1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi



Download 293,57 Kb.
bet39/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
2 5240206060735695835

31 variant

  1. 2005-2015 yillarda Qozog‘istonning madaniy taraqqiyoti.

  2. O‘zbekiston va Turkmanistonning mintaqaviy muammolarni hal etishdagi hamkorliklari.

  3. 2005-2019 yillarda Tojikistonda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vaziyat.

1. Hozirgi vaqtda Qozog‘iston agrar-industrial mamlakat bo‘lib, 2006-yilda YAIM 77,9 mlrd dollarga yetdi va aholi jon boshiga 5120 dollarni tashkil etadi. Neft va neft mahsulotlari, rangli va qora metall, ruda, g‘allani eksport qiladi. Temir ruda zaxiralari bo‘yiclia dunyoda 8-o‘rinda turadi. Dunyoda mis eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birida turadi. G‘alla yetishtirishda MDH mamlakatlari ichida uchinchi o‘rinni egallaydi.

2005 yil Qozog‗istonda 43 davlat oliy o‗quv yurti ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, yevrosiyo milliy universiteti, Qozog‗iston milliy agrar universiteti, Qozog‗iston milliy texnika universiteti, Qozog‗iston milliy konservatoriyasi, Qarag‗anda universiteti, Olmaota texnologiya universiteti va b. Qozog‗istonda ilmiy tadqiqotlar Qozog‗iston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institut va muassasalarida, mamlakat oliy o‗quv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Qozog‗istonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozog‗iston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozog‗iston Respublikasi davlat muzeyi, San'at muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Ko‗nonboev memorial muzeyi va b.) bor.

Nazarboyevning «ko‘p yo'nalishli tashqi siyosati» MDH doirasi- dan ham tashqariga chiqdi. Qozog'iston Germaniya va Yevropa Ittifo- qining boshqa mamlakatlari hamda Turkiya, Eron, Yaponiya va Ma- layziyaga o‘z xomashvosini berish, ulardan kreditjar, investitsiya va yuksak texnologiyalami keltirish yo'li bilan hamkorlik qiladi. U 10 la Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkoriigi (MOH) da ishtirok etadi. Qozog‘iston YEXHT a’zosi, NATO bilan hamkorlik qiladi, Shanxay hamkorlik Toshkiloti (SHHT)ning a’zosidir. Keng va ko‘p tomonlama üloqalar islohotlar va iqtisodiyotni rivojîantirish hamda xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, islom fixndamentalizmining tahdidini bartaraf etishga imkon beradi. 0 ‘zbekiston bilan abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Qo'shnichilik aloqalari kuchaymoqda.

007 yil 12 mayda Rossiya, Turkmaniston, Qozog‗iston davlatlari Kaspiy chegara hududlari orqali Markaziy Osiyo ―Markaz‖ yo‗nalishini qayta ta'mirlanishi va undan yiliga 10 mlrd kub turkman gazi Qozog‗iston orqali Rossiyaga yetkazib berilishi rejalashtirildi. Turkmaniston va Qozog‗iston hukumati mazkur gaz transportirovkasini Kaspiy dengizi suv osti quvurlari va Xitoy yo‗nalishida rivojlantirishlari mumkinligini hamda mahsulot narxini o‗zaro kelishib olishlari zarurligini ham ma'lum qilmoqdalar. Ma'lumki, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozog‗iston, Turkmaniston va O‗zbekiston dunyodagi juda katta energetika manbalariga ega.
2. O‘zbek va turkman xalqlarining tarixi, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, til va urf-odatlari o‘xshash. Ikki xalq azaldan bir-birining madaniyatini boyitib, savdo-sotiq qilib keladi, bir daryodan suv ichadi. 
Ajdodlarimizning ilmiy, madaniy-ma’naviy va adabiy merosi xalqlarimizning umumiy mulkidir. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Turkmanistonda Alisher Navoiy, O‘zbekistonda Maxtumquli asarlari katta qiziqish bilan mutolaa qilinadi va tadqiq etiladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar yuksak sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunda avvalo ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, ishonch va samimiyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy darajadagi uchrashuvlarning muntazamligi davlatlararo munosabatlar yuksak darajada ekanidan dalolatdir. 
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining bu galgi Ashxobod uchrashuvi oliy darajadagi samarador va faol muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Prezidentlarning ochiqlik va ishonch ruhida o‘tgan suhbatida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinar ekan, mamlakatlarimiz manfaatlari mushtarakligi, ikki tomonda ham ko‘p qirrali munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun xohish va iroda mavjudligi, davlatlarimiz buning uchun ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlandi.


Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashuv davomida muhokama etilgan barcha masalalar bo‘yicha tomonlarning qarashlari va yondashuvlari o‘xshash yoki yaqinligi qayd etildi.
Bu, ayniqsa, Afg‘oniston masalasiga munosabatda yorqin namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnilari sifatida temir yo‘llar va ko‘priklar barpo etish, muhim infratuzilma obyektlarini tiklash, elektr energiyasi va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirib, bu orqali mazkur mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Dunyoning turli mintaqalarida vaziyat shiddat bilan o‘zgarayotgan, voqealar rivoji oldindan aytib bo‘lmaydigan holatga kelgan, bosqinchilik va zo‘ravonlik kengayib borayotgan bugungi sharoitda davlat rahbarlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalaridagi hamfikrliligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov mintaqada suv resurslaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Ta’kidlanganidek, suv-energetika sohasiga doir masalalarni hal qilishda, jumladan, transchegaraviy daryolarda yirik gidroenergetika inshootlarini barpo etishda BMTning tegishli konvensiyalarida belgilab berilgan xalqaro me’yorlarga muvofiq ish tutish, bunday obyektlarning loyihalarini mustaqil xalqaro ekspertizadan o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Prezidentlar o‘zaro hamkorlik strategiyasini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan pozitsiya va qarashlarni o‘zaro muvofiqlashtirib borish maqsadida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam davom ettirishga kelishib oldilar.
Kengaytirilgan tarkibdagi muzokarada savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2013-yilda 353,9 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 246 million dollarga yetdi. Lekin, qayd etilganidek, tomonlarning imkoniyatlari bu raqamlardan ancha yuqori.


Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi savdo hajmini oshirish, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishning yanada samarali chora-tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Turkmanistonning iqtisodiy hamkorligida transport kommunikatsiyalari muhim yo‘nalishlardan biridir. Ikki mamlakatning avtomobil va temir yo‘llari yaxshi integratsiyalashgan tizim bo‘lib, nafaqat O‘zbekiston va Turkmaniston, balki uchinchi davlatlar uchun ham qulay tranzit majmui vazifasini o‘tamoqda.
Mamlakatlarimiz ikki va ko‘p tomonlama asosda transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Xususan, Prezident Islom Karimov tashabbusining amaliy ifodasi bo‘lgan O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon yangi xalqaro transport-kommunikatsiya koridorini barpo etish bo‘yicha 2011-yili imzolangan bitim muhim geostrategik ahamiyatga egadir.

Ushbu g‘oyaning hayotga tatbiq etilishi Markaziy Osiyo davlatlarini Yaqin Sharqning iqtisodiy faol ko‘rfazlaridagi bandargohlar bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu kelgusida bojxona sohasida, avtomobil, temir yo‘l va dengiz transporti orqali yuk tashish va tranzit qilishda qulayliklar yaratilishiga yo‘l ochadi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, qo‘shma loyihalar sarmoyaviy hamkorlik rivojiga yangi sur’at baxsh etadi. 
Ekspertlarning fikricha, loyiha ijrosi yakuniga yetgach, boshqa mamlakatlar ham undan foydalanishdan manfaatdorlik bildiradi. Bu loyihaning jozibadorligini yanada oshiradi.
Iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo‘nalishlaridan yana biri energetika sohasidir.
O‘zbekiston va Turkmanistonda uglevodorod resurslarining yirik zaxiralari mavjud, lekin ikki mamlakat ham jahon bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘liga ega emas. Bunday sharoitda o‘zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik yaxshi samara beradi. Bunga muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan va mamlakatlarimizga tabiiy gaz eksporti yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan Turkmaniston – O‘zbekiston – Qozog‘iston – Xitoy transmilliy gaz quvuri loyihasi yaqqol tasdiq bo‘ladi.

‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Bu borada 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasida ikki mamlakatning madaniyat va san’at namoyandalari O‘zbekiston va Turkmanistonda o‘tkaziladigan turli konsertlar, festival va ko‘riklar, ko‘rgazma va forumlarda faol ishtirok etmoqda.

3 2010-yili Tojikiston Respublikasining aholi soni 7 mln. 565 ming kishini tashkil qildi[4]. Erkaklar soni 3 mln. 813 ming, ayollar esa 3 mln. 752 ming. Shu maʻlumotga tayangan holda, 1,000 erkak kishi uchun 984 ayol toʻgʻri keladi. 2013-yil 1-aprelda Tojikiston aholisi 8 000 000 kishini tashkil qildi[5][6].

Tojikiston aholisi jadallik bilan koʻpaymoqda, 1959-yilda 1 mln. 981 ming kishi edi, 1989-yilda esa — 5 mln. 109 ming,[7] 2016-yilda esa — 8 mln. 551 ming kishini tashkil qildi.[8].

2009 yil 5-oktabr - Tojikiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida" gi yangi qonunining qabul qilinishi. 5 oktyabr respublikada "Davlat tili kuni" deb e'lon qilindi.

2006—2010 - Dushanbe - Xo'jand - Chanak (O'zbekiston), Dushanbe - Jirgital - Saritosh (Qirg'iziston) avtomobil yo'llari, Anzob dovoni, Sharshar va Shahristondagi Istiklol yo'l tunnellari qurilishi va foydalanishga topshirilishi.

2010 yil 6-yanvar - Rog'un GES aktsiyalarini respublika aholisi o'rtasida taqsimlash boshlandi. Umumiy quvvati 3600 MVt bo'lgan Rog'un GESining qurilishini davom ettirish [26].

2011 yil sentyabr - Sangtuda GES-2 ning birinchi blokining qurilishi va ishga tushirilishi (quvvati - 220 MVt, Eron bilan birgalikda) [27]. Agaxon IV taraqqiyot jamg'armasi bilan hamkorlikda Afg'onistonga Panj daryosi orqali ko'prik qurilishini yakunlash va Dushanbe - Xo'jand - Chanak (O'zbekiston) avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish [28], Dushanbe - Jirgatal - Sariq-Tosh (Qirg'iziston) avtomobil yo'llarini Tojikiston va Xitoyning investitsiya loyihalari [24] [25] [29] [30] [31].

2012 yil 14 avgust - Tojikiston xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi konvensiyaga (Nyu-York konvensiyasi 1958) qo'shildi.

2012 yil 10 dekabr - Tojikiston Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a'zo bo'ldi.

2014 yil sentyabr - 110 MVt quvvatga ega Sangtuda GES-2 ning ikkinchi bloki ishga tushirildi. To'liq ishga tushirilgandan so'ng, Sangtuda GES-2 1 milliard kVt soatgacha yoki 220 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir [32].

2014 yil dekabr - Dang'ara tumanida Markaziy Osiyodagi eng yirik to'qimachilik korxonasining qurilishi boshlandi, uning birinchi bosqichi 52 ming tonnadan ziyod paxta tolasini qayta ishlashga qodir. Korxona Tojikiston va Xitoyning qo'shma investitsiya loyihasiga binoan qurilmoqda [33].

2015 yil 29 sentyabr - Tojikiston Oliy sudi Tojikiston Islom Uyg'onish partiyasining (IRPT) respublikadagi faoliyatini taqiqladi. Taqiqlanishidan oldin, IRPT postsovet hududidagi yagona qonuniy faoliyat ko'rsatayotgan islomiy siyosiy partiya edi [34].

2015 yil 18 oktyabr - Ayniy - Penjikent avtomagistrali rekonstruksiya qilindi. Osiyo taraqqiyot banki ushbu 113 km uzunlikdagi yo'lni tiklash uchun 100 million AQSh dollari miqdorida grant ajratdi [35].

2015 yil 15-dekabr - Osiyo taraqqiyot banki Afg'onistondagi xavfsizlik darajasi pastligi va afg'oniston uchastkasini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag 'etishmasligi sababli Turkmaniston, Afg'oniston va Tojikistonni jalb qilgan Trans-afg'on temir yo'lini moliyalashtirishni to'xtatdi. [ 36]

2016 yil 22 may - Tojikistonda konstitutsiyaviy referendum bo'lib o'tdi [37].

2018 yil 26-may - Tojikiston aholisi 9 million kishiga yetdi [38].

2018 yil 16-noyabr - Rog'un GESining birinchi gidroelektr bloki tantanali ravishda ochildi [39]. Ikkinchi blok 2019 yil iyun oyida ishga tushirildi [40].

2019 yil 6-noyabr - Dushanbedan 60 km uzoqlikda, Tojikiston-O'zbekiston chegarasida joylashgan Ishkobod zastavasiga hujum uyushtirilib, 6 askar, jumladan 5 nafar chegara va 1 politsiyachi halok bo'ldi [41]. Hujum uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" (Rossiya va Tojikistonda taqiqlangan) tashkiloti o'z zimmasiga oldi [42].Tojikiston Rossiya, Xitoy va Eron bilan birgalikda bir nechta yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etadi.

Tojikiston agrosanoat mamlakatlari toifasiga kiradi. 2015 yilda PPP bo'yicha YaIM hajmi 23,31 milliard dollarni tashkil etdi - dunyoda 139-o'rin [49]. 2015 yilda qayd etilgan iqtisodiy o'sish sur'atlari taxminan 3% ni tashkil etadi (dunyoda 103-o'rin) [50]. 2015 yilgi davlat byudjetining daromad qismi 2,432 milliard dollarni, xarajatlar qismi 2,481 milliard dollarni, byudjet kamomadi esa YaIMning 0,6 foizini tashkil etdi [50].

Tojikiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hisobotiga ko'ra, 2018 yil boshida YaIMning tarkibi quyidagicha: respublikada savdo tarmoqlari - 21,9%, sanoat - 18,5%, transport, aloqa va omborxonalar ustunlik qiladi. - 14,2% va soliqlar - 13,5%. Hukumatning prognozlariga ko'ra, Tojikistonning yalpi ichki mahsuloti 2018 yilda 7 foizga o'sadi; xalqaro valyuta tashkilotlarining prognozlariga ko'ra - 6% ga [51] Pul birligi tojik somoniyidir; 2016 yil uchun o'rtacha kurs 1 AQSh dollari uchun 8 somoniyni tashkil etadi. Ayirboshlash birligi - diram, yuzinchi somoniy. Pul emissiyasini mamlakat markaziy banki - Tojikiston Milliy banki amalga oshiradi. Inflyatsiya darajasi, 2015 yil oxirida 5,8% ni tashkil etadi (dunyoda 183-o'rin) [50]. 2015 yil dekabr oyida milliy oltin-valyuta zaxiralari hajmi 430,3 million dollarni tashkil etdi [50].

Tojikiston yirik gidroenergetika salohiyatiga, mineral xom ashyo boyliklarining katta konlariga va katta sayyohlik salohiyatiga ega bo'lgan agrosanoat mamlakati. Uzoq muddatli urush, shu bilan bog'liq vayronagarchilik va odamlarning yo'qotilishi iqtisodiyotda keskin tanazzulga olib keldi (1995 yilda YaIM 1991 yilga nisbatan 41 foizni tashkil etdi). So'nggi tinchlik yillarida iqtisodiyot va turmush darajasi ancha yaxshilandi.


Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish