1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi


-rasm. Qoramollar ko’zida parazitlik qiluvchi



Download 3,87 Mb.
bet17/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

60-rasm. Qoramollar ko’zida parazitlik qiluvchi Thelazia rhodesi
nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.

O’zbekistonning turli mintaqalarida qoramollarda uchrovchi telyaziyalarning oraliq xo’jayinlari sifatida pashshalardan – Musca larvipara va M.domestica turlari ishtirok etishi aniqlangan. Respublikamizning ayrim hududlarida pashshalar telyaziylar lichinkalari bilan 0,2 % dan 1,6 % gacha zararlangan. Telyaziylar kasallikka moyil hayvonlar organizmiga kuchli patogen ta’sir ko’rsatib har xil mikroblarni ko’zga tushib rivojlanishiga sabab bo’ladi. Chunki qoramolning kon’yuktiv shilliq pardasi telyaziylar tomonidan qitiqlanib jarohatlanishi mikroblarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.


Telyaziylar kon’yuktivda harakat qilib, tishchalar kabi ko’ndalang chizilgan kutikulasi bilan ko’zning shox va shilliq pardalarini jarohatlaydi. Buning natijasida 2-3 kun davomida mol ko’zidan yosh oqib turadi. Ko’zning muguz qatlami sekin–asta g’uborlanadi. Yallig’langan kon’yuktivi shishib, ko’z qovoqlari ko’zni bekitib qo’yishi mumkin. Ko’z qovoqlarining tagidan yiringli suyuqlik oqib kipriklarga yopishgan holda quriydi.
Telyaziy rodeziy qo’zg’atadigan telyazioz hayvon kon’yuktivasining alternativ yallig’lanib epiteliy va uning atrofidagi to’qimalarida quruq nekroz rivojlanishi bilan xarakterlidir. Ko’zning muguz pardasida degenerativ jarayonlar rivojlanib eroziylar, yarachalar paydo bo’ladi. Muguz qatlami teshilib ko’z gavhari ham zararlanishi mumkin. Kelgusida ko’zning kuchli xiralashgan muguz pardasi bir oz qizarib, ko’z olmasi bo’rtadi, qon tomirlari gipermiyalashadi. Ko’z muguz qatlami to’qimalari parchalanib oval yoki dumaloq shaklda tekis qirrali yara hosil qiladi. Telyazioz bilan xastalangan qoramol bezovtalanadi, yorug’likka qaray olmaydi. Kon’yuktivi yallig’lanadi, ko’zidan yosh oqadi, hatto qovoqlar yopishib qoladi, ayrim hayvonlarning ko’z muguz pardasi yallig’lanib yarachalar ko’payadi, hayvon ko’r bo’lib qoladi. Kasallik odatda 4–8 hafta davom etadi. Telyazioz ayniqsa buzoqlarda og’ir kechadi. Qoramollar orasida ko’z kon’yuktivi va muguz pardalarning surunkali yallig’langanligi sezilsa bunday mollar telyazioz deb gumon qilinadi. So’ngra qo’zg’atuvchilari topilib tasdiqlanadi. Bu maqsadda barmoq bilan ko’zning ichi eziladi, pintset yoki qovoq ushlagich bilan uchinchi qovoq ko’tariladi, nam paxta tampon bilan ko’zning ichki burchagidan shilliq olinadi yoki ignasiz shpris bilan ko’zga bor kislotasining 2-3 % li eritmasi purkalib yuvindi to’planadi. Ko’zdan olingan yuvindi va shilliq qora rangli kyuvetaga solinib yaxshilab ko’zdan kechiriladi. Bunda oq rangli parazit nematodalar ko’zga tashlanadi.
Xo’jalikni telyaziozdan sog’lomlashtirish uchun hamma kasal va sog’lom qoramollarni davolash taklif etiladi. Buning uchun 2-3 % li bor kislotasi yoki yodning suvdagi (1:2000) eritmalari bilan molning ikkala ko’zi yuviladi, 0,5 % li lizol eritmasi bilan yuvish ham yaxshi natija beradi. Ko’zni ichi rezinkali sprinsovka yordamida yuvish qulay. Birinchi marta yuvishdayoq telyaziyning ko’pchiligi yuvilib chiqadi, ammo ko’z yosh kanalchasida 2 % ga yaqin telyaziylar qolishi mumkin. Ko’zda telyaziy qolmasligi uchun 5-6 kun o’tkazib yana ikki marta yuviladi, bir hayvon ko’zini bir marta yuvish uchun o’rtacha 50-75 ml eritma tayyorlanadi. Kasal hayvonlar maxsus ajratilgan joyda davolanadi. Davolash ishlari tugagach o’sha joyga so’ndirilmagan ohak sepiladi. Kasallik birmuncha rivojlanganda dezinfektsiya qiladigan nordon dorilardan tayyorlangan malhamlar ishlatiladi. Bu maqsadda pinisillin, sulfamid preparatlaridan foydalaniladi.
Telyaziylarni tarqatuvchi oralq xo’jayinlari-pashshalarga qarshi kurashish lozim. Buning uchun hayvonning ko’z atrofiga degat yoki kreolindan tayyorlangan malham surtiladi, boshiga esa geksaxlorandan tayyorlangan 0,5 % li kraxmal suspenziyasi sepiladi.
Urg’ochi telyaziylar tirik lichinka tug’adi. Bu lichinkalarni oraliq xo’jayini - pashshalar qoramolning ko’z yoshi bilan yutib zararlanadi. Lichinkalar pashshaning ichida yashab bir oy davomida tullaydi, so’ngra rivojlanib yuqumli, ya’ni invazion davriga o’tadi. Invazion lichinkalar pashshaning oshqozoniga tushib, keyin uning xartumiga qarab harakat qiladi. Bunday pashshalar yana qaytib qoramolning ko’zi atrofiga qo’nganda xartumidan invazion lichinkalar chiqib qoramolning ko’ziga kiradi va telyazioz bilan zararlaydi. Hayvon ko’ziga tushgan lichinkaning uzunligi 6 mm bo’lib, 15-20 kunda voyaga yetgan erkak va urg’ochi telyaziylarga aylanadi.
Telyaziylar qoramollar ko’zida bir necha oy yashaydi. Ayrim nusxalari hatto bir yildan ko’proq parazitlik qiladi. Qoramollar asosan yozda yaylovda suv manbalarida oraliq xo’jayin pashsha orqali telyazioz bilan zararlanadi. Telyaziylardan eng ko’p tarqalgani Thelazia rhodesi, ammo Sibir va Uzoq Sharqda uchta turning hammasi keng tarqalgan. Telyazioz mavsumiy kasallik bo’lib, yoz oylarida va qishda uchraydi. Qoramol ko’zidan va burnidan yil davomida telyaziy topilib turadi. Ammo yozda iyul, sentyabr oylarida ko’proq bo’ladi. MDHda telyaziy shimoliy mintaqalardan tashqari hamma joyda tarqalgan, ammo Ukraina va MDHning Janubiy hududlarida ko’proq uchraydi. Teyaziylar oraliq xo’jayini - pashshalar yaylovdagi qoramol tezagiga tuxum qo’yganda rivojlanadi. Iyun oyidan to sentyabr oyigacha qanotli pashshalarga aylanadi.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish