Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi



Download 322 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi322 Kb.
#462350
Bog'liq
maqola


Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mamlakatimiz ravnaqi yo’lida.
BuxDU Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori
Z.M.Turayeva
“2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Adliya vazirligining axborot xizmati axborotiga ko’ra farmon va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” normativ- huquqiy hujjatlar lohiyalari 14-yanvarga qadar 43 mingdan ortiq ko’rilgan, 525 ta taklif bildirilgan.
Olib borilgan qizg’in jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 535 ta taklif, sh jumladan “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2-22-2026.strategy.uz maxsus veb saytiga jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgan davrdan to 2022 yilning 15 yanvar kuniga qadar jami 15 028 ta, jamoatchilik.uz veb-saytiga jami 1148 ta, regulation.gov.z veb-saytiga jami 525 ta, @YangiTaraqqiyotStrategiyasi va @dscuzbekistan telegram kanallari orqali 834 ta taklif kelib tushdi. Ularni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, hujjatga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Ustuvor yo’nalishlar:
– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish,
– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish,
– milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o`sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash,
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish,
– ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish,
– umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish,
– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga 2022-yilda umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan.
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan barcha sohalarga yangicha yondashuvlar joriy qilinmoqda. Xususan, aholi turmushini yanada yaxshilash borasida ham yurtimizning barcha hududlarida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bugun Yangi O‘zbekiston «Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat» degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.
2026-yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi. 2022-yil 1-apreldan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 1–4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi. 2023-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.
Dasturga muvofiq, iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash doirasida 2022 yilda inflyatsiyani 9 foizgacha va 2023 yilda 5 foiz va fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi. 2026 yil yakunigacha bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqariladi.
2023 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizgacha va bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik uchun foyda solig‘i 15 foizgacha tushiriladi.
2026 yilgacha energiya samaradorligi 20 foizga oshiriladi va havoga chiqariladigan zararli gazlar 10 foizga qisqartiriladi.
Sharoiti «og‘ir» bo‘lgan hududlarda 2025 yil 1 yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimi joriy etiladi.
2025 yil 1 iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestri ishga tushiriladi.
2022 yil 1 aprelgacha litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi. Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, avtotransport orqali shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.
25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazib, neft mahsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatiladi.
Xulosa qilib aytganda, Farmonning qabul qilinishi natijasida kelgusi yillarda 7 ustuvor yo’nalishlar bo’yicha vazifalar belgilab olinadi va xalqimiz faravonligi, yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga oshiriladigan islohotlar keng ko’lamda davom ettiriladi.


Foydalanilgan manbalar:
1. https://review.uz/uz/post/yangi-ozbekistonning-20222026-yillarga-moljallangan-taraqqiyot-strategiyasi-togrisidagi-farmoni-va-uni-2022-yilda-amalga-oshirish-boyicha-yol-xaritasi-loyihasi-muhokamasi-bolib-otdi
2. https://www.gazeta.uz/oz/2022/01/28/strategy/
3. https://daryo.uz/2022/01/28/yangi-ozbekistonning-taraqqiyot-strategiyasi-va-uni-2022-yilda-amalga-oshirishga-oid-davlat-dasturi-tasdiqlandi/
Download 322 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish