Maxmuda Usmonova
Bilimdan qudratliroq kuch yo‘q; bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir. M. GORKIY
Home#129 (no title)Buyuk siymolarGallereyIlm haqidaMediaO’quvchilarTadbir ssenariysi
23
Apr
Tadbir ssenariysi
MATEMATIK KECHA
1 o’q Salom so’zi qadimdan odat
Har kishiga kerakli kalom
G’animatdir tilash sog’lik ,baxt
Shuning uchun salom-assalom.
2 o’q Olloh bizga buyurgan avval
Salom berish muhim burchimiz
Shuning uchun azizlar do’stlar,
Assalomu alaykum ,deymiz.
1 o’q U beradi yaxshi kayfiyat,
U beradi ishlarga unum ,
Dildan ketar darrov shum niyat
Desang assalomu-alaykum.
2 o’q Keling barcha ja’m bo’lgan joyda
Boshni egib qilaylik ta’zim
Besalomlik erur befoyda
Deylik assalomu-alaykum.
1 o’q Assalomu alaykum ,qalb qo’ri bilan quyoshni lol qoldirib bilim berayotgan ustozlar
2 o’q assalomu alaykum ,hayoli faqat ,bilim olish bilan yonayotgan katta-kichik maktabdoshlar.
1 o’q Azizlar bugungi matematikaga bag’ishlab o’tkazayotgan kechamizga xush kelibsiz
O’zbek xalqiga odat
Avvalo bermoq salom
Shuning uchun chin dildan
Deymiz sizga “assalom”
Xush kelibsiz mehmonlar
Chin ko’ngildan assalom
Xush kelibsiz tadbirga
Sizgadir shirin kalom
Dovonlardan qoqilmay o’tishingizda
Savodli bilimdon, zukko bo’lishingizda
Hamkor erur hamisha sanoq
Matematikadan olingiz saboq
Matematikasiz hayot hech qachon kulmas
Do’stlar matematikani sevmasdan bo’lmas
Buyuk fanga asos solgan siymolar!
Ismi mangu shonli qolgan siymolar!
Siz yaratgan fanni biz ham sevib qolganmiz
Mustaqil O’zbekistonda uni o’rganib olganmiz.
Zamonlar zamonida rivojlangan yetilgan,
Bobolar merosidan bizga taqdim etilgan.
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug’beklar boyitgan
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
Matematika bu fanlar otasi
Fizika, Kimyo unga egizak
Al-Xorazmiy Beruniylar hissasi
Fanlarning ko’ksiga zarrin bir bezak
Algebra kitobin qo’lga olganda
Yodlab Kolmogorovning mehnatin
Misolu masalani yechganda,
Ulug’laymiz takror uning shuhratin
Matematika fanini biz juda hushlaymiz
Algebraning eng qiyin misollarin ishlaymiz
Ta’rif va teorema, aksioma-yu lemma
Evklidday mashhur olim tuzdi shunday qo’llanma
Masofa-yu tekislik va to’g’ri chiziq
Agar bilsang sen o’rtoq geometriya eng qiziq
Trapetsiya, to’rtburchak, kvadrat va uchburchak
Isboti bor har birin bilib olingiz sirin
Kosinus va kotangens, sinus va tangens
Algebra ham osonmas lek o’rganib olsang bas
Asrlar ortidan kelar asrlar
Unut bo’lar o’tmish zamon ko’p sirlar
Ammo, yaratilgan fan asoslarin
Asrdan asrga eltar nasllar
Eslatay Gaussning durdona so’zin
Hisob-kitob ochmish aqlning ko’zin
Matematika fanlarning podshosidir
Har ish sohada ko’rsatar o’zin
Bobomiz al-Xorazmiy ruhin etib shod
Durdona so’zlarin bir-bir etib yod
Qunt bilan o’rganib bu buyuk fanni
Shon-shuxratga o’rang ona Vatanni
Donolar-donosi bo’lgay agar kim
Fanga bag’ishlasa jon birla tanni
Matematika fani juda qiziq ekan
Ancha muncha odamni devona qilar ekan
Undagi qoshuv –ayruv kishini o.ylatarkan
Ko’paytiruv ham bo’luv yurakni o’ynatarkan
Ba’zan ayrim sonlarni ildiz ostida ko’rsang
Ildizdan chiqarolmay rosa bo’lasan garang
Darajalar qiynaydi gar to’g’ri yecholmasang
Ko’ngillaring ayniydi karrani bilolmasang
Ukasi ekan bilsam oddiy arifmetika
Hisobni qilolmay bo’ldi sochlarim tikka
Akasi –algebrajon oldin ukamni bil der
Opasi—geometriyaxon boshimda miyamni yer
Non olgani chiquvdim, kam beribdi qaytimni
Rosa koyidi oyim poylab uxlar paytimni.
Xullas hisob -kitobni o’rganmasam bo’lmaydi
Amallarni bilmasam ,ko’ngillarim to’lmaydi.
Kerak ekan har ishda, har ishda va yumushda,
Menga kim yordam berar hisobni o’rganishda?
2 o’q Kim nima degan ekan ,
Matematika haqida
Gar bilmoqchi bo’lsangiz
Quloq soling albatta
1 o’q Matematika haqida mashhur kishilarning fikrlari
– Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!
Qori Niyoziy.
– Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi.
Rene Dekart
– Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir.
N.G. Chernishevskiy.
– Har qanday fan matematika qonunlaridan foydalanishga muyassar bo’la olgandagina o’zining yuqori cho’qqisiga erisha oladi.
K.Marks
– Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi maxsulidir.
Abu Rayhon Beruniy
– Matematika – aql gimnastikasidir.
A.V.Suvorov
– Matematika san’atning bir turidir.
N.Viner
– Agar kishilarning har qanday tadqiqoti matematika asosida isbot qilinmasa, bu tadqiqotni hech qanday haqiqat deb bo’lmaydi.
Leonardo Da Vinchi
Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab turgan tartibsizliklarda yashiringan tartibni topishdan iborat.
N.Viner
2 o’q
Do’stlar tarixsiz kelajak bo’lmaganidek fanlar rivojida ham tarixiy lavhalar muhim ahamiyatga ega.
Qani quloq solaylikchi
Birinchi matematik ayol Gipotiyada eramizning V asrida yashaganBirinchi martaba hisoblash markazi ulug’bek tomonidan Samarqand yaqinida cho’lda tashkil etilgan.Birinchi hisoblash mashinasi fransuz fizigi va matematigi Blez Paskal tomonidan 1642-yilda ixtiro qilingan.XV asrda samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasida Jamshid al-Koshiy ismli olim fanga birinchi marta o’nli kasrlarni kiritdi.1796-yil 30martda 22 yoshli Gauss muntazam 17 burchak yasash usulini topdi.Tekislikda to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasidan foydalanish XVII asrning taniqli fransuz matematigi R.Dekart kiritgan.Qozizoda Rumiy O’rta Osiyolik olim sin10 ni nihoyatda katta aniqlik bilan hisoblab berganMuhammad Muso al-Xorazmiy O’rta Osiyolik matematik, algebra faniga asos slogan.
1 o’q Matematik terminlar tarixidan
Arifmetika – grekcha so’z bo’lib, son nomini bildiradi.+ va – belgilari XV asrda yozilgan Yan Vidman asarlarida uchraydi.Plyus va minus terminlari Fibonachinig 1202-yilda yozilgan, “zibberabaki” asarida uchraydi.Ko’paytirishning nuqta ko’rinishidagi belgilashni XVII asrning II yarmida Leybins kiritgan.Ko’paytirish belgisini ko’paytuvchilar orasiga olib yozish hollari XVI asrda Shtefel asarlarida uchraydi.Kasr belgisini gorizontal chiziq bilan belgilash XVIII asrning boshlarida Fibonachi asarlarida uchraydi.Bo’lish belgisini : bilan belgilash Leybnis tomonidan kiritilgan.“–“ belgisini XVI asrda ingliz matematigi Rekkord qo’llagan.“%” belgisi XIX asr o’rtalarida kiritilgan.Qavs ishorasi matematikaga XVII asrning birinchi yarmida kiritilgan.
2 o’q
Ajoyib kuy sehrida raqqosa etsa hirom
Sanoqsiz yulduzlarni o’ziga aylaydi rom
Tovus misol tovlangan hurmikan, parimikan?
Ko’zlar quvonsin qarab, ko’ngillar olsin orom.
Endi chiroyli raqs tomosha qilamiz.
1 o’q
Bizning bobolarimiz o’z zamonasida barcha sohalarda barobar ijod qilganlar.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik”lar davom etmoqda.
2 o’q
Tarix va matematika
Tarix mumtoz adabiyotimizda biror voqeaning masalan kitobning yozilishi ro’y bergan vaqti haqida so’zlar vositasi orqali ma’lumot berish san’atidir.
So’z mulkining sultoni bobomiz Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Turkiy tilning boyligini dunyoga tanitgan va bu tilda o’zining mashhur Xamsa asarini yaratgan. Alisher Navoiy Xamsasining birinchi dostoni bo’lmish “Hayrat ul-abror” dostonining yozilish yilini shunday ifodalaydi:
“Nuqtai tarixiki, axsan edi.
Sekizu sekiz yuzu sakson edi”
“Hayrat ul-abror” hijriy 888 yilda yozilgan.
“Farhod va Shirin” dostonining tugallangan yili haqida:
“Chu tarixiy yili anglay dedim tuz,
Sekkiz yuz sekson erdi dog’u to’qqiz”
“Farhod va Shirin” esa hijriy 889 yilda yozilganligi bundan ma’lum bo’ladi.
Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” asarida osmon sirlarini ochgan Mirzo Ulug’bek haqida quyidagicha yozadi:
Temurxon naslidin sulton Ulug’bek
Ki olam ko’rmadi sulton oningdek,
Oning abnoi jinsi bo’ldi barbod
Ki davr ahli biridin aylamas yod
Valek ul ilm sori topti chun dast,
Ko’zi oldida bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav’ ilimi osmoniy,
Ki ondin yozadi “Ziji ko’ragoniy”.
1 o’q Vatandoshimiz shoh va shoir Z.M.Bobur haqida.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilda 14-fevralda Farg’ona vodiysining poytaxti Andijonda tavvallud topgan. Otasining vafotidan so’ng, 12 yoshli Bobur Andijon taxtiga o’tiradi. 1497-1500-yillarda Samarqandni 1502-1503-yillarda O’sh va uning atrofini egallab oladi. Ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi. Shayboniyhon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinadi. 1526-yil 21-aprelda Hind sultoni Ibrohim Lo’diyni yengib, Hindistonni butunlay egallaydi va boburiylar sulolasiga asos soladi. Bobur haqida Eduard Holden shunday degan edi: “Bobur fe’li-saviyasiga ko’ra Yuliy Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir”. Bobur arabcha so’z bo’lib “she’r” degan ma’noni anglatadi.
Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilm tolibi ilm yo’q,
Men borman ilm tolibi,ilm kerak.
1 o’q
Mana bobolarimizning ruhlarini shod etib eslab ham oldik. Endi bir oz vaqti-chog’lik qilaylik.
2 o’q
Matematik shakllar rosa suhbat qurishdi
Tinglab ko’ring, juda qiziq, demang asta urishdi.
Har birining sirlarini oshkor etib barchaga
Bir-birini askiyaga olib xandon kulishdi.
1 o’q
Askiya deysizmi? Matematikada askiyaga nima bor?
2 o’q
Agar matematikada askiya askiya bo’lishiga ishonmasangiz, marhamat. O’zingiz guvoh bo’ling.
Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?AytganizmanQayerda to’xtashni bilmay, 1 narsadan quruq qolganday chopib ketayotga chegarasiz to’g’ri chiziqmisiz?Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?AytganizmanO’zingizchi yum-yumaloq chiziq ichida turib olib tashqariga qayerdan chiqishni bilmay boshi aylanayotgan aylanamasiz?Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?AytganizmanVoy bo’ ona tilida darak gap oxirida qo’yilaman, matematikada sonlarni bir-biriga ko’paytiraman deb yurgan nuqtamisiz?Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?AytganizmanMuncha kuyasiz? Hech kim meni nazarga ilmayapti, birov esiga ham olmayapti deb ko’z yoshlaringiz tomchi tomchi tomib turgan ko’p nuqtamisiz?Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?AytganizmanSiz ham yomonsiz, sonlar buncha ko’payib ketdi deb, sonlarni qassob kabi nimtalab bo’lib tashlayotgan bo’luv ikki nuqtamisiz?Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?AytganizmanSiz ham anoyi emassiz. To’plagan pullarimdan qancha foyda chiqdi ekan deb umumiy puldan o’zingiznikini ayirayotgan oluv ishorasi ayiruv – minusmisiz.
1 o’q Matematikada askiyani eshitdingiz, matematikada ertak borligiga ham ishonasizmi?
2 o’q Sahnaga ertakchi bolajonlarni taklif etamiz. Diqqat bilan tinglang.
To’g’ri chiziq qanday dunyoga kelgan
Qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ichlar yashaydigan Geometriya mamlakatida bir jajjigina nuqta bo’lgan ekan. Bu nuqta juda chiroyli qip-qizil rangda ekan. U “O’zim yolg’izman” debdi o’ziga o’zi. Bitta ham o’rtog’im yo’q. endi o’zimga o’rtoq izlayman. Mayli, nima bo’lsa, peshonamdan ko’raman.
Shunday qilib, qizil nuqta sayohatga otlanibdi. U yo’lda chiroyli ko’k nuqtaga duch kelibdi. Qizil nuqta ko’k nuqtadan so’rabdi: “Qayoqqa ketyapsan?”. Ko’k nuqta javob beribdi: “O’zimga o’rtoq izlab ketyapman”. “Kel birga do’st bo’lamiz” debdi qizil nuqta. “Ho’p” debdi ko’k nuqta. Ular yo’lga ravona bo’libdi. Yo’lda ular yashil nuqtaga duch kelibdi. Ular yashil nuqtadan “Qayoqqa ketyapsan” deb so’rashibdi. “O’zimga o’rtoq izlab ketyapman” deb javob beribdi yashil nuqta. “Kel, birga do’st bo’lamiz” deyishibdi. Tez orada ularni soni juda ko’payib ketibdi.
Barcha nuqtalar bir chiziqqa tizilishib yelkama-yelka turishgan ekan mo’jiza yuz berib to’g’ri chiziq dunyoga kelibdi.
Burchakning hosil bo’lishi
Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim Matematika mamlakatida nuqta va to’g’ri chiziq yashagan ekan. Nuqta to’g’ri chiziqning ustiga chiqib tinmay sakrab o’ynar ekan. Kunlardan bir kuni to’g’ri chiziq sinib ketibdi. Nuqta uning singan joyidan mahkam ushlab olib, qo’yib yubormabdi. Natijada burchak hosil bo’libdi. Shundan buyon nuqta burchakning uchida yashar ekan.
1 o’q Sho’x raqs tomosha qilamiz.
2 o’q Endi navbatni matematika haqidagi qo’shiqqa beramiz
Matematika
Fanlarning shohi, samoda mohi,
Doim barkamol – matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Bo’lsa muammo, yechar doimo,
Aniq, mukammal – matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Avval boshdanoq, kichik yoshdanoq,
Hammaga hamdam – matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
O’qishda, ishda, turli yumushda,
Beminnat dastyor matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Ko’kka uchishda, suvda suzishda,
Doim bizga yor matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Qishloq shaharda, uyda, safarda,
Xizmati bisyor matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Sport bahsida, raqqos raqsida,
Hamisha hamroz – matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Rassom, romsozga, shofyor, oshpazga,
Beradi yordam matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Olim, zargarga, har shifokorga,
Xizmati bisyor – matematika.
Matematika, matematika,
Doim barkamol – matematika.
Fanlarning shohi, samoda mohi,
Doim barkamol – matematika.
1 o’q Matematikada ham juda qiziq o’yinlar bor. Matematikaga qiziqadigan o’quvchilarni sahnaga taklif qilamiz. “Karra” o’yinini o’zbekcha va inglizcha o’ynaymiz
2 o’q Tomoshabinlar bilan o’yin.
1 o’q – Mana, matematikaga bag’ishlangan tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. O’ylaymizki, matematikaning sirli olami sizlarni o’ziga rom etgan bo’lsa kerak.
2 o’q
Matematika – bu sehrli olam
Matematika – bu cheksiz ilm
Matematika – bu yorqin kelajak.
1 o’q
– Zero, shu kelajakning egalari – siz aziz yoshlar. Sizlarga bu fan tilsimlarini ochishingizda vatandosh olimlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ahmad al-Farg’oniylar ruhi
Do'stlaringiz bilan baham: |