1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


  I-BOB. O„SIMLIKLAR HUJAYRASINI O„STIRISH



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi


I-BOB. O„SIMLIKLAR HUJAYRASINI O„STIRISH 
BIOTEXNOLOGIYASI 
 
Uslubning yaratilish tarixi. 
Alohida ajratib olingan hujayralarni ko‗pay-
tirish ustida dastlabki ilmiy izlanishlar Blotsishevskiy (1876 yil), Braun va 
Morris (1892 yil), Bonne va Saks (1893 yil) tomonidan olib borilgan. Bu tadqi-
qotlarda o‗simlik urug‗idan ajratib olingan murtak to‗qimalari sun‘iy sharoitda 
o‗stirilgan. Karl Rixter 1893 yildagi o‗z tajribalarida dastlabki minimal 
o‗lchamdagi eksplantani olishga muvaffaq bo‗ldi. U lavlagi va qoqio‗t ildizi 
hamda terak poyasi qismlarini yupqa shaklda qirqib olib, steril bo‗lmagan 
sharoitda vodoprovod suvidan foydalanib o‗stirgan. Bu tajribalar kallus to‗qi-
masi 1,5 mm dan kichik o‗lchamli kesmalarda hosil bo‗lishini ko‗rsatdi. 
X.Fyoxting tomonidan XIX asrda hujayralarning totipotent xususiyatini isbot-
lovchi tajribalar o‗tkazilgan. Bunda to‗qimalar kabi hujayralarda ham qutblilik 
mavjudligi aniqlangan. 
O‗simliklar embriologiyasi bo‗yicha asosiy tadqiqotlar 1902 yilda Mos-
sart tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan boshlandi. U Licopodium spora-
lari bilan changchilar suvli ekstraktiga ishlov berilgandan so‗ng bir qator 
o‗simlik turlari bo‗g‗imlarida shish yuzaga kelishini aniqladi. Shu bilan bog‗liq 
holatda changdonda chang trubkasi urug‗ hujayrani tuxum hujayraga yetkazish 
rolini bajarishi bilan birgalikda o‗sishni ta‘minlovchi auksinlarni ham tashish 
vazifasini bajarishi aniqlandi. 
G.Gaberland tomonidan 1902-yilda alohida ajratilgan hujayralarni bir 
qancha vaqt davomida o‗stirish usuli ishlab chiqildi. U maqsadni amalga oshi-
rishda Lamium purpureum o‗simligining yashil parenxima hujayralari, virjini-
ya tradeskansiyasining tola hujayralarini o‗stirishga harakat qilib ko‗rdi. Bunda 
u ozuqa muhitida uglevod manbaining yetishmovchiligini qayd qilgan. Natija-
da yetilgan yuqori darajali differensiallangan yashil hujayralarda meristema 
faoliyatining susayishi kuzatiladi. Bu holatni tajriba muallifi o‗simlik hujayrasi 
faoliyatida oziq moddalar bilan ta‘minlanish jarayonida bevosita xlorofillning 
ahamiyati katta ekanligi bilan izohlashga harakat qiladi. Gaberland, shuningdek 
tajribaga asoslanib o‗simlik hujayrasining totipotentlik xususiyati mavjudligi 
to‗g‗risida taxminlarni ilgari surgan. Bir qator izdoshlari uning bu taxminni 
tajribalarda tekshirib ko‗rishgan va bu fikrga shubha bilan qarashadi. Gaber-
land tomonidan o‗simlikning yashil hujayralarida olib borgan tajribalari nisba-
tan muvaffaqiyatsiz yakunlanganligi sababli o‗simlik hujayralari va to‗qima-
larini sun‘iy sharoitda o‗stirishga nisbatan qiziqish biroz susaygandek ko‗rina-
di. Biroq bu izlanishlar bevosita hujayrani o‗stirish uchun optimal ozuqa 
muhitini va qulay sharoitni yaratish kerakligi to‗g‗risidagi dastlabki ilmiy 



qadam bo‗ldi. Garrison tomonidan 1904-1907 yillarda in vitro sharoitida baqa 
neyroblastlarini limfa suyuqligida o‗stirish ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. 
Keyingi olib borilgan ko‗plab ilmiy izlanishlar orasida zoologlar Karel va 
Barrouzlar tomonidan 1911 yilda olib borilgan tajribalarni alohida ko‗rsatib 
o‗tish mumkin. Ular qon plazmasi va embrion to‗qimasi ekstraktidan iborat 
murakkab ozuqa muhitida sut emizuvchilar hujayralarini o‗stirishga harakat 
qilishgan. Fransuz olimi Molyar 1921 yilda sholg‗om o‗simligining ildiz 
qismlari va yangi o‗simtalari gipokotil hujayralarini o‗stirishga urinib ko‗rdi. 
Bunda hujayralar sun‘iy ozuqa muhitida o‗sish xususiyatini namoyon qiladi 
ammo tajribalarda yangi to‗qimalarni vujudga keltira olmaydi.
Rexinger shogirdlaridan biri Kotte 1922 yilda o‗simlik ildizining uchki 
meristema to‗qimalaridagi pigmentlarni olib tashlab, bu hujayralarni o‗stirib 
ko‗rdi va bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Bir vaqtning o‗zida, Kotte va 
Robbins bir-birlaridan bexabar holda, pomidor va makkajo‗xori o‗simligi 
apikal (uchki) meristemasi hujayralarini qulay ozuqa muhitida o‗stirib ko‗rish 
ustida tajribalar olib bordilar. Bu tajribalar o‗simlik hujayralarini sun‘iy ozuqa 
muhitida o‗stirish yo‗nalishidagi izlanishlarga turtki berdi. Ammo bu yo‗na-
lishdagi barcha izlanishlar hamma vaqt ham ijobiy natija beravermadi. Karel va 
Barrouz ishlari asosida 1927 yilda Prat o‗simlik hujayralari o‗sayotgan ozuqa 
muhitiga o‗simlik ekstraktini qo‗shish yordamida o‗stirish usulini sinab 
ko‗radi. Bu tajribalarning natijalari muvaffaqiyatsiz yakunlandi, chunki Prat 
tomonidan material noto‗g‗ri tanlangan edi.
Muvaffaqiyat bilan yakunlangan ushbu yo‗nalishdagi uzoq vaqt davom 
etgan ilmiy izlanishlar amerikalik olim F. Uayt va fransuz olimi R. Gotre 
tomonidan olib borilgan. Ular o‗simlik hujayralarini o‗stirish jarayonida agarli 
ozuqa muhiti har doim yangilanib turilganda, hujayralarning yetarlicha davo-
miy bo‗linishini isbotlab berishdi. Bu kabi ishlarni F. Uayt o‗sma hujayralari 
ustida olib borilgan tajribalari bilan yana bir bor isbotladi. Uayt ushbu yo‗na-
lishdagi tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda, ―O‗simlik to‗qimalarini 
o‗stirish‖ deb nomlangan monografiyasini nashrdan chiqaradi. Bu kitob 1949 
yilda rus tiliga tarjima qilindi. Uayt, o‗simlik hujayra va to‗qimalarini o‗stirish 
ustida olib borilgan izlanishlarni quyidagi davrlarga bo‗ladi: 
1. 1834-1900 yillar – hujayra nazariyasining yaratilishi; 
2. 1900-1922 yillar – to‗qimalarni o‗stirish g‗oyasining vujudga kelishi; 
3. 1922-1934 yillar – to‗qimalarni uzoq vaqt davomida o‗stirish usulini 
yaratish ustida olib borilgan muvaffaqiyatsiz izlanishlar; 
4. 1934-1939 yillar – o‗simlik hujayra va to‗qimalarini o‗stirish usulining 
ishlab chiqilishi. 



Shundan so‗ng, 1940-1960 yillar davomida in vitro sharoitida o‗simlik 
hujayrasini o‗stirish borasidagi olib borilgan izlanishlar soni sezilarli darajada 
ortdi. Gotre tomonidan 1959 yilda nashr etilgan monografiyada 142 turga 
kiruvchi o‗simlik hujayralari ustida izlanishlar olib borilganligi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar qayd etiladi. O‗simlik hujayralarini o‗stirishda ozuqa muhiti tarki-
bidagi hujayraning normal o‗sishi uchun mikro- va makroelementlar, vitamin-
lar, o‗stirish gormonlarining bo‗lishi aniqlandi. Shundan so‗ng hujayraning 
o‗sishi uchun optimal ozuqa muhiti tarkibi ishlab chiqish ustida izlanishlar olib 
borildi va kokos yong‗og‗i, kashtan, makkajo‗xori hamda boshqa bir qator 
o‗simliklar endospermidan ajratib olingan tabiiy ekstraktlarning o‗simlik 
hujayrasi o‗sishi va organogenez jarayoniga ta‘siri o‗rganildi. Bunda kinetin-
ning in vitro sharoitida o‗simlik hujayralari proliferatsiyasi va poya morfoge-
nezi induksiyasidagi ijobiy ta‘siri aniqlandi. Bu yo‗nalishning ko‗pgina 
masalalari ustida R.Xeller, I.Nich, F.Skug, F.Stevard, R.G.Butenko kabi yirik 
olimlar ishlashgan. Bu davrda hujayra suspenziyasini o‗stirish, shuningdek 
to‗qimaenaga yordamida alohida hujayrani o‗stirish usullari ishlab chiqilib 
takomillashtirildi.
1960-1975 yillar davomida esa pomidor o‗simligining ildizi va mevasi 
to‗qimalaridan pektolitik va sellyulolitik fermentlar ishtirokida protoplastlarni 
ajratib olish ustida ishlar olib borildi. Bu usulning asoschisi E.Kokking hisob-
lanadi. Takebe va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda alohi-
da ajratib o‗stirish jarayonida protoplastlar hujayra devorini hosil qilishi, bo‗linish 
xususiyatini namoyon qilishi va morfogenez xossasiga ega hujayra liniyalarini 
vujudga keltirishi aniqlandi. Shuningdek protoplastlarni qo‗shish usuli orqali 
somatik hujayralar ustida gibridlash va unga RNK molekulasi, hujayra organel-
lalari, bakteriya hujayralarini kiritish ustida ishlar olib borildi. R.G.Butenko va 
Y.Y.Gleb boshchiligida laboratoriya sharoitida gibrid hujayralarda va somatik 
gibridlash orqali yaratilgan o‗simlik – regenerantlarda yadro va sitoplazmatik 
genom xususiyati o‗rganildi. Bu davrda, meristema to‗qimasi asosida viruslardan 
holi bo‗lgan o‗simliklarni yaratish ustida muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirildi. 
Hujayralarni muhitda chuqur qatlamli holatda o‗stirish qurilmasini takomilla-
shtirish usuli ustida tajribalar jadallashdi.
1976 yildan boshlab protoplastlarni elektr quvvati yordamida qo‗shish va 
gibrid hujayralarni yaratish, gaploid hujayralarni o‗stirish hamda qishloq xo‗ja-
lik o‗simliklarining yangi navlarini yaratish ustida izlanishlar olib borildi. 
Hujayralarni immobillash orqali turli xil kimyoviy birikmalarni olish va biot-
ransformatsiyalash usullari ishlab chiqildi. Bugungi kunda o‗simliklarda gen-
larni ko‗chirib o‗tkazish va yangi transgen holatdagi o‗simlik navlarini yaratish 
ustida muvaffaqiyatli ishlar olib borilmoqda. 



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish