2.Turkmanistonda 1970-1980 yillardagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvoli.
Turkmaniston — ahohsi eng kam bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikasi edi. 0‘sha vaqtlarda uning boy neft-gaz konlarining (butun dunyoda aniqlangan gaz zaxiralarining uchdan bir qismi) qazilishi endi boshlangan, haydaladigan yeming 70 foizida esa paxta yetishtirilar edi. Barcha qazib ohsh va ishlab chiqarish federal markaz uchun xizmat qilardi, markaz esa aholining yashashi (tirik qohshi) uchungina zaxiralar berardi. Bu aholining 70 foizini tashkil etuvchi turkmanlar hamda ruslar, o‘zbeklar va boshqa millat vakillarining an’anaviy befarqligi (konformistligi) va passivligini yana chuqurlashtirardi. Faqatgina 1989-yilda Ashxabodda birinchi masjid qurildi, noroziliklar namoyon bo‘ldi. Til va madaniyatni tiklash, iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun kurashuvchi harakatlar paydo bo‘ldi. Ammo bu yerda kompartiya rahbariyati oshkoralikni boshqarib turar, «norasmiy elementlar» rivojlanishiga to‘sqinlik qilar va islohotlaming yo‘nahshi, muddatlari hamda ko‘lamini belgilab berardi.
Respublika suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya Oliy Kengash tomonidan 1991-yil avgustida qabul qilindi. Oliy Kengash kompartiya rahbari S. Niyozovni rais etib sayladi. SSSR amalda parchalanib bo'lganidan so‘ng, 1991-yil oxirida referendum asosida Turkmaniston mustaqillikka erishdi va umumxalq saylovlarida Niyozov uning Prezidenti etib saylandi. «Biz o'ziga xos yangi jamiyat quramiz va unga o‘z yo'limiz bilan boramiz», — degan edi Niyozov o‘z yo‘li haqida.
Prezident turkman an’analarining tiklanishini qo'llab-quwatladi va ko'pchilikka zarar yetkazmasdan islohotlami amalga oshirish va yaqin kelajakda Iroq hujumidan qutqarilgandan keyin mashhur bo'lgan Quvaytdagidek umumiy farovonlikni va’da qildi. Bu aholini o'ziga rom qilar va umid uyg'otardi.
Millatlararo mojarolar, tarqoq liberal va demokratik gumhlaming chiqishlari 90-yillaming bosliida bostirildi, ulaming rahbarlari hibsga olindi yoki muhojirlikka ketishdi.
1992-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan hokimiyat yanada mustahkamlandi. Umumxalq saylovlarida saylanadigan prezident nihoyatda keng vakolatga ega bo'ldi va hokimiyatning har bir tarmog'iga boshchilik qildi. Qonun chiqarish Majlis — saylanuvchi parlamentga topshirildi. Ammo qarorlami qabul qiluvchi oliy vakillik oigani Xalq maslahati bo'ldi. U Prezident tomonidan boshqarilar hamda hukumat boshlig'i va a’zolari huquqni himoya qilish organlari va viloyat mhbarlaridan ibomt edi. Mamlakatda Niyozov boshqarayotgan yagona partiya — Demokratik partiya qoldi. Aholini bir- lashtirish uchun amnistiya (umumiy afV) e’lon qilindi, keyinchalik esa o‘lim jazosi bekor qilindi.
Konstitutsiya qabul qilingandan keyin saylovchilaming 99,5 foizi Niyozovni prezidentlikka qayta saylash, u ko'rsatgan nomzodlami majlisga saylash uchun ovoz berdilar. Keyinchalik, bundan ham muvaffaqiyatliroq o'tgan referen- dumda Niyozovning vakolatini oshirish ma’qullandi va u Turkmariboshi hamda turkmanlar otasi, degan unvonga ega bo'ldi, 2000-yilda esa majlis uning hoki- miyatining muddatsizligi to‘g‘risidagi qonun qabul qildi. Turkmanboshining portret va so'zlari hamma joyda paydo bo'ldi, ko'chalar, korxonalar va shaharlar uning nomiga qo'yildi, poytaxtda uning ulkan, doim quyosh tomonga burihb turuvchi haykali oTnatildi. Farovonlik to‘g‘risidagi rejalari uchun uni hamma joyda — bolalar bog'chasidan tortib Xalq maslahatigacha ulug'lar edilar. Hatto, uning obro'siga va xalqning unga bo'lgan muhabbatiga shubha qilish Turkmaniston uchun zarar, deb baholanar edi. Nihoyat, uning tomondan odamlar- ning hayot normalarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan, hamma uchun majburiy bo'lgan «Turkmanlaming ma’naviyat kodeksi» qabul qilindi. «Ruxnoma» kitobi bo'yicha ohy o‘quv yurtlariga kiruvchilar imtihon topshi- mrdi, u Qur’oni karim bilan tenglashtirildi. Turkmanboshi tuzumi mustabid (totalitar) xarakteiga ega bo'ldi va siyosiy barqarorlikni kafolatladi.
Va’da qilingan farovonlikka erishish ancha qiyin bo‘Mb chiqdi. Mamlakat- dagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘ir edi. Rossiyadan olingan kreditlar tezda qadrsizlandi. Gaz va paxtani Rossiya hamda MDHning boshqa davlatlariga sotish na dollar, na yangi texnologiyalar keltirdi. Gaz qazib olish va paxta yetishtirish, ulami yetkazib berishni ko'paytirish hamda ular evaziga dollar olish juda qiyin kechdi. Aholiga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetishmas edi. Pensiya va oyliklami to‘lash kechikardi. Ayanchli statistik ma’lumotlar e’lon qilinmas edi.
1992- yildan boshlab hukumat sanoatni rivojlantirish va bozor munosabat- larining iqtisodiy poydevorini yaratishga qaratilgan «Barqarorlikning 10 yili» dasturini qabul qildi. 1993-yilda milhy valuta — manat joriy qilindi. Uning qiymati hamda narxlar hukumat tomonidan belgilanar edi. Xorijiy valuta bilan muomala qihsh taqiqlangan edi.
Boy mamlakatlaming hukumatlari Turkmanboshi rejimini ma’qullamasa- lar-da, undagi barqarorlik, mamlakatning tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchi hamda hukumatning bozor iqtisodiyotiga intilishi turkman paxtasi va gazini sotib ohshning kengayishiga, rejimga kreditlar berilishi va xo‘jalikka investitsiyalar qo‘yilishiga yordam berdi. Eksportdan kelgan mablag‘lar va kreditlami hukumat undirma va to‘qimachilik sanoatiga sarflar edi. Bu sohalar uchun eng yangi texnologiya hamda jihozlar sotib olindi. 90-yillaming ikkin- chi yarmida gaz va neft qazib olish o‘sa boshladi va paxtaning asosiy qismi yangi korxonalarda qayta ishlana boshladi, bozorga to‘qimachilik mahsulotlari chiqarila boshlandi. Ishlab chiqarishning o‘sishi to‘la bandlikni ta’minladi.
Hukumat iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarishga shoshilmadi. Neft va gaz, paxtaning sotihshi hamda qayta ishlanishi, transport va uy-joy xo‘jaligi, ishlab turgan hamda qurilayotgan barcha katta va o‘rta korxonalar davlat ixtiyorida edi. 1996-yilga kehb nodavlat sektorga yalpi ichki mahsulotning atigi 7,7 foizi to‘g‘ri keldi. 2000-yilda yalpi ichki mahsulot 14 foizga oshdi, uning beshdan bir qismi gaz eksportiga to‘g‘ri keldi.
1993- yilda qabul qilingan yerga mulkchilik to‘g‘risidagi qonun asosida har bir fuqaro 50 gektaigacha yer olishi va yana 500 gektar yoki undan ko‘proq yemi ijaraga olishi mumkin edi. 5 yil muddat o‘tgandan so‘ng yer egasi — neyhan tomonidan olingan yer uning mulkiga aylanar edi, ammo u yemi sotish yoki birovga berishga haqqi yo‘q edi. Bu islohot 10 yil muddatga mo‘ljallangandi.
Hukumat «Yangi qishloq» va «G‘alla» dasturlarini amalga oshirdi. Ularga ko‘ra, qishloq aholisi yashash sharoitini yaxshilash va g‘alla yetishtirishni oshirishga mablag‘ ajratilardi. Hukumat qishloq ahohsi turmush darajasi yaxshilandi, deb hisobladi. G‘alla yetishtirish sezilarli darajada o‘sdi. Butun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 20 foizidan ko‘prog‘ini bermoqda.
Turkmanistonning iqtisodiy va madaniy dasturi qabul qilindi.
Prezident va’da qilgan umumiy farovonlikka nisbatan uyg‘ongan va oshib borayotgan shubhalami tarqatish uchun hukumat 90-yillaming ikkinchi yarmida tuz, elektr energiya, gaz va suvni bepul deb e’lon qildi, non, o‘simlik yog‘i, jamoat transport! va maishiy xizmatlarga esa past, ramziy narxlami belgiladi. Oziq-ovqatning boshqa turlari hamda boshqa mahsulotlar
kartochkalar bilan tarqatila boshlandi. Ammo, odatdagidek, bepul, arzon va kartochkalar bilan tarqatiladigan mahsulot tanqis edi, ulami olish uchun navbatlar paydo bo‘lardi. Buning ustiga aholi o'sish darajasi oshdi.
2006-yil dekabrda Prezident S. Niyozovvafot etdi. 2007-yil fevraldagi saylovda G. Berdimuxamedov Prezident etib saylandi. Turkmanistonning tashqi siyosati uning mustaqilligini mustahkamlash va dunyo bozoriga tabiiy gazning yirik zaxiralarini chiqarish yo'llarini izlashga qaratilgan edi. Mustaqillikka erishilgan- dan so‘ng mamlakatning neytraliteti (betarafligi) e’lon qilindi va amalga oshirib kelinmoqda. MDH tarkibida bo'lish Rossiya Federatsiyasidan yordam olishga imkon berdi. Ayniqsa, milliy qurolli kuchlar yaratilgunga qadar, Rossiya Federatsiyasi Turkmaniston chegarasini himoya qilishi va qurol bilan yordam berishini aytish mumkin. MDH doirasida Turkmaniston Hamdo'stlik a’zolari, awalo, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina bilan ikki tomon- lama munosabatlami rivojlantirmoqda. 2005-yilga kelib betaraflikka to'la amal qilish uchun Turkmaniston MDH tarkibidan chiqdi.
Turkmaniston Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, ayniqsa, Turkiya, Eron va Afg'oniston bilan yaqin hamkorlik qiladi. Turkman gazining bir qismini Rossiya Federatsiyasi orqah Ukrainaga yetkazib berish to‘g‘risida kehshib olindi. Bundan qoniqmagan respublika hukumati Kaspiy orqah Ozarbayjon, Gruziya, Turkiyaga va Afg'oniston orqah Pokiston, XXRga gazni eksport qihsh uchun gaz quvurlari qurilishida qatnashmoqda.
Aholining huquq va erkinliklari biroz cheklanishiga qaramasdan, o'zining mustahkamligi tufayh Turkmanboshi rejimi boy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlaming moliyaviy yordamini olishga muvafFaq bo‘ldi.
Prezident Q. Berdimuhammedov davrida vaziyat ancha yumshadi. 2007- yil fevralda ta’lim tizimi islohoti to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 9 yillik maktab o‘miga 10 yillik ta’lim joriy qihndi. Oliy o‘quv yurtlari 5—6 yillik bo'ldi. «Sodiqlik qasamyodi» bekor qilindi. Sudlanganlaming ishlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida farmon e’lon qilindi. Turkmanboshi davrida qilingan o‘zgarishlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. 2008-yil 1-iyuldan Grigoryan kalendariga qaytildi. Turkmanistonda 40 foiz ahoh sanoatda, 30 foiz aholi qishloq xo'jaligida, qolgan qismi xizmat ko'rsatish sohalarida banddir. 2007- yilda 71 mlrd kubometr gaz qazib olindi va shundan 50 mlrd kubometri Rossiyaga, 8 mlrd kubometri Eronga eksport qilindi. Eksport 4,4 mlrd dollami, import 2,7 mlrd dollami tashkil etadi. 2007-yilda YAIM 26,2 mlrd dollami tashkil etib, ahoh jon boshiga 5055 min dollar to‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |