52-rаsm. Bоlаlаr gijjаsi (Enterobius ver-mincularis): а-urg‘оchisi, b-erkаgi: 1-оg‘zi, 2-vеzikulа o‘simtаsi, 3-qizilo‘n-gаchi, 4-bulbusi, 5-o‘rtа ichаgi, 6-jinsiy tеshigi, 7-9-jinsiy sistеmаsining bir qismi, 10-аnаl tеshigi.
Qаtоr hоllаrdа entеrоbiоz qo‘zg‘аtuvchisining pаrаzitlik qilishi disbаktеriоz pаydо bo‘lishigа, ya’ni ichаkning nоrmаl mikrоflоrаsi buzilishigа оlib kеlаdi, bu esа o‘z nаvbаtidа, ichаk funksiyasining buzilishi vа ich kеtishining rivоjlаnishi, o‘tkir ichаk infеksiyalаri vа аppеndisid хаvfini оshirаdi. Bоlа qаshingаn pаytidа gijjа tuхumlаri ichki kiyimlаrigа.
Bolaiar gijjasi odamlar, ayniqsa, yosh bolaiar ingichka ichagining ikkinchi yarmida va yo'g'on ichagida parazitlik qiladi. Urug'langan urg'ochi gijjalar tunda anal teshikdan faol harakatlanib, anus atrofiga chiqadi va bu yerda teri burmalariga 10-20 mingga yaqin tuxum qo'yadi.
Tuxum qo'yishdan oldin gijjalar suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik yordamida tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o'zidan suyuqlik chiqarib, tuxum qo'yayotganida bu joyni qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor qashinadi. Urg'ochi gijja tuxum qo'yib boiganidan keyin burishib o'ladi. Qo'yilgan tuxum 4-6 soatda yuqumli holatga keladi. Bu parazitning urg'ochisi 25-30 kun yashaydi. Erkagi urg'ochisini otalantirgach, o'lib ketadi.
Gijja bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo'ladi, ishtahasi yo'qoladi, ko'ngli ayniydi, qorni og'riydi vaboshi aylanadi. Bola qashingan paytda ostritsa tuxumlari ieljki kiyimlarga, barmoqlariga, tirnoqlari orasiga o'rnashib qoladi va qo'lini yuvmasdan ovqatlansa yoki barmoqlarini og'ziga solsa, ostritsa tuxumi bolaning ichiga tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o'sib rivojlanadi, 2- haftadan keyin voyaga yetadi. Shunday yo'sinda ostritsa bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Gijja tuxumi kiyimda va polda uzoq saqlanishi mumkin. Gijja pashshalar, suvaraklar va boshqa hasharotlar orqali ham tarqaladi. Bolalar gijjasi bilan kurashish uchun shifokorlar bemorlarga issiq suv va margan-sovka eritrnasi bilan klizma qilishni buyuradilar, ammo bu yaxshi natija bermaydi. Gijja bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun vankin, kombantrin, vermoks, piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar qo'llaniladi. Gijja yuqishi yoki qayta yu-qishidan bolani saqlash uchun bolani yoshligidanoq sanitariya-gigiyena qoidalariga o'rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini kalta qilib olib, kiyimlarini dazmollab ki-yishga odatlantinsh kerak. Bolalar gijjasini tushirish uchun yarim stakandan kuniga 2 mahal 2-3 hafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim.
Umuman, ostritsalar avlodining 20 ga yaqin turi bor. MDHda odamlarda faqat bitta turi, ya'ni bolalar ostritsasi parazitlik qiladi. Ostritsaning otlarda Oxyuris equi turi parazitlik qiladi. Uning tana uzunligi 18 sm gacha boradi va oksiuroz kasalligini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |