1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet34/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

Bug'doy nematodasi (Anguina tritici) o'simlik nematodalari ichida eng yirigi hisoblanadi (70-rasm).



70-rasm. Bug'doy nematodasi (Anguina tritici): I-urg'ochisi, I-bug'doy nematodasi
bilan zararlangan yosh bug'doy o'simligi, Sh-bug'doy boshog'idagi don o'rniga
jigarrang tu-gunakning hosil bo'lishi, IV-sog'lom bug'doy boshog'i; V-bug'doy
nematodasi bilan zararlangan boshoq.

Erkagining uzunligi 2,5 mm, urg'ochisiniki esa 5 mm atrofida bo'ladi. Bu nema-toda bug'doy va boshqa boshoqli ekinlarga zarar yetkazadi. Zararlangan bug'doy-ning boshog'ida don o'rnida qora yoki jigarrang bo'rtma (tugunak) hosil bo'ladi. Tugunak ichida 15-17 mingtagacha nematoda lichinkalari bo'lib, ular quruq holda oziqlanmay 20-28 yilgacha yashashi mumkin. Urug'lik bug'doylarga aralashgan tugunaklar ichida yotgan lichinkalari bilan birga yerga tushadi. Namlikda lichinkalar tugunakdan chiqib, yangi unayotgan bug'doy maysasining ildiziga kirib, tanasidan yuqoriga ko'tariladi va barg qo'ltig'iga keladi. Bug'doy gullay boshlaganda lichinkalar gul g'unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan oziqlanib, tugunak hosil qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Bitta tugunakda 40-50 tagacha nematoda bo'ladi. Bitta urg'ochi nematoda otalangandan so'ng 2500 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumdan birinchi yoshdagi lichinka chiqadi. U tullab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Har bir donda 6-8 ta urg'ochi nematodalarning nasli rivojlanadi. Bu nematodalarning zarari bilan ayrim respublikalarda har gektar yerdan 8-11 s g'alla kam olinadi. Oldini olish choralaridan biri g'allani tugunaklardan tozalashdan iborat.


Lavlagi nematodasi (Heterodera schaehtii) lavlagi ildizida parazitlik qilib, o'simlikni o'sishdan qoldiradi va so'ldiradi. Urg'ochisi 1 mm bo'lib, u 600 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxum tuproqda bir necha yilgacha saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar tuproq ichida ancha vaqtgacha yotishi mumkin, so'ngra ular lavlagi ildiziga kiradi. O'sishi 4-5 hafta davom etadi. U Ukraina sharoitida 5-6 niarta nasi beradi. Bu nematoda kartoshka va poliz ekinlariga ham zarar yetkazadi (71-rasm).

71-rasm. Lavlagi nematodasi: I-urg'o-chisi,


Il-lavlagi ildizidagi urg'ochi nema-todalar.



Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish