32 variant
Turkmanistonda XX asrning 90 yillarida iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti.
Jahon urushi arafasida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli qanday edi?
1945-1960 yillarda Qirg‘izistonda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy vaziyat.
33 variant
Stalinning qatag‘on siyosati.
Qirg‘izistonda davlat suverenitetini qo‘lga kiritilishi va bu yo‘ldagi sa'yi harakatlarning amalga oshirilishi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning mintaqaviy muammolarni hal etishdagi hamkorliklari.
32.1 javob: Turkmaniston Respublikasi Turkmaniston — aholisi eng kam bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikasi edi. O‘sha vaqtlarda uning boy neft-gaz konlarining (butun dunyoda aniqlangan gaz zaxiralarining uchdan bir qismi) qazilishi endi boshlangan, haydaladigan yerning 70 foizida esa paxta yetishtirilar edi. Barcha qazib olish va ishlab chiqarish federal markaz uchun xizmat qilardi, markaz esa aholining yashashi (tirik qolishi) uchungina zaxiralar berardi. Bu aholining 70 foizini tashkil etuvchi turkmanlar hamda ruslar, o‘zbeklar va boshqa millat vakillarining an’anaviy befarqligi (konformistligi) va passivligini yana chuqurlashtirardi. Faqatgina 1989-yilda Ashxabodda birinchi masjid qurildi, noroziliklar namoyon bo‘ldi. Til va madaniyatni tiklash, iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun kurashuvchi harakatlar paydo bo‘ldi. Ammo bu yerda kompartiya rahbariyati oshkoralikni boshqarib turar, «norasmiy elementlar» rivojlanishiga to‘sqinlik qilar va islohotlarning yo‘nalishi, muddatlari hamda ko‘lamini belgilab berardi. Respublika suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya Oliy Kengash tomonidan 1991-yil avgustida qabul qilindi. Oliy Kengash kompartiya rahbari S. Niyozovni rais etib sayladi. SSSR amalda parchalanib bo‘lganidan so‘ng, 1991-yil oxirida referendum asosida Turkmaniston mustaqillikka erishdi va umumxalq saylovlarida Niyozov uning Prezidenti etib saylandi. «Biz o‘ziga xos yangi jamiyat quramiz va unga o‘z yo‘limiz bilan boramiz», — degan edi Niyozov o‘z yo‘li haqida. Prezident turkman an’analarining tiklanishini qo‘llab-quvvatladi va ko‘pchilikka zarar yetkazmasdan islohotlarni amalga oshirish va yaqin kelajakda Iroq hujumidan qutqarilgandan keyin mashhur bo‘lgan Quvaytdagidek umumiy farovonlikni va’da qildi. Bu aholini o‘ziga rom qilar va umid uyg‘otardi. Millatlararo mojarolar, tarqoq liberal va demokratik guruhlarning chiqishlari 90-yillarning boshida bostirildi, ularning rahbarlari hibsga olindi yoki muhojirlikka ketishdi. 1992-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan hokimiyat yanada mustahkamlandi. Umumxalq saylovlarida saylanadigan prezident nihoyatda keng vakolatga ega bo‘ldi va hokimiyatning har bir tarmog‘iga boshchilik qildi. Qonun chiqarish Majlis — saylanuvchi parlamentga topshirildi. Ammo qarorlarni qabul qiluvchi oliy vakillik organi Xalq maslahati bo‘ldi. U Prezident tomonidan boshqarilar hamda hukumat boshlig‘i va a’zolari huquqni himoya qilish organlari va viloyat rahbarlaridan iborat edi. Mamlakatda Niyozov boshqarayotgan yagona partiya —Demokratik partiya qoldi. Aholini birlashtirish uchun amnistiya (umumiy afv) e’lon qilindi, keyinchalik esa o‘lim jazosi bekor qilindi. Konstitutsiya qabul qilingandan keyin saylovchilarning 99,5 foizi Niyozovni prezidentlikka qayta saylash, u ko‘rsatgan nomzodlarni majlisga saylash uchun ovoz berdilar. Keyinchalik, bundan ham muvaffaqiyatliroq o‘tgan referendumda Niyozovning vakolatini oshirish ma’qullandi va u Turkmanboshi hamda turkmanlar otasi, degan unvonga ega bo‘ldi, 2000-yilda esa majlis uning hokimiyatining muddatsizligi to‘g‘risidagi qonun qabul qildi. Turkmanboshining portret va so‘zlari hamma joyda paydo bo‘ldi, ko‘chalar, korxonalar va shaharlar uning nomiga qo‘yildi, poytaxtda uning ulkan, doim quyosh tomonga burilib turuvchi haykali o‘rnatildi. Farovonlik to‘g‘risidagi rejalari uchun uni hamma joyda — bolalar bog‘chasidan tortib Xalq maslahatigacha ulug‘lar edilar. Hatto, uning obro‘siga va xalqning unga bo‘lgan muhabbatiga shubha qilish Turkmaniston uchun zarar, deb baholanar edi. Nihoyat, uning tomondan odamlarning hayot normalarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan, hamma uchun majburiy bo‘lgan «Turkmanlarning ma’naviyat kodeksi» qabul qilindi. «Ruxnoma» kitobi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar imtihon topshirardi, u Qur’oni karim bilan tenglashtirildi. Turkmanboshi tuzumi mustabid (totalitar) xarakterga ega bo‘ldi va siyosiy barqarorlikni kafolatladi. Va’da qilingan farovonlikka erishish ancha qiyin bo‘lib chiqdi. Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘ir edi. Rossiyadan olingan kreditlar tezda qadrsizlandi. Gaz va paxtani Rossiya hamda MDHning boshqa davlatlariga sotish na dollar, na yangi texnologiyalar keltirdi. Gaz qazib olish va paxta yetishtirish, ularni yetkazib berishni ko‘paytirish hamda ular evaziga dollar olish juda qiyin kechdi. Aholiga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetishmas edi. Pensiya va oyliklarni to‘lash kechikardi. Ayanchli statistik ma’lumotlar e’lon qilinmas edi. 1992-yildan boshlab hukumat sanoatni rivojlantirish va bozor munosabatlarining iqtisodiy poydevorini yaratishga qaratilgan «Barqarorlikning 10 yili» dasturini qabul qildi. 1993-yilda milliy valuta — manat joriy qilindi. Uning qiymati hamda narxlar hukumat tomonidan belgilanar edi. Xorijiy valuta bilan muomala qilish taqiqlangan edi. Boy mamlakatlarning hukumatlari Turkmanboshi rejimini ma’qullamasalar-da, undagi barqarorlik, mamlakatning tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchi hamda hukumatning bozor iqtisodiyotiga intilishi turkman paxtasi va gazini sotib olishning kengayishiga, rejimga kreditlar berilishi va xo‘jalikka investitsiyalar qo‘yilishiga yordam berdi. Eksportdan kelgan mablag‘lar va kreditlarni hukumat undirma va to‘qimachilik sanoatiga sarflar edi. Bu sohalar uchun eng yangi texnologiya hamda jihozlar sotib olindi. 90-yillarning ikkinchi yarmida gaz va neft qazib olish o‘sa boshladi va paxtaning asosiy qismi yangi korxonalarda qayta ishlana boshladi, bozorga to‘qimachilik mahsulotlari chiqarila boshlandi. Ishlab chiqarishning o‘sishi to‘la bandlikni ta’minladi. Hukumat iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarishga shoshilmadi. Neft va gaz, paxtaning sotilishi hamda qayta ishlanishi, transport va uy-joy xo‘jaligi, ishlab turgan hamda qurilayotgan barcha katta va o‘rta korxonalar davlat ixtiyorida edi. 1996-yilga kelib nodavlat sektorga yalpi ichki mahsulotning atigi 7,7 foizi to‘g‘ri keldi. 2000-yilda yalpi ichki mahsulot 14 foizga oshdi, uning beshdan bir qismi gaz eksportiga to‘g‘ri keldi. 1993-yilda qabul qilingan yerga mulkchilik to‘g‘risidagi qonun asosida har bir fuqaro 50 gektargacha yer olishi va yana 500 gektar yoki undan ko‘proq yerni ijaraga olishi mumkin edi. 5 yil muddat o‘tgandan so‘ng yer egasi — neyhan tomonidan olingan yer uning mulkiga aylanar edi, ammo u yerni sotish yoki birovga berishga haqqi yo‘q edi. Bu islohot 10 yil muddatga mo‘ljallangandi. Hukumat «Yangi qishloq» va «G‘alla» dasturlarini amalga oshirdi. Ularga ko‘ra, qishloq aholisi yashash sharoitini yaxshilash va g‘alla yetishtirishni oshirishga mablag‘ ajratilardi. Hukumat qishloq aholisi turmush darajasi yaxshilandi, deb hisobladi. G‘alla yetishtirish sezilarli darajada o‘sdi. Butun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 20 foizidan ko‘prog‘ini bermoqda. Turkmanistonning iqtisodiy va madaniy dasturi qabul qilindi. Prezident va’da qilgan umumiy farovonlikka nisbatan uyg‘ongan va oshib borayotgan shubhalarni tarqatish uchun hukumat 90-yillarning ikkinchi yarmida tuz, elektr energiya, gaz va suvni bepul deb e’lon qildi, non, o‘simlik yog‘i, jamoat transporti va maishiy xizmatlarga esa past, ramziy narxlarni belgiladi. Oziq-ovqatning boshqa turlari hamda boshqa mahsulotlar kartochkalar bilan tarqatila boshlandi. Ammo, odatdagidek, bepul, arzon va kartochkalar bilan tarqatiladigan mahsulot tanqis edi, ularni olish uchun navbatlar paydo bo‘lardi. Buning ustiga aholi o‘sish darajasi oshdi. 2006-yil dekabrda Prezident S. Niyozov vafot etdi. 2007-yil fevraldagi saylovda G. Berdimuxamedov Prezident etib saylandi. Turkmanistonning tashqi siyosati uning mustaqilligini mustahkamlash va dunyo bozoriga tabiiy gazning yirik zaxiralarini chiqarish yo‘llarini izlashga qaratilgan edi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatning neytraliteti (betarafligi) e’lon qilindi va amalga oshirib kelinmoqda. MDH tarkibida bo‘lish Rossiya Federatsiyasidan yordam olishga imkon berdi. Ayniqsa, milliy qurolli kuchlar yaratilgunga qadar, Rossiya Federatsiyasi Turkmaniston chegarasini himoya qilishi va qurol bilan yordam berishini aytish mumkin. MDH doirasida Turkmaniston Hamdo‘stlik a’zolari, avvalo, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirmoqda. 2005-yilga kelib betaraflikka to‘la amal qilish uchun Turkmaniston MDH tarkibidan chiqdi. Turkmaniston Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, ayniqsa, Turkiya, Eron va Afg‘oniston bilan yaqin hamkorlik qiladi. Turkman gazining bir qismini Rossiya Federatsiyasi orqali Ukrainaga yetkazib berish to‘g‘risida kelishib olindi. Bundan qoniqmagan respublika hukumati Kaspiy orqali Ozarbayjon, Gruziya, Turkiyaga va Afg‘oniston orqali Pokiston, XXRga gazni eksport qilish uchun gaz quvurlari qurilishida qatnashmoqda. Aholining huquq va erkinliklari biroz cheklanishiga qaramasdan, o‘zining mustahkamligi tufayli Turkmanboshi rejimi boy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy yordamini olishga muvaffaq bo‘ldi. Prezident Q. Berdimuhammedov davrida vaziyat ancha yumshadi. 2007- yil fevralda ta’lim tizimi islohoti to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 9 yillik maktab o‘rniga 10 yillik ta’lim joriy qilindi. Oliy o‘quv yurtlari 5–6 yillik bo‘ldi. «Sodiqlik qasamyodi» bekor qilindi. Sudlanganlarning ishlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida farmon e’lon qilindi. Turkmanboshi davrida qilingan o‘zgarishlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. 2008-yil 1-iyuldan Grigoryan kalendariga qaytildi. Turkmanistonda 40 foiz aholi sanoatda, 30 foiz aholi qishloq xo‘jaligida, qolgan qismi xizmat ko‘rsatish sohalarida banddir. 2007- yilda 71 mlrd kubometr gaz qazib olindi va shundan 50 mlrd kubometri Rossiyaga, 8 mlrd kubometri Eronga eksport qilindi. Eksport 4,4 mlrd dollarni, import 2,7 mlrd dollarni tashkil etadi. 2007-yilda YAIM 26,2 mlrd dollarni tashkil etib, aholi jon boshiga 5055 mln dollar to‘g‘ri keldi.
33.1 javob: O‘zbekiston hududida O‘rta Osiyo lageri (Sazlag) joylashtirilgan bo‘lib, undagi mahbuslarning vazifasiga yuqoridagi qiynoqlardan tashqari SSSRning paxta mustaqilligini ta'minlashdek vazifa ham kirardi. Yirik konsentratsion lagerlardan yana biri Qozog‘iston hududida joylashtirilgan bo‘lib, u Karlag, ya'ni Qarag‘anda lageri deb atalar edi. Akmola lagerida (Aljir) stalinchi rahbarlarga yoqmagan, ular tomonidan xalq dushmani deb topilgan yirik sovet rahbarlarining xotin va bola-chaqalari saqlanar edi. 1929 yilda tashkil etilgan Gulag boshqarmasi tez orada “rivojlanib” borib, 1940 yilda Gulag tarkibida 53 lager, 1954 yilga kelib 64 lager tarkib topgan edi. 1930 yilda lagerlarda 179 ming mahkumlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1940 yilga kelib ularning soni 1344408 tani, 1953 yilda bo‘lsa 1727970 kishini tashkil qildi. 30-yillar oxiridan boshlab Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa respublikalarga koreyts, polyak, nemis va boshqa xalqlarni qatag‘on qilish jarayoni boshlab yuborildi. Stalincha qatag‘on mashinasi kechayu kunduz to‘xtovsiz ishlar, mamlakat iqtisodiyotini boyitishga o‘z ulushini qo‘shishdan charchamas edi. Chunki qatag‘on qilinganlar maxsus lagerlari mamlakatni yog‘och mahsulotlarini asosiy qismini, foydali qazilmalarni 50-60% ni, 70% oltin ishlab chiqarishni, temir yo‘llar qurish, kanallar qazish ishlarini bajarar edi. 30-yillardan boshlab o‘z xalqiga nisbatan ommaviy terror (qatli om) qo‘lladi. 20-yillarning ikkinchi yarmi va 30yillar boshida O‘zbekistonda «o‘n sakkizlar guruhi», «inog‘omovchilik», «qosimovchilik», «badriddinovchilik» singari ishlar to‘qilishi va Munavvar Qori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida o‘zbek xalqining ko‘plab asl farzandlari qatag‘on qilindi. «O‘n sakkizlar guruhi» masalasi O‘zbekiston Kompartiyasi MQ IV plenumi (1925 yil 19-22 noyabr), RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi maxsus komissiyasi (1925 yil 21-22 noyabr) va O‘zbekiston Kompartiyasi II s'ezdi (1925 yil 22-30 noyabr) majlislarida ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston hukumati a'zolari, viloyatlar rahbarlari va yirik xo‘jalik boshliqlaridan 18 nafar obro‘li kishi o‘z talablari bilan O‘zbekiston Kompartiyasi MQ plenumi va O‘rta Osiyo byurosiga yozma ravishda murojaat qilishgan edi. Muxtor Saidjonov (Zarafshon okrujkomi kotibi), Rahmat Rafiqov (O‘zbekiston ichki ishlar xalq komissari), Inomjon Xidiraliev (O‘zbekiston yer-suv ishlari xalq komissari), M.O‘rinxo‘jaev va boshqa milliy rahbar xodimlar o‘z murojaatlarida respublikada ishlash uchun toqat qilib bo‘lmaydigan vaziyat yaratilganligini, amalda butun hokimiyat RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining raisi I.A.Zelenskiy va O‘zbekiston Kompartiyasi mas'ul kotibi V.Ivanov qo‘lida to‘planganligini bayon qilishdi. Ular Moskvaning favqulodda organi hisoblangan O‘rta Osiyo byurosini tugatish fikrini bayon qilishdiki, bu go‘yoki quyoshli osmonda momaqaldiroq guldurashi bilan barobar edi. O‘n sakkizlar guruhi mazkur talablar qondirilmasa, o‘zlarini O‘zbekistondagi vazifalaridan ozod qilib, Moskvaga - RKP(b) MQ ixtiyoriga yuborishlarini so‘rashdi. 1920 yilda shunga o‘xshash talablar (Turkkomissiyani tugatish, qizil armiyani Turkistondan olib ketish va b.) bilan Turkiston MIQ raisi T.Risqulov Leninga murojaat qilgan edi. O‘n sakkizlar guruhining harakatlarini hukumat boshlig‘i Fayzulla Xo‘jaev faol qo‘llab-quvvatladi. U bu guruhning rasmiy a'zosi bo‘lmasa ham, aslida ularning g‘oyaviy ilhomchisi edi. Biroq O‘rta Osiyo byurosi milliy rahbarlarning (o‘n sakkizlar guruhiga keyinchalik yana boshqa mas'ul xodimlar ham qo‘shildi) bu haqli talablarini nafaqat rad qilishdi, balki uning mohiyatini soxtalashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Kommunistik mafkuraning rasmiy siyosatining uqtirishicha, go‘yoki o‘n sakkizlar guruhi respublikada yer-suv islohoti o‘tkazilishi va boshqa tadbirlarga qarshi chiqib, boylar manfaatini ko‘zlagan. Bu davrda eng muhim muammolardan biri kadrlar masalasi edi. Chunki davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarida milliy kadrlar juda oz bo‘lib, ish yuritish ham rus tilida olib borilar edi. Respublika boshqaruv mahkamalarida mas'ul lavozimlarni ruslar egallab olgan edi. O‘zbekiston SSR XKS raisi F.Xo‘jaev tub xalqlardan mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan O‘zSSR MIK huzurida 1925 yilda davlat muassasalarini mahalliylashtirish (korenizatsiya) Markaziy komissiyasi (raisi N.Mavlonbekov) tuzilgan. Markaziy komissiyaning Samarqand, Farg‘ona va b. viloyatlarda ham bo‘limlari tashkil etilgan. Biroq mahalliylashtirish jarayoni tez orada kommunistik partiya vakillari tomonidan burjua millatchiligi va «o‘zbeklashtirish» deb e'lon qilingan hamda komissiyalar faoliyati tugatilgan. 1927 yil mart oyida O‘zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi, bu Konstitutsiya qatiyan sinfiy tusda bo‘lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug‘orilgan edi. Konstitutsiyaga muvofiq «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlardan chiqqan ko‘pgina ijtimoiy ta-baqalar, dindorlar va boshqalar saylov huquqlaridan mahrum etilgandi («mahrumlar»). Bu bilan aholining anchagina qismi kommunistik rejim tomonidan davlat qurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Faqat oradan 10 yil o‘tgandan keyingina, O‘zbekiston SSRning 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi asosida 1937 yil 12 fevralda qabul qilingan Konstitutsiyasida bu o‘taketgan adolatsizlikka chek qo‘yildi, barcha fuqarolarga ularning ijtimoiy kelib chiqishi va qaysi sinfga mansubligidan qati nazar, saylov huquqlari berildi. «Qizil terror» o‘sha davrda qanchalik ommaviy tus olganligi haqida quyidagi ma'lumotlar dalolat beradi: 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo‘lgan davrda respublika bo‘yicha yozuvchilar, jurnalistlar, davlat, jamoat arboblari va hokazolardan 5.758 kishi qamoqqa olingan, ulardan 4.811 kishi otib tashlangan. O‘ylab chiqarilgan soxta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda 1937—1939 yillarda hammasi bo‘lib 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan.
32.2 javob: O‘zbekiston 1941–45 yillardagi Ulug 'Vatan urushi paytida va keyingi yillarda rivojlangan sotsialistik jamiyatni yaratish Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi bilan respublika xalq xo'jaligi harbiy shaklda tiklandi. Ukrainada 100 ga yaqin sanoat korxonalari oldingi mintaqalardan (shu jumladan 48 ta og'ir sanoat korxonalari), o'nlab harbiy va fuqarolik ta'lim muassasalari, kasalxonalar va ilmiy muassasalardan evakuatsiya qilindi. O‘zbekiston 1 milliondan ortiq evakuatsiyani qabul qildi, shu jumladan 200,000 bolalar. Sovet armiyasining ko'plab tuzilmalari O'zbekistonda, shu jumladan milliy o'zbek bo'linmalari shakllangan. Ulug ‘ Vatan urushi frontlarida 1 millionga yaqin ukrainalik jangchilar qatnashgan, 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan, 120 ming kishi orden va medallar bilan, 32 nafari esa uch darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston Sovet armiyasining arsenallaridan biriga aylandi. 1942 yil o'rtalariga kelib, Ukrainaga ko'chirilgan barcha zavodlar to'liq quvvat bilan ishlay boshladilar. O‘zbekiston ishchilari 316 million rublni mudofaa fondiga o'tkazdilar. 1943-yil Urush paytida 7 ta elektrostantsiya qurildi, shu jumladan qudratli Farhod gidroelektr stantsiyasi; elektr energiyasini ishlab chiqarish uch barobardan ziyod oshdi; 280 yangi sanoat korxonalari qurildi; sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari deyarli ikki baravarga oshdi. 1944 yil mart oyida O'zbekistondagi birinchi metallurgiya zavodi po'lat ishlab chiqarishni boshladi. Angren ko'mir havzasida ko'mir qazib olish boshlandi. 1945 yilda neft qazib olish 478 ming tonnaga etkazildi, ya'ni 1940 yilga nisbatan 4 baravar, kimyo sanoatining yalpi mahsuloti 5 baravar ko'paydi. Og'ir sanoat, asosan mashinasozlik va metallga ishlov berish sezilarli darajada rivojlanib, 1943 yildagi yalpi sanoat mahsulotining 49 foizini tashkil etdi. Donli ekinlarni ekish kengaytirildi, qand lavlagi yetishtirish o'zlashtirildi. 1944 yilga kelib 10 ta yirik sug'orish inshootlari va bir qator kichik inshootlar foydalanishga topshirildi; sug'oriladigan erlarning maydoni 545,7 ming ga oshdi. Ulug 'Vatan urushi tugaganidan keyin paxtachilikning yuksalishiga katta e'tibor berildi.
32.3 Javob: Urushdan keyingi davrda Qirg'izistonning madaniy rivojlanishi. 1946-1960 yillar
Ulug 'Vatan urushiga qaramay, Qirg'izistonda madaniy rivojlanish davom etdi. Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng respublikada savodsizlikni yakuniy yo'q qilish bo'yicha ishlar qayta tiklandi va 1950 yillarning oxirigacha davom etdi. 1959 yilgi Butunittifoq aholini ro'yxatga olish ko'rsatganidek, Qirg'izistonda 9-49 yoshdagi shahar aholisining 97,9% va qishloq aholisining 98,1% savodli bo'lgan. Ulug 'Vatan urushi yillarida, nihoyatda qiyinchiliklarga qaramay, Qirg'iziston xalq ta'limi xodimlari bolalar uchun muntazam ta'lim berdilar. Maktab ishchilari uchun ish haqining qariyb ikki baravar ko'payishi (1943), o'quvchilarning yutuqlarini baholashning beshta tizimining joriy etilishi, matritsatsiya imtihonlari, o'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga oltin va kumush medallarni topshirish, to'rtinchi va ettinchi sinflarda yakuniy imtihonlar muhim rol o'ynadi. (1944). Amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramay, o'sha qiyin davrda o'quvchilar soni 103,5 mingga, maktablar soni esa 100 dan ortiqga kamaydi. Urushdan keyingi besh yil ichida respublikada urushgacha maktab ta'lim darajasi tiklandi: 1950/51 o'quv yilida. 1638 maktabda 328858 bola o'qidi, 16300 dan ortiq o'qituvchi ishladi. 1950-1960 yillarda asosiy etibor umuminsoniy etti yillik ta'limni, so'ngra (1959 yildan) sakkiz yillik ta'limni amalga oshirishga, xalq ta'limi tizimini takomillashtirishga va uning hayot bilan aloqasini kuchaytirishga qaratildi. Har yili respublikada oliy o'quv yurtlari tarmog'i mustahkamlanib, kengayib bordi, talabalar va o'qituvchilar soni ko'payib bordi. 50-yillarning birinchi yarmida Qirgʻiziston davlat universiteti, Oʻsh, Prjevalskiy va ayollar pedagogika institutlari, Frunze politexnika instituti va Jismoniy madaniyat instituti ochildi. Keyinchalik San'at instituti (1967) va rus tili va adabiyoti pedagogika instituti (1979) ish boshladi. Qirg'iziston milliy iqtisodiyotining o'sib borayotgan ehtiyojlari bilan bog'liq ravishda o'nlab yangi o'rta maxsus ta'lim muassasalari tashkil etilmoqda. Faqat 1951-1960 yillarda. 26 texnika va kollejlar, shu jumladan 5 tibbiyot va 4 musiqa maktablari, 4 pedagogika texnikumlari, mashinasozlik, politexnika, yo'l, elektromexanika, 2 qurilish texnikumlari, 2 savdo maktablari, aviatsiya texnik va xoreografiya maktablari va boshqalar ochildi. Ikkinchi Jahon urushi arafasida Qirg'izistonda 574 klub muassasalari, 588 jamoat kutubxonalari, 213 kinoteatrlar, 4 muzey (tarixiy, memorial M.V. Frunze, tasviriy san'at va o'lkashunoslik) mavjud bo'lib, ularga 1940 yilda 147 ming kishi tashrif buyurgan. Urushdan keyingi davrda respublikada madaniy-ma'rifiy muassasalarning keng tarmog'i mavjud edi. 1940 yilda Qirg'izistonda bir martalik 192 ming nusxada 69 ta respublika, viloyat va tuman gazetalari, shu jumladan 43 ming qirg'iz tilida bir martalik 110 ming nusxada, 12 ta jurnal va boshqa davriy nashrlar 110 ming nusxada, 12 ta jurnal va umumiy tiraji 175 ming nusxada bo'lgan boshqa davriy nashrlar. Urushdan keyingi davrda davriy nashrlar yanada rivojlanib bordi. 1985 yilda bu erda bir marotaba 1353 ming nusxada 111 gazeta, shu jumladan qirg'iz tilida 61 ta gazeta (bir martalik tiraj 792 ming nusxada) va 44 ta jurnal va yillik davri 34,665 ming nusxada bo'lgan boshqa davriy nashrlar nashr etildi. Ushbu asrning ikkinchi yarmida qirg'iz kitob nashri tez sur'atlar bilan rivojlandi. 50-yillarda yangi "Mektep" va "Ilim" nashriyotlari tashkil etildi, keyinchalik "Adabiyat", o'z navbatida qirg'iz tilida o'quv adabiyotlari, ilmiy ishlar va badiiy asarlarni nashr etishga ixtisoslashgan. Qirg'izistonda radiofilm va radioeshittirish sohasida ulkan yutuqlarga urushdan keyingi davrda va ayniqsa so'nggi o'n yilliklarda erishildi. 1959 yildan boshlab Qirg'iziston televideniesi ish boshladi. Urush davridagi ajoyib qiyinchiliklarga qaramay, 1943 yil avgust oyida SSSR Fanlar akademiyasining Qirg'iziston filiali ochildi, uning tarkibiga 4 ta institut (geologik; biologik; kimyoviy; til, adabiyot va tarix), iqtisodiy-geografik guruh, botanika bog'i, milliy muzey kirdi. madaniyat va ilmiy kutubxona. Dunyoga mashhur olim K.I.Skriabin SSSR KirFAN Prezidiumining raisi bo'ldi. Shu yillarda K. K. Yudaxinning "Qirg'izcha-ruscha lug'ati" (1940) va bir guruh qirg'iz olimlari tomonidan tuzilgan "Ruscha-qirg'izcha lug'at" (1944) nashr etildi. Qirg'iziston janubida yirik simob koni Chonkoy (1950) topildi, uning asosida keyinchalik kon qazish korxonasi tashkil etildi, shuningdek, jigarrang ko'mirning katta zaxiralariga ega bo'lgan Kavaksoy ko'mir havzasi (1952) va boshqalar "Manas" eposiga bag'ishlangan ilmiy konferentsiyalar. (1952) va 19-asrning ikkinchi yarmi - 20-asr boshlarida Qirg'izistondagi milliy-ozodlik harakati. (1953). Qirg'iz adabiyoti, san'ati va felsofin tarixi, iqtisodiyot, huquq va tilshunoslik bo'yicha fundamental ishlar nashr etildi. Respublikaning ko'plab olimlari ishtirokida 7 jildli "Qirg'iz ensiklopediyasi", ko'plab jiddiy asarlar tayyorlandi va nashr etildi. Urush yillarida Qirg'iziston yozuvchilari Vatanni himoya qilish, g'alaba, xalqlar do'stligi va internatsionalizm yo'lida fidokorona mehnat qilishga da'vat etuvchi turli janrdagi ko'plab vatanparvarlik asarlarini yaratdilar. 20-asrning ikkinchi yarmida qirg'iz adabiyotiga iste'dodli shoirlarning butun galaktikasi - S. Eraliev, S. Djusuev, B. Sarnoev, J. Sadiqov, M. Abylkassymova, O. Sultonova, nasr yozuvchilari - N. Baitemirov, Ch. Aytmatov, Sh. , T. Qosimbekov, O. Danikeev, A. Stamov, dramaturglar - T. Abdumomunov, B. Djakiev, M. Baidjiev va boshqalar. Qirg'iz kinosi eng yosh san'at turidir. Bu 1942 yil qattiq yilida, Frunze kinostudiyalar studiyasini tashkil etish yilida boshlandi. Ulug 'Vatan urushi tugaguniga qadar qirg'iz xalqining kundalik qahramonona hayotini aks ettiruvchi Sovet qirg'iziston kinostudiyasining yuzdan ortiq soni nashr etildi. 1946-1947 yillarda. Moskvaning rejissyori M. Slutskiy respublikaning 20 yilligiga bag'ishlangan birinchi "Sovet Qirg'iziston" hujjatli filmini suratga oldi. 50-yillarda mahalliy hujjatli filmlar yaratuvchilari Qirg'iziston tabiatining qisqa metrajli manzaralarini, qishloq xo'jaligi mavzusidagi filmlarni yaratdilar. 1950-yillar butun mamlakat qatori Qirg'iziston tarixida ham alohida o'rin tutadi. 1953 yil 5 martda I. V. Stalinning vafoti bilan u iqtisodiyot va siyosatda nihoyat uning asosiy atributlari - kuchli qudratli partiya apparati va repressiv organlari bilan yaratgan ma'muriy-ma'muriy tizim barpo etilgach, "stalinistik yo'l bilan sotsialistik rivojlanish" ning butun davri tugadi. mafkura va ma'naviy soha. Totalitar tuzum piramidasini boshqargan etakchining o'limi bilan u bir xil kuchli vorisga ega bo'lmay, sustlasha boshladi. Partiya apparati va harbiy rahbarlarning ishonchiga tayangan NS Xrushchevning hokimiyatga kelishi, avvalo armiyada shubhasiz vakolatga ega bo'lgan marshal G.K.Jukov siyosiy kursni "de-stalinizatsiya" qilish imkoniyatini ochdi. Jamiyatning biroz tiklanishi 1953 yilda boshlangan va KPSSning mashhur XX s'yezdidan (1956 yil fevral) keyin biroz kuchaydi, unda N. S. Xrushchev "Shaxsga sig'inish va uning oqibatlari to'g'risida" ma'ruzasi bilan "shaxsiyat kultiga ta'sir qilish" deb nomlangan jarayonni boshladi. Stalin "deb nomlangan. O'zining barcha tarixiy ahamiyatiga qaramay, bu jarayon 50-yillarning ikkinchi yarmida yuzaki, cheklangan va totalitar tuzumning eng salbiy xususiyatlarini yo'q qilishga olib keldi, uning chuqur mohiyatiga - mamlakatni boshqarishning buyruqbozlik-ma'muriy tizimiga ta'sir ko'rsatmadi. Xrushchevning siyosiy kursi 50-yillarda Qirg'iziston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi I.R.Razzoqov boshchiligidagi Qirg'iziston rahbariyati tomonidan ham faol qo'llab-quvvatlandi. Stalin davridan keyin birinchi bo'lib, Respublika Paoorganizatsiya VII Kongressi (1954 yil fevral) nafaqat partiyani va davlat intizomini, kadrlarning mas'uliyatini oshirishni, davlatni aldash, suiiste'mol qilish, o'z vazifalariga vijdonsiz munosabatda bo'lish faktlarini bostirishni emas, balki juda muhim bo'lgan, hal qiluvchi harakat qilishni talab qildi. "kommunistlarning siyosiy beparvoligi" ning namoyon bo'lishi. Shu bilan birga, ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni va aniq ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishda ittifoq respublikalari, mahalliy organlar va korxonalarning huquqlari kengaydi. Xususan, ular endi barcha ko'rsatkichlar bo'yicha texnik va ishlab chiqarish rejalarini tasdiqlash, kapital qurilish va rekonstruktsiya qilish masalalarini hal qilish, moddiy qadriyatlarni amalga oshirish va zarur jihozlarni olish, ishlab chiqarish birliklarining tuzilishi va shtatlarini o'zgartirish, ayrim xodimlar uchun ish haqini belgilash va o'zgartirish, o'zlarining mukofot tizimini shakllantirish va Va hokazo. O'rta menejment darajasining ishlab chiqarish jarayonida roli oshdi - rejalar topshiriqlarining bajarilishi uchun bevosita javobgar bo'lgan ustalar va sexlar, uchastkalar boshliqlari. Bularning barchasi respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hissa qo'shdi. Milliy iqtisodiyotning urushdan oldingi rivojlanish darajasi sezilarli darajada oshib ketdi. Qirg'iziston SSR xalq xo'jaligini rivojlantirishning oltinchi besh yillik rejasi respublika partiya va xo'jalik rahbariyatining niyatlariga binoan respublika iqtisodiyotining ilmiy-texnik taraqqiyot relslariga amaliy o'tishining boshlanishi bo'lishi kerak edi. Unda sanoat sektori tarkibini o'zgartirish, xususan, qora va rangli metallurgiya, neft, ko'mir, gaz sanoati kabi tarmoqlarni rivojlantirish, elektr energetikasi, barcha transport va aloqa turlarini yuqori sur'atlar bilan rivojlantirish ko'zda tutilgan edi. Bu engil sanoatning moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada o'zgartirishi kerak edi. Stalin kultiga putur etkazish va mamlakatni keyingi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish yo'llarini izlashni boshlagan KPSS 20-s'ezdining siyosiy yo'nalishi mantiqan eskirgan siyosiy tizimni almashtirishni talab qildi. Biroq, yangi echimlarni izlash buyruqbozlik-ma'muriy tizimning muzlatib qo'yilgan doirasi doirasida, ob'ektiv haqiqat talablarini inobatga olmasdan, impulsiv shoshqaloqlik bilan amalga oshirildi. Eski vazifalar eski siyosiy va iqtisodiy mexanizmdan foydalangan holda yangi vazifalar ixtiyoriy usullar bilan hal qilindi. Vaziyat 1962 yilda partiya va sovet organlarini ishlab chiqarish printsipiga ko'ra asossiz ravishda qayta tashkil etish natijasida yuzaga kelgan yangi muvaffaqiyatsizliklar va kamchiliklar tufayli yomonlashdi. Bu aslida hokimiyatning sanoat va qishloq xo'jaligida parchalanishiga, partiya apparatining keskin o'sishiga, davlat organlarini partiya organlari tomonidan to'liq almashtirishga, hattoki operativ milliy iqtisodiy masalalarni hal qilishda ham olib keldi. Natijada, yuqori partiya va davlat organlarining ko'plab qarorlari bajarilmay qoldi. Buni rahbarlarning o'zlari ko'rdilar. Shunday qilib, Qirg'iziston Kommunistik partiyasining 21-qurultoyida etakchi ishchilar kuchsiz partiya nazoratidan foydalanib, o'zlarining mansab mavqelaridan suiiste'mol qilishlari, takabburlik, byurokratiya va mehnatkash xalqning ehtiyojlariga beparvolik ko'rsatishlari ta'kidlandi. Qirg'iziston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi Markaziy Qo'mita byurosi va kotibiyati, respublika Vazirlar Kengashi bir qator hollarda passivlikni ko'rsatgan va partiya va davlatni aldash yo'lini olgan rahbarlarga nisbatan liberal munosabatni tan olganligini tan oldi. Shunday qilib, Markaziy Qo'mita Byurosi Tyan-Shan viloyat partiya qo'mitasining ishi va uning sobiq birinchi kotibining jinoiy hiyla-nayranglarini to'liq anglamay, 1960 yil boshida liberal qaror qabul qildi va bir muncha vaqt o'tgach, uni respublikaning ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinladi. Shubhasiz, bunday "e'tirof" Qirg'iziston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining o'sha paytdagi birinchi kotibi I.R.Razzoqovni "qishloq xo'jaligining keskin ko'tarilishi" talablari ruhida, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha keskin, uzoq muddatli choralarni ko'rmasdan haddan tashqari yuqori rejalarda ayblashda bevosita ishtirok etganlikda ayblash uchun kerak edi. oziq-ovqat bazasini rivojlantirish. Bunga KPSS Markaziy Qo'mitasi ishchilari tomonidan boshlangan I.R.Razzoqovning "paroxializmning milliy manfaatlariga zarar etkazish namoyishlari" da ayblovi qo'shildi. Bu uni 1961 yil may oyida Qirg'iziston Kompartiyasi Markaziy qo'mitasining birinchi kotibi vazifasidan ozod qilish uchun etarli edi. T.U.Usubaliev Qirg'iziston Kompartiyasi Markaziy qo'mitasining birinchi kotibi etib saylandi. Keyinchalik respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli vazifalari KPSS XXII qurultoyi (1961 yil oktyabr) tomonidan tasdiqlangan yangi strategik va taktik ko'rsatmalar sharoitida belgilandi. Stalin kultiga va u bilan bog'liq bo'lgan qonunbuzarliklarga barham berish jarayonini chuqurlashtirgan holda, ammo stalinizmni oshkor qilmasdan turib, uchinchi partiya dasturi qabul qilindi. Unda kommunistik qurilish istiqboli SSSRda kommunistik jamiyat qurish rejalashtirilgan keyingi ikki o'n yillikda (1961-1980) "Sovet xalqining dolzarb amaliy vazifasi" deb e'lon qilindi. Dasturda an'anaviy ravishda partiyaning milliy munosabatlar sohasidagi vazifalari tavsifi berilgan, baynalmilalizm tamoyillarini izchil tasdiqlash va xalqlar do'stligini mustahkamlash vazifasi e'lon qilingan.
33.2 javob: Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng kichigi — tog‘li Qirg‘iziston ittifoq markaziga bo‘ysundirilgan sanoatga ega bo‘lib, markaz dotatsiyasi respublika budjetining 60 foizini qoplar edi. Aholining 53 foizdan kamrog‘i qirg‘izlar, ruslar — 21 foiz, o‘zbeklar — 13 foizni tashkil etar, boshqa turkiyzabon xalqlar, ukrainlar, nemislar istiqomat qilardi. Mamlakatda ko‘pchilikni tashkil etgan shimoliy va janubiy qirg‘izlar o‘rtasida raqiblik, shuningdek, janubda qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida ham raqobat bor edi. Sanoatda rus mutaxassislari asosiy rol o‘ynardi. Rossiyaning markaziy shaharlarida o‘qish davomida liberalizmga moyillik orttirgan qirg‘iz mutaxassislarining ta’siri va saylovchilar Assotsiatsiyasi harakatlari tufayli SSSR Xalq deputatlari syezdiga yuborilgan delegatlar ichida sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlari qo‘shni respublikalardagiga nisbatan ko‘p emas edi. 1990-yilda esa Qirg‘iziston janubidagi o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni bartaraf eta olmagani va milliy-liberal va milliy-demokratik ruhdagi o‘nlab partiya va guruhlarning paydo bo‘lishi sababli kommunistik partiya o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Yuz minglab kishilarni birlashtirgan «Qirg‘iziston» demokratik harakati mamlakat suvereniteti va bozor islohotlariga da’vat etdi. Uning ta’sirida Oliy Kengash 1990-yil dekabrida suverenitet deklaratsiyasini qabul qildi va SSSRni konfederatsiyaga aylantirishga ovoz berdi. Moskvada g‘alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo‘lgan milliy-liberal va demokratlar talabiga ko‘ra, Oliy Kengash Qirg‘izistonning siyosiy suverenitetini e’lon qilishga va, hatto, kompartiyani taqiqlashga majbur bo‘ldi. 1991-yil oktabrdagi umumxalq saylovlarida liberal-demokrat, akademik A. Akayev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o‘tmish bilan bahslashmasdan olg‘a yurish»ga da’vat etdi. Qirg‘izistonda davlatchilikning shakllanishi liberal-demokratik partiya va
guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, Akayevning o‘z «jamoa»si yo‘qligi ilgarigi «nomenklatura» va yaqinda tiklangan kompartiyaning islohotlarga shafqatsiz qarshilik ko‘rsatishi hamda urug‘-aymoqlar o‘rtasidagi raqiblik, hokimiyatning suiiste’mol qilinishi va korrupsiya sharoitida kuchaygan millatlararo mojarolar ta’sirida murakkablashgan edi. Ammo ba’zi respublikalar uchun an’anaviy bo‘lgan konformistik (loqaydlik, befarqlik) ruhdagi aholining ovoz berishi oqibatida 1992-yil kuzidagi Oliy Kengash saylovlarida islohot dushmanlari — sobiq sovet-kommunist arboblar va turli urug‘larning rahbarlari ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishdi. Qayta tiklangan kompartiya qasd olishga harakat qildi. Ortga qaytish xavfi tug‘ildi. Shunga qaramasdan, 1993-yil may oyida oldinga qadam qo‘yishga, ya’ni Oliy Kengash tomonidan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishildi, erkinliklari e’tirof etildi, ammo xususiy mulk cheklab qo‘yildi. Qirg‘iziston umumxalq saylovida saylanadigan prezidentli va ikki palatali parlament — Jo‘qorg‘i Kengesi ega respublikaga aylandi. Prezident oldida javobgar bo‘lgan hukumat parlamentga bo‘ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o‘zgartirildi. 1994 va 1995-yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o‘zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi. Hukumatda o‘z mansabini suiiste’mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o‘zini himoya qilish maqsadida A. Akayev 1994-yil boshida prezidentga ishonch to‘g‘risida referendum o‘tkazdi va ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi. 2000-yildagi parlament saylovlarida Akayevni qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo‘lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akayevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi va vaziyatni keskinlashtirdi. Ammo Akayev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000-yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 75 foizi ovoz berdi va u to‘rtinchi marta prezident etib saylandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinroq kechdi. 1990- yildan boshlangan ishlab chiqarishning pasayishi, ittifoq markazining buyurtma va investitsiyalari to‘xtagandan so‘ng, yanada tezlashdi. 1995-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 1990-yildagiga nisbatan 39 foizni tashkil etdi. 1991—1993-yillarda Rossiya Federatsiyasi texnik kreditlar taqdim etgan bo‘lsa-da, dotatsiyalarning to‘xtashi va daromadning qisqarishi budjetni parchaladi va yirik inflatsiyani yanada tezlashtirdi. Hukumatning narxlar o‘sishini to‘xtatishga urinishlari zoye ketdi. Maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimi izdan chiqdi. Bu ijtimoiy va millatlararo munosabatlarning murakkablashishi, hokimiyatning suiiste’mol qilinishi va jinoyatchilikning o‘sishiga olib keldi. 1991-yildayoq hukumat XVF ishtirokida xo‘jalikni davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan edi. Narxlarni liberallashtirish boshlandi, 1993-yilda esa milliy valuta — som muomalaga kiritildi. Lekin, hatto, XVF yordami bilan ham inflatsiyani pasaytirish va uning barqarorlashishiga erishila olmadi.1998-yilga kelib davlat qo‘lida uning ilgarigi mulkining atigi 5,6 foizi qoldi. Bu mulkning katta qismi korxonalar xodimlari, menejerlar, xorijiy va mahalliy investorlar ixtiyoriga o‘tdi. Jahon banki ishtirokida ishlab chiqarishni moliyalash yo‘lga qo‘yildi va banklar tizimi yaratildi. 1996-yildan boshlab ishlab chiqarish o‘sa boshladi, 1997-yilda esa hukumat islohotlarning ikkinchi bosqichi, ya’ni korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish boshlanganini e’lon qildi. Ko‘pgina millatchilarga qarshi chiqib, 1991-yildagi yer to‘g‘risidagi qonunda yer nafaqat qirg‘izlarga, balki barcha Qirg‘iziston fuqarolariga tegishli ekanligi haqida yozilishiga erishildi. Samarasiz foydalanilayotgan yerlar, ya’ni barcha haydalma yerlarning 50 foizi davlat fondiga aylandi. Bu yerlardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilar uchastkalarni egalik huquqlarini meros qoldirish huquqi bilan 50 yil muddatga ijara olishardi. Bu xususiy xo‘jaliklar sonining oshishi va mustahkamlanishining boshlanishi bo‘ldi. Prezident farmoniga ko‘ra, 1996-yildan boshlab yerni ijaraga olish, sotish va garovga berish mumkin bo‘ldi. Bu yerga bozor munosabatlarining joriy etilishi edi. Ikki yildan so‘ng, 1998-yilda yerga xususiy mulkchilik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin, uning hajmini qisqartirish va egalari doirasini cheklashlar ishlab chiqildi. 90 yillarning ikkinchi yarmida oziq-ovqat ishlab chiqarishi jonlana boshladi, ammo ko‘pchilik aholining turmush darajasi deyarli yaxshilanmadi. Mamlakat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan rus mutaxassislari va yer egalarining ko‘chib ketishlarini to‘xtatish maqsadida Prezident rus tilining millatlararo so‘zlashuv tili deb tan olinishiga hamda, eng avvalo, Rossiya madaniyati va fani yutuqlarini o‘rganish maqsadida Slavyan universitetining ochilishiga erishdi. Mamlakat barcha fuqarolarining yerga egalik qilish huquqining e’tirof etilishi uni ruslarga, o‘zbeklarga hamda boshqa millat vakillariga berishga va bu bilan ko‘pgina mojarolarni bartaraf etishga imkon berdi. Millatchi ekstremistlar va islom aqidaparastlarining millatlararo nizolar urug‘ini sochishga bo‘lgan urinishlari bartaraf qilindi. Mamlakatni xalqaro mojarochilardan himoya qilish maqsadida qurolli kuchlar barpo etildi. Ular tez-tez ro‘y berib turgan islom aqidaparastlari to‘dalari hujumlarini qaytarib turibdi. 2005-yilga kelib ahvol murakkablashdi. Hukumatga qarshi kuchlar «Lola inqilobi» o‘tkazdilar. A. Akayev hokimiyatdan voz kechdi. Q. Bakiyev vaqtinchalik prezidentlik lavozimini egalladi va ko‘p o‘tmay prezidentlikka saylandi. Yechilmagan muammolar ko‘p. Qirg‘iziston Rossiya Federatsiyasi va MDHning boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik bilangina cheklanmadi. Uning rahbariyati nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston bilan, balki Xitoy bilan ham munosabatni mustahkamlashga urinmoqda. Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy integratsiyasi va Osiyoning 10 davlati iqtisodiy hamkorligida ishtirok etmoqda, yuqori darajada rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va boshqalar bilan moliyaviy-iqtisodiy va texnik hamkorlik hamda savdoni rivojlantirmoqda. Mamlakat xavfsizligini ta’minlashda qo‘shnilar bilan mos kelishuvlarga erishish hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotida ishtirok etish muhim ahamiyatga ega. Qirg‘izistonda YAIM 2007-yilga kelib 15,5 mlrd dollarga yetdi va aholi jon boshiga 2764 dollarni tashkil etdi. To‘rtdan uch qismi tog‘likdan iborat bo‘lgan bu mamlakatda YAIM ning 25 foizi sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi. Sanoatning esa 40 foizini oltin ishlab chiqarish tashkil etadi. 2003-yilda mamlakatda 22,5 tonna oltin qazib olindi va uni ishlab chiqarish bo‘yicha MDH mamlakatlari ichida Rossiya va O‘zbekistondan keyin uchinchi o‘ringa chiqdi. Rossiya bilan hamkorlikda Qirg‘iziston yiliga 2000 tonna uran ishlab chiqaradi. 2006-yilda o‘rtacha ish haqi 80 dollarni tashkil etdi.
33.3 javob: Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o‘rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992- yil 24- iyunda Òurkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N. Nazarbayev bilan I. Karimov tomonidan imzolangan „O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma“ asosida mustahkamlanib bormoqda. 1993- yil 10- noyabrda I. Karimov Almatiga safar qildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ikki mamlakat integratsiyasiga oid aloqalar masalasini, iqtisodiy siyosatini muhokama qilishdi. O‘zaro sarmoyalarni amalga oshirish yo‘llari va usullari, qo‘shma korxonalar, yuksak texnologiyalar yaratish haqida kelishib olishdi. Òomonlar pul tizimiga doir masalani muhokama qilib, ikkala tomon bir vaqtda milliy valutani joriy etish haqida ahdlashdilar. Ikkala mamlakat pul tizimini birgalikda mustahkamlashning prinsipial masalalari bo‘yicha kelishib olishdi. Aholining ikkala mamlakat pullarini erkin almashtirish uchun pul almashuv tarmoqlarini vujudga keltirishga e’tibor qilish zarurligini ta’kidladilar, hukumatlarga va banklarga banklararo hisob-kitoblar, erkin savdo, bojxona bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Ikki davlat o‘rtasida savdo sotiq, iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida iqtisodiy integratsiyaga oid aloqalar, o‘zaro sarmoyalar almashish, qo‘shma korxonalar va yuksak texnologiyalar yaratish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Qozog‘iston Prezidenti N. Nazarbayev 1994- yil 10—12- yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari orqali kirishda va chiqishda ikkala mamlakat fuqarolarining yuklarini bojxona tekshiruvidan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston milliy banki bilan Qozog‘iston Milliy banki Òoshkent shahrida „O‘zbekiston — Qozog‘iston“ hamda Almati shahrida „Qozog‘iston — O‘zbekiston“ Kliring palatalarini, shaharlarda uning filiallarini, valuta almashtirish punktlarini ochish to‘g‘risida ikki mamlakat hukumatlari va banklari o‘rtasida bitimlar tuzildi. 1998-yil 31-oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik shartnomasi imzolangan. Shu tariqa O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining Òoshkentda 2000-yil 20—21-aprel kunlari bo‘lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar yakunida „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N. A. Nazarbayevning qo‘shma bayonoti“ imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. „Davlat rahbarlari,— deyiladi qo‘shma bayonotda, — O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik chegarasi bo‘lib qolishda yakdildirlar“. 2001- yil 16—17- noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat prezidentlari O‘zbekistonQozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 9- sentabrda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Astana shahriga tashrif buyurdi. „O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim“ imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002- yilning birinchi yarmida 124 mln AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda 38 ta o‘zbek-qozoq qo‘shma korxonasi, Qozog‘istonda 92 ta qozoq-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |