Qayta qurish siyosati va Qirg‘iziston.
Sovet jamiyatining 80-yillar o`rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarda hukm surgan siyosatining bevosita mantiqiy davomi edi. Sobiq Ittifoq siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bir necha marta tub islohotlar, o`zgarishlar qilishga urinib ko`rdi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo`jaligiga zamonaviy ilmiy – texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko`proq daxldor bo`ldi. Bir tomondan ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo`lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o`zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg`a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o`zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |