1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi



Download 293,57 Kb.
bet1/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
2 5240206060735695835


1-variant.

1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi.

2. 2005-2019 yillarda Tojikistonning madaniy taraqqiyoti.

3.XX asrning so‘nggi choragida Markaziy Osiyo respublikalarini mustaqillikka bo‘lgan harakatlari.

1..XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi.
Urush yillarida Markaziy Osiyo Respublikasida urush muvoffaqiyatlar haqida gapirganda shuni takidlash mumkinki qishloq iqtisodiyoti umumiy aholini yutuqining uzluksiz zanjiri sifatida tasavvur qilish hato bo`lar edi. Urush davrining qiyinchiliklari sovet dehqonchi terimining ishchi moashi o`z ta`sirini oshirishi shak-shuphasiz agrar soxada jarayonlar bir hilda kechmadi. Bu sohada yoqqol ko`zga tashlanib yutuqi bilan birga sezirarli yo`qotishlar ham ko`zga tashlanadi. Jumladan urush yillarida, Turkmanistonda bog`dorchiligi kata ziyon ko`radi. Natijada ushbu respublikalarda 1943-1945-yillarda nisbatan kam bo`ldi. Ko`pincha rejadagi topshiriqlarni bajarish qishoq mehnatkashlarini yordamchi ho`jaliklarida yetishtirish maxsulotlarini musodora qilish yo`li bilan amalga oshirildi. Bu esa ularning oziq-ovqat sohasidagi ahvoliga seziralli tasir ko`rsatdi. Qator respublikalar shu o`rinda Turkmaniston qishloq ho`jaligi terimining o`zgarishiga qaramasdan paxta bu republikalar qishloq xo`jaligi ekinlari orasida ustun mavqega ega bo`lib qolaveradi. Shunga qaramasdan paxta yetishtirish rejasi kun sayin kamayib boradi. Yuqoridan esa paxta yetishtirish buyurug`i berilar edi. Qishloq xo`jaligi oldida frontga g`alla va paxta yetkazib berish asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolaverdi. Lekin urush davri sharoitidagi texnika vositalari ishchi kuchining yetishmasligi, mineral o`g`itlarning kamligi sababli bu vazifa o`ta qiyinchilik bilam yengib o`tildi.

2. 2005-2019 yillarda Tojikistonning madaniy taraqqiyoti.


Markaziy Osiyda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yuzaga kelgan. Jadidlar va marifatparvarlarning halq orasida vazifalarin yoyib uning siyosiy faolligi oshirish ommani chor rossiyasi tarkibida muhtoriyatiga erishishga davit qilish o`lkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini o`rtaga qo`yish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi Jadidchilik) lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va milliy hukumdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda mintaqada 1917 yilgacha bo`lgan davrda siyosiy nazariy va amaliy jixati yetuk sifatlari shakillanib ulgurmagan. Oktyabr to`ntarilishi arafasida va undan keyin o`zini namoyon eta boshladi. Siyosiy tashkilotlar va ularning raxbarlari qatog`onga uchradi, badarg`a va surgun qilindi. ( qarang milliy ittixod yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar) sho`rolar davrida esa hukumron kamunistik partiyadan boshqa biron bir partiyani tuzish taqiqlanadi.

Milliy ittixod-ittixodi taraqqiy turkiston jadidlari tamonidan, tashkil etilgan yashirin tashkilot 1920-1925 yillar Munavarqori va Sadriddinxon Sharifxo`jaev tashabbusi bilan Toshkentda tashkil etilgan. Turkiston odamlari markaziy fuqarosi 1917 yil iyull oyida ittixod va taraqqiy ( Ittixodi taraqqiy) 1917-1920 yil yashrin tashkiloti tashkil topgan. Milliy ittixod bolshevliklar rejimiga qarshi kurashda sovet masalalarida hizmat qilayotkan milliy rahbar hodimlarga tayangan va ittixodi turkiston milliy mustaqil davlatni barpo etishni bosh maqsad qilib qo`ydi. Yosh Xivaliklar Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya 1914-1921 yil o`z safida milliy ziyolilar, hunarmandlar, dehqonlar, savdogorlar, islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan. 1914 yil avgustda yosh xivaliklar partiyasida Polvoniyoz hoji Yusupov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazr Shokirov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudaybergan Devonov, Xusaynbek Devonbegi Matmurodov, Muhammad ho`ja Abdullaev partiya faollari edi. Partiyaning elon qilganlar dasturida xon hokimiyati cheklaydigan islohatlar o`tkazish mintaqada ham milliy g`oyaviy monarxiya o`rnatish halqni marifatli qilish mo`njallangan.


3..XX asrning so‘nggi choragida Markaziy Osiyo respublikalarini mustaqillikka bo‘lgan harakatlari.
Qozog’istonda mustaqil davlat tuzish yo‘lidagi intilishlarda qarama-qarshiliklar kuzatildi 1989 yil bahoridagi SSSR Xalq deputatlari se'zdida qatnashgan respublika vakillari sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlaridan iborat edi. Kuzda Oliy Sovet qozoq tilini davlat tili, rus tilini millatlararo so’zlashuv tili, deb e'lon qildi.

Kompartiya rahbari N. Nazarboev respublika ko’p millatli jamiyati birligini va Gorbachyovning SSSRni saqlab qolishga urinishlarini qo’llab-quvvatladi. Oliy Sovet 1990 yil bahorida uni Prezident etib sayladi, oktabrda esa, qarshiliklarga qaramay, Qozog’iston suverenitetini e'lon qildi. Hukumat 70 foizi ittifoq markazi ixtiyorida bo`lgan barcha zaxiralarni respublika mulkiga aylantira boshladi. Moskvadagi avgust to`ntarishini (xuntasini) respublika rahbariyati jimlik bilan kutib oldi, so`ngra hukumat amalda tarqalib ketgan kompartiya mulkini milliylashtirdi.

Qozoq va rus xalqlarini hamjihatlikka va Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlab qolishga chaqirgan Nazarboev 1991 yil oxiridagi umumxalq saylovlarida yana Prezident etib saylandi. Ammo Oliy Sovet Qozog`iston mustaqilligi to’g’risida hammadan keyin - 1991 yil 16 dekabrda deklarasiya qabul qildi
Qirg’izistonda yuz minglab kishilarni birlashtirgan «Qirg’iziston demokratik harakati» mamlakat suvereniteti va bozor islohotlariga da'vat etdi. Uning ta'sirida Oliy Kengash 1990 yil dekabrida suverenitet deklarasiyasini qabul qildi va SSSR ni konfederasiyaga aylantirishga ovoz berdi. Moskvada g’alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo’lgan milliy-liberal va demokratlar talabiga ko’ra, Oliy Kengash Qirg’izistonning siyosiy suverenitetini e'lon qilishga va, hatto, kompartiyani taqiqlashga majbur bo`ldi. 1991 yil oktyabrdagi umumxalq saylovlarida liberal-demokrat, akademik A. Akaev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o’tmish bilan bahslashmasdan olg’a yurish»ga da'vat etdi. Qirg’izistonda davlatchilikning shakllanishi liberal-demokratik partiya va guruhlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, Akaevning o’z «jamoa»si yo’qligi ilgarigi «nomenklatura» va yaqinda tiklangan kompartiyaning islohotlarga shafqatsiz qarshilik ko’rsatishi hamda urug’-aymoqlar o’rtasidagi raqiblik, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va korrupsiya sharoitida kuchaygan millatlararo mojarolar ta'sirida murakkablashgan edi.

Ammo ba'zi respublikalar uchun an'anaviy bo’lgan konformistik (loqaydlik, befarqlik) ruhdagi aholining ovoz berishi oqibatida 1992 yil kuzidagi Oliy Kengash saylovlarida islohot dushmanlari - sobiq sovet-kommunist arboblar va turli urug’larning rahbarlari ko’pchilik ovozga ega bo’lishdi. Qayta tiklangan kompartiya qasd olishga harakat qildi. Ortga qaytish xavfi tug’ildi. Shunga qaramasdan, 1993 yil may oyida oldinga qadam qo’yishga, ya'ni Oliy Kengash tomonidan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishildi, erkinliklari e'tirof etildi, ammo xususiy mulk cheklab qo’yildi. Qirg’iziston umumxalq saylovida saylanadigan prezidentli va ikki palatali parlamentJo’qorg’i Kengesiga ega respublikaga aylandi. Prezident oldida javobgar bo’lgan hukumat parlamentga bo’ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o’zgartirildi. 1994 va 1995 yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o’zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi.

Hukumatda o’z mansabini suiiste'mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o’zini himoya qilish maqsadida A. Akaev 1994 yil boshida prezidentga ishonch to’g’risida referendum o’tkazdi va ko’pchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi. 2000 yildagi parlament saylovlarida Akaevni qo’llab-quvvatlayotganlar ko’pchilik o’ringa ega bo’lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo’lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akaevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo’ldi va vaziyatni keskinlashtirdi. Ammo Akaev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000 yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 75 foizi ovoz berdi va u to’rtinchi marta prezident etib saylandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinroq kechdi. 1990 yildan boshlangan ishlab chiqarishning pasayishi, ittifoq markazining buyurtma va investitsiyalari to’xtagandan so’ng, yanada tezlashdi. 1995 yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagiga nisbatan 39 foizni tashkil etdi. 1991–1993 yillarda Rossiya Federasiyasi texnik kreditlar taqdim etgan bo’lsada, dotasiyalarning to’xtashi va daromadning qisqarishi byudjetni parchaladi va yirik inflasiyani yanada tezlashtirdi. Hukumatning narxlar o’sishini to’xtatishga urinishlari zoe ketdi. Maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimi izdan chiqdi. Bu ijtimoiy va millatlararo munosabatlarning murakkablashishi, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va jinoyatchilikning o’sishiga olib keldi. 1991 yildayoq hukumat Xalqaro valyuta fondi (XVF) ishtirokida xo’jalikni davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan edi. Narxlarni liberallashtirish boshlandi, 1993 yilda esa milliy valyuta - som muomalaga kiritildi. Lekin, hatto, XVF yordami bilan ham inflasiyani pasaytirish va uning barqarorlashishiga erishila olmadi. 1998 yilga kelib davlat qo’lida uning ilgarigi mulkining atigi 5,6 foizi qoldi. Bu mulkning katta qismi korxonalar xodimlari, menejerlar, xorijiy va mahalliy investorlar ixtiyoriga o’tdi. Jahon banki ishtirokida ishlab chiqarishni moliyalash yo’lga qo’yildi va banklar tizimi yaratildi.

Turkmaniston respublikasi suveriniteti to’g’risidagi deklarasiya Oliy Kengash tomonidan 1991-yil avgustida qabul qilindi. Oliy Kengash kompartiya rahbari S. Niyozovni rais etib sayladi. SSSR amalda parchalanib bo’lganidan so’ng, 1991 yil oxirida referendum asosida Turkmaniston mustaqillikka erishdi va umumxalq saylovlarida Niyozov uning Prezidenti etib saylandi. «Biz o’ziga xos yangi jamiyat quramiz va unga o’z yo’limiz bilan boramiz», - degan edi Niyozov o’z yo’li haqida. Prezident turkman an'analarining tiklanishini qo’llab-quvvatladi va ko’pchilikka zarar yetkazmasdan islohotlarni amalga oshirish va yaqin kelajakda Iroq hujumidan qutqarilgandan keyin mashhur bo’lgan Quvaytdagidek umumiy farovonlikni va'da qildi. Bu aholini o’ziga rom qilar va umid uyg’otardi. Millatlararo mojarolar, tarqoq liberal va demokratik guruhlarning chiqishlari 90-yillarning boshida bostirildi, ularning rahbarlari hibsga olindi yoki muhojirlikka ketishdi.

Tojikistonda milliy va siyosiy tiklanish jarayonlariga diniy-radikal kuchlar aralashdi. 1991 yilda radikal demokratlar tub o’zgarishlarni talab qilgan Demokratik partiyani tuzishdi. Shu bilan bir qatorda, musulmon jamoalar kuchaydi, masjidlar qurildi. Islom tiklanish partiyasi («Partiyai Vahdati islom») sezilarli obro’ga ega bo’ldi va islom aqidaparastlari guruhlari paydo bo’ldi. Qayta qurish kompartiya tarkibida kelishmovchiliklarga olib keldi. Kutish pozitsiyasini egallagan partiya rahbariyati Oliy Kengash tomonidan tojik tilining davlat tili, deb e'lon qilinishiga rozi bo’ldi, ammo boshqa o’zgarishlarga to’sqinlik qildi. 1990 yil fevralida Dushanbedagi hukumatga qarshi ommaviy namoyishlarga qurolli kuchlar safarbar qilindi va o’nlab kishilar halok bo’ldi. Islomchilar va demokratlarning raqiblari mahalliy urug’lar va ularning qurollangan dastalari rahbarlarini birlashtirgan Xalq frontini tashkil qilishdi. Ular tashabbusni o’z qo’llariga olib, mamlakat shimoli – Xo’jand shahrida Oliy Kengash chaqirishga erishishdi. Oliy Kengash raisi etib mahalliy yetakchilardan biri - I. Rahmonov saylandi va yangi hukumat tuzildi. Bu yangi hukumat Afg’onistondagi uning dushmanlariga yaqin bo’lgan islomchilarning kuchayishidan tashvishga tushgan Rossiya Federasiyasi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Dushanbeda joylashtirilgan Rossiyaning 201-motoo’qchi diviziyasi yordami bilan xalq fronti otryadlari 1992 yil dekabrida Dushanbeni qo’lga oldi va 1993 yil bahorigacha mamlakatning katta qismini o’z nazorati ostiga o’tkazdi.

Islom tiklanish partiyasi va demokratlar tomonidan tashkil qilingan Birlashgan muxolifat Afg’oniston hamda Eronda tayanch topdi. Uning otryadlari Tojikistonda harakatda bo’ldi. Butun mamlakatni shafqatsiz fuqarolik urushi qamrab oldi. Muxolifatga yon bosgan afg’on muhojirlari ham bu urushga aralashib turdi. Jinoiy guruhlar tartibsizliklardan foydalanib, giyohvand moddalarni yetishtirish va yetkazib berish bilan mashg’ul bo’ldi. Muxolifatning qarshiligiga qaramasdan, 1994 yilda hukumat o’tkazgan referendumda I. Rahmonov taklif qilgan konstitutsiya ma'qullandi. U Prezident etib saylandi. Parlament - Majlisi Oliy saylovlari ham o’shanda boshlanib, 1995 yil fevraligacha davom etdi. Saylovni hukumat nazorat qilib bordi va Prezidentga yetarlicha xayrixoh bo’lgan hukumat tuzildi.




Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish