1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet18/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

Onxotserkalar(Onchocerca)dan - Onchocerca volvulus va Onchocerca coecutiens odamlarda, Onchocerca lienaiis va Onchocerca gutturoza qoramollarda, Onchocerca cervicalis esa otlarda parazitlik qiladi. Onxotserkalar oqish rangli nematodalar bo'lib, tanasi ipsimon, ikki tomonga ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm dan 11 sm gacha boradi. Ularning rivojlanishi ikkita xo'jayinda ketadi. Asosiy xo'jayinlari odam, qoramol, ot va eshaklar hisoblansa, oraliq xo'jayinlari qon so'ruvchi chivinlardir.
Onxotserkalar asosiy xo'jayinlari organizmida teri ostida, paylar, taloq pardasi ostida va boshqa organlarda parazitlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktiruvchi to'qimali yo'llar hosil bo'ladi. Odamlarda bu yo'llar tanasining turli qismlarida, ko'pincha bo'g'imlar, qo'1-oyoq va boshida to'planadi. Lichinkalar - mikrofilyariyalar teri qatlamida yashab, terming ichida yara hosil qiladi va pigment ajralishini buzadi. Ba'zan parazit lichinkalari ko'zni ojizlantirib, hatto ko'r bo'lishiga olib keladi.
Odam va hayvonlarda uchrovchi onxotserkoz kasalligini yuqtiruvchilar mayda chivinlar bo'lib, parazit lichinkalarini qon so'rganda kasallangan hayvonlardan sog'lom mollarga yuqtiradi. Odamlarga ham xuddi shu tarzda yuqtiradi.
Odamlarda onxotserkoz kasalligi, asosan, Afrika mamlakatlarida va Amerikada tarqalgan. Odamlarda uchrovchi onxotserkalarning oraliq xo'jayinlari Simulium urug'iga kiruvchi chivinlar hisoblanadi. Hayvonlarda onxotserkozlar yer yuzida, jumladan, O'zbekistonda ham keng tarqalgan. Ulardan, ayniqsa, otlar va qoramollar ko'p zararlanadi. Onxotserkalar xalq xo'jaligiga juda katta zarar keltiradi. Onxotserkalar O'zbekistonda qoramol terisini zararlashi tufayli teri sifatini pasaytirib yuboradi va natijada teri zavodlari har yili bir necha millionlab so'mdan mahram bo'ladi. Bundan tashqari, kasallangan hayvonlarning boshqa mahsuldorligi ham keskin kamayib ketadi.
Qoramol onxotserkalari. Qoramollarda yuqorida ta’kidlanganidek, onxotserkalarning ikkita turi, ya’ni - Onchocerca gutturosa va Onchocerca lienalis turlari parazitlik qiladi. Birinchi tur parazit bo’yin payida, ikkinchisi esa gastrolienal bog’lag’ichda parazitlik qiladi.
Onxotserkalarning ingichka ipsimon, tanasaning uzunligi erkaklarida 28,3-33,8 mm va urg’ochilarida 100 mm dan ortiq bo’ladi. Urg’ochilarining kutikulalari yo’g’on halqalar bilan qoplangan. Erkaklarida esa ingichka chiziq ko’rinishida. Erkaklarida ikkita ko’payishga yordam beradigan spikulasi bor. Urg’ochisining vulvasi tanasining oldingi qismiga ochiladi. Lichinkalarining uzunligi 0,17-0,249 mm va eni 0,029-0,0043 mm keladi.
Onxotserkalarning oraliq xo’jayinlari, Simulida oilasiga kiruvchi mayda chivi-Simulium arnotum orqali rivojlanadi. Onxotserkalarning urg’ochilari tirik lichinka tug’adi. Ular keyinchalik terida harakatlanadi. Mayda chivinlar qon bilan oziqlanayotib parazit lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chivinlar qoramollarga hujum qilib onxotserka lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chiviyular qoramollarga hujum qilib onxotserka lichinkalarini yuqtiradi, qoramol organizmida lichinkalar voyaga yetadi. Onxotserka lichinkalarining rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lib, 19-35 kunga to’g’ri keladi. Qoramol ko’pincha yozda simulidlar uchish davrida zararlanadi. Teridagi onxotserka lichinkalarini topib kasallik aniqlanadi. Buning uchun qoramol qorin terisi kesib olinib, fiziologik eritma tomdirilgan buyum oynasi ustiga qo’yiladi va yaxshilab parchalanadi. 10-15 minut o’tgach teri tolalari olib tashlanadi, so’ngra fiziologik eritma mikroskopda tekshiriladi.
Onxotserkoz bilan asosan, ikki yoshdan katta bo’lgan qoramollar kasallanadi. Onxotserkoz bilan kasallagan qoramollarni ditrazinning suvdagi eritmasi (1; 1,5) teri ostida 1 kg tirik vazniga 0,1 mg dan yuboriladi. Bir sutkada to’rtta in’ektsiya o’tkaziladi. Onxotserkozga qarshi kurashish va oldini olish uchun birinchi navbatda qoramol qornining pastki devori son va boldirning ichki yuzasi yon tomirlari, ko’krak va qorin insektitsidlar bilan changlantiriladi. Mayda chivinlar uchadigan paytda hayvonlarga har uch kunda, uchish o’rtalarida esa har 10 kunda bir marta dori sepiladi. Qoramol yaylovda boqilganda soyabonli bostirmalar quriladi. Simulidlarning hujum qiladigan paytida mollarni molxonalarda boqish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, onxotserkozning qo’zg’atuvchilari uzun ingichka nematodalardir. Jinsiy yetilganlari hayvonning chandir va paylariga, lichinkalari esa teri orasiga kirib oladi. Onxotserkozga chalingan qoramollarda yaqqol ko’zga tashlanadigan kasallik alomatlari sezilmaydi va harom o’lish hollari ro’y bermaydi, lekin kasallik iqtisodiy jihatdan katta zarar yetkazadi. Teri zavodlarida, onxotserkozdan zararlangan mol terilaridan past sifatli mahsulot olinadi. Qoramollarda onxotserkozdan zararlanish respublika bo’yicha 13,5 % dan 26,8 % gacha, ot va eshaklarda esa 68,8-70 % gacha boradi. Kasallikning yuqishi ko’pincha Toshkent, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari xo’jaliklarida, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasida uchraydi. Eng ko’p zararlanish yoz oylarida kuzatiladi.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish