1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


O„simlik hujayralarini suspenziyada o„stirish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

O„simlik hujayralarini suspenziyada o„stirish.
Hujayralar suspen-
ziyasini vujudga keltirish uchun kallus to‗qimasi kolbada suyuq ozuqa muhiti-
ga joylashtiriladi. Hujayra suspenziyasi solingan kolbacha minutiga 100-120 
aylanish tezlikda aralashtiriladi. Hujayralarni yangi ozuqa muhitiga ekishda 
maxsus shprits yordamida olinib, kallus to‗qimasi qismlari va hujayralarning 


17 
yirik parchalarini ushlab qoluvchi, 1-2 qavatli dokadan tayyorlangan filtr orqali 
o‗tkaziladi. Normal suspenzion o‗stirish muhitini yaratish uchun 2-3 g miqdor-
dagi hujayralar suspenziyasi 60-100 ml suyuq ozuqa muhitiga kiritiladi. Biroq 
har bir hujayra tiplari uchun inokulyat miqdori minimal hajmda qo‗llaniladi.
Suspenziyada hujayra yoki hujayralar guruhini o‗stirishda ozuqa muhiti 
suyuq bo‗lishi kerak. Nisbatan bir jinsli tarkibga ega hujayralar populyatsiyasi 
kimyoviy ta‘sirlarga juda sezgir bo‗ladi.
Suspenziya sharoitida hujayralarni o‗stirishda hujayradagi ikkilamchi 
metabolitlar sintezi, fermentlar induksiyasi, genlar ekspressiyasi, begonayot 
zarrachalarning zararsizlantirilishi kabi jarayonlarni sitologik darajada o‗rgani-
shda keng qo‗llaniladi. "Yaxshi" belgilarga ega bo‗lgan hujayralar liniyasida 
moddalar almashinuvi jarayoni faol bo‗ladi shu bilan birga ularda o‗sish va 
rivojlanish jadal amalga oshadi. Bu ko‗rinishdagi hujayra liniyalari morfologik 
jihatdan quyidagi belgilarga ega bo‗ladi:
- guruhda taxminan 5 tadan 10 tagacha hujayralar koloniyasi hosil 
bo‗ladi;
-hujayralar morfologik (hujayralarning sitoplazmatik zichligi, o‗lchamlari 
va shakliga ko‗ra) jihatdan bir xil bo‗ladi;
- traxeidlarga o‗xshash tomirlar tizimi uchramaydi.
Suspenzion o‗stirishda hujayralarning rivojlanish jarayonini bir qator 
parametrlarga ko‗ra aniqlash mumkin:
1. Cho‗kmaga tushuvchi hujayralar miqdori bilan. Bunda o‗stirilayotgan 
hujayralar uncha ko‗p bo‗lmagan miqdorda olinib, 15 ml o‗lchamli kolbaga 
joylashtiriladi. Bunda konus holidagi uchli kolbalardan foydalanish yaxshi 
natija beradi. Kolbachalar sentrifugada 200 g tezlikda, 5 minut davomida 
aylantiriladi va cho‗kmadagi hujayralar miqdori suspenziya umumiy miqdoriga 
nisbatan % hisobida o‗lchanadi.
2. Hujayralar soni. Fuks-Rozental maxsus kamerasidan yoki qon eritrot-
sidlarini hisoblaydigan Goryayev kamerasidan foydalanib hujayralar sanab 
chiqiladi.
3. Quruq va ho‗l massani o‗lchash. Byuxner voronkasiga kuchsiz vakuum 
asosida o‗rnatilgan, biroz namlangan holatdagi filtr qog‗oz orqali hujayralar 
suspenziyasi o‗tkaziladi. Filtrda ushlab qolingan hujayralar distillangan suv bi-
lan yuviladi va massasi filtr bilan birgalikda o‗lchanadi. Quruq massani o‗lch-
ash ham shu tartibda amalga oshiriladi, biroq bunda quruq filtrdan foydalani-
ladi va hujayralar filtr bilan birgalikda 60oS haroratda termostatda quritiladi.
4. Oqsil miqdorini aniqlash. Oqsil miqdorini aniqlash uchun shisha tolali 
filtrdan o‗tkazilgan hujayralar 70 % li etanol eritmasi bilan ikki marotaba 
yuviladi. So‗ngra esa atseton yordamida quritiladi, 1 M (Molyar) NaOH erit-


18 
masida, 85 
0
С haroratda bir yarim soat mobaynida gidrolizlanadi. Keyin 
filtrlanib, oqsil miqdori Louri usuli yordamida aniqlanadi.
5. Muhitning o‗tkazuvchanligi. Bu xususiyat konduktometr yordamida 
aniqlanadi. Muhitning o‗tkazuvchanligi odatda yangi hujayralar massasiga 
teskari proporsional holatda bo‗ladi.
6. Hujayralarning hayotchanligi. Sitoplazma harakatchanligini mikros-
kop ostida kuzatiladi va turli xil bo‗yoqlardan (jumladan flyuoresseindiatsetat, 
tetrazoliy tuzi, Evans ko‗ki kabilardan) foydalanib uning hayotchanligi 
aniqlanadi. Bunda aniqlash oldidan muhitning ma‘lum bir rN ko‗rsatkichi, 
inkubatsiya davri, bufer tarkibi, bo‗yoq moddalarning konsentratsiyasi kabi 
parametrlari tanlanadi. Keyin olingan natijalar asosida tirik va nobud bo‗lgan 
hujayralar egri chizig‗i chiziladi.
Olingan natijalar asosida vujudga keltirilgan o‗sish egri chizig‗i S - 
shakliga ega bo‗lib u latent yoki yashirin faza (o‗sish kuzatilmaydi); ekspo-
nensial faza (o‗sish kuchayadi); chiziqli o‗sish faza (o‗sish bir maromda davom 
etadi); o‗sishning susayish fazasi; barqaror o‗sish fazasi; va hujayralarning 
degradatsiyasi fazalarini o‗z ichiga oladi.
Aniq o‗sish egri chizig‗ini model sifatida olingan holatdagidan biroz 
farqlanishi mumkin. O‗sish egri chizig‗i shakliga hujayralar populyatsiyasi-
ning genetik xarakteristikasi, o‗simlik turi, inokulyat miqdori, o‗stirish muhiti 
xususiyatlari, ya‘ni muhit tarkibi, рН qiymati, gaz tarkibi, aralashtirish tezligi 
kabilar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Shuni aytib o‗tish kerakki, o‗sish egri chizig‗i bilan ba‘zi ko‗rsatkichlar 
o‗rtasida bevosita bog‗liqlik mavjud emas. Yuksak o‗simliklar hujayralarida 
o‗sish darajasi, hujayralarning miqdoriy ortishi, struktura elementlarining 
sintezlanishi, quruq massaning va vakuolalar hajmining o‗zgarishi kabi jara-
yonlar o‗rtasidagi muvozanat nisbati ontogenez jarayonining xarakterini 
belgilaydi. Hujayralarni chuqur qatlam bo‗yicha ekib o‗stirishda mikrobiolo-
giya sohasida ishlatiladigan uslublardan keng foydalaniladi. Hujayralarni 
o‗stirishda asosan ochiq va yopiq tizimlar qo‗llaniladi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish