27.Shumpeterning iqtisodiy qarashlari
Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi Shumpeter 30 yoshga yetmasdan turib, 1912-yil birinchi nashrdan chiqqan va 1934-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan ―The Theory of
Economic Development‖ (Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi) kitobida o‗zining iqtisodiy o‗sish nazariyasiga asos soldi. Ushbu ajoyib tamoyil sirliligicha saqlanib qoldi, chunki u 50 yil mobaynida bozor iqtisodchilari o‗rtasida mashhur bo‗lib kelgan iqtisodiy model shakllanishi uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Kinoyali tarzda olib qaralsa, Shumpeter gipotezaning ekonometrik asoslari iqtisodiyotda, shuningdek, raqobat muhiti mavjud va unda salbiy natijalarga erishish mumkin bo‗lgan sohalarda matematikaning qo‗llanilishi tarafdori bo‗lgan.
Shumpeterning iqtisodiy o‗sish jarayoni bo‗yicha izohlari an‘anaviy qoliplarga mos tushmadi, u iqtisodiy o‗sishning noiqtisodiy sabablarini keltirib o‗tmagan. U ba‘zi muhim iqtisodiy omillarni tahlil etishiga
qaramasdan, tizimdagi o‗tgan iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlarini hamda kelajakdagi iqtisodiy o‗sishga xalal beruvchi elementlarni noiqtisodiy elementlar qatoriga kiritdi. Shumpeter asarida keltirib o‗tilgan iqtisodiy omillarning tahliliga e‘tibor qaratib o‗taylik. Umuman olganda u kapitalizm sharoitida iqtisodiy faoliyatdagi o‗zgarishlarni aniqlab, tahlil qilishiga qaramasdan, Seyning qonunini qabul qildi. Uning fikriga ko‗ra depressiya o‗zini o‗zi tartibga soluvchi jarayon sanalib, to‗la bandlik bo‗lmagan hollarda tenglik vujudga kelmaydi. Marks depressiyani biror-bir tizimda umumiy
yemirilishga olib keluvchi kelishmovchiliklar asosi sifatida qabul qilgan bir sharoitlarda, Shumpeter depressiya jarayonini tizim uchun zararsiz hol sifatida E‘tirof etdi
28. Shumpeterning pul to’g’risidagi qarashlari
Ba‘zi hollarda ular hukumat byurokratiyasining bir qismi sanaladi, ammo eng muhim tomoni shundaki, hattoki ommaviy kommunikatsiyaning yuqori darajalarda rivojlanishi orqali ular jamiyatni
kapitalizm institutlaridan g‗azablanganlar hamda norozilar sinflariga ajratishadi. Shumpeter sekin-astalik bilan, ammo ishonchli tarzda yaqinlasha-yotgan sevimli tizimning barbod bo‗lishini oldindan ko‗ra bildi. Tadbirkorning yo‗q bo‗lib ketishi hamda davlat aralashmaslik siyosatining tugallanishi natijasida hukumat iqtisodiyotga yana va yana aralashishidan voqif bo‗lgan edi. Keynsga o‗xshagan ba‘zi bir iqtisodchilar mazkur ichki ishlarga aralashish siyosatini kapitsalizmni saqlab qolishning yo‗li sifatida ko‗rishdi, ammo Shumpeter buni kapitalizmning batamom yakunlanish alomati, deb bildi. ―Mulkchilik alomatlarining yo‗qolishi‖ va tadbirkorlikning tugallanishi natijasida Shumpeter oldingi iqtisodiy o‗sish uchun zamin yaratgan iqtisodiyotdagi dinamik element g‗oyib bo‗lishini bashorat qildi.
Shumpeter ba‘zi tahsinlarga sazovor bo‗ldi, lekin asosiy bozor iqtisodchilaridan bunday E‘tirofga ega bo‗la olmadi. Uning norasmiy yo‗nalishi standartlashayotgan rasmiy yo‗nalish modeliga mos tushmas edi. Bu faqatgina makroiqtisodiyotning asosiy qismini tashkil etgan hamda iqtisodiy o‗sishga alohida e‘tibor qaratgan, shuningdek, iqtisodiy o‗sishning rasmiy modelini yaratib bergan 1950-yillarda R.Xarrod, E.Domar, R.Solov va T.Svan asarlarida o‗z aksini topdi. Ushbu rasmiy iqtisodiy o‗sish modellariga qiziqish 1930-yillarda sodir bo‗lgan depressiya hodisasi tufayli ahamiyatsiz bo‗lib qoldi va shundan kelib chiqib, iqtisodiy davr nazariyalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |