1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Kallus to„qimasi 
– o‗simlik organlari differensiallangan hujayralari-
ning tartibsiz ravishdagi proliferatsiyasi natijasida yuzaga keladi. Tabiatda 
o‗simlik organizmida kallus to‗qimasi o‗simlik to‗qimalarining jarohatlanishi 
natijasida vujudga kelishi mumkin va uning o‗sishi uncha uzoq vaqt davom 
etmaydi. Bunda kallus to‗qimasi jarohatlangan to‗qimani himoyalash vazifasini 
bajarib, organlarning anatomik regeneratsiyasida ozuqa moddalarning so‗rili-
shiga yordam berishi mumkin.
Shuningdek tabiatda (o‗simliklarda) kallus to‗qimasi faqat jarohatlangan 
holatlarda emas, ba‘zan eksplanta tarkibida garmonal o‗zgarishlar natijasida 
ichki to‗qimalarning proliferatsiyasida (hujayralarning bo‗linib) ko‗payishi 
ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda kallus to‗qimasi eksplanta ichki qismida 
o‗sib, uning tashqi qavatiga ham chiqishi mumkin.
In vitro sharoitidagi tajribalarda kolbachalar, probirkalar va Petri 
kosachasidan foydalanib, o‘simlik ildizi, bargi, poya qismlari, changchilari, 
murtak hujayralari kabilardan iborat eksplanta auksin qo‘shilgan ozuqa 
muhitida (kallus to‘qima sifatida) o‘stiriladi. 
Ozuqa muhitida o‗sayotgan eksplantaning xususiyatlariga qarab auksin 
o‗rnida 2,4-dixlorfenoksiuksus kislotasi (2,4-D), b-naftiluksus kislata (NUK) 
indolil-moy kislota (IMK), indoliluksus kislotalarining (IUK) 0,5-10 mg/l, 
konsentratsiyada foydalaniladi.
Kallus to‗qimasi hosil bo‗lishida eksplanta hujayralarining dedifferen-
siatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Bunda hujayra dedifferensiatsiyasi natijasida 
o‗simlik organizmida mavjud bo‗lgan hujayralarning o‗ziga xos xususiyatlari 
yo‗qolib, faqat bo‗linish xossasi saqlanib qoladi. Agar kallus to‗qimasini 
vujudga keltirishda asos sifatida olinayotgan eksplanta to‗qimasi o‗simlikning 



birorta organidan olinsa, albatta epiderma, kambiy va parenxima hujayralari 
mavjud bo‗ladi. Bunda jarayon davomida kambiy va parenxima hujayralari 
proliferatsiyalanadi. 
Kallus to‗qimasi o‗stirilishida vujudga keluvchi turli xil geterogenlik 
xususiyati asos sifatida olinayotgan boshlang‗ich to‗qimaning funksional 
xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi. Chunki bunda ko‗pchilik xususiyatlar bosh-
lang‗ich materialdan genlar asosida kallus to‗qimasi hujayralariga uzatiladi. 
Bunga misol qilib, poyada apikal meristema dedifferensiallanishi jarayonini 
ko‗rsatish mumkin. Sun‘iy ozuqa muhitida pomidor o‗simligi poya meristema 
to‗qimasining o‗stirilishida hujayralarning mitoz bosqichi to‗xtaydi va hujayra-
lar hajmi kattalashadi. Shuningdek, bunda hujayralarda yadro va sitoplazma-
ning strukturasi o‗zgaradi. Ozuqa muhitida o‗sayotgan hujayralarda RNK 
molekulasining barcha shakllarining sintezlanishi tezlashadi, to‗qimaga xos 
maxsus oqsilantigen molekulalar yo‗qoladi, kallus to‗qimasining o‗sishi va 
hujayralar bo‗linishi uchun kerakli molekulalar miqdori ko‗payadi. Bu ko‗ri-
nishdagi holat bevosita dedifferensiallanish jarayonida hujayrada genlar va 
oqsil tizimlarining faolligi o‗zgarishini ko‗rsatadi.
Xromatin iplari tarkibida matritsa DNK yoki RNK – polimerazalarning 
faollashishiga fitogormonlar sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Membranada maxsus 
tuzilishga ega bo‗lgan retseptorlar va fitogormonlar mavjud bo‗lganda memb-
rana funksiyasining o‗zgarishlariga sabab bo‗ladi. Shuningdek bunda fitogor-
monlar hujayrada gen faolligiga ham ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
In vitro sharoitida hujayralarni o‗stirishda bo‗linish va o‗sish jarayonini 
faollashtirish maqsadida fitogormon sifatida auksinlardan keng foydalaniladi. 
Hujayralar o‗stirilayotgan ozuqa muhitiga IUK qo‗shilganda membranada joy-
lashgan retseptorlar qo‗zg‗algan holatga o‗tadi, shuningdek bu modda hujayra 
yadro apparati va poliribosomalar funksiyasiga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Qayd etilishicha, auksin hujayra plazmalemmasida joylashgan N+nasosni 
faollashtiradi. Natijada esa hujayra qobig‗i matriksi xususiyatlari yumshaydi va 
hujayraning o‗sishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Membranada N+nasos 
faollashtirilishi bevosita membrana o‗tkazuvchanligini oshiradi. Shuningdek, 
auksin ta‘sirida hujayrada nordon gidrolaza va polisaxaridlar hosil bo‗lishini 
kuchaytiradi. Bu esa hujayra qobig‗ining keyingi o‗sish jarayoniga zamin 
hozirlaydi. Auksin ta‘sirida hujayrada mitoz jarayoni davomiyligi susayadi. 
Bunda mitoz bosqichini S– va G1 – davrlarining davomiyligi sezilarli susayadi. 
Bularning barchasi hujayra bo‗linishini kuchaytiradi. Auksinlarning hujayra-
larning bo‗linishiga ijobiy ta‘siri RNK sintezi va o‗zlashtirilishining ortishiga 
sabab bo‗lishi bilan ham izohlanadi. Bunda RNK sinteziga talab ayniqsa 
hujayra mitoz jarayonining G1 – davrida kuchayadi. Auksin ta‘sirida r-RNK 


10 
miqdori ko‗payadi. Lekin bunda hosil bo‗lgan r-RNK molekulasidagi joy 
ta‘minlanishi uchun u hosil bo‗lishdan ancha oldin i-RNK molekulasi vujudga 
kelishi kerak bo‗ladi.
Hujayraning mitoz usulida bo‗linishga tayyorgarlik davrining barcha 
bosqichlarida oqsillarga bo‗lgan talab ortadi. Auksin bu holatda yangi oqsil 
molekulalari sintezini tezlashtiradi. Bu genotip tarkibida transkripsiya jarayo-
nini ta‘minlovchi strukturalarning auksin ta‘sirida faollashishi bilan bog‗liq 
bo‗lishi mumkin. Auksin maxsus retseptorning qo‗zg‗alishiga sabab bo‗lib, 
natijada xromatin tarkibidagi transkripsion soha faollashishi kuzatilishi mum-
kin. Auksin moddasi o‗simlik hujayrasida mitoxondriya oksidlanish-qaytarilish 
va fosforlanish jarayonlariga ham sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi qayd etilgan. 
Buning natijasida mitoz jarayonida RNK, oqsil molekulalari sintezi, DNK 
replikatsiyasi uchun talab etiladigan energiya miqdori ortadi.
Hujayralar bo‗linishini tezlashtirish uchun auksinning qisqa vaqt davomi-
dagi ta‘siri yetarli hisoblanadi. Shu sababli auksinnig hujayraga ta‘sirini bosh-
lang‗ich ta‘sir va boshlang‗ich ta‘sir asosida amalga oshuvchi keyingi ta‘sir-
larga bo‗lish mumkin. Shu sababli o‗simlik hujayralarini o‗stirishda bo‗linish 
jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatish uchun auksin mitoz bo‗linish davrida qisqa 
vaqt davomida ta‘sir ettirilganda yaxshi natija beradi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish