1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet38/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

Terini onxoserkozga tekshirish. Mikroonxoserkalar, odatda, terining nozik joylarida to`planadi. Bularni topish uchun teri biopsiya qilinadi: qorin devorlarining pastki qismida bir oz joyining juni qirqilib, dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan artiiadi, so`ngra teri pinset yordamida ushlanib, Kuper qaychisi bilan suli doni kattaligida qirqib olinadi va yod eritmasi suriladi. Teri parchasi esa probirkaga solinib, og`zi namlangan paxta bilan mahkam berkitiladi. Laboratoriyada bu teri parchasi soat oynasiga quyilgan fiziologik eritmaga joylashtiriladi. Qaychi va preparoval igna bilan mayda tolalarga ajratiladi, so`ngra namunaning hammasi sentrifuga probkkalariga solinib, bir necha soat 37-38° li termostatga qo`yiladi. Teridan chiqqan mikroonxotserkalarning harakatchanligini saqlab qolish uchun fiziologik eritma teng miqdorda qon zardobi bilan aralashtiriladi. Namuna termostatda turgandan keyin teri tolalari olib tashlanib, qolgan qismi suziladi yoki sentrifugada aylantirilib, cho`kma mikroskopda tekshiriladi. Mikroonxotserkalar juda harakatchan bo`lgani uchun osonlik bilan topiladi.
Gelmintozlarni immunologik usulda aniqlash. Xuddi yuqumli kasalliklar sin-gari, gelmintoz kasalligida ham turli darajada immunitet bo`ladi va antitela paydo bo`lishi kuzatiladi. Hozir ko`pgina gelmintoz kasalliklarda immunologik diagnostika metodi ishlab chiqilgan va ular tajribada tekshirilgan. Lekin bu usullarning ko`pchiligi hozircha veterinariya tajribasida qo`llanilmaydi, chunki bu biopreparat-lar sanoatda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotir.
Gelmintozlarni epizootik aniqlash. Ayrim vaqtlarda olingan epizootologik ma'lumotlarga asoslanib, ba'zi gelmintoz kasalliklariga taxminiy tashxis qo`yish ffiumkin. Bu tashxisni tirik yoki o`lgan hayvonlarda o`tkazilgan maxsus tekshirishlar bilan tasdiqlash kerak.
1. Mollari moniyezioz bilan zararlangan xo`jaliklarda may, iyun oylarida qo`zilar ko`plab o`ladi. Shularga ko`ra moniyeziozga taxminiy tashxis qo`yish mumkin.
2. Telyazioz avj oladigan iyun, avgust oylarida xo`jalikdagi juda ko`p qoramol-larda konyunktivit va keratit belgilari kuzatiladi. Shunga ko`ra telyaziozga taxminiy diagnoz qo`yish mumkin.
Ko`pgina gelmintoz kasalliklarning aniq klinik belgilari ma'lum vaqtda paydo bo`ladi. Kasallikning avj olishi mamlakatning turli mintaqalarida turli vaqtlarga to`g`ri keladi. Taxminiy tashxis qo`yishda yilning fasli hisobga olinib, ma'lum joy-lar uchun xos sharoitlarni hisobga olish kerak.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish