1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet12/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

54-rаsm. Оdаm qilbоsh nеmаtоdаsi (Trichocеphalus trichiurus)ning tuzilishi va
rivojlanish sikli: a-urg‘оchisi, b-erkаgi: 1-anal teshigi, 2-tuxum yo’li, 3-ichagi, 4-qizilo’ngachi,
5-jinsiy teshigi, 6-qin, 7-bachadon, 8-tuxumdon, 9-urug’ yo’li, 10-urug’don, 11-urug’ xaltasi:
v- odаm qilbоsh nеmаtоdаsining rivojlanish sikli sxemasi: 1-organizmdagi voyaga yetgan parazit, 2-urug’langan tuxumi, 3-yuqumli holatdagi tuxumi(ichida yetilgan lichinkasi bilan), 4-odamga yuqish omillari.

Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qi­ladi. Masalan, cho'chqalarda - cho'chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis), qo'y, echki va qoramollarda - Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi turlari parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya qilish, meva va sabzavotlarni yuvib iste'mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan oldin zararsizlantirish, hojatxonaga so'ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbirlarni amaiga oshirish lozim.


Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancylostoma duodenale) odamlarning 12 barmoqli ichagida parazitlik qilib yashaydi. Parazitning bosh qismi egilgan, qiy-shiq bo'lib, unda rivojlangan og'iz kapsulasi joylashgan (55-rasm).
Og'iz bo'shlig'ida o'tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga o'xshash "tish"lari bo'lib, ular yordamida parazit o'z xo'jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib qon so'rib oziqlanadi. Qon so'rgani uchun ham parazitning rangi qizg'ish bo'ladi. Ular ayrim jinslidir, urg'ochisining tana uzunligi 10-18 mm, erkaginiki esa 8-10 mm atrofida bo'ladi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula joylash-gan. Qiyshiqbosh nematoda geogelmintdir.



55-rаsm. Qiyshiqbоsh nеmаtоdа(Ancylostoma duodenale):
а-urg‘оchisi; b-erkаgi; v- qiyshiqbоsh nеmаtоdаning og’iz qismi (оg‘iz kаpsulаsidа kutikulyar
tishchаlаri tаsvirlаngаn): 1-kutikulyar tishlari, 2-og’iz bo’shlig’i, 3-halqum, g- qiyshiqbоsh nеmаtоdаning rivojlanish sikli: 1-odam, qiyshiqbоsh nеmаtоdаsining xo’jayini, 2-tuxumi, 3-tuxumdan rabditsimon lichinkaning chiqishi, 4-yuqumli lichinka.

Urugianishi xo'jayini ichagida o'tadi. Urg'ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin urug'langan tuxum qo'yadi. Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26-30°C da) bir-ikki kun ichida lichinka chiqadi. Bir hafta davomida lichinka 2 marta tullab, yuqumli (invazion) davrga o'tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, 1 m pastga tushadi. Harorat ko'tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi va tuproqda 18 oygacha o'z hayotchanligini saqlab qoladi.



Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro'y be-radi. Bunda odam go'ng va har xil axlatlar tashlangan dalalarda hamda polizlarda oyoqyalang yurganida parazit iichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kirgan joylarda har xil toshmalar hosil bo'lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib shishadi.
Odam organizmiga kirgan lichinkalar terming mayda qon tomirlari orqali vena qon tomiriga o'tadi va organizm bo'ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bi­lan oyoqdan o'pkaga, so'ngra halqumga o'tadi. Bu yerda odam lichinkalarni yutib yuboradi, bunday lichinkalar 12 barmoqli ichakka borib o'rnashadi va tekinxo'rlik qilib, jinsiy voyaga yetadi. Egribosh nematodalar ichak devorida yaralar hosil qiladi va xo'jayini qonini so'rib oziqlanadi. Bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi, natijada bemor kamqon bo'lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bi­lan og'iz orqali (suv va oziq-ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik ko'p bo'lgan joylardagi aholi o'rtasida, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan, shaxtalarda ishlaydigan odamlar o'rtasida keng tarqalgan.
Umumаn, qiyshiqbоsh nеmаtоdа qo‘zg‘аtаdigаn kаsаllik ankilostomoz deb atalib, rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, yer yuzida u bilan 500 mln. ga yaqin odam kasallangan. Bu kasallik MDHda Kavkaz ortida, Qozog'iston va O'rta Osiyo respublikalarida yashovchi aholi o'rtasida ham uchraydi. O'zbekistonda Toslikent, Sirdaryo, Andijon, Farg'ona va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nematodalar odam ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun, avvalo, egribosh nematodalar uchraydigan joylarda oyoqyalang yurmaslik, yer va o't ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishiga yo'l qo'ymaslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o'rtasida muntazam ravishda degelmintizatsiya o'tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, iste'mol qiladigan sabzavot va ko'katlarni qaynoq suvda yuvish, hovuz suvini qaynatib ichish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan og'rigan odamlar kombantrin, vermoks, naftamon, tetraxloretilin kabi dorilar bilan davolanadi.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish