HAYVONLARNI AKADEMIK K. I. SKRYABIN USULIDA TO`LIQ GELMINTOLOGIK YORIB TEKSHIRISH. O`lgan umurtqali hayvonlarni K.I. Skryabin usulida to`liq gelrmntologik yor-ganda har qaysi turdagi hayvonning anatomik tuzilishi hisobga olinadi (kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oldingi qorinlar, parrandalarda fabritsiyeva sumka, havo xaltachalari).
O`lgan molni yorishdan oldin uning tanasi tekshiriladi, sababi mol tanasida yaralar, hasharot va kanalar bo`lishi mumkin; so`ngra teri shilinib teri osti to`qimalari ko`zdan kechiriladi, navbat bilan qorin bo`shlig`i, ko`krak qafasi yorilib, har bir organ alohida idishlarga (tog`ora, paqir, kyuveta) solinadi. Ichki organlar ajratib olinganda qorin va ko`krak bo`shliqlari ko`zdan kechiriladi, bosh va orqa miya, ko`z kosasi ajratib tekshiriladi. Burun hamda og`iz bo`shliqlari ko`riladi. Bo`g`in, ayrim guruh muskullari (trixinellaga) tekshirilgandan keyin organlar ajratib olinadi va alohida yorilib, takror yuviladi yoki kompression usulda tekshiriladi.
Har qaysi organni takror yuvib tekshirish juda qiyin, ko`p miqdorda suv, turli idishlar va vaqt talab qilinadi. Faqat oshqozon, ichaklar, jigar va o`pka yuviladi xolos, oxirida qolgan cho`kma oz-ozdan qora kyuvetaga olinib, lupa ostida tekshiriladi. Odatda organ va to`qimalar kompression usulida kam tekshiriladi. Olingan to`qima yoki organ (ichak devorlaridan olingan shilliq) ikkita kompression yoki boshqa predmet oynalari orasida rangsiz holatga kelguncha eziladida, so`ngra lupa yoki mikroskop ostida tekshiriladi.
Topilgan gelmintlar to`qimalar orasidan asta-sekin ajratib olinadi. Shuningdek, bu usulda ko`pincha gelmintlarning oraliq xo`jayinlari ham tekshiriladi.
Hazm organlar (qizilo`ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo`g`on ichak, ji-gar, oshqozon osti bezi) bir-birlaridan ajratilib, alohida idishlarga solinadi, so`ng ular yoriladi. Bunda qizilo`ngach qaychi bilan uzunasiga kesilib, uning devorida bo`lishimumkinbo`lgangelmint vao`simtalarniko`rishgaharakat qilinadi. So`ngra qizilo`ngach devorlaridan shilliq olib, predmet oynacha orasiga qo`yiladi va kompression usulda tekshiriladi.
Oshqozon pastki devori tomonidan yorilib, ichidagi massalar silindr idishga solinadi. So`ngra oshqozon ham shu idishda yuviladida, aralashtirilib 5-10 daqiqa tindiriladi. Oshqozonning shilliq pardasidan qirindi olinib, kompression usulda tekshiriladi. Aralashma tindirilgandan keyin suvning yuqorigi qismi asta-sekin to`kiladi va qolgan cho`kmaga qaytadan suv quyilib, yana cho`kma tinguncha yu-viladi. So`ngra cho`kma mikroskop yoki lupa ostida tekshiriladi.
Parrandalarning ikkita: bezli va muskulli oshqozoni bo`ladi. Bezli oshqozonni yorganda uning devorlari kyuvetada yuvib olinadi. So`ngra qorin devorlari tarang tortilib, yorug`ga tutiladi. Shunday qilganda, bezlarining ichidagi dumaloq qizil rangli tetramer parazitlarini ko`rish mumkin. Muskulli oshqozon bilan bezli oshqozon oralig`ida exinuriy.kabi nematodalarni tugunlarga o`ralgan holda topish mumkin.
O`rdaklarning bezli oshqozoni seroz pardasi orqali qaralganda, undagi yong`oq kattaligidagi tugun ichida nematodalar (gistrixis) borligi aniqlanadi. Muskulli oshqozon qaychi bilan uzunasiga kesilib devori ag`dariladi va kyuvetada yuviladi, so`ng takror yuvilib tekshiriladi. Keyinchalik qorinning shilliq pardasidan kutikula ajratib olinib, uning ostida bo`lishi mumkin bo`lgan streptokor bilan amidastom parazitlarini topish mumkin.
Ingichka va yo`g`on ichaklar ayrim idishlarga solinib, suv quyiladi va charvidan ajratiladi. Keyin ichak qaychi bilan uzunasiga kesiladi hamda ichidagi ximus yoki tezak silindr idishga solinadi. Uning shilliq pardalari ham qirib, yuvib shu idishga solinadi. Olingan massa takror yuviladi va cho`kma mikroskop yoki lupada tekshiriladi. Yo`g`on ichak ham xuddi shu tarzda tekshiriladi. Parrandalarning o`n ikki barmoqli ichagi, ingichka ichagi, ko`richagi va to`g`ri ichaklari ham alohida tekshiriladi. Ulardan topilgan gelmintlar ham bo`lak idishlarga olinadi.
Jigar oq kyuvetkaga solinadi, o`t pufagi esa alohida idishga yorib qo`yiladi va ustiga suv quyiladi hamda bir necha marta yuviladi. Idishdagi jigarga ham suv quyib, qaychi bilan o`t yo`llari bo`ylab kesiladi, keyin qo'1 bilan maydalab eziladi, takror yuvib olingan cho`kma tekshiriladi.
Oshqozon osti bezini qo'1 bilan maydalab ezilgandan keyin takror yuvib tek-shiriladi. Nafas olish organlari: hiqildoq, kekirdak va bronxlar uzunasiga yorib ko`riladi, shilliq pardalardan namuna oiib, kompression usulda tekshirish kerak.
O’pka parenximasi ustiga suv quyib maydalanadi va u ham takror yuvib cho’kma tekshiriladi.
Jinsiy organlar. Ularning shiliiq pardalari ham qirindi olish, takror yuvish va kompression usullarda tekshiriladi. Siydik ajratuv organlari, buyrak makroskopik ko`rikdan keyin kesilib, buyrak jomi ko`riladi. Parenximasi kompression usulda tekshiriladi. Siydik pufagi va siydik yo`llari yorilib ko`riladi, shilliq pardasidan qalin qirindi olib tekshiriladi. Siydikning o`zi takror yuvish usuli bilan tekshiriladi. Ko`zlar yorilib, ichki muhit, ko`z konyunktivi takror yuvib tekshiriladi.
Miya (bosh miya va orqa miya) mayda bo`lakchalarga bo`linib, kompression usulda lupa bilan ko`riladi.
Yurak va boshqa qon tomirlar fiziologik eritmada yoriladi, so`ngra takror yuvib cho`kma lupa ostida tekshiriladi.
Qorin va ko`krak qafasidagi suyuqliklar ham takror yuvib tekshiriladi.
GELMINTLARNI YIG’ISH, KONSERVALASH, ETIKETKALASH
Do'stlaringiz bilan baham: |