1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi


NEMATODALAR, YA'NI HAQIQIY TO'GARAK CHUVAL-CHANGLAR (NEMATODA) SINFI



Download 3,87 Mb.
bet2/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

NEMATODALAR, YA'NI HAQIQIY TO'GARAK CHUVAL-CHANGLAR (NEMATODA) SINFI. Nematodalar sinfi vakillari turli xil muhitda yashashga moslashgan. Ularni Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqlarda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o'tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvon va o'simliklarning turli organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula ularni har qanday zararli moddalar ta'siridan himoya qiladi va xilma-xil muhit sharoitlarda yashashga imkon beradi.
Nematodalar sinfi vakillarining tanasi duksimon, ya'ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi.
Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta'sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydan iborat. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama chiziq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta valiklar (yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan. Gipoderma valiklari muskul qavatini to'it bo'lakka bo'lib turadi. Orqa va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi. Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5 sm) bo ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi (47-rasm). Xalta birlamchi tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i tayanch vazifasi bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo'shlig'i orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o'tadi; moddalar almashuvining oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana bo'shlig'i organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli hujayralar bo'lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi.
Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan, odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o'simtaiar - lablar bilan o'ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumga bo'linadi. Ayrim yirtqich va zooparazitlar-stomasida kutikula o'simtasidan iborat tishlar bo'ladi. O'simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi.
Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan hosil bo'ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi. O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariyalarning keyingi ichagi berk, anal teshigi bo'lmaydi.


Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish