Qishhq хo'jаligining etakchi tarmog'i - dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy o'rin egallaydi. Vohalarda va tog' yon bag'irlarida etishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bug'doy, arpa, sholi, oq jo'xori va makkajo'xori, em- xashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz etishtiriladi. Bog' va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari bo'ylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. CHorvachilik qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblanadi. Tog'li joylarda qoramol, qo'y, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda korako'lchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xo'jaligi rivojlangan.
ТгатроШ. Temir yo'llarining uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari uzunligi 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yo'llar uzunligi 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti - Turkmanboshi. Turkmanboshi - Boku, Bekdash - Boku yunalishi bo'yicha temir yo'lli dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neftb va gaz quvurlari, jumladan, Vishka - Turkmanboshi, CHeleken - Turkmanboshi neftb quvurlari mavjud. Turmaniston chetga tabiiy gaz, neftb va neftb mahsulotalari, paxta, mineral o'g'it va b. chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, qora metallar, transport vositalari, kiyim-kechak, poyabzal, don, qand- shakar oladi. Rossiya, Ukraina, O'rta Osiyo mamlakatlari va Qozog'iston bilan savdo kiladi. Turmanistonning O'zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 17,3% ortdi va O'zbekistonning tashqi savdosidagi ulushining 1,3% ni tashkil etdi. Pul birligi - manat;
Tojikiston agrar-industrial mamlakat. YAlpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligining ulushi 25%, sanoatniki 35%, xizmat ko'rsatish sohasiniki 40%.
Qishloq xo'jaligiga yaroqli erlar 4,3 mln. gektar, shundan ekikzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i - dehqonchilik bo'lib, jami qishloq xo'jaligi mahsulotining 65% ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta etishtirish etakchi o'rinni egallaydi. Bog'dorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli, ekinlar, zig'ir, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, em-xashak ekinlari ekiladi, g'alla va sholi ham etishtiriladi. Tog' oldi va tog' mintaqalarining sug'oriladigan erlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. TSitrus mevalar etishtirish yaxshi yo'lga ko'yilgan. Tojikistonning barcha hududlarida, ayniqsa, tog' yon bag'irlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qo'y, echki, parranda, yilqi boqiladi.
Sanoatining etakchi tarmoqlari: engil (paxta tozalash, ip gazlama, shoyi, tikuvchilik, gilam to'qish), oziq-ovqat (meva konservasi, yog'-moy va b.), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib chiqarish va boyitish, alyuminiy ishlab chiqarish va b.), konchilik, kimyo sanoati (mineral o'g'it, plastmassa ishlab chikarish), mashinasozlik, metallsozlikdan iborat. Tojikistonda osh tuzi, qo'ng'ir ko'mir, neftb, gaz qazib olinadi; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Elektroenergetika sanoati rivojlangan: Norak, Rogun va b. GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga o'rtacha 17 mlrd. kVt soat).
Temiryullarini uzunligi 490 km, avtomobil yo'llari uzunligi 13 ming km. 1991 yilda tashkil etilgan «Tojikiston» aviatsiya kompaniyasi samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining Moskva, Samara, Novosibirsk, Olmaota, Bishkek, Ashxobod va b.shaharlariga hamda BAA (SHarja), Pokiston (Karachi), Afg'oniston (Qobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xo'jand va Xorugga uchadi. Dushanbe va Xo'jand shaharlarida xalqaro aeroport bor.
Tashqi savdoda dunyoning 66 mamlakati, xususan, MDH davlatlari, Afg'oniston, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Tojikiston chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, ho'l meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Chetdan iste'mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Pul birligi - somoniy.
Keyingi vaqtda O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikistonning savdo-iqtisodiy aloqalari birmuncha rivojlandi. O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida Tojikistonning ulushi 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 24,7% oshdi va 2,2% ni tashkil etdi.
SHunday qilib, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlar va amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqa xalqlarini dunyoda rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishida muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
3) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi
25-variant
1-savol. SSSR ning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roli beqiyos katta boʻlgan- ligiga SSSR ning 70-yillik tarixi guvoh. Biroq qayta qurish yillarida KPSS obroʻsi borgan sari yoʻqolib bordi. Partiyada poraxoʻrlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Kon- stitutsiyasiga yozib qo'yilgan KPSS ning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi la- vozim – SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III syezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi. M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSR ni qanday boʻlmasin saqlab qolish edi. Chunki u oʻzi boshlagan islohot SSSR ni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi. M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara oʻtkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi. Unga ko'ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yoʻqotar va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shugʻullanar edi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda rus tili davlat tili maqomini yoʻqotib, millat- lararo muloqot tiliga aylanardi. Shartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustga belgilandi. Biroq real hoki- miyatni qoʻldan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan 19-avgustga oʻtar kechasi davlat to'ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda Holat Davlat Qo'mitasi) tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M. S. Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHP ga SSSR vitse-prezidenti G. Yanayev rahbarlik qildi. GKCHP SSSR ning ba'zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSR ning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati toʻxtatilganligi, mitinglar va namoyishlar oʻtkazish man etilganligi, ommaviy axborot vosi- talari nazoratga olinganligi e'lon qilindi. Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHP ni qoʻllab-quvvatlamadi. Aksincha, ular GKCHP ga qarshi chiqqan Rossiya Prezidenti B. Yelsin tarafida boʻldilar. B. Yelsin moskvaliklarni GKCHP ga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHP ni qo'llab- quvvatlamadi. Gʻarb davlatlari ham GKCHP ni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum bo'lgan GKCHP oxir-oqibatda magʻlubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHP ning barcha rahbarlari davlat toʻntarishi qilishga uringanlikda ayblanib hibsga olindilar. Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini taqiqlash haqida farmon chiqardi. Shu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot/ sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan M. S. Gorbachyov SSSR ni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSR ni tuzgan 3 davlat yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e'lon qildilar hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzoladilar. Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. Shu tariqa SSSR parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladilar. 25-dekabr kuni M. S. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste'fo berdi.
2-savol. 2002 yildan beri xalqaro savdo hajmi, chet el investitsiyalari va yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlarining ko'payishiga qaramay, Afg'oniston hali ham dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biri bo'lib qolmoqda, 2017 yilga kelib aholi jon boshiga YaIM 2000 dollarni tashkil etdi. Afg'oniston iqtisodiyoti so'nggi o'n yil ichida afg'onistonlik muhojirlardan milliardlab dollarlik xalqaro yordam va pul o'tkazmalari hisobiga ancha yaxshilandi . Toliblar qulagandan keyin siyosiy ishonch oshgani sayin chet ellik va chet ellik investorlardan kelayotgan yordamlar ko'paymoqda . [6] Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 20 milliard dollar (2017) kursi bo'yicha taxminan 70 milliard dollarni, aholi jon boshiga YaIM esa taxminan 2000 dollarni tashkil etadi [7] . Mamlakat 6 milliard dollardan ziyod mahsulotni import qiladi, lekin faqat 1 milliard dollarga yaqin eksport qiladi , asosan meva va yong'oqlar.
1 trillion dollardan ziyod foydali qazilmalarning aniqlanmagan zaxiralari mavjudligiga qaramay , Afg'oniston dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biri bo'lib qolmoqda. Ishsizlik darajasi 23,9 foizni tashkil etadi [10] , aholining taxminan 54,5 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi [10] [11] [7] [12] . Ko'plab ishsizlar chet el tomonidan moliyalashtiriladigan jangari guruhlarga yoki jinoyatchilik dunyosiga qo'shilishadi, ayniqsa kontrabanda sifatida . Afg'oniston hukumati uzoq vaqtdan beri iqtisodiyotini yaxshilash uchun chet el investitsiyalarini jalb qilib keladi. Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, 2004 yil mart oyida yakunlangan moliya yilida Afg'oniston iqtisodiyoti o'tgan 12 oy ichida 30 foiz o'sganidan keyin 20 foizga o'sdi. Ushbu o'sish xalqaro yordam va qurg'oqchilikning tugashi bilan bog'liq. Hisob-kitoblarga ko'ra 2002 yildan 2017 yilgacha mamlakatga 100 milliard dollarga yaqin yordam berilgan. 2003 yil moliyaviy yilida 4 milliard dollarlik YaIM XVJ tomonidan afyun daromadi qo'shilgandan so'ng 6,1 milliard dollarga qayta hisoblab chiqilgan. Bitiruvchilar uchun o'rtacha ish haqi 2010 yilda bir kishi soatiga 0,56 dollarni tashkil etdi. 1980 va 2000 yillarda afyun ko'knori etakchi pul mablag'lariga aylandi va Afg'oniston dunyoning asosiy afyun etkazib beruvchisiga aylandi (taxminlarga ko'ra, 2004 yilda u 4,2 ming tonna ishlab chiqarildi, bu uning dunyo ishlab chiqarishining 87 foizini tashkil etdi). . Giyohvand moddalar savdosidan tushadigan daromad 2,8 milliard AQSh dollarini tashkil etadi - taxminan. Milliy daromadning 60%. Afyun ko'knori ishlab chiqarishning asosiy markazlari Qandahor, Gilmand, Nangarhor, Badaxshon viloyatlari. Afg'onistondan giyohvand moddalar G'arbiy Evropa va Rossiyaga noqonuniy ravishda olib o'tilmoqda.
3-savol. Markaziy Osiyo mintaqasida mustaqil davlatlarning o'zaro aloqalarini rivojlantirish borasida qator amaliy ishlarni olib borayotganligi barchaga ma'lum. Bugungi kunda mintaqada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasida integratsiyalashuv jarayonlari jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilmoqda. Ulardan biri transport kommunikatsiyalari tarmoqlaridagi xamkorliklar bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Transport aloqalari, ularning sifat darajasi, diversifikatsiyasi mamlakat rivojlanishining asosiy indikatorlaridan biri bo'lib, uning regional hamda global xo'jalik munosabatlariga qay darajada aloqador ekanligini aniqlab beradi. Ko'p tarmoqli temir hamda avtomobil yo'llari, truboo'tkazgichlar va elektr tarmoqlari davlat ichida turli hududlarni tejamkorona bir- biriga bog'lash imkonini beradi va o'z navbatida, ularning bir maromda faoliyat yuritishiga zamin hozirlaydi. SHuningdek, bu mamlakatga davlatlararo hamkorlik hamda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar doirasida o'zining integratsiyaviy imkoniyatlarini oshirish
imkonini yaratadi.
SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, transport aloqalarini zamonaviylashtirish va rivojlantirish masalasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun dolzarb muammo bo'lib qolmokda. Ularning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati, shu qatorda, butun mintaqaning ahamiyati ko'p jihatdan mazkur muammoning echimiga bog'liq.
Transport sohasi vakillarining xalqaro hamjamiyati garchi yuqori darajadagi qiziqishini yashirmayotgan bo'lsada, biroq turlar bo'yicha (temiryo'l, aviatsiya, avtomobil, trubo o'tkazgichlari) transport tizimlarining faoliyat yuritish samarasi hamda transport tizimlarining davlat ichki va xalqaro strategiyalari masalalarini turlicha muhokama
qilishmoqda. Transkontinental transport-koridorlari hamda magistral trubo o'tkazgichlari muhokamalar predmetiga aylanganda, ular alohida siyosiy keskinlik kasb etadi. Bu holatda ular diversifikatsiyasi bo'yicha yangi transport-iqtisodiy tizimlarni qurish zarurligini ilgari surib, siyosiy tagma'no bilan milliy-davlat manfaatlari haqida so'zlay boshlashadi.
Agar xalqaro va davlatlararo hamkorlik o'z-o'zini inkor etuvchi manfaatlar, kelajakdagi kelishmovchiliklar asosida olib boriladigan bo'lsa, so'zsiz, diversifikatsiya tizimi ahamiyatga molik bo'lib qoladi.
Jahon iqtisodiyotining transport sohasida davlatlararo, hududlararo va transmintaqaviy integratsiyalashuvi yo'lidan borilsa, hamkorlikdagi sarmoyalar va minimal sarf-harajatlar borasida samaraliroq yo'llarni tanlansa, ushbu tizimni yaroqli deb qabul qilsa bo'ladi.
Integratsiyalar tizimi, nuqtai nazarimizga ko'ra, xalqaro transport sohasi vakillari uchun afzalroq bo'lib tuyuladi.
Qarama-qarshi muammolar echimini siyosatchilar hukmiga qoldirishar ekan, transport aloqalari va transport infratuzilmalari mutaxassislari ayni damda iqtisodiyotning ushbu sohasi bo'yicha davlatlarning o'zaro ta'sirining yangi tamoyillarini muhokama qilish va takliflarini kiritish uchun yaxshi imkoniyatga egalar.
Biroq, bizga ayonki, transport sohasi hamjamiyatida asosiy masala - o'zaro hamkorlik modelining qanday ko'rinishga ega bo'lishi haqida qarashlar umumiyligi mavjud emas. Mutaxassislarning ma'lum qismi faqat “lokomativ” davlatlarning transport imkoniyatlariga asoslanibgina ish olib borish kerak, deb hisoblasa, ularning- qolgan qismi har bir davlat, ya'ni transport-iqtisodiy jarayon sub'ekti uchun samarali vositalarni izlash yo'lidan borish kerak, deb hisoblashadi.
“Lokomotiv”larga tayanib ish ko'rish tarafdorlarining vajlari aniq ma'noli hamda asoslidir. Boisi, ular texnik imkoniyatlarga shunchalik tayanishadiki, soha yangi turdagi transportirovkaga ega bo'lishi kerak, deb hisoblashadi.
Transport tizimlari rivojlanishining iqkinchi modeli Evroosiyo mintaqasida transmintaqaviy transport koridorlari hamda magistral trubo o'tkazgigichlari ko'rinishida tizim ishlab chiqishga asoslanadi. SHunday koridorlar uchta bo'lishi ko'zda tutilgan: Sharq-G'arb, Shimol-Janub hamda qayta bunyod etilgan «Buyuk Ipak yo'li».
Markaziy Osiyoning transport salohiyatini amalga oshirish masalasi borasida shartli ravishda ikkita o'zaro bog'liq yo'nalishlarni ajratish mumkin. Birinchisi - Markaziy Osiyo Davlatlarining transport integratsiyalarini tezlashtirish imkoniyatlarini- topish, uni yangi sifat darajasiga ko'tarish. Ikkinchisi - Evroosiyo mintaqasining yirik yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi bo'lgan etakchi iqtisodiy markazlari bilan transport sohasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ko'rsatilgan yo'nalishlarning birinchisi, aynan esa, hudud ichidagi transport integratsiyasini tezlashtirish doirasida iqtisodiy va siyosiy tusdagi qator chora- tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ta'kidlab o'tish lozim. Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy va sanoat sohasidagi integratsiyalashuvi, ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish, savdo aloqalarini yanada rivojlantirish hamda o'zaro sarmoya kiritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan tadbirlarni kuch bilan nazorat ostiga olish, poydevor shartlarining asosiga aylanishi kerak. Ushbu asosga tayanmasdan turib ichki hududlararo transport aloqalarini to'liq rivojlantirib bo'lmaydi. Aynan tarmoqlangan xo'jalik aloqalari aloqa sohasida faqat qog'ozlardagi emas, balki haqiqiy hamkorlik o'rnatishga imkon beradi.
Ayni damda shunday urinishlar EIX va SHHT singari hududiy
integratsiyalashgan birlashmalarda olib borilayotgan bo'lsa-da, ularning samarasi sezilmayapti. To'g'ri, qator echimlar topilmoqda, hatto ikki tomonlama darajada
ham. Ammo, ularning amaliy tadbig'i qoniqarli darajada emas. Avvalambor, qabul
qilinayotgan echimlar mexanizmlarini yaratish va ularning faoliyatini yo'lga qo'yish eng og'riqli nuqtalardan biridir. Bundan tashqari, tomonlarning yashirin
ishonchsizligi ham sarmoyadorlar uchun ma'lum noqulayliklar tug'diradi. SHu bilan birga iqtisodiy sohada hamkorlikni chuqurlashtirish salohiyati muhim. Masalan, Osiyo Taraqqiyoti Bankining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, (OTB) Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining 2007-2008 yillarda o'sishi kutildi. 2007 yili mintaqa davlatlari YAIM 7,4-8,6% atrofida bo'ldi.
Birinchi yo'nalishning texnik hosilasi bo'lgan ikkinchi shart foydalanilayotgan aloqa transportlari, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, qonuniy huquqiy asoslarni muvofiqlashtirishdir. Ta'kidlab o'tish kerakki, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari transport strategiyasida milliy va xorijiy yuk tashuvchilari uchun qulay muhit yaratish muhim ahamiyatga ega. Ushbu shartning muhimligini barcha yaxshi anglab turibdi, bu esa hususan, tariflar va soliq sohasida qonuniy hamda huquqiy asoslarni rasmiy darajada muvofiqlashtirish uchun zamin yaratadi.
Transport aloqa sohalarida integratsion jarayonlarni rivojlantirishning uchinchi sharti yangi marshrut va koridorlarni ko'paytirish orqali jahon bozoriga yo'l topishdir.
YUk tashishning yangi marshrutlarini kashf etish va ular bo'ylab tovarlar hamda insonlar tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avvalo, hududiy va xorijiy yuk jo'natuvchi hamda qabul qiluvchilarga tanlash imkoniyati beradi, bu esa, o'z navbatida, Markaziy Osiyo transport
tizimlarining haqiqiy integratsiyalashuviga olib keladi. YUk jo'natuvchi qulay sharoitlarni hisobga olgan holda ishonch bilan marshrutlarini o'zgartirishi mumkin bo'ladi.
Masalan, o'zbekistonlik yuk jo'natuvchi Evropaga eksport qilayotgan vaqti yukni etkazishning beshta yo'lidan birini tanlashi mumkin. Birinchi ikki yo'l, bu Kaspiy dengizi portlari - Turkmanistonning Turkmanboshi hamda Qozog'istonning Aktau shaharlari orqali, Astraxanb yoki Janubiy Kavkaz mamlakatlari bo'lsa, uchinchi yo'nalish Qozog'iston va Rossiya bo'ylab temir yoki avtomobil yo'llaridir. To'rtinchisi - Turkmaniston va Janubiy Eron orqali, beshinchisi - havo yo'llari orqali yukni manzilga etkazish usullaridir.
Bunday ajratishlar natijasi o'laroq xorijiy hamkorlarning bevosita ishonchi ortishi hamda Markaziy Osiyo aloqa tizimining imiji yaxshilanishi kutiladi.
Yo'nalishlar bo'ylab ajratilgan, ammo bir vaqtning o'zida, integratsiyalashgan aloqa infratuzilmasi hududning tashqi siyosiy va iqtisodiy xavflarga bardoshini sezilarli darajada oshiradi. SHu tariqa, qandaydir sabab tufayli bir marshrutning ishdan chiqishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda qo' shimcha yuklarni qabul qila oluvchi qo'shimcha yo'nalishdan foydalanish mumkin bo'ladi.
Ushbu masalani ko'rib chiqishda muhim jihat shundan iboratki, uni o'ta “siyosatlashtirib” yubormaslik zarur. Yo'nalishlarga ajratish qarama-qarshilik emas, balki raqobatga asoslanishi lozim. SHu bilan birga bozor raqobatidan cho' chish kerak emas. Boisi, bu rivojlanishning ajralmas qismi bo'lib, taraqqiyot bosqichining ma'lum bir bosqichida ko'p hollarda, biznesda bo'lgani singari yo'naltiruv aloqalarini o'rnatish imkonini berishi mumkin. SHuni ta'kidlash kerakki, hududning transport sohasidagi o'zaro hamkorligi muqarrar holatdir, chunki Markaziy Osiyo davlatlarining hech biri aloqa borasida to'laligicha o'zini-o'zi ta'minlay olmaydi.
Markaziy Osiyoning transport va tranzit salohiyatidan maksimal darajada foydalanishning ikkinchi asosiy sharti Evroosiyo mintaqasining ayni damda eng yirik yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchilari bo'lgan iqtisodiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishdir. Bular birinchi navbatda Evropa Ittifoqi va janubiy hamda janubi-sharqiy Osiyo, Uzoq va YAqin Sharq, MDH davlatlaridir. Hozirgi kunda ushbu etakchi mintaqaviy bozorlar o'rtasidagi tovar almashinuvi bir yilda 600 mlrd. dan ortiqni tashkil etmokda. Ichki mintaqaviy aloqalarning sust rivojlanishi, xavf- xatarlarning mavjudligi, transportirovkaga baland narxlar qo'yilishi natijasida yuklarning asosiy qismi dengiz transporti, xususan, Hind okeani orqali tashiladi. Bugungi kunda ushbu aloqalar jahonda ahamiyati bo'yicha Atlantika va Tinch okeanidan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Hind okeaniga jahon tovar aylanmasining 30 foizi to'g'ri keladi.
SHu bilan birga Osiyo va Evropaning tovar aylanmasi kelgusida yuqori o'sish ko'rsatkichlarini namoyon etishi kutilar ekan, tahmin qilish mumkinki, Hind okeani aloqalari yuklar tashish bo'yicha ma'lum qiyinchiliklarga duch keladi. Tabiiyki, bu erda Mallak bo'g'ozi va Suets kanali singarilarning o'tkazish xususiyati sustligi pand beradi.
Turkiyaning Bosfor va Dardanella bo'g'ozlaridagi holat ham ushbu muammo vujudga kelishi muqarrar ekanini ko'rsatib turibdi. Bu bo'g'ozlar tobora ortib borayotgan Rossiya va Qozog'iston nefti tranzitini ta'minlab berish bo'yicha qator jiddiy muammolarga duch kelmoqda.
SHu tariqa, Markaziy Osiyo ikki istiqbol oldida turibdi, deb aytish mumkin: ularning biri bugungi kunda janubiy okean-yo'lidan o'tkazilayotgan yuklarni o'ziga jalb etish va G'arb-Sharq xamda Shimol-Janub yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha hajmda o'tkaziluvchi yuklarni tashishda ishtirok etish. Markaziy Osiyoning tabiiy ustunliklaridan biri shundan iboratki, u G'arbiy Evropa va Xitoy, Shimoliy Evropa hamda YAqin Sharq, Janubiy Osiyo o'rtasida geografik jihatdan qulay joyni egallagan. Bu esa janub tomondan Evrosiyoni aylanib o'tishi kerak bo'lgan yuklar transportirovkasi vaqtini ancha tejaydi.
Masalan, agar an'anaviy dengiz yo'li orqali Osiyodan Evropaga yuklar o'rtacha hisobda 30-35 kunda olib o'tilsa, Markaziy Osiyoning dengiz va temir yo'llari orqali olib o'tiladigan “Shimol-Janub” yo'nalishi bo'yicha ushbu amallarni 10-12 kun barvaqtroq amalga oshirsa bo'ladi.
SHu jihatdan qaraganda, yuk jo'natuvchilar va tranzit mamlakatlar uchun ma'qul keladigan narxlarda vaqt va geografik omillarga tayangan holda foydani muvofiqlashtirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim masala bo'lib qolmoqda.
Biroq Markaziy Osiyo aloqalari bugungi kunda, ayniqsa, muammoli hududlarda kamchiliklarsiz, ayni kelishilgan narxlarda ishni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Agar ushbu band bo'yicha o'zaro ta'sirning yuqori samarali darajasiga erisha olish mumkin bo'lsa, aytaylik, “Shimol-Janub” yo'nalishi bo'yicha har bir konteynerdan 2 ming. dollar tejalganda, bu hududiy va ichki mintaqaviy aloqalar foydasi bo'lardi.
Tranzit-davlatlar ham sezilarli daromadlarga erishgan bo'lardi. EIH bosh kotibi Grigoriy Rapota ta'kidlaganidek, Sharqiy Osiyodan Shimoliy Evropaga yuborilayotgan yuklarning 1 % gina mazkur tashkilotga a'zo davlatlar hududidan o'tadi. Agar EIH a'zo davlatlar o'z transport salohiyatini rivojlantirishga harakat qilishsa, yuklar hajmi 10 % gacha ortishi mumkin. Pullarga hisob-kitob qilinganda ushbu mablag' milliardlab dollarlarni tashkil etadi.
Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini ko'rib chiqar ekanmiz, uning trubo o'tkazgich va elektroenergiya sektorini jamlagan energetika sohasini chetlab o'tib bo'lmaydi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo bo'ylab bir qancha kuchli gaz va neftb o'tkazgichlari, hududiy elektr o'tkazgich liniyalari o'tgan. Ular orasida “Urta Osiyo- Markaz” va “Byxopo-Upal” gaz o'tkazgichlari,
“Atirau-Samara”, “Kaspiy trubo o'tkazgich konsortsiumi” hamda “Atasu- Alashanbkou” neftb o'tkazgichlari mavjud.
SHu bilan bir qatorda yaqin yillarda mavjud yuk o'tkazish tizimlarining kengaytirilishi hamda yangilari kurilishi natijasida qo'shimcha transport kuchlariga talab ortishi mumkin. Buning ikkita sababi bor: a) Xitoy, EI, Hindiston hamda MDH mamlakatlarida neftb, gaz va elektoroenergiya iste'molining o'sishi; b) Markaziy, Osiyo davlatlarida uglevodorodlar olinishi, elektoroenergiya ishlab chiqarilishining oshishi rejalari.
Ushbu vajlarning keng qamrovliligini quyidagilar tasdiqlaydi. AQSH hukumatining rasmiy ma'lumotiga ko'ra, HXRda 2006 yilda neftb iste'moli taxminan kuniga 7,4 mln. barrelni tashkil etgan. Bu esa 2005 yildagi ko'rsatgichga qaraganda 500 ming barrel qo'proqdir. O'tgan yil
mobaynida jahon neftb iste'molining 38 foizi Xitoy bozoriga to'g'ri kelgandi. Markaziy Osiyoda Qozog'istonda neftb, O'zbekiston va Turkmanistonda tabiiy gaz ishlab chiqarilish hajmi ortishi, Tojikiston va Qirg'izistonda yangi elektrostantsiyalar qurish bo'yicha loyihalar amalga
oshirilishi kutilmoqda.
SHu bois o'tkazish xususiyatining ortishi, yangi transport kuchlarining ishlab chiqarilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq energiya transportirovkasi va tranzit masalasi echimi o'z navbatida mavjud kuchlarni yangilashga sarmoya jalb etish va etkazish yo'llarini diversifikatsiya qilish masalalarini ko'ndalang qo'yadi. Buni esa ko'p tomonlama hamkorlik shaklisiz amalga oshirishning iloji yo'q. Xususan, Turkmanistondan Xitoyga gaz koridorini O'zbekiston va Qozog'istonning ishtirokisiz amalga oshirib bulmaydi. Geografik joylashuv ham shuni taqozo qiladiki, loyihaning xom-ashyo bazasi Amudaryoning turkman sohilida joylashgan.
SHu vaqtning o'zida energetika xom-ashyosining transport va tranzit oqimi diversifikatsiyasi o'ta siyosiylashtirilgani bois, u geosiyosiy xavflarga to'la. Bu o'z navbatida, transport yunalishlari sohasida Markaziy Osiyo davlatlaridagi an'anaviy hamkorlar ishtirokida yangi loyihalarning ikir-chikirlarigacha qayta ishlanishini taqozo etadi. Hamkorlikning shunday modelini ishlab chiqish kerakki, unda barcha tomonlarning qiziqishlari inobatga olinishi, hudud uchun siyosiy havflar susaytirilishi lozim. Transport aloqalari doirasidagi yuqorida ko'rsatilgan ikki yo'nalish hamda Markaziy Osiyo bo'ylab tranzit oqimining faoliyat modeli to'g'risida so'z borar ekan, bugungi kunga kelib, transport sxemalari, tizimlari va koridorlarining
transmintaqaviy birlashmasiga asoslangan transport tizimlari yaratish uchun asoslar allaqachon mavjud.
Ammo buning uchun, avvalo, xalqaro profil uyushmasining xalqaro yuklarning huquqiy jihatlarini zamonaviy geosiyosiy va geoiqtisodiy sharoitlarga
moslashtirishga qaratilgan harakatlari zarur bo'ladi.
Xalqaro yuklarning huquqiy kafolatlari xalqaro konventsiyalar, davlatlararo kelishuvlar, ishtirokchi-mamlakatlarning tashqi iqtisodiyot borasidagi milliy qonunchiligi asosida aniqlanadi.
Transportchilarning xalqaro faoliyati quyidagilarga asoslanadi:
Xalqaro yuklarni o'tkazish kelishuvi konventsiyasi (XYUUKK);
YUXTK kitobi (carnet TIR) dan foydalangan holda xalqaro yuk tashish konventsiyasi, Konventsiya yozilgan yil - 1975, avtomobil, konteyner transporti orqali tashish;
Xalqaro dengiz, temiryo'l va havo yo'llari orqali yuk tashish sohasidagi asosiy kelishuvlar, xycycan Dengiz kelishuvlari bo'yicha Gamburg qoidalari (1978 y.); GaagaVisbiy qoidalari; Bern konventsiyasi - temir yo'l orqali tashish qoidalari va uning qayta ishlanmasi (1980 y.);
Havo yo'llari orqali yuk tashish, asosan Varshava konventsiya (1955 y.), Gvatemala protokoli. (1971 y.) va Monreal protokoli (1975 y.)ga asoslangan.
Rossiya, MDH davlatlari, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Polsha, Bolgariya, Mo'g'iliston, Xitoy, Shimoliy Koreya, Turkiya, Eron temir yo'l orqali yuk tashishni Ittifoq yillaridan mavjud bo'lgan, Halqaro yuk kelishuvi haqidagi kelishuv asosida amalga oshirishadi.
YUk tashishning alohida tizimi qator transmilliy korporatsiyalar va xoldinglarning kelib chiqishiga turtki bo'lgan. Ushbu korporatsiyalar qoshidagi maxsus bo'linmalar “o'z” “just-in-time” (ayni muddatida) tizimlarining faoliyatini ta'minlaydi. Bunday. bo'linmalar transport logistikasining ishlab chiqarish bilan, bo'linishning axborot berish bilan birlashtirilishi sxemalarini ishlab chiqarishadi.
Ushbu logistika tizimlarining tajribasini murakkab infratizim sxemasida faoliyat yuritayotgan “transport koridori”ning zaruratlari uchun qo'llasa bo'ladi.
Misol uchun, Yaponiyaning mashhur NEC Logistics Ltd transport-tadqiqot kompaniyasini olaylik. U Yaponiyaning NEC Corporation transmilliy kompaniyasi uchun logistika xizmatlarini ko'rsatadi: NEC Corporation firmasining “Emperowed by Innovation” deb shakllantirilgan rivojlanish kontseptsiyasi logistika tizimlarining shakllanishidagi ilk bosqichga aylandi. NEC o'zining rivojlanish tamoyilini quyidagicha atadi: Logistics, Solution, Provider (LSP), aynan esa jahon
andozalaridagi logistika xizmatlariga intilish, optimal logistika echimlarini ta'minlash, “ayni muddatida” (LT) tizimiga asoslanish.
Ammo, TMK qoshidagi yirik tizimlarning tajribasiga qaramay, ular mahalliy sanaladi va ularning faoliyati butun transport koridorining maqsad va vazifalarni birlashtirishga emas, balki buyurtmachi, ya'ni korporatsiyaning shartlarini bajarishga qaratilgan.
Transport aloqalar tizimida faoliyat yurituvchi olim va amaliyotchilar qo'shni davlatlar va iqtisodiy hamkor mamlakatlar o'rtasidagi rivojlanish strategiyasini sinxronlashtirish haqida o'ylashlari lozim.
Hozirgacha esa davlatlararo logistika sxemalari ishlab chiqish a'zosiga aylanishdan tashqari hech bir davlat milliy-davlat talablari to'siqlarini bosib o'tolmagan.
SHu tariqa, aksar yuk oqimining aniq yo'nalishi, iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini namoyon etayotgan qator davlatlar uchun dengiz yo'lining o'rnini
bosa oladigan, mintaqa ichida haqiqatan ham yaxshi faoliyat olib boradigan, Markaziy Osiyo mintaqasidan o'tuvchi yuk tashish yo'nalishini topish muhim masala bo'lib qolmoqda. SHuningdek, Markaziy Osiyo xududidagi transport aloqalarini yuk oqimi bilan yanada faolroq ta'minlash ham ahamiyatlidir.
SHu o'rinda g'oyalardan biri sifatida O'zbekiston hududida Markaziy Osiyo uchun logistika markazini tashkil etish fikrini ham ko'rib chiqish mumkin. U Shimol- Janub yo'nalishi bo'yicha yuk transportlarini boshqara olishi qator transport bog'lovlarining echimini o'zida mujassam etishi, qayta eksport sohasida turli xalqaro kompaniyalar uchun maydon sifatida chiqa olishi darkor.
Mazkur logistika markazi geografik joylashuv foydalari va qator iqtisodiy hamda transport-tranzit masalalarini uygunlashtira olishi, allaqachon mavjud modellar bo'yicha rivojlanishi mumkin. Ayni holatda Dubay arab mamlakatini na'muna qilib olish mumkin. O'zining geografik jihatdan qulay joylashuvi hamda yuk transportlari borasidagi egiluvchan siyosat tufayli ushbu davlat yuk tashish operatsiyalari borasida Yaqin Sharq davlatlari ichida etakchiga aylandi. Bugungi kunda Dubay kompaniyalari orqali Fors ko'rfazi hududidagi 50 % dengiz yuklari o'tkaziladi.
Hatto Latviyaning Ventspils porti ham ayni na'muna bo'la oladigan modeldir. U G'arbiy Evropa va MDH davlatlari o'rtasida yuk aylanish borasida etakchi logistika markazi hisoblanib, qator qulay logistika sharoitlarini yaratib berar ekan, Markaziy Osiyo - Evropa bo'ylab tobora ko'p tranzit va qayta eksport xajmini oshirmokda.
Bunday xamkorlik aloqalarini Markaziy Osiyo davlatlari misolida ham ko'rish mumkin. O'zbekiston va Turkmanistonni asrlar davomida yaqin ma'naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an'analarga asoslangan mustahkam do'stlik rishtalari va yaxshi qo'shnichilik bog'lab turadi. Qardosh o'zbek va turkman xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san'atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlarimizning boy merosi o'zbek va turkman xalqlarining umumiy boyligidir. Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan O'zbekiston ham, Turkmaniston ham birdek manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mamlakatlarimiz mustaqillikka erishgach, ikki davlat o'rtasidagi an'anaviy ishonch va do'stlikka asoslangan aloqador yangi zamon ruhida rivojlanib bormoqda. Siyosiy, savdo iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishni ikki mamlakat ham ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Ikki davlat rahbarlari o'rtasida qaror topgan samimiy va ishonchga asoslangan munosabat, turli darajadagi muntazam siyosiy muloqotlar buning yaqqol dalilidir.
1991 yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat raxbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti O'zbekistonga 6 marta kelgan bo'lsa, O'zbekiston Prezidenti 5 bor Turkmanistonga tashrif buyurgan. Mazkur tashriflar chog'ida ikki mamlakat o'rtasida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratildi. 2010 yilning oktyabr oyida navbatdagi oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ldi. Ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari yakunida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamqorlikni yanada kengaytirishga bo'lgan intilishlarini tasdiqladilar va ikki dust davlatning erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan davlatlararo va hukumatlararo munosabatlar «mexanizmlarini rivojlantirishga intilishini ta'kidladilar.
O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi keng ko'lamli hamkorlikka oid dolzarb yo'nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 150 dan ortiq xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
Rasmiy Toshkent va Ashxobodning mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, Afg'oniston muammosini xalqaro tuzilmalar va ushbu mamlakat bilan qo'shni davlatlar ishtirokida hal etish bo'yicha muzokaralar jarayonini jadallashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotrafik, uyushgan transmilliy jinoyatchilik kabi tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish masalalarida qarashlari bir-biriga yaqin va o'xshashdir. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlik mamlakatlarimizning xalqaro maydondagi amaliy va samarali hamkorligiga misol bo'la oladi.
O'zbekiston va Turkmaniston O'rta Osiyodagi suv-energetika sohasidagi muammolarga oid masalalar bo'yicha ushbu muammolarni xalqaro huquqning umume'tirof etilgan norma va printsiplari asosida, mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari va roziligini inobatga olgan holda muhokama etish lozim, degan qat'iy umumiy pozitsiyani namoyon etmoqda.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik ko'lami ham keng. Joriy yilning fevral oyida navbatdagi, oltinchi majlisi-o'tkazilgan O'zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo'shma komissiyasining samarali faoliyati ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
O'zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o'sib bormoqda va 2010 yil yakunlari bo'yicha qariyb 200 million AKSH dollarini tashkil etdi. Lekin, bu hali O'zbekiston va Turkmaniston imkoniyatlariga to'la mos ko'rsatkich emas.
O'zbekiston va Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish va uzatish borasida dunyodagi etakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Energiya manbalariga talab yil sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatlarimizning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g'oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan Turkmaniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Xitoy transmilliy gaz quvurining qurilishi bo'yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo'la oladi.
Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo'nalishdir. Mamlakatlarimiz muntazam yuk tashishda uchinchi davlatlar uchun tranzit vazifasini o'tayotgani O'zbekiston va Turkmanistonning katta transport salohiyatidan dalolatdir.
Bu haqda so'z ketganda, Ashxobodda “O'zbekiston-Turkmaniston-Eron- Ummon-Qatar” yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo'lagini tashkil etish bo'yicha imzolangan bitimning tarixiy ahamiyatini alohida qayd etish joiz. Ushbu transport-kommunikatsiya yo'lagini tashkil etish bo'yicha kelishuvga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilning oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog'ida erishilgan edi. Mazkur ko'p tomonlama loyihaning hayotga tatbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko'paytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan O'rta Osiyo va Fors ko'rfazining barcha mamlakatlari foyda topadi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. Ushbu sohadagi hamkorlik haqida so'z borganda, Prezident Islom Karimovning 2010 yil oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi asnosida imzolangan Madaniy-gumanitar sohada 2011-2013 yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini ta'kidlash lozim. Dastur doirasida O'zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san'at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko'rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib qelmoqda. Xususan, Turkmanistonlik san'atkorlar Samarqandda o'tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining doimiy ishtirokchilaridir.
Toshhovuzda 2010 yil oktyabr oyida bo'lib o'tgan yorqin va unutilmas voqealarga boy bo'lgan O'zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do'stlik festivali xalqlarimizning boy va o'ziga xos madaniyati namoyishiga aylandi. Ushbu forum mamlakatlarimizning o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdagi mushtarak intilishlarining ifodasi, o'zbek va turkman xalqlari azaliy do'stligining yorqin ramzi bo'ldi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda Turkmanistonda yashayotgan o'zbeklar va O'zbekistonda yashayotgan turkmanlar muhim o'rin tutadi. O'zbekiston hukumati mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa barcha millat va elatlar vakillari qatorida turkman millatiga mansub fuqarolarni ham qo'llab-quvvatlashga, ularning har tomonlama ijtimoiy, ma'naviy va madaniy rivojlanishiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Bu milliy madaniyat, ona tili, urf-odat va an'analarni saqlash va rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugungi kunda O'zbekistonning turli viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 170 ming aholi yashamoqda, 46 maktabda turkman tili o'qitilmoqda, 24 maktabda o'qish to'liq turkman tilida olib borilmoqda.
YUrtimizda 2001 yil 7 mayda tashkil etilgan Respublika turkman madaniyat markazi tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib borilayotgan 7 ta turkman milliy madaniyat markazi ish olib borayotir.
26 variant
1. “Madaniy inqilob”ning zo‘rma-zo‘rakilik xususiyatlari.
2. XX asr 2-yarmida Turkmanistonda sovetlashtirish siyosatining olib borilishi.
3. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va bu yo‘ldagi sa'yi harakatlarning amalga oshrilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |