1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Kompetensiya 
— hujayralarga ta‘sir ettiriluvchi omil ta‘sirida ma‘lum bir 
rivojlanish yo‗nalishiga kirishi hisoblanadi.
Bunda hujayraga ta‘sir etuvchi omillar gormonlar, qo‗shni hujayralar-
ning moddalar almashinuvi mahsulotlari, boshqa to‗qimalar ta‘siri, elektro-
fiziologik qo‗zg‗atishlar va shu kabi ta‘sirlar turli xil bo‗lishi mumkin: Deter-
minatsiya – hujayralarning aniq bir irsiy xususiyatlarni avlodlarga uzatish 
xossasiga ega bo‗lish jarayoni hisoblanadi.
Determinatsiya natijasida hujayralarning rivojlanishidagi boshqa yo‗na-
lishlar imkoniyati ta‘qiqlanadi. Determinatsiya jarayoni hujayralar bo‗linishi-
dan keyin, protoplazma shakllanishida birdaniga boshlanishi mumkin. Deter-
minatsiyalangan hujayralar aniq bir holatda tor doirada ixtisoslashadi va nati-
jada ma‘lum bir to‗qima yuzaga kelishi kuzatiladi. Gormonal omillardan auk-
sin va sitokininlar hujayra differensiatsiyasi va morfogenezida muhim o‗rin 
tutadi.
Skuge va Murasige tomonidan yaratilgan nazariyaga ko‗ra differensial-
lan magan kallus to‗qimasiga auksin va sitokininlarni ta‘sir ettirish orqali 
o‗simtaga ildiz, poya, barg hosil bo‗lish jarayoni sezilarli tezlashadi. Bunga 
eng oddiy misol qilib tamaki o‗simligi hujayralari kallus to‗qimasi ustida olib 
borilgan tajribalarni ko‗rsatish mumkin. Masalan, muhitda auksin miqdori 
ko‗paytirilganda poyada kurtaklar hosil bo‗lishi kuchayadi, sitokinin miqdori 
oshirilganda esa ildiz hosil bo‗lishi jarayoni tezlashadi. Ko‗pchilik hollarda 
hujayralarni o‗stirish muhitida organlarning shakllanishi gormonal nazariya 
asosida izohlansada, ba‘zi hollarda ayrim o‗simlik turlariga tegishli hujayra-
larni o‗stirishda bu nazariya qo‗l kelmaydi. Bitta fiziologik faol moddaning 
o‗zi bir vaqtning o‗zida differensiallanmagan kallus to‗qimasi hujayralari 
o‗sishi va bo‗linishiga ta‘sir ko‗rsatishi bilan birgalikda differensiatsiya jara-
yonining o‗ziga ham ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Agar differensiatsiya jarayoni 
genlar ekspressiyasi bilan bog‗liq bo‗lsa, u holda ekzogen fitogormonlar bilan 
hujayraga ishlov berishda uning kompetentlik xususiyatlarini o‗rganib boshqa 
moddalardan foydalanishga to‗g‗ri keladi. Gormonal ishlov berishga nisbatan 
sezgirlik namoyon qilmaydigan tizimlar ham mavjud. Bunday hujayralar 
differensiatsiya xususiyatiga ega emas, shuningdek in vitro sharoitida bu hujay-
ralarda totipotentlik xususiyati kuzatilmaydi. Klonning fenotip xususiyati geno-


14 
tipga bog‗liq hisoblanadi. Bir xil organ, to‗qimalar tarkibiga kiruvchi hujayra-
larning morfogenez xususiyati turli xil darajada namoyon bo‗ladi. Masalan, 
sabzining floema to‗qimasi dastlab ildiz hosil qiladi, ksilemadan esa embrioid-
lar vujudga keladi.
Morfogenez jarayoni mexanizmlarini to‗liq ochib berish uchun aniq bir 
sharoitda differensiallanish asosida o‗simlik vujudga keluvchi kallus to‗qimasi 
hujayralarida kechadigan morfofiziologik jarayonlarni chuqur o‗rganish talab 
etiladi. Bunda in vitro o‗stirish jarayonida hujayrada yangi tipdagi mikroquvur-
chalar tizimi vujudga kelishi, ularning o‗lchamlari o‗zgarishi, ribosoma faolli-
gi, pigment plastidalari holati, zahira moddalar yig‗ilishi kabi o‗zgarishlar 
kuzatilgan. O‗simlik hujayrasida mikroquvur tizimi, mikrofilamentlar kabi bir 
qator tizimlarning hujayra faoliyatidagi ahamiyati tahmin qilinsada, to‗liq 
ochib berilmagan. Bu strukturalar bevosita hujayra bo‗linish jarayonida shakl-
lanadi va bo‗linishda ishtirok etishi tahmin qilinadi. Shuningdek Golji appa-
ratidagi o‗zgarishlar hujayraning bo‗linish jarayonida muhim ahamiyatga 
egaligi qayd etilgan.
Mitoz bo‗linishda poliploidizatsiya natijasida ko‗p yadroli hujayralar 
vujudga kelishi kuzatiladi. Mitoz siklining sinxron tarzda amalga oshmasligi 
bevosita to‗qima hujayralarida morfologik geterogenlikning vujudga kelishiga 
sabab bo‗lishi mumkin. In vitro sharoitida hujayralar bo‗linish jarayonida 
mutatsiyalar yuzaga kelishi asosida genetik geterogenlik vujudga keladi. Bu 
holat esa o‗z navbatida organogenez jarayoniga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Hujay-
ralar ozuqa muhitida o‗stirilayotganda ham ularning dedifferensiatsiya holatiga 
o‗tishi, embrional o‗sish davri, ikkilamchi kallus to‗qimasining differensiatsiya 
kabi bir qator xususiyatlari o‗zgaradi. Hujayralararo o‗zaro aloqalar, ixtisosla-
shishi jarayonida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Differensiatsiya jarayoni 
hujayrada mavjud genetik axborotning turli darajadagi repressiyasi va 
derepressiyasiga bog‗liq.
Kallus to‗qimasidagi har bir hujayra ma‘lum bir joyni va holatni egallay-
di. Shu bilan birga ushbu hujayra atrofdagi hujayralar bilan fizik – kimyoviy 
jihatdan aloqadorlikda bo‗ladi va umumiy tarzda tizimning holati belgilanadi. 
Hujayralararo bog‗lanishlar sitoplazmatik membrananing ma‘lum bir donor-
akseptor bog‗lanishi natijasida yuzaga keladi. Bunda donor-akseptor bog‗lanish 
hosil qiluvchilarga molekulalar, quyi molekulyar moddalar, uglevodlarning 
oqsillar bilan hosil qilgan birikmalari, fitogormonlar, ingibitorlar, qutbli mod-
dalar va boshqalardan kiradi. Barcha holatlarda bog‗lanishlar asosan nuklein-
oqsil, oqsil-uglevod tipida qo‗shilishlarni hosil qiladi. Bunda ushbu bog‗lani-
shlarni hosil qiluvchi molekulalar bir-birini tanib olishi natijasida hujayralar-
ning o‗zaro birikishlarida effektor yoki aporepressor ko‗rinishidagi ta‘sirga 


15 
ega. Retsipent hujayrada maxsus retseptorlarga yuqoridagi kabi moddalar 
maxsus tanlash asosida birikishi natijasida esa hujayra epigenezida genetik 
axborot o‗zgarishi amalga oshishi mumkin. Shunday qilib, hujayralar differen-
siatsiya asosida reprogrammirovaniya, repressiya, genetik axborotning derep-
ressiyasi kabi jarayonlar yotadi. Bu jarayonlar o‗z navbatida hujayralarning 
maxsus tarzda ixtisoslashishi natijasida o‗zaro bog‗lanishlar hosil qilishi, 
birikishi, geometrik jihatdan shakli o‗zgarishi, organogenez, morfogenez kabi 
jarayonlarga olib keladi.
Morfogenez jarayonida muhim ahamiyatga ega holatlardan biri adge-ziya 
hisoblanib, uning natijasida to‗qima va organlar vujudga keladi. Hujayra 
yuzasida joylashgan retseptorlar, shuningdek mikroquvurchalar tipidagi tuzi-
lmalar hujayralarning o‗zaro birikishi, differensiatsiyasi, to‗qimalar shakllani-
shi kabi jarayonlarning amalga oshishida o‗ziga xos o‗ringa ega deb qaraladi. 
Hujayrada tuzilishi va shakl hosil bo‗lish jarayoni bevosita yadro orqali idora 
qilinadi va endogen, ekzogen effektorlar, turli qo‗zg‗atuvchilar ta‘sirida tartib-
ga tushiriladi. Bunda tashqi effektorlar ta‘sirini qabul qilish va bu ta‘sirlarning 
genetik axborotda namoyon bo‗lishini ta‘minlashda oraliq holatdagi allosterik 
oqsil molekulalari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda tashqi ta‘sirlarni 
qabul qilgan bu ko‗rinishdagi molekulalar konformatsion o‗zgaradi va uning 
ta‘sir genetik tizimdagi operonga uzatiladi. 
Hujayrada morfogenez jarayonining kechishi i-RNK sintezi, faol ferment-
lar, turli xil oqsil molekulalari sintezi kabi jarayonlarning vaqt va fazoda 
ma‘lum bir tartibda amalga oshishi bilan izohlanadi. Bir qator oqsil molekula-
larining hujayrada morfogenez jarayonida muhim reaksiyalarda ishtirok etishi 
qayd etilgan. Ya‘ni hujayra morfogenezida peptid tabiatiga ega maxsus omil 
mavjud. Kallus to‗qimasining yuzaga kelishi va organogenez jarayoni geneti-
kasini o‗rganish asosida olimlar bu jarayonlarning genetik tizim nazorati ostida 
amalga oshishini qayd qilishgan.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish