1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet35/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

Kartoshka nematodasi (Ditilenchus destructor) urg'ochisining uzunligi 1,4 mm, erkaginiki 1,3 mm atrofida bo'ladi. Ular kanoshka hosil berganga qadar tuproqdan kartoshka poyasiga o'tadi. Ichida nematodasi bo'lgan kartoshkaning poyasi sog'lariga nisbatan yo'g'on, barglari kichkina va och rangli bo'ladi. Sog' kartoshkaga qaraganda kasallanganming tuplari 1,5-2 marta kichik bo'ladi. Nematoda kartoshka hosil bo'la boshlashi oldidan poyadan kartoshka ichiga o'tadi. Poya va kartoshka ichida parazit juda tez ko'payadi va bir necha marta nasi beradi. So'ngra kar­toshka quriganga qadar tuproqqa chiqib ketadi. Bu nematoda bilan 40-60 % ga qadar kartoshka zararlanadi.
Bir yilda 1-2 marta nasi beradi. Har bir naslning rivojlanish davri 50 kun atrofida bo'ladi. Nematoda mingdan ortiq tuxum qo'yadi. Zararlangan o'simlik o'sishdan qoladi va nobud bo'ladi. Kartoshka nematoda bilan zararlanmasligi uchun faqat sog'lom kartoshka ekish, yuqori darajada agrotexnika chora-tadbirlarini ko'rish hamda ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish kerak.


TIKANBOSHLI CHUVALCHANGLAR (ACANTHOCEPHALA) TIPI.

Tikanboshlilar tipi vakillari ancha ixtisoslashgan chuvalchanglar bo’lib, hozirgi vaqtda 500 dan ortiq run fanga ma'lum. Ular baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Akantotsefalaiar haqidagi dastlabki ma'lumot Redi tomonidan 1684 yiida e'lon qilingan. Rudolfl XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o’rganib, ularni bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazltlarning biologiyasini o’rganib, ular oraliq xo’jayinlar orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. V.I. Petrochenko akantotsefa-lalaming MDH da uchraydigan turlari, ularning tarqalishi, rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o’rganib, "Uy va yovvoyi hayvonlar akantotsefalalari" nomli ikki jildlik monograflyasini yaratdi.


Bu tipga faqat bitta sinf, ya'ni Tikanboshlilar (Acanthocephala) sinfi kiradi.
Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon ko’rinishda bo’lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus hiru-dinaceus) boradi.
Gavdast xartum va haqiqiy tanaga bo’linadi. Tanasining oldingi qismida xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo’yindan iborat, haqiqiy tana bo’limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan, Skrebniylarda ovqat hazm qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko’ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali difftiziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo’jayini ichagi devoriga yopishish uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlarning shakli, katta-kichikligi, soni va joylashish tartibi har xil turlarda turlicha bo’lib, skrebniylarning sistematikasini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Xaitumi juda harakatchan bo’lib, tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi.
Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg’ochilari yirik, xartumlari yaxshi rivoj-langan. Akantotsefalalar biogelmintlar bo’lib, bunda umurtqali hayvonlar asosiy xo’jayin, umurtqasiz hayvonlar (mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) esa oraliq xo’jayinlar hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo’lib, bitta urg’ochi parazit bir sutkada 580 mingtagacha tuxum qo’yishi mumkin.
Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo’jayindan tashqi muhitga chiqqan tuxum-larda lichinkalar to’liq shakllangan bo’ladi. Oraliq xo’jayinlari shunday tuxumlarni yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. Akan-torlar ichak devori orqali tana bo’shlig’iga o’tib, rivojlanishni davom ettiradi va navbatdagl lichinkalik davriga, ya'ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib, keyingi yuqumli (invazion) lichinkalik davri, ya'ni akantellani hosil qiladi. Ana shunday zararlangan oraliq xo’jayinlarni har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq bilan yeb yuborsa, akantotsefalalarni o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayinlarda akantotsefalalar bir yildan ortiqroq yashaydi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho’chqada parazitlik qiladigan gigant tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo’lib, u uy va yovvoyi cho’chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik qiladi (72-rasm).
Makrakantorinxus asosan, G’arb mamlakatlarida, MDH ning Yevropa qismida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Ayrim xo’jaliklarda makrakantorinxoz qo’zg’atuvchisi bilan cho’chqalar 100 % gacha kasallanishi mumkin. Kasallangan cho’chqalarning taxminan uchdan bir qismi halok bo’ladi. Macracanthorhyuchus hirudinaceus ba’zan it va odamlarda ham parazitlik qilishligi aniqlangan.
Makrakantorinxusning tanasi uzunchoq, dumi birmuncha ingichka, bosh tomoni esa yo’g’onlashgan bo’ladi. Urg’ochilarining uzunligi 68 sm gacha boradi. Bosh tomonida xartumi bo’lib, 5 qator orqaga qayrilgan 36 ta ilmoqlari bor. Ilmoqlarining uzunligi 0,16 mm ga yetadi. Uzunligi 7-15 sm bo’lgan erkak makrakantorinxuslarning tanasi vergul shaklida.
Urg’ochilarining jinsiy apparatlari birmuncha murakkab tuzilgan. Faqatgina yosh makrakantorinxuslarning tuxumlari bor. Urg’ochi makrakantorinxuslar cho’chqaning ingichka ichagida akantorasi bor tuxumlarini qo’yadi. Yetilgan tuxumlar asta-sekin juda murakkab tuzilgan urug’don yo’llari orqali cho’chqaning ichagiga va tezagi bilan tashqi muhitga chiqariladi. Yetilgan tuxumlari oval shaklida uzunligi 0,08-0,101 mm atrofida bo’ladi. Tuxumning tashqi yupqa pardasi rangsiz, ikkinchi qavati qalin, to’q qo’ng’ir tusda, notekis chuqurchalari bo’lib, bodom danagining po’stini eslatadi.
Makrakantorinxnihg oraliq xo’jayinlari may qo’ng’izlaridan - Melolontha hippocastani turi, tilla qo’ng’izlardan - Ustonia anrota va Ziocola orvitarsis turlari hamda shoxli qo’ng’iz va go’ng qo’ng’izlarining lichinkalari, g’umbaklari va voyaga yetganlari hisoblanadi.






Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish