi sharoitga moslashtirishni talab qilsa ham O‘zkompartiya, uning qo‘mitalari, urush davrining ish tajribasini davom ettirib, markazda va joylarda hokimiyatni o‘z qo‘lida mahkam ushlab, ma’muriy buyruqbozlik tizimini yana ham kuchaytirdi.


Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish