1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Yopiq tizimlar 
uchun davriy ravishda o‗stirish xarakterli xususiyat 
hisoblanadi. Bunda hujayralar massasi, ya‘ni inokulyat aniq bir miqdordagi 
ozuqa muhiti bilan aralashtiriladi. Bunday ko‗rinishdagi tizimlardan gaz 
almashinuvidan tashqari barcha parametrlar jarayon oxirigacha yopiq tizimda 
ishlaydi. Davriy ravishda yangi ozuqa muhiti kiritib turiladi va eskisi olib 
tashlanadi. Hujayralar jarayon oxirigacha muhitda qoldiriladi.
Ochiq tizimlarda 
esa o‗stirilayotgan muhitda doimiy ravishda ozuqa 
muhiti yangilanib turiladi. Bunda ishlatib bo‗lingan muhitning va hujayralar-
ning bir qismi hamda hosil bo‗lgan mahsulotning bir qismi, tashqariga 


19 
chiqarilib turiladi. Yopiq tipda chuqur qatlam bo‗yicha hujayralarni o‗stirish 
tizimlari nisbatan to‗liq o‗rganilgan. Bunday muhitda gaz almashinuvi va 
aralashtirishni tashkil qilish maqsadida bir qator uskunalardan (rollerlar, 
tebratkichlar, magnit meshalkalari va hakozolardan) foydalaniladi. In vitro 
sharoitida hujayralarni o‗stirishning muhim xususiyatlardan biri tizimning 
texnik holati hisoblanadi. Masalan hujayralarni probirkalarda o‗stirilgandan 
ko‗ra kolbalarda o‗stirish afzalroqdir. Chunki kolbalarda hujayralarni o‗stirish 
jarayonida ko‗proq miqdorda fermentlar hosil bo‗ladi va gaz almashinuvi 
yaxshilanadi ularni aralashtirish kabi bir qator parametrlar osonlashadi.
Mikrobiologik sanoatda hujayralarni suspenziya holatida o‗stirishda 
ishlab chiqarishda qurilmalardan keng miqyosda foydalaniladi. Biroq keyingi 
vaqtlarda o‗simlik hujayrasini o‗stirish amaliyoti natijalari ko‗rsatishicha, 
ba‘zan o‗simlik hujayralarini o‗stirish jarayonida maxsus konstruksiyaga ega 
bo‗lgan qurilmalar talab etiladi. O‗simlik hujayralari bakteriya va zamburug‗ 
hujayralariga nisbatan o‗lchami jihatidan bir necha o‗n, yuz marotaba katta 
hisoblanadi, shuningdek ularning o‗lchami ontogenez jarayonida kuchli o‗zga-
radi. Eksponensial o‗sish fazasida hujayralarni o‗lchamlari nisbatan kichik 
bo‗lsada, o‗sishning barqarorlik fazasida hujayralarning hajmi sezilarli oshadi, 
shuningdek vakuolalar kattalashadi. Hujayralar miqdori qancha kattalashsa 
muhitda mexanik aralashtirish jarayonida ularning jarohatlanish ehtimolligi 
darajasi shuncha ortadi. Shu bilan birga yirik, miqdoriy jihatdan ortgan hujay-
ralar populyatsiyasini aralashtirish jarayoni ham biroz qiyinlashadi. Hujayra-
larning bu vaqtda to‗planib qolishi, cho‗kma hosil qilishi nobud bo‗lgan hujay-
ralar sonini oshiradi. Masalan, jenshen o‗simligi hujayralarini o‗stirish jara-
yonida mexanik aralashtirish qo‗llaniladigan aylantiruvchi uskunaning aylanish 
tezligi minutiga 100-350 marotaba bo‗lganda hujayralarning hayotchanlik 
xususiyati sezilarli susayishi qayd etilgan. Hujayralar shtammlarining bu kabi 
mexanik stress omillarga nisbatan chidamliligini aniqlash muhim masala 
hisoblanadi.
Muhitda nisbatan mayin aralashtirish usuli sifatida siqilgan havo oqimi yor-
damida pnevmatiik aralashtirish usulidan keng qo‗llaniladi. Ammo bunday 
aralashtirish usuli bir qator kamchiliklarga ega, jumladan bunday aralashtirishda 
muhitda hujayralar oraliqlarida ortiqcha havo to‗planib qoladi va gazlar almashi-
nuvi buzilib, hujayralarda kislorodga nisbatan yetishmovchilik holati kuzatiladi. 
Muhitda kislorod miqdorining normal bo‗lishi albatta hujayralarda ikkilamchi 
metabolitlar sinteziga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Mikroorganizmlar o‗stiriladigan 
muhitlarda biomassa to‗planishi, mahsuldorlik va kislorod miqdori o‗rtasidagi 
bog‗liqlik yetarlicha o‗rganib chiqilgan. Afsuski o‗simlik hujayralarini o‗stirish 
jarayonida bu ko‗rsatkich to‗liq o‗rganilmagan.


20 
Hujayralarning muhitda o‗sish, rivojlanish jarayoniga kisloroddan tash-
qari bir qator boshqa gazlar ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Masalan, muhitdagi 
karbonat angidrid miqdori o‗zgarishlari rivojlanishning lag fazasida (yashirin) 
sezilarli ta‘sirga egaligi qayd etilgan. Muhitda aeratsiya jarayoni juda faol 
tarzda kechgan holatda ham karbonat angidrid gazi to‗planib qolishi hisobiga 
hujayralarning o‗sish-rivojlanishi susayishi kuzatiladi. O‗simlik hujayralari in 
vitro sharoitida o‗stirilganda mikroorganizm hujayralariga nisbatan nafas olish 
darajasiga sustroq bo‗ladi. Hujayralarning nafas olish intensivligi o‗stirish 
qurilmalarining konstruksiyasiga ham bog‗liq. Hujayralarning o‗sishi va ikki-
lamchi metobolitlar hosil qilishi hujayraning turiga va ishlab chiqariladigan 
fermentyor (qurilma)larning tipiga bog‗liq. Limon bargli morinda o‗simligi 
hujayralarini fermentyorga o‗stirishda siqilgan havo yordamida aralashtirish 
amalga oshirilganda odatdagiga nisbatan antraxinonlar hosil bo‗lishi 30 % ga 
ortadi. Bioreaktor tipi o‗zgartirilishi esa hujayralar biomassa o‗zgarishiga sezi-
larli ta‘sir ko‗rsatmaydi. Catharantus roseus o‗simligi hujayralari o‗stirilayotgan 
fermentyorda mexanik aralashtirishga nisbatan pnevmatik usulda aralashtirish 
qo‗llanilganda indol alkaloidlar hosil bo‗lish darajasi sezilarli ortishi aniqlangan.
Hujayralarni suspenziya ko‗rinishida o‗stirish o‗sish uchun zichlik dara-
jasining qulay bo‗lishi bilan xarakterlanadi. O‗simliklar hujayralarini o‗stirish-
da biomassaning tez ortishi hisobiga hujayralarning o‗zaro siqilib qolishi bir 
qator noqulayliklarni vujudga keltiradi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish