2-variant.
1..O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va bu yo‘ldagi sa'yi harakatlarning amalga oshrilishi.
2..XX asr 2-yarmida Afg‘onistonda madaniy hayot tarzining “sovetlashtirilishi”.
3..2005-2019 yillarda Sharqiy Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoli.
1..O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va bu yo‘ldagi sa'yi harakatlarning amalga oshrilishi.
1. 80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi. 1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi. I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O`zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko`rsatib berdi Mustaqil demokratik respublikasining tashkil topishi jahanshumul tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ruyobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O`zbekistonning boy imkoniyatlarini xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanishga keng imkoniyatlar ochildi. Eng asosiy natijalardan yana biri xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini tiklash imkoni yaratildi. O`zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi. Har bir mustaqillikka erishgan davlat o`z ramzlariga ega bo`lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O`zbekiston Dalvat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tog`laridagi an`analarni davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o`ziga xosligini Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Dalvat gerbi to`g`risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi to`g`risidagi qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
2..XX asr 2-yarmida Afg‘onistonda madaniy hayot tarzining “sovetlashtirilishi”.
2. Angliya imperialistlarining Afg’onistonda ko’p yillar davom etgan hukmronligi bu mamlakat xalqlarining madaniy jihatdan taraqqiy topishiga xalaqit berib kelgan. 1925-1929 yilgi ma‘lumotlarga ko’ra Afg’oniston xalqining 95% savodsiz deb ko’rsatiladi. 1934yilda Afg’onistonda “Umumiy boshlang’ich ta‘lim” to’g’risida qonun qabul qilingan bo’lsa ham, mamlakatda ishlayotgan maktablarning miqdori shu qadar kam bo’lganki, bu maktablar o’quv yoshida bo’lgan bolalarning hammasini o’qishga jalb qilishiga imkon bermagan. Sovet davlati bilan Afg’oniston o’rtasidagi aloqalar qayta tiklanishi bilan, ushbu hududda ham iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada o’zgarishlar qilishga harakat boshlandi. Avvalo, sotsialistik mafkurani asos qilib olgan SSSR Afg’oniston o’lkasiga ham bu g’oyani kiritish, o’lkani sovetlashtirish uchun harakatlar boshladi. Butunittifoqda uchinchi bosqich madaniy inqilob amalga oshirilgandan so’ng, uning ta‘siri qo’shni hududlarga ham ko’zga tashlanadi. Shu bois, XX asr birinchi yarmi o’rtalarida Afg’oniston hukumati aholining madaniy qoloqligini tugatishga katta e‘tibor bera boshlaydi va shu maqsadda ko’plab, maktablar, ayniqsa ko’plab boshlang’ich maktablar quriladi. Shuni aytib o’tish lozimki, agar Afg’onistonda 1949-yilda 279 ta boshlang’ich maktab qurilgan bo’lsa, ularda 75 mingga yaqin bola o’qigan (shundan 3 minggi qiz bolalar). 1958-yilga kelganda Afg’onistondagi maktablar 850 taga, ularda o’qiydigan o’g’il bolalar soni 123,1 mingga, qiz bolalar soni 12,5 mingga yetadi. Boshlang’ich maktablarda olti yillik ta‘lim joriy etilgan. Biroq, o’qituvchilar yetishmasligidan faqat shaharlardagina olti yil o’qitilgan. Ko’p qishloq maktablarida o’qish muddati ko’pincha uch yoki to’rt yil bo’lgan. Eng muhimi, davlat tashkil ushbu ta‘lim markazlarida o’qish bepul qilib qo’yilgan. Shunga qaramay, 1952-yilda 12 miln aholi uchun mamlakatda hammasi bo’lib 285 tagina maktab bo’lgan. Bu maktablarda esa atigi 85 mingta o’g’il bola, shu jumladan 4,5 ming qiz bola o’qir edi. Buni O’zbekiston SSRdagi maktablarning soni bilan taqqoslanadigan bo’lsa, o’sha vaqtlarda Afg’onistonda xalq maorifi ishining naqadar past ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Xususan 6 miln aholiga ega bo’lgan Sovet O’zbekistonida 1951-1952 yillarda 5,5 mingta maktab bo’lib, bularda 1 miln 240 ming bola o’qigan.
Kattalar orasida savodsizlikni tugatish uchun shahar va qishloqlarda kurslar tashkil qilinadi. 1958-yilda bunday kurslar 500 dan ortiq edi. Boshlang’ich ta‘lim bilan bir qatorda, O’rta va professional tehnik ta‘lim ham rivojlanadi. Afg’onistondagi o’quv yurtlari ikki turdagi maktabdan, to’liqsiz va to’liq (litseylar deb ataladigan) maktablardan iborat bo’lgan. 1950-1951-yil o’quv yilida Afg’onistonda 285ta boshlang’ich ta‘lim maktablari bo’lgan. “Habibiya”, ”Najot”, “G’ozi” kabi litseylari ham mavjud bo’lgan. Kobuldagi “Maktabi Nesvon” nomli xotin qizlar maktabida o’qish o’n bir yil bo’lgan.
Afg’onistonda 30 ta o’rta va ixtisoslashtirilgan maktab, 3 ta oliy o’quv yurti – Kobul universiteti, pedagogika instituti va oliy xotin qizlar pedagogika maktabi faoliyat ko’rsatgan. Kobulda “Poxini nindore” musiqali drama teatri ishlagan. Bu teatr sahnalarida faqat afg’on dramaturglarining emas, balki tarjima asarlar ham: Molyer, Gyugo, Chexov, Gogol va boshqa yozuvchilarning asarlari ham qo’yilgan. Kinoteatrlar ham faoliyat olib borgan. 1858-yilda Afg’onistonda 17 ta kinoteatrlar borligi qayd etib o’tiladi.
3..2005-2019 yillarda Sharqiy Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoli.
3. XX asrning 80-yillarida xitoyda o`tkazilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati tufayli viloyat qishloq xo`jaligi ham katta yutuqlarga erishadi. Qishloqda yangi texnologiyalardan foydalanishga o`tildi. 2001yilga kelganda viloyat Xitoy umumiy ichki mahsulotidagi ulushi 1485.48 (100mln) yuanni tashkil etadi. 1952 yilga solishtirganda 41.9 barabarga oshadi. Yillik o`rtacha o`sish esa 8 % ni tashkil etadi. Aholi daromadi 1952 yil 166 yuandan 2001 yil 7913 yuanga yetadi. 1955 yil viloyat tuzilgan vaqtda uning yalpi ichki mahsuloti 1.73.07 (100 mln) ni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2000 yilga kelganda 101.9 martaga ko`paydi. 2001 yilga kelganda qishloq texnikalari 880.85 (10 ming) kilovatt quvvat bilan, ekin maydoni miqdori esa 3404.12 ming gektarni tashkil etgan qishloqda ishlatiladigan elektr energiyasining miqdori 25.45 (100 mln)ming kilovattni tashkil etgan, bu esa 1955 yilga nisbatan 1 barobarga ko`p, degani edi. Oziq ovqat mahsulotlari, paxta, poliz ekinlari ishlab chiqrish nihoyatda oshdi. Oziq ovqat mahsulotlari 796 (10 ming) tonna, paxta 157 (10 ming) tonna, poliz mahsulotlari ishlab chiqarish esa 455 (10 ming) tonnage oshdi. Viloyat xitoy bozorida paxta, ipak, piva, tomat sousi, qand lavlagi, poliz mahsulotlari ishlab chiqarish buyicha 1-o`rinni egallaydi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ham bu yillarda takomillashdi, xususan, neft, neftni qayta ishlash, temir, kumir, elektr energiyasi ishlab chiqarish, to`qimachilik, qurilish mollari, kimyo mahsulotlari, farmatsevtika mahsulotlari, yengil sanoat, oziq ovqat mollari ishlab chiqarilishi yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilmoqda. Suv omborlarini qurishga ham katta ahamiyat berildi, xususan, Xitoyning eng katta ichki daryosi hisoblangan 2000 km dan uzun bulgan Tarim daryosi bo`yida ulkan suv omborlari quriladi: Qizil suv ombori, Xo`tan suv ombori kabilar. 2000 yilga kelganda 485 ta suv ombori qurib bitkaziladi, suv saqlanish miqdori esa 67.16 (100 mln) kub metrdir. Bu esa 1949-yilga nisbatan 200 martaga ko`p edi. Transport tizimi. Xitoy xalq respublikasi tashkil topishidan avval bu yerda asosan transport eski ko`rinishda mavjud edi. Hayvonlar transport vazifasini bajarib bergan. 1962 yilning oxiriga kelganda Lan Jou va Sinszyan temir yo`li Urumchigacha yetib keldi. 1984 yil temir yo`llar uzunligi 476 km bo`lgan Turfan va Kurlya temir yo`li qurib bitiriladi, 1990 yilga kelganda 460 km bo`lgan Urumchi -Alashan temir yo`li quriladi. Bu Xitoy uchun Markziy Osiyoga o`tishni temir yo`l orqali bo`lishini taminlab berdi. 1999-yil 975 km bulgan janubiy Sinzyang temir yo`li: Kurlya-Qoshg`ar quriladi. Umumiy temir yul uzunligi 3010 km ga yetdi. Asr boshida Sinszyanda avtomobil yo`llari judayam kam bo`lgan, 2001yilga kelganda 85-90 ming km ga yetdi. Taklamakon cho`lidan o`tgan avtoyo`l dunyodagi eng uzun cho`l orqali o`tgan yo`l hisoblanadi.
Qattiq qoplamali aviayo`llar ham viloyatni Markaziy Osiyoni turli qismlari bilan bog`lashga xizmat qiladi: Moskva, Olmota, Toshkent, Islomobod va boshq. Viloyatda jami 11 ta aeroport mavjud bo`lib, aviayo`llarning umumiy miqdori esa 161 ming 800 km ni tash etadi.
Telekomunikatsiya. Viloyatda 90-yillarda 262 ming telefondan foydalanuvchi xonadon mavjud bo`lgan. Raqamli internetdan foydalanish 2000 yillardan boshlab keng ko`lamda amalga oshirilib kelinmoqda. 2001yilga kelganda Xitoy savdosida yaqqol, o`ringa ega bo`lgan viloyat dunyoning 119 ta davlat va mintaqalari bilan savdo aloqalarini o`rnatdi, bu esa Xitoyni Markaziy osiyo va yevropa bilan bog`lanishida muhim setrategik ahamiyat kasb etdi. Eksport-import hajmi yiliga 17.7(100mln) $ ni tashkil etadi.
Sharqiy Turkiston o`lkasining xitoylashtirish siyosati amalga oshish jarayoni XX asrning 80- yillaridan viloyatni o`zlashtirish natijasida amalaga oshirilib kelingan, bu esa bir tomondan viloyatdagi umumiy manfaatlar qarama- qarshiligiga sabab bo`lib keldi. Viloyatda aholi o`sishi yiliga 13 % ni tashkil etsa, xitoylarning viloyatdagi yillik usishi 8% ni tashkil etadi. Diniy bag`rikenglikka asosan viloyatda 1982 yildan buyon 88 ta diniy uyushma faoliyat yuritmoqda. Viloyatda islom dinining din ulamolarini yetishtirish maqsadida islom madrasalari ham faoliyat olib bormoqda. Diniy adabiyotlar tarjimasiga ham katta ahamiyat berilgan. Xucusan islom diniga oid bir nechta adabiyotlar Quron xitoy, uyg`ur qozoq tillariga tarjima qilingan, yana bir necha diniy gazeta va jurnallar tashkil etildi, Xitoy musulmonlari‖ kitobi nashrdan chiqdi. Sharqiy Turkistonda fan va madaniyat. Madaniy sohada qo’lga kiritilgan yutuqlar XXR tuzilgan vaqtda viloyatda 1 ta ham madaniy truppa mavjud bo`lmagan edi. 2001yilga kelganda viloyatda 89ta madaniy truppa faoliyat ko`rsatdi. Ko`plab madaniyat maktablariga asos solindi: Uyg`ur, qozoq, qirg`iz, hui, tojik, uzbek, mug`ul kabi millatlarning o`zining madaniyat truppalari mavjud. Viloyatda hozir 81 ta davlat kutubxonasi, 23 ta muzey, 41 ta televidenya,viloyat aholisining 91,3 % televedinyani tomosha qiladi. 90,3% aholida televizor bilan taminlangan. “Tyanshan kamalagi”, “Muhammad pioner" kabi san'at asarlari ko`plab mukofotlarga ega bo`ldi. Hozirda Bizning Sinszyan go`zal joy teatr truppasi faoliyat olib bormoqda. 2000 yilga kelib, gazetalar 1952-yilga nisbatan 4 turdan 98 turgacha oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |