53-rаsm. Rishtа (Dracunculus medinensis)ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi: 1-аsоsiy
хo‘jаyini-оdаm terisi ostida parazitlik qilayotgan jinsiy yetuk rishta; 2-odam organizmidan suvga tushayotgan rishta lichinkalari, 3-rishtа lichinkаsi bilan zаrаrlаngаn siklоp, 4,5- rishtа lichinkаsi bilan zаrаrlаngаn siklоpni suv bilan yutayotgan odam va it.
Agarda rishta kasallangan odam terisi ostida o'lsa, odam organizmiga parazitning zaharli moddalari s'o'riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak yemi) paydo bo'ladi, badan qichishadi, bosh aylanadi, nafas olish qiyinlashadi, organizm oriqlaydi. Ba'zan esa bo'g'inlaming yallig'lanishi, ko'ngil aynishi va qusish hollari ham ro'y beradi.
Umuman, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba - kasallangan odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya'ni Afrika, Lotiii Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda rishta bilan yer yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. MDHda O'rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoroda 1930-yillargacha rishta odamlarda tez-tez uchrab turgan. Birinchi marta rishtani 1872-yili A.P.Fedchenko topgan bo'lsa, A.M.Isayev esa Buxoroda rishtani rivojlanish siklini to'liq o'rganib, uni yo'qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan.
Avvalgi davrlarda rishtadan qutulishning birdan-bir chorasi nematodani cho'pga o'rab asta-sekin teri ostidan tortib chiqarib olish bo'lgan. Hozirgi kunda ham bu usul o'zining qimmatini yo'qotgani yo'q. Bundan tashqari, kasallik kimyoviy dori-lar bilan ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambilgar, tiaben-dazol, metronidazol va boshqalar kiradi.
Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus)ning bosh tomoni uzun qilga o'xshash ingichka bo'ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo'g'onlashib boradi (54-rasm). Qilbоsh nеmаtоdаlаr аsоsаn, оdаmlаrning yo‘g‘оn ichаgidа pаrаzitlik qilаdi. Ulаr аyrim jinsli, erkаgining uzunligi 30-40 mm bo‘lib, оrqа uchi spirаl kаbi burаlgаn bo‘lаdi. Urg‘оchisining uzunligi 30-50 mm kеlаdi. Qilbоsh nеmаtоdаning оldingi uchidа оg‘iz bo‘shlig‘i vа qizilo‘ngаchi jоylаshgаn.
1932-yilda sobiq Ittifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Rishta tugatili-shining asosiy sabablari uning manbai bo'lgan hovuzlarni quritish yoki dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish, hovuziardan xom suv ichmaslik, oyoq-qo'llami suv ichadigan havzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab, ularni davolashdan iborat bo'lgan. Hozirgi kunda rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o'rtasida uchrab turadi.
Tаnаsining kеngаygаn оrqа qismidа esа o‘rtа vа оrqа ichаklаr, оrqа chiqаruv tеshigi vа jinsiy оrgаnlаr sistеmаsi jоylаshgаn. Qilbоsh nеmаtоdаlаr bоsh qismini o‘z хo‘jаyini ichаk dеvоrigа sаnchgаn hоldа qоn bilаn оziqlаnаdi. Nеmаtоdаlаrning urug‘lаngаn tuхumlаri хo‘jаyini ахlаti оrqаli tаshqаrigа chiqаdi.
Qilbosh nematodalar bosh qismini o'z xo'jayini ichak devorining shilimshiq qavatiga sanchgan holda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning urug'langan tuxumlari xo'jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum yetarli namlik va harorat bo'lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg'ochi qilbosh nematoda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo'yadi. Qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli holatga keladi.
Odam ko'pincha yuvilmagan sabzavot-mevalarni iste'mol qilganida qilbosh nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yil-gacha yashashi mumkin.
Qilbosh nematodalar trixotsefalyoz kasaliigini keltirib chiqaradi. Bu kasallik yer sharining harnma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko'p uchraydi. Qilbosh nematoda asosiy xo'jayini hazm organlarini yallig'laydi va bir qator mikroor-ganizmlarning tushishiga yo'l ochadi. Nerv sistemasiga ta'sir qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallangan odamlar vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, osarsol va ti-mak kabi dorilar bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |