2- Qirg`iziston XX asrning 90 – yilarda iqtisodiy , manaviy va madaniy taraqiyoti
Qirg`iziston Respublikasi - Markaziy Osiyoning shimoli – sharqida joylashgan davlat hisoblanib, hududi – 198.5 ming kv km. Aholisi – 5 mln kishi (2003 yil). 1990 yil 15 dekabrida Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Deklaratsiya qabul qilinganidan keyin Qirg`iziston SSRning nomi Qirg`iziston Respublikasi deb o`zgartirildi.1991yil 31 avgustida davlat mustaqilligi e'lon qilingan. Davlatning birinchi prezidenti Askar Akaev. ―Lola‖ inqilobidan so`ng davlat rahbarligiga Qurbanbek Bakiev, 2009 yil to`ntarishidan so`ng esa ―o`tish davri‖ prezidenti etib Roza O`tunboeva saylandi. 2011 yil oktyabr saylovlarida Almazbek Atambaev saylandi. Qirg`iziston – unitar davlat hisoblanib, ma'muriy – hududiy bo`linishiga ko`ra 6 ta viloyat, 40 ta tuman va 21 ta shahardan iborat. Poytaxti – Bishkek shahri. Davlat boshlig`i – to`g`ridan to`g`ri ovoz berish yo`li bilan besh yil muddatga saylanadigan Prezident, Qirg`izistonda Prezident lavozimi 1990 yil oktyabrda joriy qilingan. Prezident Qirg`izistonning ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishga rahbarlik qiladi, 172 muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi, yorliqlarni ratifikatsiya qiladi. Qirg`iziston Respublikasi diplomatik vakillarini lavozimlarga tayinlaydi va chaqirib oladi, fuqarolik va siyosiy boshpana berish masalalarini hal qiladi. Hukumat ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo`lib, Bosh vazir, Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislaridan tarkib topgan. Hukumatning asosiy majburiyatlariga quyidagilar kiradi. Respublika byudjetini ishlab chiqish, Parlamentga taqdim etish, byudjet-moliya, soliq va narx siyosatini o`tkazish, davlat mulkini boshqarishni tashkil etish, Respublika mudofaasi va davlat xavfsizligini ta'minlash, tashqi siyosatni amalga oshirish, qonunchilikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalari kiradi. O`sh fojiasi - Farg`onadan keyin emas, ancha oldin boshlangan 1987 yil O`sh shaharidagi Lenin haykali boshiga solyarka paqiri kiygizilib tagiga qizil bo`yoqda tahqirli so`zlar yozilgan edi. 1988-1989 yillarda qirg`izlar o`zbeklarga hujum qilarmish degan gap kuchayganidan bayram kunlari harbiylar, ichki ishlar xodimlari ko`paytirilgan. 1989 yil 20 mayida O`shda qirg`izlar ruslar bilan mushtlashgani, qonli to`qnashuvni militsiya qo`shini osmonga o`q otib, to`xtatgan. Bu ―kayfiyat‖ o`zbeklarga qarshi qaratilgan edi O`sh fojiasidan ko`zlangan maqsad: birinchidan, hokimiyat masalasi. Hokimiyat jilovini ma'muriy buyruqbozlik apparati qo`lida saqlab qolish; ikkinchidan, siyosiy va iqtisodiy mustaqillik yo`lini tanlagan, SSSRda birinchi bo`lib boshqaruvning prezidentlik yo`lini joriy etgan, ―Mustaqillik Deklaratsiyasi"ni qabul qilgan O`zbekiston hukumatiga zarba berish; uchinchidan, turkiy xalqlarning qon-qardoshligini parchalash, ular o`rtasida nizo keltirib chiqarish va osiyoliklar fenomeni – oriyat va nafsoniyat ustunligi fe'l-atvoridan foydalanib, ularning eng nozik hislarini uyg`otish orqali butun Markaziy Osiyoda uzoq davom etadagan urush olovini yoqish edi I.A.Karimovning - O`sh fojialarini bartaraf etish borasidagi qat'iyati bir tomondan tan olinib, yuksak baholansada, ikkinchi tomondan unga befarqlik bilan qarash, voqyelikni soxtalashtirish, hayot haqiqati va ijtimoiy-siyosiy adolat tamoyillari nuqtai nazaridan kamsitishlar ham mavjud edi. Bu tabiiy hol. Chunki O`zbekiston davlati va Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning favqulodda jasurlik hamda noyob siyosiy iroda fazilatlari dunyoning nufuzli davlatlari manfaatlariga unchalik ham mos kelmas edi. Botkent voqyealari 1999 yil 6 avgust Botkent tumanida bir guruh terrorchilar harakati amalga oshirildi va ular mahalliy aholini bir qismini asirga olishdi 1999 yil 27 avgust Prezident A.Akaevning ―Botkent tumanidagi vaziyatni barqarorlashtirining chora tadbirlari‖ to`g`risida hujjatni imzoladi. Botkent voqyealarida 900–1000 ga yaqin terrorchilar qatnashgan, ulardan 120 tasi o`ldirilgan 200 ga yaqini jarohatlangan. Qirg`iz armiyasidan 30 ta askar halok bo`lgan va 23 tasi jarohatlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |