30.Sotsialistik iqtisodiyot.
XIX asrning 20-30 yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari orasida sotsialistik g`oyalar shakllandi. Bu g`oyalarni o`rganish bilan yangicha yo`nalishni tashkil qilgan olimlar Jon Grey, Tomas Godskin va Jon Breylar edilar. Ular asosan ishchilar orasidan kelib chiqib, muammolarni hal etishda mustaqil ravishda o`z qarashlarini e'lon qildilar.
Tomas Godskin.
O`tgan asrlarda ilmiy axborot va publitsistika janr sifatida hali bir-biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, bu yerda biz ilmiy izlanishlarning bizning tafakkurimizga ko`ra belgilarini topamiz. Avvalo bu qo`yilgan masalaga yaqindan taalluqlidir.
1827 yilda T.Godskin "Taniqli siyosiy iqtisod" nomli kitobini e'lon qildi, lekin uning asosiy g`oyalari avvalroq 1825 yilda "Kapitalning daf qilishiga qarshi mehnatni himoyalash" asarida bayon etilgan edi.
Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida degan fikrni bildirib, o`z zamondosh iqtisodchi olimlariga qarshi chiqdi. Uning fikricha, aylanma kapital umuman yig`ilgan zapaslar emas, masalan, ishchilar novvoyxonada non yopishadi, boshqa ishchilar esa uni sotib olishadi, demak, aylanma kapital - bu zapas "yig`ilma" emas, balki "mavjud" mehnatdir.
T.Godskin asosiy kapitalni to`plangan mehnat deb biladi, lekin ishchilarsiz hech qanday mashina hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, foyda o`tgan mehnat hisobiga emas, balki kundalik mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o`z egasi uchun mehnatdan ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi: kapitalist tomonidan o`zlashtirib olingan foyda ishchilarning mehnatdan oladigan to`liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo`ravonlik kapitalistlar tomonidan mehnatning bo`ysundirilishi bo`lsa, ularning hokimiyati ishchi mahsulotni o`zlashtiradi. T.Godskin "...kapitalistlar o`z hollaricha Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasini buzishadi, u holda bu qanday qonun bo`ldiki, u yoki bu kishilarning xohishiga qarasa!...",- deb yozadi. Kapitalistlar hech narsa ishlab chiqarmaydilar, lekin ular o`zlarini ish bilan ta'minlovchi va rahnamo deb ishchilarni ishontiradilar. Bu yerda Godskin siyosiy iqtisodni ayblaydi, chunki u bir vaqtning o`zida ham ularning da'vosini oqlaydi, ham ularni xayron qolarli darajada rivojlanish hamda tsivilizatsiyaning buyuk va munosib quroli deb ataydi. T.Godskinning aytishicha, jamiyatdagi barcha jamg`arma kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni va kapitalistga foyda ko`rinishida tegadigan mahsulotni ham faqat ishchi ishlab chiqaradi. Foyda ko`p bo`lgan
sari ish haqi kam bo`lishini ko`rsatib o`tadi (Bu fikr Rikardoniki bo`lganligini eslab o`taylik). Godskin esa bu fikrdan uzoqlashganligini quyidagi misollarda ko`rishimiz mumkin. Ko`ylak va ikki juft etikning haqiqiy bahosi mehnatning ma'lum miqdori hisoblanadi. Lekin u yoki bu tovarni qo`lga kiritish uchun ishchi kapitalist foydasiga yana ko`proq mehnat miqdorini sarf etishi kerak. Godskin ishchi ishlab chiqargan hamma narsa uning o`ziga tegishli bo`lishi kerak deb yozadi. Lekin har bir ishchining tegishini qanday belgilash mumkin? Ishlab chiqarishda mato bo`lagi yigiruvchida, to`quvchida, oqartiruvchi va bo`yoqchida, ularning hammasi turli xil shaxslardir. Bu yerda mehnat taqsimlangan. Ularning har biri alohida bitta operatsiyani bajaradi va buning natijasida tayyor mahsulot yuzaga keladi. Buni qanday bo`lish mumkin? "Men bu masalani hal etishni ishchilarning o`zlariga erkin hal etish uchun berishdan boshqa yo`lni bilmayman". T.Godskin kapitalistlarda ikkita funksiyani ajratadi. Ishbilar-monlar kabi, tashkilotchi va ixtirochilar kabi ular ham ishchilardir. Lekin kapitalistlar va kapitalning vakillari kabi ular faqat ishchilarga zulm qiluvchi vositadirlar. T.Godskin bunday xo`jayinlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni maslaham bermas edi, begona o`lkalarga kashfiyotchilik va uddaburonlik bo`lib, mamlakatdagi qolgan aholiga ziyon yetkazish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |