1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi



Download 293,57 Kb.
bet4/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
2 5240206060735695835

5-variant

1-javob O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda.

Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, ma’naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o‘lchab ham, poyoniga yetkazib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.

Bozor munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga g‘oyat katta e’tibor berilishi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Shu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘ldi. Yurtboshimizning ma’naviyatga bosh homiy bo‘layotgani, viloyat hokimlarining ma’naviy va ma’rifiy Kengashlariga shaxsan o‘zlari raislik qilayotganlari mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e’tibor berilganlikni ko‘rsatadi.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish”, “Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish” yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlarni tuzdi. Qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo‘limlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.

Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.

1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi.

Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.

Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.

Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.

Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.

1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.

Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo‘qotmagan bir paytda – 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. O‘zbekiston hukumatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan 1991 -ilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari Haj ibodatini ado etishga muvoffaq bo‘lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi.

So‘nggi yillarda Haj safariga boruvchilar 4 ming nafar kishini tashkil etmoqda. Davlat ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.

1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.

“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000ga hozir esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.

1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston yevangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bir osmon ostida” shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida “Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida” mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allomalar, islom olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000 yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat qilgandan keyin: «O‘zbekistonda yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berayotgani vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi», degan edi.

Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda.

“Ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa, biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”,-deydi I.A.Karimov.

Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:


  • ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;


  • ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;


  • ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;


  • e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;


  • ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.


1993-yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan “O‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risi”dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.

O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.

Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.

Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti”, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to‘g‘risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, poraxo‘rlik kabi o‘tmish qoldiqlaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko‘rsatadi.

O‘zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma’rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog‘liq. I.A.Karimov muxbirlarning “Sizning siyosatingizda ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berishning sabablari nimada?”, deb so‘ragan savoliga ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi, ong, g‘oya, tafakkur ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi deb javob beradi.

1997-yil, 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasi asosida yangi tahrirda “Ta’lim to‘g‘risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.

Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo‘yilmoqda.

Bu borada “Umid” (1997-yil), “Ulug‘bek” (1993-yil) jamg‘armalari olib borayotgan ishlar alohida o‘rin tutadi. Faqat “Umid” jamg‘armasi sinovlarida 1997-1999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo‘ldi. 2000-2001-o‘quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 124 tasi xorijiy davlatlarni eng nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qishga sazovor bo‘ldi.

Yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak avlodimiz diliga va ongiga milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasini singdirish, aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-qizlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko‘rsatildi:


  • uzluksizlik: ta’lim-fan-ishlab chiqarish;


  • mutaxassislarga talab istiqbolini o‘rganish;


  • o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;


  • o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;


  • korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish;


  • chet el sarmoyalaridan foydalanish.


Ta’lim to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, uzluksiz ta’lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:




  1. Maktabgacha-oila va bog‘cha tarbiyasi.


  2. Boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflar.


  3. Umumiy ta’lim majburiy bo‘lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.


  4. Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o‘rta-maxsus bilim va kasb-hunar o‘quv yurtlari: 3 yilga mo‘ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari


  5. Oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o‘qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yilga, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan.


Ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma- bosqich amalga oshirilishi zarur.

I. 1997-2001-yy. O‘tish davri.

II.2000-2005-yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri.

III. 2005-yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davr.

O‘tgan qisqa davr ichida “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini” amalga oshirishdagi birinchi bosqichidagi natijalar ko‘zga ko‘rinarli darajada bo‘ldi. Hozirgi kunda umuman ta’lim taraqqiyoti 2005-2004-yillarga mo‘ljallangan maxsus qaror asosida amalga oshirilmoqda.

Maorif sohasidagi islohotlar natijasida o‘rta maxsus bilim yurtlari tubdan qayta qurildi. Endilikda 9-sinflarni bitirganlar uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining eshigi keng ochildi. 2003 yilning avgustida mamlakatda 6865 bolalar bog‘chalari mavjud bo‘lib, ularda 642000 bola tarbiya olmoqda. 64000 pedagoglar tarbiya ishlarini olib bormoqda. 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln.272000 o‘quvchi ta’lim tarbiya olmoqda. 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda 51 akademik litseylarda 30620 o‘quvchi o‘qimoqda, 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar o‘rganmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2004-2009 yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirgan o‘quvchilar hammasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qishlari zarur. Oliy ta’lim tizimi keng rivojlanmoqda. 1991 yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 63 taga yetdi, bulardan 19 tasi universitetlardir.

O‘zbekiston hukumati yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘ydi. Hozirgi kunda Respublikada jismoniy tarbiyaning 15085 boshlang‘ich tashkiloti shug‘ullangan bo‘lib ulardan 9501 maktablarda, 710 tasi litsey va kollejlarda 63 tasi oliygohlarda tashkil etilgan.

Respublikada sport inshootlarini qurishga ulkan e’tibor qaratilgan. Jumladan, hozirgi kunga kelib 500dan ortiq sport klublari, 536 sport maskanlari, 5 ta olimpiya klublari, 8ta Respublika oliy sport maktablari va jismoniy tarbiya instituti ishlab turibdi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarga 233 stadion, 135 suzish havzasi, 32.865 sport maydonchalari xizmat ko‘rsatmoqda. 4841 futbol maydoni, 168 tennis, voleybol, basketbol maydonlari mavjuddir.

Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga ko‘ra ayniqsa qishloq yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil qilindi.

2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O‘zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.

Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo‘ldi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 11 o‘rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o‘z taxtasida bronza medaliga ega bo‘ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish, hur fikrlilikka intilish kishilarni istiqlol yo‘lidan olib boruvchi g‘oyaviy qarashlar hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Jamiyatimizda siyosiy mustaqillikka erishib iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi yurtboshimiz aytganidek, «suv bilan havodek zarurdir». Busiz, ya’ni fikrlash, e’tiqod o‘zgarmasdan bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka erishish murakkab vazifadir. I.A.Karimov milliy mustaqillik g‘oyasining zarurligi to‘g‘risida gapirar ekan “O‘zining kelajagini qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi kerak”, - deb ta’kidlaydi va milliy istiqlol mafkurasining vazifasini ko‘rsatib uning: “...asl ma’nosi eskicha aqidalardan xoli bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat”,-deydi. Mustaqillik g‘oyasi va mafkurasining xalqimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg‘unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib Prezident I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki davrida, 1993-yil 6-may O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq, XII sessiyasida “Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir”,- degan edi. Kishilarimizni qaysi toifa va guruhda bo‘lishidan qat’iy nazar ma’naviy inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasidir.

Yagona maqsad, yagona g‘oya bo‘lmasa jamiyat inqirozga uchraydi, halok bo‘ladi. Buni biz yaqin va olis o‘tmishdagi tariximizdan bilamiz. Milliy istiqlol g‘oyasi kelajak maqsadni ifodalaydigan xalqimizning ming yillik tarixini buyuk kelajak bilan bog‘laydigan, ana shu yuksak maqsad yo‘lida 120 dan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq vazifasini bajaradi.

Mustaqil O‘zbekiston tarixi milliy istiqlol g‘oyasining tarixidir. I.A.Karimov: “O‘zining hayotini, oldiga qo‘ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o‘z kelajagi haqida qayg‘uradigan millat hech bir davrda milliy g‘oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi”,-deydi.

Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekiston respublikasining ko‘p millatli omilini saqlab qolishi va uni rivojlantirishdek buyuk maqsadni o‘zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish deb qaraydi. “O‘zbekiston vatanim manim” g‘oyasi barcha O‘zbekistonliklarning dilidan o‘rin olgan. Bu fikrlarning tasdig‘ini “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan 1999 yilning iyun oyida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning natijasida ko‘rish mumkin. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1350 respondentlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda o‘zbeklardan tashqari tojik, qozoq, tatar, qirg‘iz, rus, ukrain, belorus millatlari vakillari O‘zbekistonda millatlararo va fuqarolik barqarorlikning sabablari nimada?-degan savolga yakdillik bilan quyidagicha javob berdilar: 59,5%-Respublika Prezidenti I.Karimovning oqilona siyosati, 31,3%-davlatning oddiy xalq to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi, 22%-o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, 15,3%-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik.

O‘zbekistonning bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish yo‘lida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlarimizdagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarni oldini olishni muhim vazifa qilib qo‘yadi. Shu maqsadda xalqimizning an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini kishilar ongiga singdirish lozimdir.

Milliy mustaqillik g‘oyasining eng muhim vazifalaridan biri mustaqilligimiz tayanchi va kelajagi yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g‘oyalariga e’tiborsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 1999 yil 16-fevral ”qonli seshanba” kungi voqealar milliy mustaqillik g‘oyasini, mafkurasini yoshlarimiz diliga yetkazish zarurligini, buning uchun g‘oyaviy, mafkuraviy ishlarimizni kuchaytirish lozimligini ko‘rsatdi.

Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimov 2000-yil aprelda Oqsaroy qarorgohida ziyolilar bilan o‘tkazilgan muloqotida, shu yilning iyun oyida “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridagi milliy istiqlol mafkurasining mohiyati, zaruriyati, ahamiyati, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslari to‘g‘risidagi ta’limoti istiqlolimizning buyuk g‘oyalarini kishilarimiz tafakkuriga singdirish borasidagi ishlarimizning dasturidir.

Milliy istiqlol g‘oyasini, uning tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, birinchi navbatda yoshlarimiz o‘rtasida targ‘ib va tashviq etishning usul-uslublarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. ”Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshidagi targ‘ibot-tashviqot markazining tuzilgani, jamoatchi ma’ruzachilar ishining yo‘lga qo‘yilayotgani, ular uchun ”Voizga yordam” ruknida risolalar chop etilayotgani shular jumlasidandir. Prezidentimiz farmoni bilan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” maxsus fan sifatida ta’lim tizimining barcha bosqichlariga kiritildi.


2) Qozog'iston: 1930 yillardagi ocharchilik to'g'risida uzoq kutilgan kitob (kitob sharhi)

Stalinning ko'chmanchilarni harakatsiz turmush tarziga o'tkazish to'g'risidagi qarori Qozog'iston aholisining kamida to'rtdan birining o'limiga olib keldi.

Joanna Lillis 2018 yil 24-dekabr

Qozog'iston ishchilari, taxminan 1930 yilda Sibirga olib boradigan temir yo'l qurilishida (Multimedia san'at muzeyi, Moskva)

Qozog'iston ishchilari, taxminan 1930 yilda Sibirga olib boradigan temir yo'l qurilishida (Multimedia san'at muzeyi, Moskva)

"Tuyada minib sotsializm qurish mumkinmi?"

Professor Sara Kemeron bu savolni yaqinda nashr etilgan 1930 yillarning boshlarida Sovet Qozog'istonni vayron qilgan ocharchilik haqidagi bobning nomi sifatida ishlatgan. Keyinchalik Stalin qatag'onlari paytida otib tashlangan Sovet qozog'istonlik amaldor Sultonbek Xodjanov ko'chmanchilar yashaydigan mamlakatda qanday qilib kommunizm o'rnatish haqida qizg'in bahs-munozaralar paytida, "siz tuya minib sotsializm qurolmaysiz!"

Kemeron o'z kitobida qozoqlarning mustaqil, erkin hayoti va qattiq nazorat ostidagi Sovet modernizatsiyasi dasturi o'rtasidagi ziddiyat nafaqat katta ocharchilikka, balki ming yillar davomida mavjud bo'lgan ko'chmanchi turmush tarzini butunlay yo'q qilishga olib kelganini batafsil bayon qildi.

Shunday qilib, Och dasht: ochlik, zo'ravonlik va Sovet Qozog'istonining qurilishi (Och dasht: ochlik, zo'ravonlik va Sovet Qozog'istonining yaratilishi) tarixga qimmatli hissa qo'shib, Qozog'istondagi ochlik to'g'risida ingliz tilida birinchi keng qamrovli tadqiqotini taqdim etdi.

Xuddi shu davrda Ukrainani qamrab olgan ommaviy ochlik tarixiga oid keng adabiyotlar ro'yxati mavjud. Bundan tashqari, ba'zi kitoblar, masalan, Anne Applebaumning "Qizil ochlik", keng ommaga ta'sir qildi.

Ayni paytda, qozoq xalqining boshiga tushgan fojia deyarli sezilmay qoldi. 1930-yilgi voqealarni genotsid deb ataydigan va ulardan Moskvaga siyosiy va psixologik bosim o'tkazishda foydalanadigan Ukrainadan farqli o'laroq, Ostona shahridagi Kreml bilan ittifoqdosh elita Qozog'istondagi ocharchilikka ehtiyotkorlik bilan munosabatda.
Och dasht bu voqealar bitta katta rivoyatdan iborat ekanligini aniq ko'rsatib turibdi. Shu munosabat bilan, Kollej Parkdagi Merilend Universitetining tarix professori bo'lgan Kemeron 1930 yilda Qozog'iston va 1931 yilda Ukraina va Rossiyaning janubida yuz bergan ocharchilik shu kabi sabablarga ko'ra sodir bo'lganligini isbotlaydi.

Buning asosiy sababi qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish edi. 20-asrning 20-yillari oxirida Stalin rejimi qishloq aholisini barcha mol-mulki va chorva mollari bilan birga, hali bunyod etilmagan yoki obod qilinmagan bo'lsa ham, kolxozlarga haydab yubordi. 1933 yilgi Sovet targ'ibot plakati kollektivlashtirishni pushti rangda tasvirlaydi. (Marjani Foundation)

1933 yilgi Sovet targ'ibot plakati kollektivlashtirishni pushti rangda tasvirlaydi. (Marjani Foundation)

Stalin shaharni sanoatlashtirish dasturini amalga oshirayotgan ishchilarni boqish uchun oziq-ovqat zaxiralarini katta miqdorda olib qo'yishni buyurdi. Sovet Ittifoqining asosiy omborxonalarida bo'lgan ukrain va rus dehqonlar uchun bu donni olib qo'yishni anglatardi. Qozoq cho'ponlari uchun - ularning mollarini musodara qilish, bu hayvonlarning 90 foizini o'limiga olib keldi.

"Kollektivizatsiya butun Sovet Ittifoqi uchun iqtisodiy va gumanitar falokat edi", deb yozadi Kemeron. "Ammo hech bir joyda uning oqibatlari Sovet Qozog'istondagi kabi dahshatli bo'lmagan".
Kollektivizatsiya va musodara qilishdan tashqari, qozoqlar dasturning uchinchi qismiga duch kelishdi: sedentarizatsiya yoki ko'chmanchilarni majburiy ravishda ko'chib o'tishga majbur qilish. Kommunistlar "qoloq" qozoqlarni "zamonaviy" sovet odamlariga aylantirishni o'zlarining g'urur mavzusi va ijtimoiy muhandislik loyihasi toji deb bildilar. Ushbu reja tuzuvchilari qo'pol va quruq er keng ko'lamli kolxozlar uchun mos emasligi to'g'risida ko'plab ogohlantirishlarni e'tiborsiz qoldirdilar.

Sovet Ittifoqida zo'ravon kollektivizatsiya bilan oziq-ovqat mahsulotlarini musodara qilish va ocharchilik o'rtasidagi bog'liqlik yaxshi ma'lum. Ammo Kemeron o'z kitobida Qozog'istondagi ommaviy ochlik uchun zarur shartlarni chuqur tahlil qilib beradi.

Qozoq va rus tillaridagi arxiv manbalari va materiallariga asoslanib, u Rossiya imperiyasi mavjudligining so'nggi yillarida ko'chmanchi turmush tarzidagi o'zgarishlar haqida batafsil aytib beradi, bu qozoqlar boshidan kechirgan barcha sinovlar uchun boshlang'ich nuqtaga aylandi. bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan. Bu slavyan ko'chmanchilarining to'lqinlari qozoqlarni o'z erlaridan quvib chiqargan payt edi.

Shuningdek, Kameron o'z kitobining sahifalarida 1920-yillarda sotsializm va tuyalar haqida hazil eshitilganidek qizg'in bahs-munozaralar haqida gapiradi. Ko'chmanchi turmush tarzi sovet tizimining umumiy tushunchasiga mos kelishi mumkinmi? Yoki qozoqlarning turmush tarzi kommunizm bilan mos kelmaydimi va shunga mos ravishda halokatga mahkummi?

Qozoq amaldorlari ikki lagerga bo'lingan. Ko'chmanchi turmush tarzining asosiy tarafdori Axmet Baytursunuli bo'lib, u qozoqlarga kommunizm qurishning hojati yo'q, chunki ular ovulda allaqachon uning qonunlariga binoan yashagan deb ta'kidlagan. Qozoq qishlog'i munosabatlarning oddiy kollektivistik modeli edi - oilalarning kichik guruhlari birgalikda yurishgan va birgalikda mulk qilishgan. 1937 yilda, stalinist qatag'onlar avjiga chiqqan paytda, Baytursunuli "burjua-millatchi tuyg'ular" uchun otib tashlandi. Smagul Sadvakasov kabi boshqa mansabdorlar ko'chmanchilarning o'troq hayot tarziga o'tishini yoqladilar, ammo buni bosqichma-bosqich, o'nlab yillar davomida amalga oshirish kerakligini aytdilar

Aslida, ikkala variant ham rad etildi. Ko'chmanchilarning zudlik bilan harakatsiz turmush tarziga o'tishi to'g'risida ko'rsatma berildi. Ushbu qaror Moskva va isyon ko'targan qozoqlar o'rtasida keskin kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.


Ushbu ulkan tajriba sub'ektlari 20-yillarning oxirida ochlikni keltirib chiqargan chorvachilikni kollektivlashtirish va musodara qilishdan qutulish uchun ommaviy ravishda qochishni boshladilar. O'sha paytda Sovet Qozog'istonni boshqargan Filipp Goloshchekin o'zining Kichik oktyabr siyosatiga kirishdi, bu respublikada tartibsizlikni keltirib chiqargan tezkor sanoat va qishloq xo'jaligi islohotlarini o'z ichiga oldi.

Otashinlashtirish dasturi nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi, balki ommaviy migratsiyani ham qo'zg'atdi: och ko'chmanchilar oziq-ovqat izlash uchun och qolgan joylardan Sovet Ittifoqining boshqa qismlariga yoki chet ellarga, asosan chegara orqali Xitoy nazorati ostidagi Shinjonga ko'chib o'tdilar.


Kemeronning kitobida oziq-ovqat qidirib yurgan ochlikdan ko'z yumgan ko'chmanchilar haqidagi ko'z yoshlar bilan aytilgan ertaklar mavjud. Baxtsiz odamlar duch kelmagan narsa: Sovet shaharlaridan deportatsiyadan tortib, Xitoy bilan chegarada o'zboshimchalik bilan qatl etilishga qadar. Sovet rejimi uchun qochoqlar kommunizm ishiga xiyonat qilganlar - o'lishga loyiq bo'lgan sinfiy dushmanlar va aksilinqilobchilar.

Kollektivizatsiya ocharchilikka olib kelishi mumkinligi haqida Kreml bir necha bor ogohlantirilgan edi va rasmiylarda ocharchilik boshlangani haqida ma'lumot bor edi, deb yozadi Kemeron. Moskva nafaqat o'z siyosatini yumshatmadi, aksincha, Qozog'istonga yangi muhojirlar guruhlarini yubordi va shu bilan oziq-ovqat tanqisligini yanada kuchaytirdi.

Kemeron yangi qurbonlar sonini nomlashdan tiyiladi va avvalgi ma'lumotlarga tayanadi - ochlikdan vafot etgan 1,5 millionga yaqin odam. Bu ochlikdan oldin bu erda yashagan Qozog'iston aholisining to'rtdan biriga teng keladigan ulkan ko'rsatkich.

Ba'zi taxminlarga ko'ra qurbonlar soni 2,1 million kishini tashkil etadi.


Tuyalardagi Qizil Armiya askarlari, 1920-yillar (Multimedia san'at muzeyi, Moskva)

Tuyalardagi Qizil Armiya askarlari, 1920-yillar (Multimedia san'at muzeyi, Moskva)

Kemeronning so'zlariga ko'ra, kollektivizatsiya davridagi har qanday jiddiy tahlil qozoqlarning boshqa etnik guruhlarga qaraganda mutanosib ravishda qiyin bo'lganligini tasdiqlaydi. Ukrainada qurbonlar soni taxminan 4 millionni tashkil etadi, ochlikdan oldin 33 million aholidan.

Bu Sovet hukumati tarix davomida ruslar hukmronligiga qarshilik ko'rsatgani uchun ukrainlarga nisbatan shafqatsizlik bilan munosabatda bo'lgan degan G'arb va Ukraina olimlarining da'volarini susaytiradi.


Kemeronning yozishicha, qozoqlar va Moskva o'rtasidagi munosabatlarda bunday muammolar bo'lmagan bo'lsa-da, "rejimning Ukraina misolidagi zo'ravon reaktsiyasi hali ham Qozog'istondagi vaziyatga bo'lgan munosabatidan unchalik farq qilmaydi".

Xo'sh, Qozog'istondagi ochlikni genotsid deb atash mumkinmi? Kemeronning aytishicha, Stalin qozoqlarni xalq sifatida yo'q qilishni maqsad qilgani to'g'risida hech qanday dalil yo'q. Ammo agar siz ushbu atamaning 1944 yilda qabul qilingan asl ta'rifiga tayansangiz, unga ko'ra genotsid bir guruhning "mavjud bo'lishining hayotiy asoslarini" yo'q qilish niyatida bo'lsa, unda sodir bo'lgan voqealarni genotsid deb aniqlash uchun dalillar yanada jozibali ko'rinadi. "Kollektivizatsiya orqali Moskva qozoq madaniyati va o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lgan ko'chmanchi hayotni yo'q qilishga intildi", deb yozadi Kemeron.



Natijada, Kreml yuritgan siyosat o'z maqsadlariga erishdi. Kitobda ocharchilik natijasida nafaqat qozoq aholisining to'rtdan bir qismi halok bo'lganligi va millionlab odamlar qochib ketganligi, balki qozoqlarning turmush tarzi abadiy yo'q qilinganligi haqida ishonchli dalillar keltirildi.
3) Afg'oniston garchi Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, urush mamlakat hayotiga katta zarar yetkazdi. XX asr 30-yillari davomida mamlakat iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish bo‘yicha yetakchi chet davlatlar bilan o‘matila boshlangan savdoiqtisodiy, texnikaviy va shu kabi sohalardagi hamkorlik urush
boshlanishi bilan to'xtab qoldi. Urush yillarida Afg'oniston faqat
Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlami olib bora oldi, xolos. Ikkinchi Jahon urushi nihoyasiga yetgach, Afg'oniston ham ichki siyosatda, ham tashqi siyosatda bir qator jiddiy muammolarga to'qnash keldi. 1946-yilda ichki siyosatda afg'on xalqi ustida juda ham qattiq nazorat yuritib kelgan M.Hoshimxon (podshoh M.Zohirshohning amakisi) boshchiligidagi hukumat Shoh Mahmud (M.Zohirshohning boshqa bir amakisi) yetakchiligidagi hukumat bilan almashgan73
bo'lsa ham afg'on qabilalari orasidagi norozilik kayfiyati hamon ustun bo'lib turar, mamlakat iqtisodiyoti va xo'jaligi zudlik bilan hal etilishi lozim bo'lgan bir qator muammolarga to'qnash kelgan edi. Mamlakatda hukumat almashinuvi bilan ijtimoiy-siyosiy hayotda ham birmuncha o'zgarishlar ro'y berdi. Jumladan, bir qator ommaviy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlaming paydo bo'lishiga hamda faoliyat yuritishiga sharoit yuzaga keldi. Shoh Mahmudning hukumatga kelishi bilan XX asr 30-yillarida qamoqqa tashlangan ilg'or fikrga ega bir qator jamoat arboblari
ozodlikka chiqarildi va surgundan qaytib kelishga ijozat berildi. Xususan, uzoq muddatli qamoq jazosini o'tagan Said Qosim Lag'moniy adliya vaziri lavozimini egallagan bo'lsa, Abdul Hodi Doviy afg'on parlamenti quyi palatasi rahbari lavozimini egalladi.

Urushdan keyingi yillardagi og'ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, kun
tartibida turgan bir qator o'tkir muammolaming hal etilmasligi va
hukumatning bu boradagi sust faoliyati mamlakatda turli muxolif harakatlar hamda guruhlaming yuzaga kelishiga zamin yaratdi. 1947-yilda ana shunday harakatlardan biri “Vish zalmiyon” (Uyg‘onayotgan yoshlar) paydo bo‘ldi. Uning tarkibiga asosan
pushtun millatiga mansub savdo-sanoat sohasi vakillari, kichik
lavozimdagi davlat xizmatchilari hamda ziyoli qatlam vakillari
kirishdi. Jumladan, harakat yetakchisi qandahorlik Muhammad Rasul Pushtun bo‘Isa, kichik amaldor Nur Muhammad Tarakiy, shoir Abdurrauf Benavo, tarixchi Abdulhay Habibiy, shoir Gul Pacha Ulfat kabilar harakat a’zolari edilar.
1948-yil oxirida mamlakat vakillik organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda “Vish zalmiyon” harakati a’zolaridan bir necha nafari deputat bo‘lib saylanishga muvaffaq bo‘ldi va ulaming sa’y-harakati bilan 1951-yilda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, shaxsiy gazeta va jumallami nashr etish uchun huquqiy asos bo‘ladigan
“Matbuot haqida” yangi qonun qabul qilindi. Mazkur harakat mamlakat yoshlarini umumiy taraqqiyot yo‘lida birlashtirish yo‘lida keng ko‘lamli faoliyat olib bordi.
Natijada 1950-yilda mamlakat oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalami birlashtiruvchi talabalar ittifoqi yuzaga keldi. Ushbu davrda Afg‘onistonda vujudga kelgan yana bir ijtimoiysiyosiy harakat sifatida “Vatan” tashkilotini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

1951-yilda tashkil etilgan ushbu tashkilot o‘z oldiga nisbatan keng
ko‘lamdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy masalalami hal etish yo‘lida
kurashishni qo‘ygan edi. “Vatan” tashkiloti saflarida turli qatlam
vakillari bor edi. Jumladan, mashhur afg‘on tarixchisi Mir G‘ulom
Muhammad G‘o‘bor tashkilot rahbari va g‘oyaviy yetakchisi bo‘Isa,
davlat xizmatchisi Mir Muhammad Siddiq Farhang, ziyoli Ahmad AH Ko‘hzod, Kobul universiteti o‘qituvchisi Famx Ettemodiy, shoir Sarvar Jo‘yo, yozuvchilar Ali Ahmad Naimiy va Abduhalim Atefiy kabilar tashkilot a’zolari edi74.
Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy harakatlaming faollashuvi mamlakat hukmron tabaqalarini ham befarq qoldirmas edi. 1948-yilda mamlakat mudofaa vaziri lavozimini egallagan Muhammad Dovud (podshoh M.Zohirshohning amakivachchasi) o‘z atrofiga davlat amaldorlari va intelligensiya vakillarini yig‘a
boshladi. 1950-yilda Muhammad Dovud yetakchiligida “Milliy klub” tashkil etildi va uning tarkibiga sobiq iqtisodiyot vaziri Abdulmajid Zobuliy, maorif vaziri Fayz Muhammad Zikriyo, bosh vazir o‘rinbosari Ali Muhammad Badaxshoniy kabi davlat amaldorlari kirishdi. Ushbu tashkilot afg‘onlaming birligi, konstitutsion monarxiya boshqaruvi tarafdori bo‘lib chiqsa-da, ko‘plab davlat amaldorlari va oddiy xalqning qo‘llab-quwatlashiga erisha olmadi. Chunki, “Milliy klub” Muhammad Dovudning hokimiyat pog‘onasida yanada yuqorilashi va bosh vazir lavozimini egallashi yo‘lida bir vosita bo‘lishi lozim edi. 1952-yilda mamlakat parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda rasmiy hukumat tobora avj olib borayotgan muxolifat guruhlarga nisbatan keskin choralar qo‘lladi va natijada yuqorida nomlari
tilga olingan ijtimoiy-siyosiy tashkilot hamda guruhlar a’zolari parlament deputatligiga saylanishga yo‘l qo‘yilmadi. Bunday holat birmuncha noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, hukumat vaziyatni tezda qo‘lga olib, muxolifat vakillarining barchasini qamoqqa olishga yoki surgun qilishga muvaffaq bo‘ldi.

XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillaridan boshlab Afg‘oniston
dunyoda kechayotgan turli jarayonlarga, xususan geosiyosiy jarayonlarga ko‘proq tortila boshlandi va yanada ko‘proq xalqaro ahamiyat kasb eta boshladi. M a’lumki, 1945-yil 5-martda Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri U.Cherchill Fulton universitetida (AQSH) so‘zlagan nutqida “Sovuq urush” boshlanganini e’lon qilgan edi. Mazkur “urush” raqiblari bir tomonda AQSH bo‘lsa, ikkinchi tomondan Sovet Ittifoqi edi. “Sovuq urush” davrida Afg‘oniston Sovet Ittifoqi hamda
AQSH manfaatlari doirasidagi hududlami ajratib tumvchi davlat sifatidagi roli ham Sovet Ittifoqi ham AQSH manfaatlariga to‘liq mos kelardi. Shunga qaramasdan, dunyoning ikki yetakchi davlatlari Afg‘onistonni o‘z nazoratlarida ushlashga, afg‘on zaminida harbiy jihatdan hozir bo‘lish (presence)ni75 kuchaytirishga, Afg‘onistonni
iqtisodiy qaram qilishga intilib keldilar. 1947-yilda Afg‘oniston yetakchi davlat Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosati barbod bo‘lishidan quvonish hissini tuyib, bir asrdan ortiq vaqt mobaynida afg‘on
davlatiga tazyiq o‘tkazib kelgan inglizlaming mintaqani tark etishi va Hindistonga mustaqillik berishidan xursand bo‘lsa-da, bunday holat yana bir boshqa jiddiy muammoni keltirib chiqardi. Hindistonni osonlikcha tark etishni istamagan inglizlar bu yerda bir-biriga dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan ikki davlat Hindiston
(aholisining asosiy qismi induizm diniga e’tiqod qiluvchi) va Pokiston (aholisining asosiy qismi islom diniga e’tiqod qiluvchi) barpo etilishini e’lon qildilar. Inglizlaming bunday o‘ziga xos siyosati kelgusida ham hind zaminida yangi barpo etilgan ikki davlat, ikki din vakillari o‘rtasida ziddiyat va qarama-qarshilik saqlanib
qolishiga zamin yaratishi hamda inglizlar bunday ziddiyatdan kezi kelganda ustalik bilan foydalanishlari uchun amalga oshirildi. Afg‘on qabilalari istiqomat qiladigan ozod qabilalar hududi yangi tuzilgan Pokiston tarkibiga o‘tib ketganligi bois, Afg‘oniston ushbu masalani muzokaralar orqali hal etish yuzasidan Pokiston Islom Respublikasi rasmiy doiralariga murojaat qildi. Biroq, Pokiston tomoni Afg‘oniston murojaatini bee’tibor qoldirdi va Afg‘onistonga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lib keldi. 1947-yilning o‘zidayoq bir qator afg‘on qabilalari yangi Pokiston hukumatiga qarshi qo‘zg‘olonchilik harakatlarini ham boshlab yubordilar.
1949-yil iyulida afg‘on parlamenti Afg‘oniston va Pokistono‘rtasidagi munosabatlar masalasini muhokama qildi hamda Pokiston tarkibidagi afg‘on qabilalarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Shuningdek, afg‘on parlamenti “Dyurand chizig‘i”ni ikki davlat 1949-yil avgustida Pokiston hududida istiqomat qiluvchi afg‘on qabilalari yetakchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda
Pokistondan mustaqil Pushtuniston davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Pushtuniston Milliy Assambleyasi saylandi va uning bayrog'i tasdiqlandi. 1950-yilda Pokiston rasmiy hukumati hatto, Afg‘onistonga nisbatan qurolli hujum qilish bilan tahdid qildi. Afg‘on hukumatining ushbu mojaroli vaziyatni bartaraf etishda
AQSHdan yordam so‘rashi hech bir natija bermadi. Biroq, AQSH
Afg‘onistonda o‘z mavqeini mustahkamlash bo‘yicha boshqa bir qator chora-tadbirlami amalga oshirdi.

XX asr 40-yillari ikkinchi yarmidan boshlab AQSH
Afg‘onistonda bir qator iqtisodiy loyihalaming amalga oshirilishi bo‘yicha ko‘mak ko‘rsata boshladi. Jumladan, qiymati 20 million AQSH dollariga teng irrigatsion va yo‘l-transport loyihalari ana shular jumlasidandir. Dastlab Afg‘onistonga AQSHning “Morrison-Nadsen” firmasi kirib keldi va afg‘on hukumati bilan irrigatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. AQSH hukumati mazkur shartnomaning amalga oshirilishini noma’lum vaqtgacha cho‘zib borib, o‘zini mintaqada mavjud bo‘lishini ta’minlashga intildi va Afg‘oniston hukumatini moliyaviy jihatdan o‘ziga qaram qilib qo‘ydi. 1948-yilda Afg‘oniston hukumati yana AQSHga moliyaviy ko‘mak berishni so‘rab murojaat qildi.
AQSH hukumati XX asr 50-yillari boshida Afg‘oniston va
Pokiston o‘rtasidagi mojaroli vaziyatga ham birmuncha aralashdi va
“pushtunlar muammosi”ning yanada chigallashuviga o‘z “hissasini” qo‘shdi. 1951-yilda Afg‘oniston AQSHga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qildi. Biroq, G.Trumen hukumati Afg‘onistonning ushbu iltimosini rad etdi. O‘z navbatida Sovet Ittifoqi hukumati ham Afg‘oniston bilan munosabatlarini
rivojlantirishga intildi.

1954-yilda Afg‘oniston 3,5 mln. AQSH dollari miqdorida sovet kreditini oldi va 1955-yilda sovet hukumati Muhammad Zohirshohga 100 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berdi. Bundan tashqari, sovet mutaxassislari Salang dovoni orqali mamlakatning markaziy qismini Sovet Ittifoqi hududi bilan tutashtiruvchi
katta transport magistralini qurib berishdi. Shuningdek, sovet mutaxassislari ko‘magida Mozori Sharif, Bagrom va Shindod shaharlarida zamonaviy aerodromlar barpo etildi. XX asr 50-yillari sovet-afg‘on munosabatlarini rivojlantirishda
samarali bosqich bo‘ldi. Chunki, aynan shu davrda Sovet Ittifoqi Afg‘onistonda turli sohalardagi infrastrukturani rivojlantirish maqsadida katta miqdorda iqtisodiy-texnik yordam ko‘rsatdi. Jumladan, Sovet Ittifoqi sarmoyasi asosida mamlakatda magistral yo‘llar, cho‘l hududida joylashgan Jalolobod irrigatsiya kompleksi, zaytun va apelsin yetishtirishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi kompleksi, aholi yashashi uchun turar joylar qurib berishga ixtisoslashtirilgan baza, Kabul Politexnika instituti va shu kabi 140 dan ortiq obyektlami qurdi.

1950-1960-yillar davomida Sovet Ittifoqi Afg‘onistonga umumiy qiymati 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi va ikki davlat o‘rtasida imzolangan “O‘zaro hujum qilmaslik va neytralitet to‘g ‘risida”gi shartnomani yana 10 yilga uzaytirishga kelishib olindi. Shunday qilib, eng yangi tarix davrida
Afg‘oniston o‘zining qulay strategik holati tufayli jahon geosiyosiy
xaritasida alohida o‘rinni egalladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi
davrda Afg‘oniston ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan Sovet Ittifoqi va AQSHning siyosiy, mafkuraviy va savdo-iqtisodiy manfaatlari doirasiga tobora tortila boshladi. Mamlakat aslida ikki buyuk davlat manfaatlari to‘qnashgan maydonga aylanib qoldi. Liberal islohotlami amalga oshirishning boshlanishi. 1964-vilgi Konstitutsiva. XX asming 50-yillari birinchi yarmiga kelib ham Afg'onistonda iqtisodiy-ijtimoiy holat yaxshilanmadi. Umshdan keyingi yillarda amalga oshirilishi boshlangan bir qator loyiha va dasturlar o‘z samarasini bermadi. Shunday vaziyatda Shoh Mahmud
boshchiligidagi hukumat iste’fo berdi. 1953-yil sentabrda hukumat
rahbari - bosh vazir lavozimini ko‘pchilik kutganidek, podshohning amakivachchasi Muhammad Dovud (1909-1979) egalladi. Bu vaqtga qadar Muhammad Dovud bir qator mas’ul lavozimlarda - Afg‘onistonning Fransiyadagi elchisi, bir qator viloyatlar hokimi, ichki ishlar vaziri va mudofaa vaziri kabi muhim davlat lavozimlarida ishlab kelgan edi. Muhammad Dovud hukumati mamlakatda iqtisodiy-moliyaviy ahvolni yaxshilashga intilib, banklar faoliyatiga
keng yo‘l ochib berish va chet el investitsiyalarini ko‘proq jalb etish
yo‘lidan bordi. Shu maqsadda 1954-yilda “Chet el sarmoyasini jalb
etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. 1954-yilda AQSHdan harbiy sohada ko‘mak berishni so‘rab murojaat qilgan Muhammad Dovud hukumati yana rad javobini oldi.
Buning ustiga 1954-yilda AQSH Pokistonga harbiy ko‘mak berish
bo‘yicha bitim imzoladi. Bu voqea Muhammad Dovud hukumatini
qattiq tashvishga soldi va hukumat zudlik bilan Sovet Ittifoqiga
o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif bilan murojaat qildi
hamda rasmiy Moskva ushbu taklifga ijobiy yondashdi. G‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quwatlangan Pokiston Afg'oniston bilan munosabatlami keskinlashtirish yo‘lidan bordi. 1955-yilda Pokiston Afg‘oniston bilan barcha turdagi (siyosiy,
diplomatik, savdo-iqtisodiy) munosabatlami to‘xtatishga qaror qildi. 1955-yilning noyabrida Kobulda bo‘lib o‘tgan Luye Jirge Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtunlar masalasini muhokama qildi va Pokiston hukumatidan pushtunlarga o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqini taqdim etishni hamda Pushtuniston masalasida yon berishni talab qilib murojaat qildi.
Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish yo‘lida sovet davlati andozasiga monand besh yillik dasturlar qabul qilish va ulami amalga oshirish yo‘lidan borildi. Chunonchi, 1957-1962-yillarda birinchi besh yillik dastur, 1962-1967-yillarda ikkinchi besh yillik dasturlar qabul qilindi. Garchi, ushbu dasturlardabelgilangan barcha ishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, ular mamlakat taraqqiyotida
muayyan rol o‘ynadi. Sovet Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilgan Muhammad
Dovud 1956, 1959 va 1961-yillarda sovet davlatida rasmiy tashrif bilan bo‘lgan edi. Shuningdek, podshoh Zohirshoh ham 1957 va 1962-yillarda Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Shu bilan bir qatorda Muhammad Dovud 1959-yilda AQSHga ham rasmiy tashrif buyurib, prezident D.Eyzenxauer va davlat kotibi J.F.Dalles bilan muloqotlar olib bordi. Davlat boshqaruvida o‘z roli va ta’sirini kengaytirishga intilib kelgan Muhammad Dovudning podshoh Zohirshoh bilan
munosabatlari salbiy tus ola boshladi. Avtoritar tartibdagi boshqaruv tarafdori bo‘lgan Muhammad Dovud bir qator masalalar bo‘yicha (jumladan, Pushtuniston masalasini muzokaralar yo‘li bilan hal etish) yon berishni istamas va o‘zining pushtun millatchiligiga asoslangan pozitsiyasida qattiq turar edi. Shuningdek, Muhammad Dovud mamlakat parlamenti faoliyatini ham birmuncha cheklashga
muvaffaq bo‘lib, qonun chiqaruvchi vakolatlami ham hukumat qo‘lida jamlanishiga erishadi. Zohirshoh tomonidan davlatda Muhammad Dovud ta’sirini birmuncha cheklash bo‘yicha sezilarli tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh vazirga yaqin bir qator yirik davlat amaldorlari qamoqqa olindi. Davlat ishlarida o‘z ta’sirini yo‘qotishni istamagan Muhammad Dovud 1962-yil oxirida davlat boshqaruvini tubdan isloh etishni ko‘zda tutuvchi dastur ishlab chiqadi va uni podshohga taqdim etadi. Mazkur dasturga ko‘ra, hukumatni podshohga ma’qul shaxslardan
iborat tarkibda emas, balki o‘tkazilgan saylovlar natijasida g‘olib chiqqan siyosiy partiya vakillaridan iborat tarkibda shakllantirish ko‘zda tutilgan edi. Muhammad Dovudning taklifiga binoan, podshoh oilasi a’zolari siyosat bilan shug‘ullanishdan butkul voz kechishlari, podshohga esa faqatgina rasmiy tadbirlarda davlat
nomidan ishtirok etish funksiyasi ajratilgan edi. Shaxsan o‘zining kelgusi maqomi xususida Muhammad Dovud alohida qarashga ega bo‘lib, u o‘z tarafdorlaridan iborat siyosiy partiya tuzishi va saylovda g‘olib chiqish orqali hukumatni boshqarishni rejalashtirgan edi. Tabiiyki, Muhammad Dovudning shaxsiy hokimiyatini yanada mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi mazkur dastumi Muhammad
Zohirshoh ma’qullamaydi va bosh vazirdan iste’fo berishini talab
qiladi. 1963-yilning may oyida Muhammad Dovud hukumati iste’foga chiqdi.
XX asming 60-yillarida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlaming kam samara berishi, hukumatning mamlakat taraqqiyoti uchun jiddiy jon kuydirmasligi oqibatida ijtimoiy harakatlar va siyosiy guruhlaming faoliyati jonlana boshladi.
Muhammad Dovud iste’fosidan keyin shakllantirilgan yangi
hukumatga Muhammad Yusuf (1963-1967) boshchilik qildi.
Mazkur hukumat mamlakat iqtisodini birmuncha erkinlashtirish,
shaxsiy sarmoyadorlarga keng imkoniyatlar berish hamda xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidan bordi. Yangi hukumat tashqi
siyosatda ham biroz yumshoqlik bilan harakat qilish tarafdori
bo‘lib, Pokiston bilan munosabatlami muzokaralar orqali yaxshilash
yo‘lidan bordi. Shuningdek, rasmiy Kobul 60-yillar birinchi yarmida
Pokiston va Hindiston o‘rtasida kelib chiqqan qurolli mojaroda ham
betaraf mavqeda turganligini Pokiston tomoni ijobiy baholadi.
1963-yil oxirida Afg‘onistonning kelgusi taraqqiyoti yo‘lida
muhim siyosiy-huquqiy asos bo‘lishi ko‘zda tutilgan mamlakatning
yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Yangi
Konstitutsiyani ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Misr, Hindiston kabi bir qator davlatlaming tajribasini o‘rganib chiqdi. 1964-yilning sentabrida Kobulda chaqirilgan Luye Jirge ishlab chiqilgan Konstitutsiya loyihasini ко‘rib chiqdi va ikkin haftalik muhokamalardan so‘ng
Afg‘onistonning yangi Konstitutsiyasini ma’qulladi. 1964-yilning 1-oktabrida podshoh Muhammad Zohirshohning tasdiqlashi bilan zamonaviy davlatlar andozasi asosida ishlab chiqilgan hamda to‘la ma’noda demokratik xarakterdagi
yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. Afg‘onistonning demokratiya yo‘lidagi rivojlanishiga yo‘l ochib bergan 1964-yilgi Konstitutsiya bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan “islom olamidagi eng maqbul Konstitutsiyalardan biri” sifatida talqin qilinadi. Chunki, aynan ushbu Konstitutsiyada g‘arbga xos demokratik qadriyatlar va tamoyillaming afg‘on jamiyatiga xos an’anaviy siyosiy tizim bilan uyg‘unlashuvi o‘z aksini topgan edi. Shuning uchun ham
ushbu Konstitutsiya amalda bo‘lgan o‘n yillik muddat (1963-1973)
manbalarda “Yangi davr”, “Demokratiya o‘n yilligi” (Decade of
Democracy) deb ataladi. Mazkur Konstitutsiya Afg‘onistonda davlatga xos siyosiy
institutlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va rivojida muhim rol
o‘ynadi. Garchi, Afg‘oniston konstitutsion monarxiya tipidagi davlat ekanligi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, podshoh hokimiyati mamlakatda qonun chiqaruvchi ikki palatali parlament hamda sud hokimiyati faoliyatiga aralashmasligi va ular o‘z faoliyatlarida mustaqil ekanliklari belgilab qo‘yilgan edi. Mazkur Konstitutsiya podshoh xonadoni a’zolariga siyosat
bilan shug‘ullanishni, yetakchi davlat lavozimlarini egallashni
taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, podshoh xonadoni vakillari siyosiy partiyalar tuzish, ularga a’zo bo‘lish huquqidan ham mahrum etildi. Konstitutsiyadagi ushbu normalar shubhasiz sobiq bosh vazir Muhammad Dovudning siyosiy ambitsiyalariga qarshi ishlab chiqilgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1964-yilgi Konstitutsiya Afg‘onistonning to‘la suverenitetini tasdiqlagan holda, mol-mulk daxlsizligi, qonun oldida barcha fuqarolaming tengligi, so‘z va matbuot erkinligi, yig‘ilishlar
o‘tkazish, majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda mamlakat hududi
bo‘ylab erkin harakatlanish kabi demokratik xarakterdagi asosiy inson huquqlarini mustahkamlab qo‘ydi. Konstitutsiyada islom dinining hanafiylik mazhabi davlatning rasmiy dini deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, diniy ulamolar va
ruhoniylaming davlat ishlariga, xususan ta’lim-tarbiya va sud ishlariga aralashuvi cheklab qo‘yildi. Afg'onistonda parlamentarizmning rivojlanishiga yangi Konstitutsiya katta turtki berdi. Ushbu Konstitutsiyaga ko‘ra, mamlakat parlamenti ikki palata - “Meshrano Jirg‘a” (yuqori palata) va “Vulusi Jirg‘a” (quyi palata)dan iborat tarkibda faoliyat yuritishi belgilab qo‘yildi. Demokratik davlatlardagi Senat vakolatlariga ega Meshrano Jirg‘aning uchdan ikki qism a’zolari mahalliy
vakillik organlaridan ovoz berish orqali saylanadigan bo‘Isa, ushbu organning uchdan bir qism a’zolarini podshoh tayinlashi ko‘zda tutildi. Bevosita qonun ijodkorligi bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan quyi palata Vulusi Jirg‘a esa joylardan saylanadigan deputatlardan iborat tarkibda shakllantiriladigan bo‘ldi. Garchi Konstitutsiyada podshoh mamlakat parlamentini tarqatib yuborishi huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsada, o‘z navbatida par lament mamlakat hukumati ustidan nazorat yuritishi mumkinligi ham belgilab qo‘yildi. Yangi Konstitutsiyaga
ko‘ra, afg‘on parlamentiga berilgan vakolatlardan yana biri - mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumini bildirish huquqi bo‘ldi. Parlament o‘zining ushbu huquqidan foydalanib, 1971 va 1972-yillarda mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumini bildirdi. Shu bilan birga, afg‘on parlamentining yuqori palatasi Meshrano
Jirg‘a hukumat a’zolarining faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv ishini boshlashni talab qilish huquqiga ham ega bo‘ldi. 1964-yilgi Konstitutsiyada afg‘on davlati va jamiyatida muhim o‘ringa ega bo‘lib kelgan an’anaviy boshqaruv-maslahat organi
bo‘lmish Luye Jirgega tegishli normalar nisbatan qisqa shaklda o‘z
aksini topdi. Bunday yondashuvni ikki jihat bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, 1964-yilgi Konstitutsiyaning demokratik xususan, G‘arb davlatlari andozasi bo‘yicha ishlab chiqilganligiga yana bir bor urg‘u bergan holda, G‘arb davlatlari davlat boshqaruvida parlament instituti eng yuqori turuvchi davlat organi hisoblanadi. An’anaviy afg‘on jamiyatida esa bir necha asrlardan beri kuchli
ta’sirga ega bo‘lib kelayotgan Loya Jirg‘a institutiga tegishli huquq va vakolatlar mamlakat parlamentiga olib berilishi orqali afg‘on davlat boshqaruvini demokratlashtirish yoki g‘arblashtirish nazarda tutilganligini ta’kidlash lozim.
Ikkinchidan, podshoh hukumati muayyan masala yuzasidan afg‘on oqsoqollari yig‘ini bo‘lmish Loya Jirg‘ani chaqirish va yig‘ish bilan bog‘liq nisbatan uzoq vaqt talab etadigan jarayonga qarab qolmaslik hamda ushbu organ faoliyatida ishtirok etadigan afg‘on oqsoqollari va vakillarining podshoh hokimiyatiga nisbatan loyalligini ta’minlashning mushkulligi bois mazkur tarixiy tuzilmaning
davlat boshqaruvidagi roliga ko‘p ham e’tibor qaratmadi. Yangi Konstitutsiyada o‘z aksini topgan muhim normalardan biri mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etilganligi bo‘ldi. Siyosiy partiyaning maqsadi va g‘oyasi Konstitutsiya normalariga zid bo‘lmasligi hamda siyosiy partiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari haqida ma’lumotlar ochiq bo‘lishi lozimligi belgilab qo‘yildi.

1964-1973-villarda Afg‘oniston. 1964-yilgi Konstitutsiya


normalari asosida 1965-yilda yangi “Saylov to‘g‘risida” qonun qabul qilindi va 1965-yil avgust-sentabrida mamlakat parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovlar ushbu qonunga binoan tashkil etildi. Mazkur qonun 1952-yilda qabul qilingan ilgari qonundan ancha demokratik xarakterga egaligi bilan farq qildi. Jumladan, mamlakat tarixida ilk bora ayollarga vakillik organiga saylanish huquqining berilganligi,
deputatlikka nomzodlarga qo‘yilgan yosh senzining 25 yoshga tushirilganligi, davlat amaldorlari, armiya zobitlari va sud hokimiyati vakillariga vakillik organiga saylanishning mumkin emasligi chin ma’noda Afg‘onistonning demokratik rivojlanish tomon qadam tashlayotganligini namoyon etdi. 1965-yilgi saylovlar natijasida shakllantirilgan yangi tarkibdagi parlament bilan Muhammad Yusuf boshchiligidagi hukumat o‘rtasida tushunmovchiliklar boshlandi. Nisbatan demokratik kayfiyatdagi parlament mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy tadbirlardan butkul norozi edi. Shu bilan birga, 1965-yil 25-oktabrida poytaxt Kobulda turli ijtimoiy harakatlar, jumladan, talaba yoshlaming norozilik chiqishlari boshlandi. Bunday kuchli harakatlardan qo‘rqib ketgan podshoh bosh vazir M.Yusufni iste’foga chiqardi va uning o‘miga hukumatda madaniyat va axborot vaziri lavozimini egallab kelgan Muhammad Hoshim Mayvandvol (1965-1967)ga yangi hukumat tuzishni topshirdi. Yangi hukumat mamlakatda bir qator tub o‘zgarishlami amalga oshirishga intildi. 1967-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning uchinchi besh yillik (1967-1972) rejasi ishlab
chiqildi va qabul qilindi. Mamlakat iqtisodiyotida davlatga tegishli sanoat korxonalarini ko‘paytirish yo‘lidan borildi. 1967-yil oxirida Mayvandvol ham bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqarildi va uning o‘miga tashqi ishlar vaziri lavozimida samarali mehnat qilib kelgan Nur Ahmad Ettemodiy (1967-1971)
hukumat rahbari etib tayinlandi. Ettemodiy amir Habibullaxon davrida mamlakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Abdul Quddusxonning nevarasi bo‘lib, podshoh xonadonining ishonchini qozongan siyosatchi va davlat arbobi edi.
Nur Ahmad Ettemodiy o‘z faoliyatida mamlakat parlamenti bilan o‘zaro tushunmovchilik mavqeida turib munosabatlar olib bordi va natijada parlament uning hukumatiga ishonchsizlik votumini e’lon qildi. Natijada Ettemodiy 1971-yilda iste’foga chiqdi. 1971-yil iyunidan 1972-yilning dekabriga qadar hukumatni Abdul Zohir (parlament quyi palatasi spikeri) boshqargan bo‘lsa, 1972-yil
dekabrida Muso Shafiq bosh vazir lavozimini egalladi. Afg'onistonda hukumatning bu qadar tez o‘zgarishi, albatta, mamlakat ichki siyosiy hayotiga, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmas edi. Har bir hukumat
mamlakat hayotiga oid o‘z dasturini ishlab chiqishi va amalga oshirishni boshlashi bilan tanqidga uchrar va normal faoliyat yurita olmas edi. Mamlakatdagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming hal etilmasligi, normal faoliyat yuritadigan hukumatning yo‘qligi afg‘on jamiyatida yana turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar, siyosiy partiyalaming tashkil etilishiga olib keldi. Ana shunday harakatlardan biri Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi (AXDP) edi. 1965-yil 1-yanvarida hukumatdan yashirincha AXDPning ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi va partiya Markaziy Kengashiga a’zolar saylandi. Partiya rahbari etib ziyoli qatlam vakili, jumalist Nur
Muhammad Tarakiy saylandi. Uning о ‘ rinbosari etib Babrak Karmal, Markaziy Kengashiga a’zolari sifatida S.Zeray, S.A.Keshtmand, T.Badaxshiy kabilar saylandi. AXDP tashkil etilgan davrdanoq uning saflarida birlik mavjud bo‘lmadi. Ichki kurash asosan ikki yetakchi N.M.Tarakiy va B.Karmal o‘rtasida kechdi. N.M.Tarakiy mehnatkash qatlamga tayanuvchi radikal kurash usulini qo‘llabquvvatlasa, B.Karmal partiya saflarida ziyolilar, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda davlat xizmatchilari ham bo‘lishiga intilar, parlament saylovlarida ko‘proq ovoz olish orqali partiya dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish tarafdori edi. 1967-yilda AXDP yetakchilari o‘rtasidagi ichki kurash
natijasida partiya ikki oqimga - N.M.Tarakiy yetakchiligidagi “Xalq” va B.Karmal yetakchiligidagi “Parcham” (Bayroq) oqimiga bo‘linib ketdi. “Xalq” oqimi o‘z saflarida asosan pushtun millatiga mansub mamlakatning qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillarini birlashtirgan bo‘Isa, “Parcham” oqimi saflarida asosan tojik va pushtun millatiga mansub ziyoli qatlam vakillari bor edi.
Har ikkala oqim ham mamlakatda chin ma’nodagi xalq hokimiyatini o‘matishga intilishi, tub agrar islohotlar o‘tkazish orqali mamlakat qishloq xo‘jaligida bir necha asrlardan beri hukmron bo‘lib kelayotgan feodal munosabatlarga butkul barham berish, yerni dehqonlarga bo‘lib berish, ishchi va xizmatchilar uchun 42 soatli
ish haftasidan iborat tartibni joriy qilish, ishchilar manfaatlarini himoya qiladigan kasaba uyushmalarini barpo etish kabi asosiy maqsad va shulardan kelib chiqadigan vazifalar uchun kurash olib borishni ma’lum qildi.


Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish