Ko„paytirilgan o„simlik hujayralaridan foydalanish.
Ko‗paytirilgan
hujayralardan foydalanib genetika, fiziologiya, molekulyar biologiya va o‗sim-
liklar sitologiyasi sohalarida hujayrani organizmdan tashqarida o‗rganish ustida
fundamental tadqiqotlar olib borilmoqdi. O‗simlik hujayralari populyatsiyasi
ko‗zra o‗ziga xos bir qator genetik, epigenetik (genlar faolliginning taqsimoti-
ga) va fiziologik xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda
uzoq vaqt davomida o‗stirib ko‗paytirilgan hujayralar populyatsiyasi genotipi
va fenotipi o‗stirilayotgan muhit sharoitiga mos holatda o‗zgaradi, ya‘ni hujay-
ra populyatsiyasida bosqichli ravishda rivojlanish jarayoni amalga oshadi.
Hujayralarni sun‘iy sharoitda o‗stirib ko‗paytirish yangi biologik tizimni
vujudga kelishiga sabab bo‗ladi, biroq bu ko‗rinishdagi tizimlarning xususiyat-
lari kam o‗rganilgan.
O‗simlik hujayralarini sun‘iy sharoitda o‗stirishda ularga tipik mikro-
obyektlar sifatida qaraladi. Shuning uchun ularni ko‗paytirish jarayoni da nafa-
qat maxsus qurilmalardan foydalanishni balki tajriba samaradorlikni oshirish
maqsadida mikrobiologik uslublar asosida mantiqiy yondashuvni ham talab
etadi. Shu bilan birgalikda alohida o‗stirilayotgan hujayralar genotipida so‗zsiz
ravishda organizm rivojlanishi haqidagi irsiy axborot mujassamlashgan bo‗ladi.
Shunga asoslangan holatda ko‗paytirilgan somatik hujayralardan ko‗payish va
rivojlanish xususiyatiga ega bir butun o‗simlikni vujudga keltirish imkoniyati
bor. Hozirgi vaqtda sun‘iy o‗stirilgan o‗simlik hujayralaridan foydalanib yara-
tilgan bir qator yangi texnologik yo‗nalishlar ishlab chiqilgan bo‗lib ulardan
birinchisi o‗simliklar hujayralari asosida biologik faol moddalar ajratib olish
bo‗lib ularga quyidagilar kiradi.
-
moddalar almashinuvining ikkilamchi mahsuloti hisoblangan an‘anaviy
ko‗rinishdagi zahar moddalar;
-
o‗simliklarni kasallik va turli zararkunundalardan himoya qilish
maqsadida ishlatiladigan moddalar,
-
o‗sish jarayonini tartibga soluvchi moddalar;
-
turli xil alkaloidlar;
-
tibbiyot maqsadlarida keng foydalaniladigan, kimyoviy strukturasiga
ko‗ra steroidlar, terpenoidlar qatoriga mansub moddalar;
-
shu odatdagilardan keskin farqlanuvchi, yangi strukturaga ega bo‗lgan
foydali birikmalarni ajratib olish; bunda ko‗paytirilgan hujayralar populyat-
siyasining sifat jihatdan bir jinsli bo‗lmaslik xususiyatiga asoslanada. Sun‘iy
o‗stirilgan hujayralar populyatsiyasining genetik o‗zgaruvchanligidan foyda-
lanib, vujudga kelgan yangi, barqaror genetik modifikatsiyalarga ega hujay-
28
ralarni seleksion tanlab borish, yoki lozim bo‗lgan holatda yo‗naltirilgan muta-
genez uslublaridan foydalanib genetik xususiyatlari bilan asosiy populyatsiya
hujayralaridan farqlanuvchi liniyalari yaratiladi;
- ko‗paytirilgan hujayralar suspenziyasidan keng miqyosda kimyoviy
moddalar biotransformatsiyasini ta‘minlovchi multiferment tizimlar sifatida
foydalaniladi. Bunda multiferment tizimdan oksidlanish-qaytarilish, gidrok-
sidlanish, metil, dimetil guruhlarini vujudga keltirish, glikoliz, izomerlanish
kabi reaksiyalar amalga oshiriladi. Bu jarayon natijasida esa sun‘iy sintez
qilingan birikmalar yoki boshqa turdagi o‗simliklarda amalga oshuvchi modda-
lar almashinuvi jarayonining oraliq mahsuloti asosida o‗ziga xos strukturaga
ega bo‗lgan, foydali biologik faol moddalar yaratiladi.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, o‗simliklarning mikroklonal
ko‗paytirshdan maqsad, bunda yiliga bitta eksplant asosida barchasi genetik
jihatdan bir xil bo‗lgan 10000 dan 1000000 donagacha o‗simlikni yaratish
imkoniyati vujudga keladi;
- viruslarga chidamli o‗simlik turlari yaratiladi;
- o‗simliklarda in vitro sharoitida turlararo gibridlash jarayonida murtak
rivojlanish bosqichida postgam nomuvofiqlik vujudga keladi.
Bu holatda o‗simlikdan urug‗langan tuxum hujayra perikarp to‗qimasi-
ning bir qismi bilan ajratib olinadi va ozuqa muhitiga o‗rnatiladi.
Bu ko‗rinishdagi o‗stirish muhitida murtakning rivojlanish bosqichlarini
kuzatish imkoniyati ham tug‗iladi:
- hujayralarni anter tipida o‗stirish, ya‘ni bunda o‗simlik changchi va
changdonlaridan genetik jihatdan gaploid va digaploid hujayralarni yaratish
maqsadida foydalaniladi;
- hujayra mutagenezi va seleksiya. O‗stirilayotgan to‗qimada ba‘zan rege-
nerant hujayralar vujudga keladi va natijada fenotip va genotipiga ko‗ra bosh-
lang‗ich materialdan keskin farqlanuvchi, klon tarzida variatsion ko‗payuvchi
hujayralar populyatsiyasi vujudga keladi.
Bunday hollarda hujayra populyatsiyasi mutatsiya chaqiruvchi moddalar
bilan ishlov berilishiga hojat qolmaydi:
- organizm genofondini saqlash maqsadida kriokonservatsiya va boshqa
uslublardan foydalanish;
- o‗simlik hujayrasini immobillash;
- o‗simlik protoplastlarini ajratish asosida somatik gibridlash;
- xromosoma va gen darajasidagi genetik transformatsiya;
- virus, bakteriya, zamburug‗ va hasharotlardan foydalanib, ―ho‗jayin-
parazit‖ tizimini o‗rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |