1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


  2-BOB .O„SIMLIK TO„QIMASINI O„STIRISHDA



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

29 
2-BOB .O„SIMLIK TO„QIMASINI O„STIRISHDA
IKKILAMCHI METABOLITLAR HOSIL BO„LISHI JARAYONI 
 
O„simlik hujayralarini immobillash. 
O‗simlik hujayra va to‗qimalarini 
ko‗paytirish jarayoni moddalar almashinuvining ikkilamchi mahsulotlari hisob-
langan alkaloidlar, steroidlar, yog‗lar va pigmentlar kabi bir qator foydali birik-
malarni olishda muhim manba sifatida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu 
birikmalarning ko‗pchiligi haligacha o‗simlik moddalarini ekstraksiyalash 
asosida olinadi. Bir qator o‗simlik turlaridan mikrobiologiya sanoatida foyda-
lanish usullari ishlab chiqilgan. Tabiiy sharoitidagiga nisbatan hujayra faoli-
yatida moddalar almashinuvining ikkilamchi mahsulotlari kam ishlab chiqari-
ladi. Shu sababli fermentyorda hosil qilinadigan biomassa ma‘lum bir miqdor-
dagina bo‗ladi. 
Hujayrada moddalar almashinuvi jarayonida ikkilamchi mahsulotlar miq-
dorini ko‗paytirishning samarali usullaridan biri – bu o‗simlik hujayralarini 
immobillash hisoblanadi. Bu yo‗nalishdagi dastlabki muvoffaqiyatli urinish 
1966 yilda Mosbax tomonidan amalga oshirilgan. U 
Umbilicaria pustulata 
lishaynik turi hujayrasini poliakrilamid gelga immobillashni amalga oshirgan. 
1967 yilda esa Van Vetsel tomonidan hayvon embrioni hujayrasini DEAE 
(dekstrana asosidagi dietilaminoetil sefadeks) dan tuzilgan mikropufakchalar 
asosida immobillashni amalga oshirdi. Keyin hujayralarni immobillashda turli 
xil substratlarga immobillash usullari sinab ko‗rildi. Bunda asosan mikroor-
ganizm hujayralaridan foydalanildi. Hujayralarni immobillash usullarining 
asosan 4 ta usuli mavjud:
1. Hujayra yoki uning organellalarini inert substrat asosida immobillash. 
Masalan, 
Catharanthus roseus, Digitalis lanata
hujayralari alginat, agarli pufak-
chalar asosida, jelatin va boshqa shu kabi moddalardan foydalanib immobillanadi. 
Bu usul hujayrani qattiq holatga o‗tuvchi – alginat, agar, kollagen, poliakrilamid 
kabi substratlar asosida immobillashga asoslanadi.
2. Hujayralarning inert substratga adsorbsiyasi. Bunda hujayralar alginat, 
polistirol, poliakrialmid kabi materiallardan tayyorlangan zaryadli sharchalarga 
biriktiriladi. Bu usul yordamida 
Saccharomyces uvarum, S. cerevisiae, Candida 
tropicalis, E. coli.
kabilarning hujayralari immobillanadi.
3. Hujayrani lektin kabi biologik makromolekulalar yordamida inert 
substratga adsorbsiyalash. Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, 
ba‘zida odam hujayralarining turli liniyalari, qo‗y eritrotsitlari agaroza bilan 
qoplangan oqsil qatlamida immobillanadi.
4. Boshqa turdagi inert manbalar bilan kovalent bog‗lanish hosil qilinishi. 
Bu usul bilan juda kam hollarda 
Micrococcus luteus 
hujayralarini immobil-


30 
lashga muvaffaq bo‗lindi. Hujayralarni immobillashda asosan hayvon va 
mikroorganizm hujayralari ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda o‗simlik hujayralarini 
immobillash ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Chunki bunga ehtiyoj 
mavjud, ya‘ni yuqorida keltirilganidek kallus to‗qima va ko‗paytirilgan hujay-
ralar suspenziyasi asosida ikkilamchi mahsulotlar hosil qilishda, immobillan-
gan hujayralardan foydalanilsa uning samaradorligi yuqori bo‗ladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish