1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi


Qayta qurish siyosati va Qirg‘iziston



Download 293,57 Kb.
bet34/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
2 5240206060735695835

3. Qayta qurish siyosati va Qirg‘iziston.

Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarda hukm surgan siyosatining bevosita mantiqiy davomi edi. Sobiq Ittifoq siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy – texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi. Biroq ko’zlangan maqsadga erisha olmadi. Shu davrga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Bir tomondan ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida ―qayta qurish‖ boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachyov va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil aprel plenumi bilan bevosita bog’liqdir.Ushbu jarayon avvalo


jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda to’planib qolgan inqirozli holatlarnitahlil etishdan boshlandi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi. M. S.Gorbachyovning qayta qurish va maamlakat iqtisodiyotini jadallashtirish dasturiga ko’ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSRning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya'ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajada teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi. Jadallashtirish dasturini amalga oshirish 3 omilga tayanar edi. Bular: - korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo’jalik hisobiga va o’zini o’zi mablag’ bilan ta'minlashga o’tkazish; - mehnatning mazmun va xarakterida, odamlarning moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarida chuqur o’zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to’lash; - oshkoralik, ya'ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1987 yilllar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo’yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollatirishdan iborat bo’ldi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirib bo’lmasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik vabyurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o’zgarishlar ro’y bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalardagi haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvafaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakatning iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish suratlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda
mag’lub bo’ldi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-1990 yillar) endi jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Xususan, bunday vazifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987 yil yanvarida yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi. Jamiyatda sodir bo’layotgan voqyealar, hodisalarga o’sha davrda kun tartibiga qo’yilgan ―ko’proq demokratiya‖ shiori ostida baho berish rasm bo’ldi. To’g’ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi. Bundan tashqari SSSRda
saylov tizimini o’zgartirish haqidagi Qonun (1989 yil dekabr)ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi. Ammo mamlakatda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi: Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi.
Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emas edilar.

Qirg’iziston.70-80 yillarda Qirg’iziston iqtisodiyoti rivojlanishi ekstensiv xarakterga ega edi. Iqtisodiyot va siyosat tizimida qayta qurish muhimligi ravshan bo’lib qoldi. Qayta qurish davrida ―Qirg’iziston demokratik harakati‖ tashkiloti rol o’ynadi.Qirg’izistonda yuz minglab kishilarni birlashtirgan «Qirg’iziston demokratik harakati» mamlakat suvereniteti va bozor islohotlariga da'vat etdi. Uning ta'sirida Oliy Kengash 1990 yil dekabrida suverenitet deklarasiyasini qabul qildi va SSSR ni konfederasiyaga aylantirishga ovoz berdi. Moskvada g’alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo’lgan milliy-liberal va demokratlar talabiga ko’ra, Oliy Kengash Qirg’izistonning siyosiy suverenitetini e'lon qilishga va, hatto, kompartiyani taqiqlashga majbur bo’ldi. 1991 yil oktyabrdagi umumxalq saylovlarida liberal-demokrat, akademik A. Akaev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o’tmish bilan bahslashmasdan olg’a yurish»ga da'vat etdi. Qirg’izistonda davlatchilikning shakllanishi liberal-demokratik partiya va guruhlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, Akaevning o’z «jamoa»si yo’qligi ilgarigi «nomenklatura» va yaqinda tiklangan kompartiyaning islohotlarga shafqatsiz qarshilik ko’rsatishi hamda urug’-aymoqlar o’rtasidagi raqiblik, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va korrupsiya sharoitida kuchaygan millatlararo mojarolar ta'sirida murakkablashgan edi. Ammo ba'zi respublikalar uchun an'anaviy bo’lgan konformistik (loqaydlik, befarqlik) ruhdagi aholining ovoz berishi oqibatida 1992 yil kuzidagi Oliy Kengash saylovlarida islohot dushmanlari - sobiq sovet-kommunist arboblar va turli urug’larning rahbarlari ko’pchilik ovozga ega bo’lishdi. Qayta tiklangan kompartiya qasd olishga harakat qildi. Ortga qaytish xavfi tug’ildi. Shunga qaramasdan, 1993 yil may oyida oldinga qadam qo’yishga, ya'ni Oliy Kengash tomonidan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishildi, erkinliklari e'tirof etildi, ammo xususiy mulk cheklab qo’yildi. Qirg’iziston umumxalq saylovida saylanadigan prezidentli va


ikki palatali parlament - Jo’qorg’i Kengesiga ega respublikaga aylandi. Prezident oldida javobgar bo’lgan hukumat parlamentga bo’ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o’zgartirildi. 1994 va 1995 yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o’zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi. Hukumatda o’z mansabini suiiste'mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o’zini himoya qilish maqsadida A. Akaev 1994 yil boshida prezidentga ishonch to’g’risida referendum o’tkazdi va ko’pchilik tomonidan qo’llabquvvatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi. 2000 yildagi parlament saylovlarida Akaevni qo’llab-quvvatlayotganlar ko’pchilik o’ringa ega bo’lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo’lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akaevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo’ldi va vaziyatni keskinlashtirdi. Ammo Akaev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000 yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 75 foizi ovoz berdi va u to’rtinchi marta prezident etib saylandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinroq kechdi. 1990 yildan boshlangan ishlab chiqarishning pasayishi, ittifoq markazining buyurtma va investitsiyalari to’xtagandan so’ng, yanada tezlashdi. 1995 yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagiga nisbatan 39 foizni tashkil etdi. 1991 – 1993 yillarda Rossiya Federasiyasi texnik kreditlar taqdim etgan bo’lsada, dotasiyalarning to’xtashi va daromadning qisqarishi byudjetni parchaladi va yirik inflasiyani yanada tezlashtirdi. Hukumatning narxlar o’sishini to’xtatishga urinishlari zoe ketdi. Maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimi izdan chiqdi. Bu ijtimoiy va millatlararo munosabatlarning murakkablashishi, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va jinoyatchilikning o’sishiga olib keldi. 1991 yildayoq hukumat Xalqaro valyuta fondi (XVF) ishtirokida xo’jalikni davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan edi. Narxlarni liberallashtirish boshlandi, 1993
yilda esa milliy valyuta - som muomalaga kiritildi. Lekin, hatto, XVF yordami bilan ham inflasiyani pasaytirish va uning barqarorlashishiga erishila olmadi. 1998 yilga kelib davlat qo’lida uning ilgarigi mulkining atigi 5,6 foizi qoldi. Bu mulkning katta qismi korxonalar xodimlari, menejerlar, xorijiy va mahalliy investorlar ixtiyoriga o’tdi. Jahon banki ishtirokida ishlab chiqarishni moliyalash yo’lga qo’yildi va banklar tizimi yaratildi.





Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish