Mavzu: `Mafkuraviy poligon. - Reja:
- “Mafkuraviy poligon” tushunchasini birinchi marta kim sharhlab bergan?
- Mafkuraviy poligon deb nimaga aytiladi?
- Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan qanday farqi bor?
- “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo’lishga undovchi tomoni shundaki,agar harbiy,iqtisodiy,siyosiy tazyiq bo’lsa, buni sezish,ko’rish,oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg’ab yetish nihoyatda qiyin”.
- I.A.Karimov.
- Odatda yadro poligonlari maxfiy bo’lib,ularga yangi quvvatdagi yadroviy qurollar sinovdan o’tkaziladi. Yadroviy qurollar ma’lum bir hududni yo’q qilishi mumkin. Mafkuraviy qurollar chegara bilmaydi.
Savol: - Tushuncha deganda nimani tushunasiz?
Javob: - Tushuncha deb narsa- hodisaning eng muhim xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan umumiy tasvvurga aytiladi.
Savol: - Tamoyil deganda nimani tushunasiz?
Javob: - Tamoyil arabcha so’z bo’lib, bir narsaga moyillik ,bir tarafga qarab yo’nalish ma’nolarini anglatadi.
Savol: - Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani nimani o’rgatadi?
Javob: - Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani xalqimizning urf-odatlari, an’analari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, odamning ong-u tafakkuridagi o’zgarishlarni anglashga,axborotlar oqimi kuchayib borayotgan hozirgi murakkab davrda to’g’ri yo’lni tanlab, ogoh bo’lib yashashga o’rgatadi.
Savol: - Milliy so’ziga qanday ta’rif bergan bo’lar edingiz?
Javob: - Milliy degani faqat bir millatga emas,balki millatidan qat’iy nazar butun bir hududda,ya’ni yagona mamlakatda yashayotganxalqqa tegishli bo’lgan narsalarni ham bildiradi.
Savol: - Manfaat tushunchasiga izoh bering?
Javob: - Manfaat deganda maqsadga muvofiq bo’lgan,talab va ehtiyojlarga javob beradigan narsa –hodisa, xatti-harakat yoki faoliyat tushuniladi.
Savol - G’oyalarning o’ziga xos tomonlarini ayting?
Javob: - G’oyalar uyushtirish,safarbar etish,ya’ni olg’a boshlash,harakat manbayi bo’lish kabi xususiyatlarga ega bo’lib bunyotkor va buzg’unch bo’lishi mumkin.
Savol: - Bunyodkor g’oya deganda nimani tushunasiz?
Javob: - Insonning qalbi va ongida yaratuvchilik salohiyatini uyg’otib, o’z xalqi, Vatani va insoniyatga foydali ishlar qilishga safarbar etaigan g’oya bunyodkor g’oyadir.
Savol: Javob: - Vayronkor g’oya deb inson qalbiga salbiy intilishlarni uyg’otib, ezgu tushunchalarni soxtalashtirib, ulardan yovuz maqsadlar yo’lida foydalanishga urinadigan g’oyaga aytiladi.
Savol: Javob: - Mafkura arabcha so’z bo’lib, fikrlash degan ma’noni bildiradi. Mafkura –o’zaro mushtarak g’oyalar, tushuncha va tamoyillarning bir butun holga kelishi,odamning qalbi va ongini egallashga qaratilgan harakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |