Mavzu:
Faollik va uning turlari
* Faollik va faoliyat haqida tushuncha. * Ehtiyojlar va ularning turlari. * Faoliyat maqsadlari va ularni o'zlahstirish, faoliyatning turlari.
Reja:
Odamning faolligi va faollikning manbai bolgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, yani kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, yani faqat biologik manoga ega OVQAT tarzidagi buyum bolmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bolgan oz ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o’zgartirishga qodirdir. FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA * Agar hayvonlarning hatti-harakati butunlay atrof muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga kora yonaltirib boriladi. Hatti-harakatning bu turi shu qadar oziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin - FAOLIYAT termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilangina belgilanmaydi. Basharti motiv sifatida ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni ragbatlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart-sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi. FAOLIYATNING INTERIORIZATSIYALASH VA EKSTERIORIZATSIYALASHUVI FAOLIYATNING INTERIORIZATSIYALASH VA EKSTERIORIZATSIYALASHUVI * Tashqi, real harakatdan ichki, ichki timsoliy harakatga otish jarayonini INTERIORIZATSIYA (tom manosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi malum bir vaqt ichida uning nazari etiborida bo'lmagan narsalarning obrazi(timsoli)dan foydalanish qobiliyatiga ega boladi. Biz ichki, psixik faoliyatni tashqi, anik faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini korib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, anik faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom manosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin ("eksternus" - "tashqi" degan ma'noni anglatadi). FAOLIYATNING OZLASHTIRILISHI VA MASHQLAR ⚫️ Harakat usullaridagi bu ozgarishlar qanday yuz beradi va ulaming psixologik mexanizmi qanday? Bu mexanizmning asosini tadqiqot qilishga orinish va tanlash tashqil etadi. Kishi muayyan harakatni bajarishga orinib kuradi va uning natijasini nazorat qiladi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini ozlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda, ongli ravishda nazorat qilishga va tuzatishga asoslangan holda kop martalab takroran bajarish faoliyati MASHQ deb ataladi. Mashq qila borgan sari kishi harakatlari xarakterining ozgarishi bu harakatlarni bajarish chog'ida ruy beradigan psixik faoliyati tuzilishida yuz beradigan oʻzgarishlarni ham aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilinib va tuzatilib turiladigan har bir yangi urinish faqat harakat usullari va vazifalarini eslab qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilish va tuzatish yollarining ham ozgarishiga olib keladi. FAOLYATNING ASOSIY TURLARI FAOLYATNING ASOSIY TURLARI Hayotining birinchi yillaridayok bolada faoliyatning oddiy shakllarini ozlashtirishi uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o‘yin faoliyati hisoblanadi. Ma'lumki, oyin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham kuzatiladi. Bu - ulaming turli xildagi xarxashalaridan, urishishni taqlid qilishi, u yoqdan buyoqqa chopishi va hokozolardan iboratdir. Hayvon bolalarining oyin jarayonidagi kiligini avvalo ularning organizmidagi faoliyatga, jamlangan kuch- kuvvatni sarflashga bolgan ehtiyojni qondirishi deb qarash mumkin. Agar hayvon bir muncha vaqt mobaynidan oynaydigan sherigidan mahrum etib qoyilsa, keyinchalik uning qo zg alishi va oyin faoliyati keskin kuchayadi, yani tegishli kuch quvvat toplangani kabi hodisa ruy beradi. Bu hodisa "o'yinga toymaslik" deb ataladi.
* Tadqiqotlar shuni korsatadiki, oyin bolalarda ham oz faolligini ro'yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat korsatish shakli bolib xizmat qiladi. Bolaning oyin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy usullari va amaliy xulq-atvorining katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va katta yoshdagilar raxbarligida o`zlashtirilib olinadigan insoniy shakllari zamirida rivojlanib boradi.
XULOSA
Etiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |