25. Bozor iqtisodiyotining kamchiligi
Keynsning. umumiy nazariyasida investisiyalarning umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to'g'risidagi tezis muhimdir. Ular iste'mol talabining etarli emasligini to'ldirishi (kompensasiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi iste'mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investisiyalarning ko'payishi ishlab chiqarishga qo'shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste'mol o'suvini ta'minlaydi. Yangi investisiyalar tufayli bandlikning dastlabki o'suvi yana qo'shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo'shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug'iladi. Qo'shimcha bandlikning o'sish koeffisientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investisiyalar o'sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o'sishi o'rtasidagi nisbatni ko'rsatadi.
Keyns ta'limoti ayniqsa AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M.Klarklarning asarlarida bu g'oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to'liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnasiya nazariyasi bilan to'ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat xarajatlarini o'stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me'yordagi inflyasiya» ham taklif etiladi. E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini to'ldirdilar. Multiplikatorlar ta'siri keyingi qator davrlarda ham bo'ladi, ya'ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.
26. Keyns davlat aralashuvi haqida fikri
Keyns ta'limoti ayniqsa AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M.Klarklarning asarlarida bu g'oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to'liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnasiya nazariyasi bilan to'ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat xarajatlarini o'stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me'yordagi inflyasiya» ham taklif etiladi. E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini to'ldirdilar. Multiplikatorlar ta'siri keyingi qator davrlarda ham bo'ladi, ya'ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar. Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini akselerasiya prinsipi bilan to'ldirdilar. Bu prinsipga ko'ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o'sishi investisiyalar o'sishiga olib kelishini ko'rsatuvchi koeffisient (multiplikator tushunchasiga teskari). Multiplikator prinsipiga ko'ra investisiyaning qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta'minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investisiyaning qanday ishlatilishiga katta e'tibor berib, industrlashgan investisiya tushunchasini kiritdilar.
Keyns g'oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati.
Shuni aniq qilib aytish kerakki, qeyns ta'limoti inqirozlar,urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo'ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo'lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so'ng Farb mamlakatlarini sosialistik orentasiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko'payib, ishsizlik ham o'sgan, inflyasiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko'paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo'li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko'paytirish (inflyasiyaga olib keladi), ya'ni emissiya yo'li ko'pchilikka oson ko'rinadi. Bu konsepsiya ma'lum davr mobaynida inflyasiya bo'lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |