1. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi



Download 293,57 Kb.
bet24/44
Sana22.08.2021
Hajmi293,57 Kb.
#153996
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
2 5240206060735695835

23-VARIANT

  1. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va siyosiy hamkorligi masalalari.

  2. Qirg‘izistonda XX asrning 90 yillarida iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti.

  3. Qozog‘iston va jahon hamjamiyati.

1-SAVOLga javob

Markaziy Osiyo davlat boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990-yil iyunda Almati shahrida boiib, unda besh davlatning iqtisodiy tanglikdan chiqishi uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga kelingan, 0 ‘rta Osiyo va Qozogiston xalqlariga murojaatnoma hamda respublika rahbarlarining Bayonotini imzolagan edilar. Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 1991-yil 13-15-avgustda Toshkent shahrida boiib, uchrashuv yakunlari xususida Axborot qabul qilindi. 1994-yil 10-yanvarda Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyevning 0 ‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘ stligiga amaliy poydevor qo‘ydi. Unda ikkala mamlakat rahbari “Yagona iqtisodiy hudud’' barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu shartnomada 0 ‘zbekiston bilan Qozogiston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sogiiqni saqlash y o iid a imzolangan hujjatlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil boiib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston, keyinchalik Tojikistonning ham qo‘shilishi 603 Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994-yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta'sis etdilar. Kengashda qatnashgan mamlakat vakillarining Davlatlararo ijroiya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi. 1995-yilning 15-dekabrida Qozog‘iston va 0 ‘zbekiston Respublikalari Davlatlararo kegashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi. 1997-yil yanvarida Bishkekda, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlat boshliqlarining kengashi bo‘lib, unda uch qardosh davlat o‘rtasida shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi. Ulardan birining hududiy xavfsizligiga biror mamlakat xavf solsa, birgalikda xalqaro hamjamiyatni bundan ogoh etib, mudofaa uchun chora-tadbirlar ko‘radi. 1997-yil 12-dekabrda Oqmola shahrida uch respublika Prezidentlarining Kengashi bo‘lib, unda uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro birlashmalar tuzish to‘g‘risida muzokara olib borildi. Prezidentlar xalqaro bu birlashmalami tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini ma’qulladilar. Bunday Xalqaro birlashmalar tuzishdan maqsad mamlakatlararo iqtisodiy aloqalami mustahkamlash, birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlar orqali Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, mintaqadagi energetika, yer, suv, mineral xomashyo, mehnat va boshqa zaxiralardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida 1994-yilning 30-aprelida iqtisodiy sohada bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turuvchi, yagona iqtisodiy makonda hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Bu shartnomaning ahamiyati shunda ediki, uch mamlakat uchun erkin savdo tamoyillari jahon bozorida vujudga kelayotgan narx-navo, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit, choralar, xizmatlar, 604 kapital va ishchi kuchining umumiy bozorini barpo etish, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, sarmoya, moliya, transport va ijtimoiy sohalarda birgalikda ish yuritish asosida hamkorlik qilishni amalga oshirishga imkoniyat ochib bera boshladi. 1998-yil 26- martda o‘tkazilgan Kengashda bu shartnomaga Tojikiston Respublikasi ham qo‘shildi. 0 ‘zbekiston Prezidenti I. Karimov o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib, “Turkiston umumiy uyimiz” g‘oyasini ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlami yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Aynan “Turkiston umumiy uyimiz” g‘oyasi nomi bilan jamoatchilik harakati boshlandi. Bu g‘oya ta’sirida “Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi” tashkil etilib, bir necha ilmiy-nazariy anjumanlar, simpoziumlar o‘tkazildi. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida iqtisodiy masalalar bilan bir vaqtda Afg‘oniston masalasi, xalqaro terrorizm xavfining oldini olish masalalari ham muhim o‘rin tutdi. 1999-yil aprelida Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo respublikalari Prezidentlari uchrashuvida LKarimov yig‘ilish qatnashchilari hamda BMTni butun xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. UchrashuvdaTojikiston Respublikasi rahbariyati vajamoatchiligi LKarimovni tojik xalqining og‘ir kunlarida yordam beruvchi va qo‘ llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va do‘sti sifatida qabul qildi. Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Saraz ko‘li toshish xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi. Bu hamdo‘stlik davlatchiligini qaror toptirish, 0 ‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan aytganda, “bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlaming kuch-g‘ayratlari va sa’y-harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir”. 0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi tinch hamkorlik aloqalariga Afg‘on mojarosi doimo tahdid solib turdi. Bu mojaro tufayli diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘, odam savdosi kabi muammolar tahdidi kuchaydi. Prezident LKarimov bu haqda: “Boshqacha aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar, garchi turli mintaqalarda turli kuch bilan namoyon bo‘lsa-da, insoniyatda bir xil tashvish tug'dirmog'i darkor”, deb ta'kidlagan edi. Markaziy Osiyo davlatlarini birlashib harakat qilishlarida Orol dengizi muammosi muhim o‘rin tutadi. Bu muammo bo‘yicha Markaziv Osiyo dav605 latlari rahbarlarining Qizil 0 ‘rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bo‘lib. ushbu uchrashuvlarda asosan bu muhim muammoga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni ko‘rish belgilab olindi. Respublika rahbariyati Orol muammosini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qydi. Jumladan, 2001-yil Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Tadao Chino 0 ‘zbekistonga tashrif buyurib, 0 ‘zbekiston hukumatining bu muammoni tugatishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qoTlab-quwatlab, Yaponiyaning maxsus jam g‘armasidan beg‘araz grant ajratishni jadallashtirishini ta!kidlab o‘tdi. 2002-yil 28-fevral - 1-mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi va mazkur tashkilotning raisi etib 0 ‘zbekiston Prezidenti LKarimov saylandi. Markaziy Osiyo davlatlarini asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an’analarga asoslangan mustahkam dstlik rishtalari va qo‘shnichilik bogTab turadi. Qardosh o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik xalqlari bir-birining adabiyoti. madaniyati, san’atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlarning boy merosi bu mintaqa xalqlarining umumiy boyligidir. Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan mintaqa xalqlari birdek manfaatdor ekanligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi davr talablaridan kelib chiqib, ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama rivoj topib borayotganini ta’kidlamoq lozim. Masalan, dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukmronlik qilayotganiga qaramay, 0 ‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi izchil o‘sib bordi. 2007-yildan buyon bu boradagi ko‘rsatkich 1 milliard AQSH dollaridan ziyod raqamni tashkil qiladi. E’tiborli jihati shundaki, bunda xomashyoning ulushi pasayib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlarining salmog‘i ortib bormoqda. Mamlakatlar rtasida 2006-2010-yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingan va bunda savdo. suv-energetika majmui, sarmoya, moliya, transport, kommunikatsiya, bojxona va innovatsiya borasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan hujjatlar qabul qilingan. Ulami hayotga toTa tatbiq etilishi tovar ayirboshlash ko‘rsatkichini bir necha hissaga orttirdi. 0'zbekistonda samolyot, avtomobil, avtobus, yuk tashish mashinalari, qishloq xo'jaligi texnikasi, kabel, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, paxta, pilla, meva va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. QozogTstonda bular606 ning barchasiga talab bor. Ayni paytda 0 ‘zbekiston bozorida ham Qozog'iston eksportchilari uchun keng faoliyat maydoni mavjud. Energiya manbalarini qazib olish, uzatish, tranzit qilish ham hamkorlik uchun yaxshi sohadir. 2009-yilda Turkmaniston, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston orqali Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beradigan quvur ishga tushdi. Bu ko‘p tomonlama hamkorlik muvaffaqiyatiga yorqin misol. Mamlakatlar yoqilg‘i manbalarining yirik zaxiralariga ega va bu sohadagi aloqalarni rivojlantirish uchun ikki tomonda ham imkoniyat yetarli. 0 ‘zbekiston va Qozog‘istonning ilmiy va iqtisodiy salohiyati, suv zaxiralaridan unumli foydalanish borasida ham yaxshi imkoniyatlar ochdi. Xususan, melioratsiya va irrigatsiya yo‘nalishidagi aloqalar muhim. Suv tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish bu borada tajriba va axborot almashish dolzarb masala. Bu bilan qator ekologik va ijtimoiy muammolarga barham berish mumkin. Ikki davlat rahbarlarining 2010-yil martida Toshkentdagi uchrashuvda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2010-2012-y illarga mo‘ ljallangan madaniygumanitar sohadagi qabul qilingan hamkorlik dasturlari va ularning hayotga tatbiq etilishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda davlat rahbarlarining o‘zgarib turishi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarda davlatning bosh islohotchi rolini o‘ynay olmayotganligi, bu holatlar mamlakatda millatlararo nizolarni keltirib chiqarayotganligi o‘zbek xalqining tinch yashashiga ham o‘z ta’sirini tkazmoqda. Ana shunday vazivatda ham 0 ‘zbekiston davlat rahbarining oqil va odil siyosati bu ikki xalq o*rtasidagi dstlik rishtalarini saqlab qolishga qilinayotgan harakatlarning ifodasidir. Qo‘shni mamlakatlar Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari rahbarlarining Amudaryo va Sirdaryo Markaziy Osiyo xalqlari uchun farovonlik, suv bilan ta’minlaydigan yaxlit manba ekanligini bila turib, atayin daryolarning quyi qismida joylashgan 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston manfaatlariga zid muammolar paydo qilayotganliklarini ham ta’kidlab o‘tmoq lozim. Bu ikki respublika rahbarlari qo‘shni respublikalar roziligisiz Amudaryo va Sirdaryo oqimlarida mega-GESlar qurishga kirishmoqda. Bunday obyektlarni qurishni tartibga soladigan qat’iy xalaaro normalar mavjud bo‘lsa-da, ular ushbu daryolar yuqori qismida joylashgan mamlakatlar tomonidan inkor etilmoqda. Biroq. Qiriziston ham, Tojikiston ham ushbu sohaga oid biron bir xalqaro konvensiyani imzolamagan. Ammo z milliy manfaatlarini xudbinlarcha himoya qilishdan boshqa narsani tushunishni istamayotgan va z 607 iqtisodiyotini qutqarishning birdan-bir chorasi sifatida GES loyihalariga yopishib olgan mazkur ikki respublika bu loyihalarni ko‘proq qarz olish hamda tashqi investorlar yordamiga tinimsiz ko‘z tikkan holda, yarim qo' lbola usulda amalga oshirishni o‘jarlik bilan talab qilmoqda. Norin-Sirdaryo va Amudaryodan Vaxshni ajratib bo‘lmasligi va ular aynan transchegara suv oqimlari ekanini hisobga oladigan bo‘lsak (buning uchun xaritaga qarashning zi kifoya), Qirg‘iziston Qambarota GESini 0 ‘zbekiston va Qozog‘istonning roziligisiz qurishga mutlaqo haqli emas. Tojikistonning esa transchegara daryo oqimi bo‘ylab joylashgan nafaqat 0 ‘zbekiston va Qozog‘iston, balki uning quyi qismidagi Turkmanistonning ham roziligisiz GES qurishga hech qanday haqqi yo‘q. Vaxsh ichki daryo ekani haqida qanchalik ko‘p gapirilmasin, u Amudaryoning asosiy irmoqlaridan biri va shu bois mazkur holatda transchegara daryolardan foydalanish bo‘yicha barcha xalqaro prinsiplarga rioya etilishi shart. Bugungi kunda bu ikki davlat uchun tez-tez yer qimirlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonalarda yangi GESlar qurish emas, balki, sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan Nurek (Tojikiston), To‘xtag‘ul (Qirg‘iziston) va ularning suv omborlarini tartibga solish dolzarb masala bo‘lishi lozim. Qirg'iziston va Tojikiston bunday ishlarni boshlashdan avval qo‘shni mamlakatlar bilan kelishmog‘i lozim. Aks holda, 0 ‘zbekistonning Rog‘un va Qambarota GESlarining ishini, agar ulardan birortasi qurilsa ham, hatto harbiy yo‘l bilan bo‘lsa-da, to‘xtatib qo‘yishga hech narsa monelik qila olmaydi. 0 ‘zbekiston rahbariyati bunday harakatlar bilan nafaqat o‘zining o‘n millionlab aholisini, balki Qambarota loyihalari ta’sir doirasida joylashgan Qirg‘izistonning Farg‘ona vodiysidagi uch viloyati ( 0 ‘sh, Jalolobod va Botkent) va Tojikistonning bir viloyati (So‘g‘d) aholisining ham xavfsizligini ta’minlasa, u har tomonlama haq boTib chiqadi. Suv miqdori kamayib, taqchilligi ortib borayotgan bir paytda yangi to‘g‘onlarni qurish, jiddiy o‘rganib chiqmasdan turib, ulardan energetika maqsadlarida foydalanish suv balansi hamda barqaror rivojlanish borasida o'ta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mamlakat manfaatlariga va aholisi xavfsizligiga rioya qilish bo‘yicha 0 ‘zbekiston ilgari surayotgan talablar tg‘ri va haqlidir. Har bir mamlakat, albatta, o‘z milliy manfaatlarini ko‘zlaydi, shu sababli bu boradagi birdanbir to‘g‘ri yo‘1 - tomonlarning murosaga kelishi, biri-biriga yon berishidir. 0 ‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasini do‘q-po‘pisa, deb qabul qilmaslik kerak, balki uningyuzaga kelgan holatdan jiddiy tashvishlanayotganini to‘g‘ri tushunish lozim. 0'zbekiston rahbariyati qayd etilgan har ikki loyihada 608 0 ‘zbekiston Respublikasi manfaatlari hisobga olinmas ekan, ham Tojikiston, ham Qirg‘izistonga qarshi hozirdanoq eng qat’iy choralami qo‘llash haqida o‘ylashga mutlaqo haqli hisoblanadi. Darhaqiqat BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham eslatib o‘tganidek, jahondagi hech bir mamlakat tabiatning balo va ofatlaridan to‘liq himoyalanmagan. Birgina 2010-yilda tabiiy ofatlar oqibatida dunyoda 20 ming kishi halok bo‘lgan. 0 ‘zbekistonning bunday oqilona yondashuvini qo‘llab-quwatlash lozim, chunki faqat shu yo‘l orqali tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq xavf-xatar va tahdidlami bartaraf etish mumkin. Sovet davrida bundan 40 yil muqaddam ishlab chiqilgan Rog‘un GESi loyihasi darhaqiqat, katta xavf tug‘diradi. Avvalo, bu loyihaning amalga oshirilishi Amudaryo suv oqimiga, shundoq ham yondosh hududlaming qishloq xo‘jaligi suv tanqisligi va kontinental iqlimidan katta zarar ko‘rayotgan bir sharoitda, ularga yanada fojiali ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda mintaqaning Orol dengizi qurishi ta’sirida kuchli inqirozga uchragan va zaiflashgan butun ekologik muvozanat yanada katta halokatlarga duchor bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, ayrim davlatlarning, qanday bo‘lmasin o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun o‘n millionlab odamlarning hayotini xavf ostida qoldirishiga yo‘l qo‘yib boimaydi. 0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari orasida Turkmaniston bilan mustahkam do‘stlik aloqalarini alohida ta’kidlamoq lozim. 0 ‘zbekiston va Turkmanistonni asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an'analarga asoslangan mustahkam do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilik bog‘lab turadi. Qardosh zbek va turkman xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san’atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlaming boy merosi o‘zbek va turkman xalqlarining umumiy boyligidir. Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan 0 ‘zbekiston ham, Turkmaniston ham birdek manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. 1991-yildan 2013-yilga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti 0 ‘zbekistonga 6 marta kelgan boisa, 0 ‘zbekiston Prezidenti 5 bor Turkmanistonga tashrif buyurgan. Mazkur tashriflar chogida ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratildi. 2010-yilning oktabr oyida navbatdagi oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi - 0 ‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan, rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boidi. 39 - 214 609 Jkki mamlakat rahbarlarining muzokaralari yakunida tomonlar siyosiy, savdoiqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga bo‘lgan intilishlarini tasdiqladilar va ikki do‘st davlatning erishilgan kelishuvlari samarali amalga oshishiga qaratilgan davlatlararo va hukumatlararo munosabatlar mexanizmlarini rivojlantirishga intilishini ta'kidladilar. 0'zbekiston va Turkmaniston rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlami qamrab olgan davlatlararo. hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 150 dan ortiq xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Rasmiy Toshkent va Ashxobodning mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘oniston muammosini xalqaro tuzilmalar va ushbu mamlakat bilan qo‘shni davlatlar ishtirokida hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonini jadallashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotrafik, uyushgan transmilliy jinoyatchilik kabi tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish masalalarida qarashlari bir-biriga yaqin va o‘xshashdir. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi va, ayniqsa, BMT doirasidagi hamkorlik mamlakatlarning xalqaro maydondagi amaliy va samarali hamkorligiga misol bo‘la oladi. 0 ‘zbekiston va Turkmaniston 0 ‘rta Osiyodagi suv-energetika sohasidagi muammolarga oid masalalar byicha ushbu muammolarni xalqaro huquqning umume'tirof etilgan norma va prinsiplari asosida, mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari va roziiigini inobatga olgan holda muhokama elish lozim. degan qat'iy umumiy pozitsiyani namovon etmoqda. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik koiam i ham keng. Joriy yilning fevral oyida navbatdagi, oltinchi majlisi oikazilgan O ‘zbekistonTurkmanislon 1-Iukumatlararo qo‘shma komissiyasining samarali faoliyati Mhbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirislida muhim o‘rin tutadi. 0 ‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil sib bornioqda va 2010-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 200 million AQSH doilarini tashkii etdi. Lekin bu hali 0 ‘zbekiston va Turkmaniston imkoniyatlariga to ia mos ko‘rsatkich emas. ()'zbekiston va Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish va uzatish borasida dunyodagi vetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Energiya manbaiariga lalab yil sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatning neft va gaz sohasida vaqindan hamkorlik qilishi g‘ovat muhim ahamivatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qiiish imkonini bergan va "Turkmaniston - 0 ‘zbekiston - Qozogiston - Xitoy” transmilliy gaz quvurining qurilishi byicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol boia oladi. Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkotlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalish. Mamlakatlar muntazam yuk tashishda uchinchi davlatlar 610 uchun tranzit vazifasini o‘tayotgani 0 ‘zbekiston va Turkmanistonning katta transport salohiyatidan dalolatdir. Bu haqda so‘z ketganda, Ashxobodda “0 ‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon - Q atar' yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha imzolangan bitimning tarixiy ahamiyatini alohida qayd etish joiz. Ushbu transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga 0 ‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2010-yilning oktabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Mazkur ko'p tomonlama loyihaning hayotga tatbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini kpaytirishga ijobiy ta’sir krsatadi. Bundan 0 ‘rta Osiyo va Fors ko‘rfazining barcha mamlakatlari foyda topadi. Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili. Ushbu sohadagi hamkorlik haqida so'z borganda, Prezident I. Karimovning 2010-yil oktabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi asnosida imzolangan Madaniy-gumanitar sohada 2011—2013-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ta^kidlash lozim. Shuningdek, 0 ‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat hamda san’at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Xususan. turkmanistonlik san’atkorlar Samarqandda o‘tadigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining doimiy ishtirokchilaridandir. Toshhovuzda 2010-yil oktabr oyida bo‘lib o'tgan yorqin va unutilmas voqealarga boy bo‘lgan 0'zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali xalqlarning boy va o‘ziga xos madaniyati namoyishiga aylandi. Ushbu forum mamlakatlarning o‘zaro hamkorlikni vanada mustahkamlashdagi mushtarak intilishlarining ifodasi. zbek va turkman xalqlari azaliy dstligining yorqin ramzi bUii. 0'zbekiston Prezidentining taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti G. Berdimuhamedovning 2011-yil 5-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakat-- da bo'lishi ikki davlat, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarining yanada kengavishiga va mustahkamlanishiga hissa qo‘shdi. Turkmaniston rahbarining ushbu tashrifi o‘zaro ishonch. hurmat va manfaatdorlik, yaxshi qshnichilik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama hamkoriikka yangi sur'at baxsh etish borasida tomonlarning sa'y-harakat va intilishlari mushtarak ekanining tasdig‘i bo‘lgani ta'kidlandi. Suhbat chog‘ida Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov terrorizm, ekstremizm. uyushgan jinovatchilik, narkotrafik kabi tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir masalalarni ham muhokama etdilar. Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilar ekan, bu mamlakatda faqat harbiy kuch ishlatish yli bilan tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligi yana bir bor qayd etildi. Muzokara yakunida ikki davlat rahbarlari ikki mamlakat va ikki xalq manfaatlarini ifodalashga xizmat qiluvchi 0 ‘zbekiston - Turkmaniston qo‘shma bayonotiga imzo chekdilar va bu hujjat ikki o‘rtadagi munosabatlar istiqbolini ham o‘zida aks ettirdi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, 0 ‘zbekiston qisqa fursatda xalqaro hamkorlik va aloqalarda, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvda muhim yutuqlarga erishdi va bu borada katta tajriba to‘pladi. Respublikaning turli xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy komissiyalarga a’zo bo‘lib kirishi mamlakat taraqqiyoti ufqlarini ochdi. Respublikaning nufiizli davlatlar: Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron va Pokiston kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini kengaytirdi. 0 ‘zbekiston qisqa davr, yigirma uch yillik mustaqil taraqqiyot yillarida mustaqillik g‘oyalarini hayotga tatbiq etish asosida milliy davlatchilikni tiklashda quyidagi ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi: - istiqlol va suverenitetni qo‘lgakiritib, 0 ‘zbekiston o‘z taqdirini o‘zi mustaqil belgilash, barcha tabiiy, mineral xomashyo boyliklari, o‘z mamlakatining butun salohiyatidan xalqning manfaatlari va uning istiqboli yo‘lida foydalanish huquqiga ega bo‘ldi; - sobiq Ittifoqning ilgari mafkuralashtirilgan, mustabid, ma’muriybuyruqbozlik tizimiga barham berib, erkin bozor iqtisodi prinsiplariga asoslanuvchi demokratik davlatning konstitutsiyaviy va huquqiy negizlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi; -mamlakatningjahon hamjamiyatidagi manfaatlari, nufuzi vamavqeyining ortishiga muvofiq keluvchi tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarning mustaqil yo‘lini shakllantirishga erishdi; - jahon hamjamiyatining toiaqonli a’zosi boTib, ko‘p qirrali tashqi iqtisodiy faoliyat yuritib. 0'zbekiston dunyo integratsion jarayoniga ishonch bilan kirib bordi. Bu yutuqlar xususida so‘z yuritganda, qayta tiklanayotgan o‘zbek davlatchiligining milliy rahnamosi 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan g‘oyalari yotishini va u kishi ishlab chiqib, amalga oshirgan 0 ‘zbekiston yoTining dunyo miqyosida tan olinganini ochiq-oydin e’tirof etmoq kerak.


Download 293,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish