1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet19/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

Ot onxotseralari. Ot va eshaklarda asosan, Onchocerca cervicalis nematoda turi parazitlik qiladi. Bu turdan tashqari otlarda Onchocerca reticulata turi ham uchraydi. Onxotserkoz otlarda keng tarqalgan bo’lib oyoq, bo’yin, ensa yag’rinining pay va bo’g’inlari ko’proq shikastlanadi. Kasallangangan otlarning yag’rini, bo’yni, ensasi va boshqa organlari yiringlaydi.
Onchocerca cervicalis ingichka oq rangdagi nematoda bo’lib, urg’ochilarining uzunligi 1 m, erkaklariniki 25-30 sm ga yetadi. Bu nematoda ko’rinishidan ingichka oq ipni eslatadi. Kutikulasi qalinlashgan va kichkina taroqcha ko’rinishida. Urg’ochilari tirik tug’adi, lichinkalarining uzunligi 0,22-0,25 mm, eni esa 0,004-0,005 mm, bigizsimon shaklda. Lichinkalarining bosh tomoni yumaloq bo’lish bilan xarakterlanadi. Parazitlar ko’pincha trapetsiyasimon muskulning pay bog’ichlarida, kurak usti bog’lamida, ensa bog’lagichining kapyushonsimon kengaygan erida joylashadi, ba’zan muskul to’qimalarida, tog’aylarda va charvi asosida, shuningdek, ko’krak umurtqalarning o’simtalarida va kurak suyagining tog’ay qismida joylashadi. Onchocerca reticulata oldingi aytilgan turdan erkaklarining dum tuzilishi bilan farqlanadi. Bu nematodalar tushov bo’g’imida, bukuvchi paylarda, oyoqlarning pay sohasidagi teri osti to’qimalarida joylashadi (61-rasm).
O nxotserkalar hamma filyariylar kabi oraliq xo’jayinlar – qon so’ruvchi chivinlar ishtirokida rivojlanadi. Onchocerca cervicalis ning oraliq xo’jayini Culicoides zaxkash chivinlar avlodi hisoblanadi. Onxotserkalar bilan zararlangan otlardan parazit lichinkalari tashqi muhitga chiqa olmaydi. Parazit lichinkalari terining chuqur qatlamidagi hujayra o’rtasida, shuningdek, bo’g’inlar-ning sinovial suyuqliklarida va pay qillarida uzoq muddat saqlanadi.

61-rasm. Otlar terisida parazitlik qiluvchi Onchocerca reticulate nematodasi: 1-erkak nematodaning bosh tomoni, 2-erkak nematodaning dum tomoni, 3-nematoda tanasining bir qismi, 4-otning onxotserkoz bilan zararlangan payi, 5-teri onxotserkozi bilan zararlangan otning bo’yni.
Zaxkash chivinlar qon so’rish uchun otlarga hujum qiladi, natijada terida joylashgan onxotserka lichinkalarini yutib zararlanadi. Bu lichinkalar chivin tanasida rivojlanib 24 kundan so’ng invazion bosqichga aylanadi. Chivinlar sog’lom otlarni chaqqanda zararlaydi. Bu faqat yoz faslida, ya’ni chivinlarning uchish davrida ro’y beradi. Otlar asosan yaylovda zararlanadi. Chivinlarning uzunligi 3 mm keladi. Ular hamma joyda tarqalgan va otlarga erta tongda, iliq tinch kechalari, yomg’ir yog’ish oldidan yopishib bo’yni, yag’rin orqasi yoli orasiga joylashib oladi. Shunisi qiziqki, qon va limfani faqat urg’ochi chivinlar so’radi. Onxotserka bilan ko’pincha 8-10 yoshdagi otlar zararlanadi. Parazitning patogenli ta’siri invaziyalanshi darajasi organizmning umumiy holatiga bog’liq.
Qator tumanlarda onxotserkalar otlarning deyarli hammasida uchraydi, biroq onxotserkozning aniq klinik belgilari kuzatilmaydi. Ba’zi bir otlarda onxotserkoz yuqumli nekroz bilan og’ir kasallanadi. Parazitlar ensa, bo’yin bilan kurakni biriktiruvchi to’qimalarigi joylashib, u erni jarohatlaydi va yallig’laydi, ya’ni bu joylarda ko’pincha elka qismining ikkinchi va uchinchi ko’krak umurtqalarning qiltiqli o’simtalarigacha, mayda va qattiq shishlar paydo bo’ladi. Bu shishlar sekin-asta kattalashadi. Bu hodisa 1-2 oy davom etib sog’ayshi yoki onxotserkozning patogenli ta’sirada yiring hosil qiluvchi infektsiya bilan og’irlashishi mumkin. Natijada yiringli nekrotik manbalar paydo bo’ladi. Onxotserkozlar teri usti va teri osti to’qimalariga joylashib, diametri 2 sm dan 9 sm gacha qattiqlashgan joylar (100 gacha) kuzatiladi. Bu joyning juni to’kilib sezgirligi pasayadi. Onchocarca reticulata ta’sirida paylar yallig’lanadi va mol oqsoqlay boshlaydi.
Kasallik surunkali shaklda kechadi. Kasallikning boshlanishida yag’rin, bo’yin va orqa, ba’zan kurak va tananing yon tomonlarida hajmi tovuq tuxumidek, deyarli og’riqsiz shishlar paydo bo’ladi. Oqma yaralardan parazit qismlari bilan aralashgan shilliqlarning suyuqligi oqadi. Oqma teshigining atrofi odatda qadoqlashadi. Tirik ot onxotserkozining yashirin formasini kichik teri bo’lakchalarini dermolyarvoskopiya usulida tekshirish natijasiga qarab aniqlash mumkin. O’lgan otlarni yorib qaraganda ayniqsa yag’rin, bo’yin, ensaning bog’lagich qismlaridan, payli to’qimalari va oyoqlarning bukuvchi paylaridan parazitlar va ularning lichinkalari to’kilishi kuzatiladi.
Onxotserkozdan odam va hayvonlar kasallanishining oldini olish choralaridan eng asosiysi parazit tashuvchilarini yo'qotishdir. Buning uchun esa chivinlar ko'payadigan joylarga insektitsidlardan foydalanish kerak. Kasallangan odamlarni dietilkarbamazin, ditrazin, suramin kabi dorilar bilan davolashadi. Qoramol onxo-tserkoziga qarshi esa faskoverm va ivomek preparatlaridan foydalaniladi.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish